Zarnews.uz
15.2K subscribers
77K photos
9.69K videos
354 files
40.6K links
Самарқанд вилоят ZarNews.uz веб-сайти.
Тезкор, холис, ишончли!

Сайт: http://zarnews.uz

info@zarnews.uz

http://facebook.com/zarnews.uz/

https://www.instagram.com/zarnews.uz/

Реклама ва мурожаатлар👉 @zarafshonbot

📞 +998662339159
📞 +998662339156
Download Telegram
#Ўқинг_қизиқ!
Туркиянинг афсонавий музейлари
 
18 май - Халқаро музейлар куни. Сана баҳона сизни Туркиянинг музейларига “сайр қилиш”га чорлаймиз.

——-

#Oʻqing_qiziq!
Turkiyaning afsonaviy muzeylari
 
18-may - Xalqaro muzeylar kuni. Sana bahona sizni Turkiyaning muzeylariga “sayr qilish”ga chorlaymiz.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/yv30

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Бокс: «Аср жанги»да Усик ғалаба қозонди

Саудия Арабистони пойтахти Ар-Риёд шаҳрида ташкил этилган бокс оқшомида Буюк британиялик Тайсон Фьюри ва украиналик Олександр Усик мутлақ жаҳон чемпионлиги учун рингга чиқди.

12 раунд давом этган жангда Усик рақибини мағлубиятга учратди ва супер оғир вазн тоифасида WBA, WBO, IBF, IBO ва WBC чемпионлик камарлари эгасига айланди.

Маълумот ўрнида: профессионал бокс тарихида охирги бор Леннокс Льюс 2000 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлган.

———

Boks: “Asr jangi”da Usik gʻalaba qozondi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Buyuk britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Oleksandr Usik mutlaq jahon chempionligi uchun ringga chiqdi.

12 raund davom etgan jangda Usik raqibini magʻlubiyatga uchratdi va super ogʻir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO va WBC chempionlik kamarlari egasiga aylandi.

Maʼlumot oʻrnida: professional boks tarixida oxirgi bor Lennoks Lyus 2000-yilda mutlaq jahon chempioni boʻlgan.

@Zarnews_uz
​​Xayrli tong, azizlar!

Gap koʻp-ku, umr oz

Tilimizda “Gap koʻp — koʻmir oz”, degan maqol bor. Men baʼzi davralarda uning sharhini soʻrab, oʻrtaga masala tashlab koʻrdim. Har kim har xil sharh qiladi.

“Urush yillarida koʻmir ozligida aytilgan bu”, dedi birov. Yana kimdir “Gapingda tosh bosadigan maʼno kam yoki gap koʻp-u, uning qoʻri yoʻq” degan maʼno bilan izohladi...

Menimcha, uning asli bundoq boʻlgan: Gap koʻp-ku, umr oz. Bunda -ku yuklamasi umr soʻzi bilan qoʻshilib, koʻmir shaklini olgan. Natijada shunday chuqur maʼnoli maqol ancha joʻnlashib ketgan.

Erkin VOHIDOV.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Tonggi tarona

🎼
"Ichimdagi dushmanlarim"

🎬
Bahodir Mamajonov ijrosida.

@Zarnews_uz
Oʻzbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni qancha?

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlum qilishicha, hozirda Oʻzbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 579 305 nafarni tashkil etmoqda.

Ularning 234 044 nafarini erkaklar (40,4 foiz), 345 261 nafarini ayollar (59,6 foiz) tashkil etadi.

Shundan 250 247 nafari (43,2 foiz) davlat tashkilotlarida, 329 058 nafari (56,8 foiz) xususiy sektorda faoliyat yuritmoqda.

Hozir mamlakatda jami pensiya oluvchilar soni qariyb 4 million nafarni tashkil etadi. 
Йўловчи поездлар жадвалига ўзгартиришлар киритилади

2 июндан 22 июнгача Тошкент марказий вокзали ва «Тўқимачи» бекатлари оралиғида модернизация ишлари олиб борилиши сабабли бир неча йўловчи поездлар жадвалига ўзгартиришлар киритилади.
Жумладан:

▪️765-сонли «Самарқанд — Тошкент» йўналиши

Самарқанд, соат 16:32 — Тошкент, соат 19:22

▪️767-сонли «Самарқанд — Тошкент» йўналиши

Самарқанд, соат 17:27 — Тошкент, соат 20:00

———

Yoʻlovchi poyezdlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent markaziy vokzali va “Toʻqimachi” bekatlari oraligʻida modernizatsiya ishlari olib borilishi sababli bir necha yoʻlovchi poyezdlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Jumladan:

▪️765-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi

Samarqand, soat 16:32 — Toshkent, soat 19:22

▪️767-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi

Samarqand, soat 17:27 — Toshkent, soat 20:00

@Zarnews_uz
Samarqandda YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 18-may kuni, soat 23:00 larda Samarqand shahar Xo‘ja Doniyor nomli mahalla hududidan o‘tuvchi Islom Karimov nomli ko‘chada 1991-yilda tugʻilgan haydovchi "Nexia-2" rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Oqibatda yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga urilib, YTH sodir qilgan.

"YTH oqibatida jarohat olganlar bor. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabarida.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz qanday yordam beramiz?

Safimizga ko‘plab yangi kuzatuvchilar qo‘shildi va biz o‘zimizni qayta tanishtirib o‘tishni lozim deb topdik, batafsil videoda ko'rishingiz mumkin!

📞 Xizmatlarimizdan foydalanish uchun ushbu raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:
+998-78-113-78-38

@yangidomlar_dilshod
@yangidomlar

Instagram | Facebook | YouTube

#Reklama
Ибратли воқеа: Икки пиёла сув

Қадим замонда бойлиги билан мақтанувчи ҳукмдор бўлган эди. У қаерга бормасин, хазинасидан бир қисм олиб, уни бошқаларга кўз-кўз қилар эди.

———

Ibratli voqea: Ikki piyola suv

Qadim zamonda boyligi bilan maqtanuvchi hukmdor boʻlgan edi. U qayerga bormasin, xazinasidan bir qism olib, uni boshqalarga koʻz-koʻz qilar edi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/4ude

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Малайзия Бош вазири Бухорога йўл олди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан юртимизда расмий ташрифини амалга ошираётган Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим 19 май куни Самарқанддан Бухорога жўнаб кетди.

Олий мартабали меҳмонни Самарқанд халқаро аэропортида вилояти ҳокими Э.Турдимов ва бошқа расмийлар кузатиб қўйди.

———

Malayziya Bosh vaziri Buxoroga yoʻl oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan yurtimizda rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 19-may kuni Samarqanddan Buxoroga joʻnab ketdi.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida viloyati hokimi E.Turdimov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

@Zarnews_uz
Соғлом турмуш тарзи - инсон саломатлигини асраш, мустаҳкамлаш ҳамда узоқ умр кўриш гарови

—————

Sogʻlom turmush tarzi - inson salomatligini asrash, mustahkamlash hamda uzoq umr koʻrish garovi

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/6nw

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube