Jim yuraman lekin shunchaki emas. Chunki, odamlar bilan gaplashishdan ko‘ra, ularni kuzatish ko‘proq narsani bilishga yordam beradi. Ayniqsa, g‘iybat paytida.
G’iybat — bu insoniyligimizni yo‘qotib, birovning hayotiga begona ko‘z bilan hukm chiqarish. Men esa birovni emas, o‘zimni-o'zim to‘g‘rilashga vaqt topolmayapman-u, odamlar bir-birlarini g'iybat qilish uchun qanday vaqt topmoqda xayronman.
Ba’zan odamlar ortingdan nimalar deyayotganini bilasan lekin jim turasan. Buni qo‘rqoqlik deb o'ylash g'irt axmoqlik aksincha bu kuch. Har kimni gap bilan “ko'mib tashlash” oson. Lekin har kim ham jim qololmaydi.
Men introvert'ligim uchun gapirolmayman emas — shunchaki istamayman. Chunki o‘zga hayoti haqida gapirish — o‘zimning hayotimga taxdid deb hisoblayman. Yer dumaloqligini unutmaslik kerak.
Kim kimni yoki nimani gapiryapti, qiziq emas. Kim nimani yashirishga xarakat qilyapti — bunisi muhim.

"Aqlli odamlar jim turadi. O‘rtachalar — kuzatadi. Va pastkilar — g‘iybat qiladi."
Kim kimni yoki nimani gapiryapti, qiziq emas. Kim nimani yashirishga xarakat qilyapti — bunisi muhim.
❤1
Ba’zan hayot bizdan savol so‘ramaydi — to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobni beradi. Hech qanday ogohlantirishlarsiz, izohlarsiz. Nafas olishga ulgurmay qolasan kishi, nimadir o‘zgaradi. O‘sha tanish joylar endi g‘alati tuyular, o‘sha yaqin odamlar begonalashar, o‘sha sen esa boshqa bir sen bo‘lib qolgandek.
O‘zinga o'zing savol bera boshlaysan: “Qachon bo‘ldi bu?” Lekin javob yo‘q. Chunki bu — o‘zgarish. Va o‘zgarish har doim shovqin bilan emas, ko‘pincha sokinlik bilan keladi.
Hayot ba’zida chalkash bo‘lib ko‘rinadi, lekin bu chalkashlik emas. Bu — ichki uyg‘onishning boshlanishi. Biz ba’zida o‘zimizni yo‘qotib qo‘yishimiz kerak, shunda yana o'zimizni qayta anglaymiz. Bu yo‘qotish og‘riqli bo‘lishi mumkin. Lekin u — haqiqiy o‘zlik sari birinchi qadam.

Hamma narsani tushunishga urinma. Ba’zi holatlar tushunilmaydi — faqat his qilinadi. Va bu yetarli.
Hayot – bu cheksiz yo‘l. Bu yo‘lda sen yolg‘iz sayyohsan. Yo‘lda uchragan odamlar seni kuzatadi, gapiradi, baho beradi. Lekin sening yuragingdagi olovni hech kim to‘liq ko‘ra olmaydi.
Inson hayotida eng katta zanjir – bu boshqalarning fikriga qul bo‘lish. Har bir qaroringni, har bir qadamni “odamlar nima deydi?” degan qo‘rquv bilan o‘lchash seni o‘zing bo‘lishdan to‘xtatadi.
Haqiqat shundaki:
• Odamlar seni hech qachon to‘liq tushunmaydi.
• Har kim sening harakatlaringni o‘z dunyoqarashi bilan baholaydi.
• Bugun seni tanqid qilgan odam ertaga seni maqtashi ham mumkin.
Demak, boshqalarning fikri – bu shamoldek o‘zgaruvchan narsa. Shamol esa sening yo‘lingni belgilab bera olmaydi. O‘zingni tingla. Ichki ovozing – sening eng katta yo‘l ko‘rsatuvching. Boshqalarning gaplari esa shunchaki fon shovqini, xolos.
Hayot qisqa. Uni boshqalarning fikrlarini isbotlash uchun emas, balki o‘zingni erkin his qilish uchun yashash kerak.
Haqiqiy erkinlik – boshqalarning o‘ylariga bog‘liq bo‘lmaslikdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manipulatsiya - bu so'zlarni, hissiyotlarni va ongni qurolga aylanshitirish. Ochiqdan-ochiq kuch ishlatishdan ko'ra, odamning ongiga kirib borib, uni o'z xohishingizga ko'ra bo'ysundirish ancha samaraliroq.
Har kuni biz shunday usullar bilan to'qnashamiz, lekin ko'pincha bu sezilmaydi. Kimdir sizni biror ishni qilishga “majbur qilmaydi”, lekin ullarning savollari, ohangi, tana tili sizni “ha” deyishga majbur qiladi.
Misol uchun, psixologiyada “foot-in-the-door” texnikasi bor: avvaliga kichik iltimos qilinadi, siz rozi bo'lasiz. Keyin asta-sekinlik bilan kattaroq talablar (iltimos emas) qo'yiladi. Tabiykiy siz “yo‘q” deyishga qodir bo'lmay qolasiz.
Yana bir usul - “door-in-the-face”. Avval sizga imkonsiz, katta talab qo'yiladi. Siz rad etasiz. Keyin esa kichkina, ammo aslida kerakli talabni aytishadi. Siz bu safar rozi bo'lasiz, chunki bu talab oldingisiga qaraganda bu safar yengilroq ko'rinadi.
Manipulatsiyaning qorong'i tomoni shundaki, u ko'pincha mehribonlik niqobi ostiga yashiriladi. Odamlar sizni o'z xohishlari sari yo'naltiradi, siz esa buni “o‘zimning qarorim” deb o'ylaysiz.
Haqiqat shuki: ongimizni boshqarish oson. Biz inson ekanmiz - ko'proq “yo‘q” deyishni bilmaganimiz sari, tobora kimningdir qo'g'irchog'iga aylanaveramiz.
Endi esa o'ylab ko'ring: oxirgi marta qachon o'zingiz xohlamagan narsaga “ha” dedingiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayot qisqa...
O'xshamey turgan ishdan voz kechishingiz mumkin. Hatto-ki, bormasang uyat bo'ladi degan qarindoshingiz toyiga bormasangiz bo'ladi. Chunki, hayot judayam qisqa. Qiziq bo'magan kinoni yarmidan to'xtatishingiz mumkin. Kitobni bo'lsa yopishingiz... Noquley oyoq kiyimni og'rig'iga chidashga majburmassiz. Noqulay odamlarni suhbatlariga ham. Talashish, urishish, bahslashish, bularning hech qaysi biri siz uchun emas. Bu abadiy yashaydiganlarni ishi. Biz siz bilan esa albatta o'lamiz. Va ungacha biz bu vaqtni chidashga emas, yashashga sarflashimiz kerak. Chunki, hayot qisqa. Ovqatni ohirgacha yemaslik bu rizqni tashlab ketish emas, bu meyyor haqida. Hatto-ki bilim olishni ham meyori bo'lishi kerak. Chunki asalning tomchisi lazzat, qoshig'i esa zahar. Hayot po'chog'idan mag'zini ajratib, uni shirin tamini meyorida lazzat olish kerak. Chunki, hayot judayam qisqa...

Men-chi?
Dadamga mashina sovg'a qildim, video olib ijtimoiy tarmoqlarga qo'ydim — men muvoffaqiyatliman.
Uy oldim, video olib uni ham yukladim — men boyman.
Onamga har kuni gul olib kelaman, buni ham videoga olib, uni ham yuklayman — men eng zo'r farzandman.
Yaxshi joyda ovqatlanayotganimni, sayohat qilayotganimni ham esdan chiqarmayman - chunki men eng zo'rimanku.
Savol: aslida kadr ortida nima bo‘layotganini qachon ko‘rsataman? Menimcha — hech qachon.
Siz uchun muvoffaqiyat belgisi, orzudagi hayot shu narsalar bilan chegaralanganmi? Nima uchun hammaga nimanidir isbotlash uchun harakat qilish kerak? Qachon rostdan ham baxtli yashashga vaqtimiz bo‘ladi?
Va eng asosiysi... hali ham orzularing o‘zingnikimi?

Yaxshi kunlar kemasachi?
Yo'q rostanam endi yaxshi kunlar kemasachi?. Tassavur qilin agar biz yaxshi kunlar emas, yomon kunlar oldinda dib yashaganimizda hozirgi kunimizi qanchalik qadriga yetishni o'rgangan bo'lar edik. Chunki har birimizi boshimizda kasalliklar, yomon hodisalar, kamida eng yaqin insonimizni o'limi bor. Va bu kun aniq keladi. Biz bu kundan qochib qutila olmimiz. To'g'ri umid qilib yashash yaxshi, lekin yomon kundan keyin har doim yaxshi kun kevurmidi, undanam yomon kelishi mumkin. Ya`ni biz vaqt qanchalik yaxshi bo'lganini o'sha vaqt o'tib ketganidan keyin bilamiz. Inson yomon kunga oldindan tayyor bo'lishi va hozirgi kunini qadriga yetishi kerak. Shuning uchun yomon kunga oldindan tayyor bo'ling va mazza qilib yashang. Hozir, ayni paytda ko'chaga chiqing. Aylaning daraxtlarga qarang. His qiling, tiriklgingizni his qiling. Huddi changdan keyin yomg'ir yoqqandek chuqur chuqur nafas oling. Pul topganingizdan keyin emas, hozir. Chunki siz ertaga hech qachon boy bola olmasligingiz mumkin. Hech qaysi maqsadlaringizga va hech qaysi orzularingizga erisha olmasligingiz mumkin. Lekin bitta narsani unutmang, ertaga bundanam battar bo'lishi mumkin.

🔥2
Holat (Nasib)
Kecha kechki soat 22:00 lada ishdan qaytvotganda ko'chamizi boshidigi magazinga non olishchun kirdim. Qanaqa non bo'sayam olishim keregidi chunki yaqin orada bu vaqtda ochiq bo'ladigan magazin yo'q edi (Toris erindim). Magazinga kirsam non qomaganakan po'lkada. Nimadur sabab bo'lib navbati baribir kutib turdim. Navbatim keganda sotuvchidan so'radim.
- Man: Non bormi? (Shu payt ko'zim po'lkada ko'rinmidigan tarafda turgan bitta dona nonga ko'zim tushdi)
- Sotuvchi: Buxankami?
- Man: Da bo'ladi. (Qanaqa non bo'sayam olishim keregidi)
- Sotuvchi: Qomadi.
- Man: Ho'v ana turibdiyu 🤔.
Sotuvchi shu payt egilib qaradi. Keyin kulimsirab:
- Sotuvchi: O'le agar sizdan oldingi nechta odam non so'rab keganidi hammasiga qomagan divorganidm ko'rmaganimchun 😄. Nasibi qaren shude nasib digani.
- Man: Raxmat 😄😅
Shu bilan olib chiqib kettim. Tori bu oddiy holat bo'lishi mumkin. Lekin nasib go'zal bo'lishiga shu joyda yana bir marta tushundim. Insonla bilanam huddi shunaqa)

David Goggins — sobiq dengiz maxsus kuchlari a'zosi, yozuvchi va motivatsion spiker, u o'z chegaralarini sindirib, imkonsizlikni imkoniyatga aylantirishga isbot bo'lgan tirik afsona!
David Goggins Joe Roganga bergan intervyusidan parcha.
Bu qanchalik g'alati eshtilmasin Rokky filmiga juda qattiq bog'lanib qolgandim. Ayniqsa 1-qismiga. Bolaligimda har kuni uyga kelib Rokkyni tomosha qilardim. Kosetani olib 14-roundga o'tkazardim. 14-round, meni boshqacha larzaga solardi. Nimaga? Chunki musiqasi sababli. Turnikka tortinish bo'yicha rekord o'rnatganimda shu musiqani qayta-qayta 17 soat davomida tinglaganman. Men hayotimni oldindan tasavvur qila olaman. Ko'p odamlar etibor bermagan jihatlarni payqay olishni bilardim. Buni ustida ishladim. Men ko'rgan narsa shu ediki. Apollo Krid, Rokky'ga juda jiddiy zarba berganda, uni urib tashlaganda Rokky kurashda davom etdi. U savodsiz edi o'qiy olmasdi huddi mendek o'qiy olmasdi, yozolmasdi ham. Faqat qaytmas edi tamom. Apollo uni burchakda urib yeqitdi. Hamma unga o'rnidan turmaslikni aytdi. Lekin u o'rnidan turdi. U turganda Apollo Krid, qo'llarini havoga ko'tarib g'alabasini nishonlardi. Krid orqasiga o'girilib Rokkyning o'rnidan turayotganini ko'rdi. Apollo Kridning o'sha paytdagi yuzi meni o'zgartirdi. Rokky o'rnidan turdi. G'alaba qozonmadi. Faqat o'rnidan turdi. Apollo Krid bo'lsa chempion edi. U eng zo'ri edi. Rokky o'shanda uning ruxini sindirdi. Haqiqatdan ham uning ruhini sindirdi. Apollo unga boshini egib, kimsan o'zi? deb qaradi. Men shunday bo'lishni istadim. Rokky bo'lishni emas. odamlarni menga shunday qarashlarini istadim. Ular meni yoqtiradimi yo'qmi qiziq emas. Bu qaysar har qanday narsaga qaramay davom etadi deyisharini istadim, shuni hohladim. Buni dunyodagi hamma narsadan ham koproq istadim.