Hayot – bu cheksiz yo‘l. Bu yo‘lda sen yolg‘iz sayyohsan. Yo‘lda uchragan odamlar seni kuzatadi, gapiradi, baho beradi. Lekin sening yuragingdagi olovni hech kim to‘liq ko‘ra olmaydi.
Inson hayotida eng katta zanjir – bu boshqalarning fikriga qul bo‘lish. Har bir qaroringni, har bir qadamni “odamlar nima deydi?” degan qo‘rquv bilan o‘lchash seni o‘zing bo‘lishdan to‘xtatadi.
Haqiqat shundaki:
• Odamlar seni hech qachon to‘liq tushunmaydi.
• Har kim sening harakatlaringni o‘z dunyoqarashi bilan baholaydi.
• Bugun seni tanqid qilgan odam ertaga seni maqtashi ham mumkin.
Demak, boshqalarning fikri – bu shamoldek o‘zgaruvchan narsa. Shamol esa sening yo‘lingni belgilab bera olmaydi. O‘zingni tingla. Ichki ovozing – sening eng katta yo‘l ko‘rsatuvching. Boshqalarning gaplari esa shunchaki fon shovqini, xolos.
Hayot qisqa. Uni boshqalarning fikrlarini isbotlash uchun emas, balki o‘zingni erkin his qilish uchun yashash kerak.
Haqiqiy erkinlik – boshqalarning o‘ylariga bog‘liq bo‘lmaslikdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manipulatsiya - bu so'zlarni, hissiyotlarni va ongni qurolga aylanshitirish. Ochiqdan-ochiq kuch ishlatishdan ko'ra, odamning ongiga kirib borib, uni o'z xohishingizga ko'ra bo'ysundirish ancha samaraliroq.
Har kuni biz shunday usullar bilan to'qnashamiz, lekin ko'pincha bu sezilmaydi. Kimdir sizni biror ishni qilishga “majbur qilmaydi”, lekin ullarning savollari, ohangi, tana tili sizni “ha” deyishga majbur qiladi.
Misol uchun, psixologiyada “foot-in-the-door” texnikasi bor: avvaliga kichik iltimos qilinadi, siz rozi bo'lasiz. Keyin asta-sekinlik bilan kattaroq talablar (iltimos emas) qo'yiladi. Tabiykiy siz “yo‘q” deyishga qodir bo'lmay qolasiz.
Yana bir usul - “door-in-the-face”. Avval sizga imkonsiz, katta talab qo'yiladi. Siz rad etasiz. Keyin esa kichkina, ammo aslida kerakli talabni aytishadi. Siz bu safar rozi bo'lasiz, chunki bu talab oldingisiga qaraganda bu safar yengilroq ko'rinadi.
Manipulatsiyaning qorong'i tomoni shundaki, u ko'pincha mehribonlik niqobi ostiga yashiriladi. Odamlar sizni o'z xohishlari sari yo'naltiradi, siz esa buni “o‘zimning qarorim” deb o'ylaysiz.
Haqiqat shuki: ongimizni boshqarish oson. Biz inson ekanmiz - ko'proq “yo‘q” deyishni bilmaganimiz sari, tobora kimningdir qo'g'irchog'iga aylanaveramiz.
Endi esa o'ylab ko'ring: oxirgi marta qachon o'zingiz xohlamagan narsaga “ha” dedingiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayot qisqa...
O'xshamey turgan ishdan voz kechishingiz mumkin. Hatto-ki, bormasang uyat bo'ladi degan qarindoshingiz toyiga bormasangiz bo'ladi. Chunki, hayot judayam qisqa. Qiziq bo'magan kinoni yarmidan to'xtatishingiz mumkin. Kitobni bo'lsa yopishingiz... Noquley oyoq kiyimni og'rig'iga chidashga majburmassiz. Noqulay odamlarni suhbatlariga ham. Talashish, urishish, bahslashish, bularning hech qaysi biri siz uchun emas. Bu abadiy yashaydiganlarni ishi. Biz siz bilan esa albatta o'lamiz. Va ungacha biz bu vaqtni chidashga emas, yashashga sarflashimiz kerak. Chunki, hayot qisqa. Ovqatni ohirgacha yemaslik bu rizqni tashlab ketish emas, bu meyyor haqida. Hatto-ki bilim olishni ham meyori bo'lishi kerak. Chunki asalning tomchisi lazzat, qoshig'i esa zahar. Hayot po'chog'idan mag'zini ajratib, uni shirin tamini meyorida lazzat olish kerak. Chunki, hayot judayam qisqa...

Men-chi?
Dadamga mashina sovg'a qildim, video olib ijtimoiy tarmoqlarga qo'ydim — men muvoffaqiyatliman.
Uy oldim, video olib uni ham yukladim — men boyman.
Onamga har kuni gul olib kelaman, buni ham videoga olib, uni ham yuklayman — men eng zo'r farzandman.
Yaxshi joyda ovqatlanayotganimni, sayohat qilayotganimni ham esdan chiqarmayman - chunki men eng zo'rimanku.
Savol: aslida kadr ortida nima bo‘layotganini qachon ko‘rsataman? Menimcha — hech qachon.
Siz uchun muvoffaqiyat belgisi, orzudagi hayot shu narsalar bilan chegaralanganmi? Nima uchun hammaga nimanidir isbotlash uchun harakat qilish kerak? Qachon rostdan ham baxtli yashashga vaqtimiz bo‘ladi?
Va eng asosiysi... hali ham orzularing o‘zingnikimi?

Yaxshi kunlar kemasachi?
Yo'q rostanam endi yaxshi kunlar kemasachi?. Tassavur qilin agar biz yaxshi kunlar emas, yomon kunlar oldinda dib yashaganimizda hozirgi kunimizi qanchalik qadriga yetishni o'rgangan bo'lar edik. Chunki har birimizi boshimizda kasalliklar, yomon hodisalar, kamida eng yaqin insonimizni o'limi bor. Va bu kun aniq keladi. Biz bu kundan qochib qutila olmimiz. To'g'ri umid qilib yashash yaxshi, lekin yomon kundan keyin har doim yaxshi kun kevurmidi, undanam yomon kelishi mumkin. Ya`ni biz vaqt qanchalik yaxshi bo'lganini o'sha vaqt o'tib ketganidan keyin bilamiz. Inson yomon kunga oldindan tayyor bo'lishi va hozirgi kunini qadriga yetishi kerak. Shuning uchun yomon kunga oldindan tayyor bo'ling va mazza qilib yashang. Hozir, ayni paytda ko'chaga chiqing. Aylaning daraxtlarga qarang. His qiling, tiriklgingizni his qiling. Huddi changdan keyin yomg'ir yoqqandek chuqur chuqur nafas oling. Pul topganingizdan keyin emas, hozir. Chunki siz ertaga hech qachon boy bola olmasligingiz mumkin. Hech qaysi maqsadlaringizga va hech qaysi orzularingizga erisha olmasligingiz mumkin. Lekin bitta narsani unutmang, ertaga bundanam battar bo'lishi mumkin.

🔥2
Holat (Nasib)
Kecha kechki soat 22:00 lada ishdan qaytvotganda ko'chamizi boshidigi magazinga non olishchun kirdim. Qanaqa non bo'sayam olishim keregidi chunki yaqin orada bu vaqtda ochiq bo'ladigan magazin yo'q edi (Toris erindim). Magazinga kirsam non qomaganakan po'lkada. Nimadur sabab bo'lib navbati baribir kutib turdim. Navbatim keganda sotuvchidan so'radim.
- Man: Non bormi? (Shu payt ko'zim po'lkada ko'rinmidigan tarafda turgan bitta dona nonga ko'zim tushdi)
- Sotuvchi: Buxankami?
- Man: Da bo'ladi. (Qanaqa non bo'sayam olishim keregidi)
- Sotuvchi: Qomadi.
- Man: Ho'v ana turibdiyu 🤔.
Sotuvchi shu payt egilib qaradi. Keyin kulimsirab:
- Sotuvchi: O'le agar sizdan oldingi nechta odam non so'rab keganidi hammasiga qomagan divorganidm ko'rmaganimchun 😄. Nasibi qaren shude nasib digani.
- Man: Raxmat 😄😅
Shu bilan olib chiqib kettim. Tori bu oddiy holat bo'lishi mumkin. Lekin nasib go'zal bo'lishiga shu joyda yana bir marta tushundim. Insonla bilanam huddi shunaqa)

David Goggins — sobiq dengiz maxsus kuchlari a'zosi, yozuvchi va motivatsion spiker, u o'z chegaralarini sindirib, imkonsizlikni imkoniyatga aylantirishga isbot bo'lgan tirik afsona!
David Goggins Joe Roganga bergan intervyusidan parcha.
Bu qanchalik g'alati eshtilmasin Rokky filmiga juda qattiq bog'lanib qolgandim. Ayniqsa 1-qismiga. Bolaligimda har kuni uyga kelib Rokkyni tomosha qilardim. Kosetani olib 14-roundga o'tkazardim. 14-round, meni boshqacha larzaga solardi. Nimaga? Chunki musiqasi sababli. Turnikka tortinish bo'yicha rekord o'rnatganimda shu musiqani qayta-qayta 17 soat davomida tinglaganman. Men hayotimni oldindan tasavvur qila olaman. Ko'p odamlar etibor bermagan jihatlarni payqay olishni bilardim. Buni ustida ishladim. Men ko'rgan narsa shu ediki. Apollo Krid, Rokky'ga juda jiddiy zarba berganda, uni urib tashlaganda Rokky kurashda davom etdi. U savodsiz edi o'qiy olmasdi huddi mendek o'qiy olmasdi, yozolmasdi ham. Faqat qaytmas edi tamom. Apollo uni burchakda urib yeqitdi. Hamma unga o'rnidan turmaslikni aytdi. Lekin u o'rnidan turdi. U turganda Apollo Krid, qo'llarini havoga ko'tarib g'alabasini nishonlardi. Krid orqasiga o'girilib Rokkyning o'rnidan turayotganini ko'rdi. Apollo Kridning o'sha paytdagi yuzi meni o'zgartirdi. Rokky o'rnidan turdi. G'alaba qozonmadi. Faqat o'rnidan turdi. Apollo Krid bo'lsa chempion edi. U eng zo'ri edi. Rokky o'shanda uning ruxini sindirdi. Haqiqatdan ham uning ruhini sindirdi. Apollo unga boshini egib, kimsan o'zi? deb qaradi. Men shunday bo'lishni istadim. Rokky bo'lishni emas. odamlarni menga shunday qarashlarini istadim. Ular meni yoqtiradimi yo'qmi qiziq emas. Bu qaysar har qanday narsaga qaramay davom etadi deyisharini istadim, shuni hohladim. Buni dunyodagi hamma narsadan ham koproq istadim.

❤1
Sabr qilinmasa — natija ko‘rinmaydi
Hamma narsa tez bo‘lishi shart emas. Tez natija izlagan odam jarayondan zavqlanolmaydi. U natija yetib kelmasa, o‘zini yutqazgandek his qiladi.
Lekin aslida, eng zo‘r natijalar tez kelmaydi. Jarayon qanchalik qiyin va uzoq bo‘lsa, u shunchalik qimmatliroq bo‘ladi. O‘sha "imkonsiz" ko‘ringan natijaga birdaniga emas — uzluksiz harakatlar orqali erishiladi.
Tez natija emas, barqaror natija muhim. Tez ko‘tarilgan narsa tez qulaydi. Sezmagan holda yetilgan natija esa uzoq turadi.
Oltin ham bir kunda paydo bo‘lmaydi. Yer tagida yillar davomida shakllanadi. Sen ham o‘z "oltin"ingni yaratmoqchi bo‘lsang — jarayonga ishonishing kerak.
Oltin topishga chiqqan konchilar birinchi urinishdayoq voz kechganida, hech kim boylik topolmasdi. Ular qazishdan charchamadi, shuning uchun oltin topdi.
Muhimi — natijaga emas, o‘zgarishga e’tibor berish. Natija bir marta bo‘ladi. O‘zgarish esa seni boshqa odamga aylantiradi.
Qancha uzoq yo‘l bosilsa — shuncha kuchliroq bo‘lasan!

Yangi hayot uchun imkon tug’iladi
Kit o’lgach, tanasi suv tubiga cho’kadi. Bir kilometrlik chuqurlikda uning tanasidan boshqa ozuqa bo’lmaydi.
Bir yil ichida tananing atrofida yangi ekosistema paydo bo’ladi.
Suyaklardan ozuqlanuvchi bakteriyalar, bakteriya bilan oziqlanadigan chuvalchanglar, chuvalchang bilan oziqlanadigan molyusk va qisqichbaqalar.
Bu ekosistema 50 yildan oshiq yashaydi.
Avvaliga qayg’uli ko’ringan o’lim, minglab hayotning boshlanishiga sabab bo’ladi.
Hayotimizda ham shunday o’limlar bo’lib turadi.
Ishingizni yo’qotasiz. Yaxshirog’ini qidirishga vaqt topiladi.
Qarzga botasiz. Yangi kasb o’rganishga kuch topiladi.
Buvingiz vafot etadi. Ota - onani ko’proq qadrlashni boshlaysiz.
Xiyonat qilishadi. Sodiqlarni sevib qolasiz.
Qaysi sohada o’limga uchrab, burchakka taqalsak, o’sha sohada yangi hayot uchun imkon tug’iladi.

Meta savollar
Odamlar odatda yuzma-yuz ko’rishganda muammo haqida gapirishdan oldin xush muomila bo’lishga odatlanishgan.
Tabiiyki, qarama qarshi savol yo’naltirilgan inson bilan kommunikatsiyani tezroq o’rnatib olish uchun.
Chatlarda esa bu borada umuman boshqa holat.
Odamlar yozishga gapirishdan ko’ra ko’proq vaqt sarflashadi.
Siz unga xushmuomilalik bilan murojaat qilish maqsad qilganingiz bilan, aslida ularning vaqtini olasiz va ish samaradorligini pasayishiga sababchi bo’lasiz.

❤1👍1
Baxtni qanday o‘lchaymiz?
Ko‘pincha hammamiz uchun baxtning o‘lchovi qo‘limizda yo‘q narsa bilan belgilanadi.
Talaba uchun baxt — “yaxshi” baho emas, navbati kelganda o‘qituvchining nigohi undan o‘tib ketishi.
Ishsiz uchun baxt — ish topish;
Ishlayotgan uchun esa — navbatdagi dam olish kunining tezroq kelishi.
Baxt shunday narsa: uni ko‘pincha yetishmaydigan narsalar bilan o‘lchaymiz. Erishganimizdan so'ng esa, ko‘nikib qolamiz va u avvalgidek qadrli ko‘rinmay qoladi.
Aslida baxt — yo‘q narsaning hasrati emas, bor narsaning qadriga yetish. U kelajak haqidagi orzuda emas, hozirgi lahzada yashaydi: qo‘lingizdagi issiq choyda, yoningizdagi odamning tabassumida, ichingizdagi sokinlikda.
Baxt — mavjuddan zavq olish va qolganining o‘z vaqtida kelishiga ishonishdir.

🔥3👍2
i used to be obsessed with getting everything right the perfect morning routine, the right diet, the most productive way to spend every hour. but after a while, it got exhausting. i realized i was spending more time trying to live better than actually living. so i stopped. now i just do what feels right that day some mornings i make coffee slow and some days i do nothing and don’t feel guilty about it. i deleted a few apps, stopped tracking everything and somehow… i feel lighter. it’s not perfect. my life’s still messy sometimes. but at least it’s mine again. is it just me? haha
❤1👍1
Tirik hamma narsa o'ladi, yashalganlari qoladi
Tirik bo‘lish oson. Nafas olasiz — bo‘ldi.
Yashash esa boshqacha. Unga yurak kerak.
Hayotda ikki yo‘l bor: tirik yurish yoki yashab qolish.
O‘rtasi bo‘lmaydi. Birini tanlaysiz.
Agar ishga faqat daromad uchun borsangiz — tiriksiz.
Agar ertalab uyg‘onib, nima uchun uyg‘onganingizni bilmasangiz — tiriksiz.
Agar atrofingizdagi odamlar sizni charchatib, ichki ovozingizni o‘chirib qo‘ysa — tiriksiz.
Tiriklar ko‘p, yashayotganlar kam.
Insonning o‘zi ham shuni sezmaydi.
Kunlar o‘tadi, vaqt ketadi…
Va bir qaraysiz — umrdan iz qolmagan.
Hayot shunchaki o‘tib ketish uchun emas.
Tirik yurish ham maqsad emas.
Yashang.
Shunday yashangki, ortingizdan “yashalganlari” qolsin.

9❤2
Forwarded from Cyber Study √
Sozlash va Samaradorlik
Vaqt o'tishi bilan biz hammamiz o'zimizga eng qulay bo'lgan vositalar to'plamini yig'ib boramiz. Tuzilmali yondashuv — samaradorlikni oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Ish boshlashdan avval vositalar yoki ularning bog'liqliklarini qidirish ehtiyojini butunlay yo'qotish uchun oldindan sozlangan, tartibli va tizimli muhitga ega bo'lish juda foydali. Bu esa tayyorgarlik va turli operatsion tizimlarni yaxshi bilishni talab qiladi, bu bilim esa vaqt o'tishi bilan rivojlanadi.
Ko'pchilik samaradorlikni xohlaydi va kutadi. Biroq, bugungi kunda juda ko'p vositalarga tayanish natijasida tizim sekinlashishi va ishlamay qolishi odatiy hol. Ayniqsa yangi boshlovchilar, har bir manbada 50 xil fikr bo'lgani sababli, chalg'ib qolishadi. Bularning barchasi o'z joyida to'g'ri va har bir holatga qarab ahamiyatli.
Lekin, ish doirasi yoki vazifalari o'zgarganda, yangi boshlovchilar ham, tajribali mutaxassislar ham boshqa yechim izlashga majbur bo'lishadi. Bu yerda yana bir murakkab masala yuzaga keladi — eski tizimdan yangisiga o'tish.
Bu ko'p vaqt va kuch talab qiladi va hatto bu sarmoya o'zini oqlashiga kafolat bermaydi. Shu sababli, ushbu modul orqali biz o'zimiz mukammal biladigan, mustaqil sozlay oladigan va o'zimizga moslashtira oladigan ish muhitini yaratishga yo'naltirilgan asosiy tayyorgarlikni o'rnatamiz.