ZAMON.UZ | LIVE
1.45K subscribers
49.7K photos
13.6K videos
3 files
59.8K links
Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Download Telegram
AQSH bilan muzokaralar uchun Pokistonga yo‘l olgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va parlament spikeri Muhammad Boqir G‘olibof uchayotgan samolyotga Eronning Minab shahridagi madrasada o‘ldirilgan bolalarning suratlari va buyumlari joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, Islomobodda AQSh va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunladi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
😢2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘stonliqda fuqarolar ommaviy janjallashdi

Holat hududiy IIB tomonidan to‘liq nazoratga olinib, janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Hozirda o‘rtadagi ko‘chmas mulk yuzasidan hujjatlarga aniqlik kiritish zarurati bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Ўзбекистонда зилзила содир бўлди

Республика ҳудудида сезилиш кучи: Қува туманида 2–3 балл, 4 км.
Шаҳрихон туманида 2 балл, 16 км.
Тошлоқ туманида 2 балл, 18 км.
Бўстон туманида 2 балл, 19 км.
Асака туманида 2 балл, 20 км.

Зилзила эпицентри Тошкентдан 249 км жанубий-шарқда.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vens tarixdagi mashhurlik darajasi eng past vitse-prezidentga aylandi — CNN

U mashhurlik bo‘yicha tarixiy antirekord qayd etdi. Roper instituti so‘rovlarining yig‘ma ma’lumotlariga ko‘ra, Vens siyosatini ma’qullash -18 darajaga tushib ketgan. Bu kuzatuvlar tarixidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. CNN tahlilchilari 2025-yildan buyon Vensning mashhurligi 21 foizga pasayganini aytmoqda.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Арзон палов учун жарима ва ёнғин хавфи билан ишлаётган бозорлар

Жиззахда амалга оширилаётган АЭС лойиҳасигабеларуслик мутахассислар жалб этилади. Хоразмда 7 минг сўмдан палов сотган тадбиркор жаримага тортилди, бу қанчалик асосли? Тошкентдаги“Бешқўрғон” бозорининг катта қисми ёнганидан кейин бошқа савдо мажмуалари текширилди -кўплаб бозорлар ёнғин хавфсизлиги қоидаларини бузган. Якунланаётган ҳафтанинг Ўзбекистон ҳаётига оид айрим воқеалари билан - Zamon.uz дайжести.

👉 БАТАФСИЛ ВИДЕОДА КЎРИШ

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Buxorodagi uchrashuvi ikki xalq o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, azaliy qardoshlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik mustahkamlanib borayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi festival doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi teatri tomonidan Abdulla Oripovning "Sohibqiron" drammasi spektakili ijro etildi.

Oripov tomonidan yozilgan ushbu asarda Sohibqironning va buyuk sarkarda Amir Temur umrining so‘nggi vaqtlari aks etgan.

Ushbu she’riy drama Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, Sulton Boyazid, amirlar va o‘g‘illariga munosabatini ko‘rsatish holatlari yorqin aks etgan.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektaklda Amir Temur ro‘lini Aziz Nazarimbetov ijro etdi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Бугун ҳаво ҳарорати 30 даражагача кўтарилади

“Ўзгидромет” хабарига кўра, бугун кундузи ёғингарчилик кутилмайди. Шамол 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 13-18 м/с гача кучайиши, айрим жойларда чанг-тўзонлар билан кузатилиши мумкин. Ҳарорат 25-30° бўлади.

Пойтахтда ёғингарчилик кутилмайди. Шамол 3-8 м/с тезликда эсади. Ҳарорат 26-28° бўлади.

Тоғли ҳудудларда ёғингарчилик кутилмайди. Шамол 7-12 м/с тезликда эсади. Ҳарорат 15-20° бўлади.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Orban mag‘lubiyatni tan oldi va "Tisa" partiyasini g‘alaba bilan tabrikladi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida hukmron "Fides" koalitsiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va muxolifatdagi "Tisa" partiyasini g‘alaba bilan tabrikladi.

Byulletenlarning 60,24 foizi qayta ishlanganidan so‘ng, "Tisa" 136 o‘rinni qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lmoqda. Orbanning "Fides" partiyasi hozircha 56 o‘ringa ega, "Bizning Vatan" esa 7 o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bu haqda Vengriya Milliy saylov byurosi ma’lumotlari asosida xabar qilindi.

"Tisa" partiyasi yetakchisi Peter Madyar o‘zining Facebook sahifasida Orban uni telefon orqali g‘alaba bilan tabriklaganini ma’lum qildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Hozircha, yonilg‘i narxlaridan zavqlaning. ’Blokada’da esa 4-5 dollarlik benzinni sog‘inib qolasiz — Muhammad Bag‘ir G‘olibaf

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf Trampning Hormuz blokadasiga javoban, Oq uy yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi aks etgan xaritani X sahifasida e’lon qildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1