ZAMON.UZ | LIVE
1.45K subscribers
49.6K photos
13.6K videos
3 files
59.7K links
Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Download Telegram
Orban mag‘lubiyatni tan oldi va "Tisa" partiyasini g‘alaba bilan tabrikladi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida hukmron "Fides" koalitsiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va muxolifatdagi "Tisa" partiyasini g‘alaba bilan tabrikladi.

Byulletenlarning 60,24 foizi qayta ishlanganidan so‘ng, "Tisa" 136 o‘rinni qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lmoqda. Orbanning "Fides" partiyasi hozircha 56 o‘ringa ega, "Bizning Vatan" esa 7 o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bu haqda Vengriya Milliy saylov byurosi ma’lumotlari asosida xabar qilindi.

"Tisa" partiyasi yetakchisi Peter Madyar o‘zining Facebook sahifasida Orban uni telefon orqali g‘alaba bilan tabriklaganini ma’lum qildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Hozircha, yonilg‘i narxlaridan zavqlaning. ’Blokada’da esa 4-5 dollarlik benzinni sog‘inib qolasiz — Muhammad Bag‘ir G‘olibaf

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf Trampning Hormuz blokadasiga javoban, Oq uy yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi aks etgan xaritani X sahifasida e’lon qildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
AQSH prezidenti Donald Trump o‘zini muqaddas shifokor obrazida aks ettiruvchi neyrotasvirni ijtimoiy tarmoqda joyladi. U ushbu suratga hech qanday izoh qoldirmagan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда ҳарорат 32 даража иссиққача кўтарилиб, ҳафта ўртасига келиб кучли ёғингарчилик бошланади.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Isroil vaziri Ben-Gvir Al-Aqso masjidi hududida ibodat qildi

Isroilning o‘ta o‘ng qanot siyosatchisi, vazir Itamar Ben-Gvir yakshanba kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidiga tashrif buyurdi. Ushbu harakat Iordaniya va falastinliklar tomonidan keskin qoralandi.

Ben-Gvir vakilining ma’lum qilishicha, vazir yahudiy ziyoratchilar uchun kengroq kirish va ibodat qilish huquqlarini talab qilmoqda.

Shuningdek, vazirning o‘zi ham ushbu hududda ibodat qilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eronni qanday yengish mumkin? UFC jangchisi Trampga bir nechta maslahat berdi

U zarba berish taktikasini bo‘g‘ib taslim ettirish uslubiga o‘zgartirishni tavsiya qildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rim papasi Trampdan qo‘rqmasligini aytdi

“Menda Tramp administratsiyasidan yoki Injil xabarini baland ovozda e’lon qilishdan qo‘rqmayman, chunki men bu yerda aynan shu ishni qilish uchun bu yerda ekanligimga, cherkov aynan shu maqsad uchun borligiga ishonaman.

Biz siyosatchi emasmiz. Biz tashqi siyosat bilan u (Tramp) tushunishi mumkin bo‘lgan nuqtayi nazardan shug‘ullanmaymiz, lekin men tinchlikparvar sifatida Injil xabariga ishonaman”, — dedi papa


Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Чирчиқда "Cobalt" қизил чироқда тўхтамай, она-болани уриб кетишига сал қолди

Ушбу ҳайдовчи томонидан содир этилган қўпол қоидабузарликлардан жабрланганлар бўлса, 102 рақамига ёки яқин орадаги ИИБга мурожаат қилишлари сўралмоқда.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Артистларнинг кийиниши тартибга солинади” — Маданият вазирлиги

“Бугун бизни ҳам қийнайди санъаткорларнинг ижтимоий тармоқлардаги чиқишлари, очиқ-сочиқ кийинишлари. Агар қонунчиликда бу борада чора кўриш бўйича меъёрий ҳужжат қабул қилинса, вазирлик ҳам маданият вакилларига ўз ўрнида чора кўриб боради”, — деди журналистлар билан бўлиб ўтган матбуот анжуманида вазирлик масъули.

Батафсил 👉 https://zamon.uz/uz-cyrl/go/bml/

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Isroil Trampning Eronga nisbatan dengiz blokadasini qo‘llab-quvvatlaydi – mamlakat Bosh vaziri

​Binyamin Netanyahu Tramp tomonidan Eronga qarshi joriy etilgan harbiy-dengiz blokadasini to‘liq ma’qullashini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat ushbu masala bo‘yicha Vashington bilan doimiy muvofiqlikda harakat qilmoqda. ​Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan Bosh vazir, Eron Pokistondagi tinchlik muzokaralari qoidalarini buzganini va Trampning bunga javoban qat’iy pozitsiya egallashi o‘rinli ekanini ta’kidladi.

"Biz bu qarorni albatta qo‘llab-quvvatlaymiz va AQSH bilan doimiy aloqadamiz", — dedi Netanyahu.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ислом цивилизацияси маркази “Гиннесс”га кирди

Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази Гиннеснинг рекордлар китобига энг йирик ислом цивилизацияси музейи сифатида киритилди.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Isroil haqida:

“Erondan keyin Isroil dushmansiz yashay olmaydi. Ular yangi ritorikani ishlab chiqish va Turkiyani yangi dushman deb e’lon qilish yo‘lida izlanayotganini ko‘ryapmiz”.


Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda o’zganing sumkasini aeroportdan o’tkazib bermoqchi bo’lgan yo’lovchi sintetik narkotik bilan ushlandi

Istanbul – Toshkent reysi bilan uchib kelgan yo’lovchining yuklari orasida yeryong’oq solingan o’ram ichida 598 dona tabletka ko’rinishidagi sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Ma’lum bo’lishicha, yo’lovchi Turkiyada notanish shaxsning sumkasini 35 dollar evaziga Toshkentga olib kelib berishga rozi bo’lgan.

Bojxona qo’mitasi fuqarolarni begonalarning narsalarini chegara-bojxona postlaridan olib o’tib bermaslikka chaqirdi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍 ZAMON.UZ ТОНГГИ ДАЙЖЕСТИ: ТУНДА НИМАЛАР БЎЛДИ?

АҚШнинг USS Abraham Lincoln авиаташувчи кемаси Ўмон кўрфазига кирди ва Ҳормуз бўғози яқинига жойлашди.

АҚШ Давлат департаменти Рубионинг Ливан-Исроил музокараларида иштирок этишини тасдиқлади.

Демократлар Трампнинг Эронга қарши ҳарбий ваколатларини чеклаш бўйича резолюцияни овозга қўймоқчи.

Нью-Йоркда Исроилга қурол сотишни тўхтатишга даъват қилган урушга қарши намойишчилар ҳибсга олинди.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарқандда Темурийлар “юриш” қилди

Буюк саркарда, соҳибқирон Амир Темур таваллудининг 690 йиллиги муносабати билан жорий йилнинг 11–13 апрель кунлари Самарқандда “Амир Темур сиймоси саҳнада” номли Республика театрлар фестивали ўтказилди. Фестиваль доирасида “Амир Темур ва темурийлари даври либослари” кўргазмаси ҳам бўлиб ўтди. Шаҳар Темурийлар даври манзарасига кирди.

👉БАТАФСИЛ ВИДЕОДА КЎРИШ

Telegram | Live | Youtube | Instagram
🔥1
Бугун айрим ҳудудларда шамол туриб, чанг-тўзон кўтарилиши мумкин

“Ўзгидромет” хабарига кўра, бугун кундузи ёғингарчилик кутилмайди, фақат Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм вилоятида ва кечга томон Бухоро, Навоий вилоятларида ёмғир ёғади, баъзи жойларда кучли бўлади, айрим жойларда момақалдироқ кузатилади. Шамол 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 15-20 м/с гача кучаяди, айрим жойларда баъзида 25-28 м/с гача кучайиши мумкин, баъзи жойларда чанг-тўзонлар билан кузатилади. Ҳарорат 25-30° бўлади.

Пойтахтда ёғингарчилик кутилмайди. Шамол 3-8 м/с тезликда эсади. Ҳарорат 27-29° бўлади.

Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда баъзи жойларда ёмғир ёғади, момақалдироқ бўлиши мумкин. Сел-сув тошқин ҳодисалари юзага келиши мумкин. Шамол 7-12 м/с тезликда эсади. Ҳарорат 18-23° бўлади.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарасиз 21 соат: АҚШ ва Эрон музокараси давом этадими?

АҚШ ва Эрон тинчлик келишувига эриша олмади. 11 апрел куни АҚШ вице-президенти Венс ва Эрон парламенти спикери Муҳаммад Боқир Ғолибоф Покистон пойтахтида музокара ўтказди. Эрон ўз делегацияси номи расман “Миноб168” деб атади. Учрашувга Эрон томон Минобда ҳалок бўлган ўқувчиларнинг мактаб сумкасини кўтариб келди. Бу АҚШ ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган болалар хотирасини яна бир бор ёд олиш эди.
Хўш, учрашув қандай ўтди, нега келишувга эришилмади?

👉 БАТАФСИЛ ВИДЕОДА КЎРИШ

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Xitoy tankerlarini Hormuz bo‘g‘oziga yuborishda davom etadi

Xitoy AQSHni Trampning qamalini e’tiborsiz qoldirishi va Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirdi.

Pekin, shuningdek, Vashingtonga savdo kemalari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ma’lum qildi.

"Hormuz bo‘g‘ozi mahsulotlar va energiya manbalari uchun muhim xalqaro savdo yo‘nalishi bo‘lib, uning xavfsizligi, barqarorligi va hudud orqali to‘siqsiz harakatlanishni ta’minlash xalqaro hamjamiyatning umumiy manfaatlariga mos keladi", — deya ta’kidladi Xitoy TIV vakili Go Szyakun.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
O‘zbekistonda 2,2 mlndan ortiq fuqaro kredit olishni o‘ziga taqiqladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan jismoniy shaxslar soni 2 mln 207 mingdan oshgan. Ularning 58 foizi erkaklar, 42 foizi ayollarni tashkil etadi. Eng faol foydalanuvchilar 26–35 yosh oralig‘idagi fuqarolar bo‘lib, ular umumiy foydalanuvchilarning eng katta qismini tashkil qilmoqda.

“Kreditga taqiq” xizmati orqali fuqarolar o‘z nomiga kredit, mikrokredit va kredit kartalari rasmiylashtirilishini vaqtincha yoki doimiy ravishda cheklashi mumkin. Xizmat bepul bo‘lib, uni istalgan vaqtda yoqish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud.

Mazkur tizim firibgarlik va fuqarolar nomiga ularning xabarisiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram