Zarnews.uz
15.3K subscribers
76.6K photos
9.65K videos
350 files
40.5K links
Самарқанд вилоят ZarNews.uz веб-сайти.
Тезкор, холис, ишончли!

Сайт: http://zarnews.uz

info@zarnews.uz

http://facebook.com/zarnews.uz/

https://www.instagram.com/zarnews.uz/

Реклама ва мурожаатлар👉 @zarafshonbot

📞 +998662339159
📞 +998662339156
Download Telegram
💰АҚШ долларининг расмий курси кўтарилди

Марказий банк 13 майдан хорижий валюталарнинг сўмга нисбатан янги қийматини белгилади.

Унга кўра:

1 АҚШ доллари — 12 718,08 soʻm (+23,08);
1 Евро — 13 710,09 soʻm (+61,70);
1 Россия рубли — 137,82 soʻm (-0,30).

———

💰AQSH dollarining rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 13-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra:

1 AQSH dollari — 12 718,08 soʻm (+23,08);
1 Yevro —  13 710,09 soʻm (+61,70);
1 Rossiya rubli — 137,82 soʻm (-0,30).

@Zarnews_uz
Россияда ичида 20 нафар йўловчиси бўлган автобус дарёга қулаб тушди

Воқеа Санкт-Петербург шаҳрида содир бўлган. 2 та машина билан тўқнашган автобус тўсиққа урилиб, Мойка дарёсига қулаган.

Қутқарувчилар йўловчиларни чиқариб олган. Аммо тўрт киши ҳалок бўлгани айтилмоқда. Автобус ҳайдовчисига нисбатан жиноят иши очилган.

——-
Rossiyada ichida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus daryoga qulab tushdi

Voqea Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. 2 ta mashina bilan to‘qnashgan avtobus to‘siqqa urilib, Moyka daryosiga qulagan.

Qutqaruvchilar yo‘lovchilarni chiqarib olgan. Ammo to‘rt kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Avtobus haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

@Zarnews_uz
Президент Шавкат Мирзиёевга хорижий шериклар билан инвестициявий ҳамкорлик бўйича эришилган келишувлар ижросининг бориши ва келгуси режалар юзасидан ҳисобот берилди.

———

Prezident Shavkat Mirziyoyevga xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi va kelgusi rejalar yuzasidan hisobot berildi.

@Zarnews_uz
Марказий Осиёда барқарор минтақавий ривожланиш масалалари муҳокама этилди

Тошкент давлат иқтисодиёт университети Самарқанд филиалида “Марказий Осиёда барқарор минтақавий ривожланиш” мавзусида II Халқаро илмий-амалий конференция бўлиб ўтди.

———

Markaziy Osiyoda barqaror mintaqaviy rivojlanish masalalari muhokama etildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Markaziy Osiyoda barqaror mintaqaviy rivojlanish” mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/4vw

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Самарқандда Осиё хотин-қизлари форуми ўтказилади

13-14 май кунлари Самарқанд шаҳридаги “Silk Road Samarkand” халқаро сайёҳлик мажмуада “Хотин-қизларнинг иқтисодий, ижтимоий ва сиёсий ҳуқуқ ҳамда имкониятларини кенгайтириш масалаларига минтақавий ёндашув” мавзусида Осиё хотин-қизлари форуми ўтказилади.

——-

Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi

13-14-may kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik majmuada “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/post/samarqandda-osiyo-xotin-qizlari-forumi-otkaziladi

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ehtiyot bo‘ling, firibgarlikning yangi turi!

Qo‘ng‘iroqlar orqali baxtsiz hodisaga uchragani, zudlik bilan pul zarurligi yoxud yaqin insoningizdan qarz so‘rab murojaatlar, farzandlaringizning biror ehtiyoj uchun pul ko‘chirish to‘g‘risidagi ovozli xabarlar yuborilishi holatlariga duch keldingizmi?

Firibgarlar ovozlarni soxtalashtirish uchun qanday usul qo‘llashadi?

Firibgarlarning tuzog‘iga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Uyali aloqa qurilmalari, umuman, ijtimoiy tarmoqlarda himoya vositalarini bilasizmi?

Videorolikni diqqat bilan tomosha qiling. Firibgarlarning yangi nayrangidan ogoh bo‘ling!


@Zarnews_uz
#Ўқинг_қизиқ!
Қайси мамлакат аҳолиси дунёда энг ақлли ҳисобланади?

Олимлар резидентлари энг юқори IQ (ақл-идрок) даражасига эга бўлган мамлакатлар рейтингини тузди.

———

#Oʻqing_qiziq!
Qaysi mamlakat aholisi dunyoda eng aqlli hisoblanadi?

Olimlar rezidentlari eng yuqori IQ (aql-idrok) darajasiga ega boʻlgan mamlakatlar reytingini tuzdi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/2wd

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Xayrli tong, azizlar!

Ota-onadan keyin...

Ota-ona dunyodan oʻtganidan keyin bosh boʻlib qolgan farzandning nazari toʻq boʻlishi kerak. U oʻz manfaatlarini oxirgi oʻringa qoʻyishga majbur, yaʼni eng adolatli, eng saxiy va barcha jigarlariga birday mehribon boʻlishi shart.

Aka-uka, opa-singillarni bir-biriga koʻnglini isitish ham sanʼat, ham yuki ogʻir masʼuliyat. Bu borada kichik farzandlar kattani ota-ona oʻrnida koʻrmogʻi, nasihatiga boʻysunmogʻi lozim.

Ogʻa-inilarga bosh boʻlib qoladigan farzandning eng muhim ishi qarindoshlar orasidagi ginani yoʻqotishdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Tonggi tarona

🎼 “Oyning o‘n beshi qorong‘u”.

🎬 Muhriddin Xoliqov ijro etgan.

@Zarnews_uz
Samarqand viloyatida qancha baliq ovlangan?

🔹 2024-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 451,5 tonna (2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 2,7 marta ko‘p) baliq ovlandi.

Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 86,9 foiz fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

@Zarnews_uz
Zarafshon gazetasi №56.pdf
1.1 MB
"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 11-may kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:


- Inson qadri - ulug‘, xotirasi - muqaddas;

- Tadbirkorlikka tayanch boʻlish taraqqiyotga hissa qoʻshishdir;

- Sayyor qabul jarayonida 59 nafar shaxs jazodan ozod qilindi;

- Teatrga qachon borgansiz?

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar, jamiyatda uchrayotgan illatlar haqidagi maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.
Ер юзини энг кучли магнит бўрони қоплаши мумкин

Бугун, 11 май куни кейинги 20 йил ичида биринчи марта Қуёшдаги бир қатор кучли чақнашлардан сўнг Ерни энг юқори даражадаги магнит бўрони қоплаши кутилмоқда

———

Er yuzini eng kuchli magnit bo‘roni qoplashi mumkin

Bugun, 11-may kuni keyingi 20 yil ichida birinchi marta Quyoshdagi bir qator kuchli chaqnashlardan soʻng Yerni eng yuqori darajadagi magnit boʻroni qoplashi kutilmoqda

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/ahi

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Шу йил 16 май куни соат 10:00 да Тошкент давлат иқтисодиёт университети Самарқанд филиалида "Карьера куни" бўлиб ўтади.

Манзил: Самарқанд шаҳри,  Профессорлар кўчаси, 51-уй.
Локация
: https://maps.app.goo.gl/m4yhmEZYr8PBUkBg6

#Реклама