ZAMON.UZ | LIVE
1.45K subscribers
49.7K photos
13.6K videos
3 files
59.8K links
Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Download Telegram
Ilk bor samolyotga Amir Temur nomi berildi

Centrum Air aviakompaniyasi havo kemalariga buyuk tarixiy shaxslarning nomlarini berish tashabbusi boshlanganini e’lon qildi. Ushbu loyiha doirasidagi birinchi havo kemasi buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur nomini olgan Airbus (UK32070) yo‘lovchi samolyoti bo‘ladi.

Kelgusida holdingning barcha 25 ta samolyotiga, jumladan, My Freighter yuk aviakompaniyasi flotiga ham ulug‘ siymolarning nomlari beriladi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Serjio Gor Missiya loyihasining navbatdagi soni uchun intervyu berdi

AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili ikki mamlakat prezidentlari tomonidan olib borilayotgan yetakchilik yuksak darajada ekanini ta’kidladi.

“Ular Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyatiga juda faol qiziqish bildirmoqdalar. Shuning uchun ham bu ustuvor yo‘nalish. Ulkan imkoniyatlar ochilmoqda.” — dedi Serjio Gor.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
Samarqanddagi qurilishda tuproq ostida qolgan ishchi qutqarildi

Hodisa 8-aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Samarqand shahridagi “Oltin asr” mahallasida joylashgan qurilish obyektlarining birida sodir bo'lgan. Viloyat FVBga fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

FVB qutqaruvchilari “Oltin asr” mahallasida joylashgan qurilish obyektlarining birida maxsus asbob-anjomlar yordamida quruvchini tuproq ostidan chiqarib oldi. Unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yotzilqildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi uchta bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi

Ma’lum qilinishicha, poytaxtdagi uchta bozorda o‘tkazilgan yong‘in xavfsizligi tekshiruvlarida qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan.

Shu sabab “Aviasozlar” dehqon bozori, Shayxontohur dehqon bozori va Chilonzor buyum bozorining ayrim bloklari faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбек курашчи эронлик рақибини йиғлатди

Қитъа биринчилигида юнон-рум кураши бўйича терма жамоамиз аъзоси Ихтиёр Ботировга мағлуб бўлган эронлик Моҳамед Ҳосейнванд Панаҳисаний мағлубиятни қабул қила олмай, кўз ёшларини яширмади.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavallud topganining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1 sinfga qabul 20-iyundan onlayn tartibda boshlanadi

2026–2027 o‘quv yili uchun maktabga qabul tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, joriy yilda 135 ta hudud va 5 698 ta maktabda onlayn qabul imkoniyati yaratilgan (o‘tgan o‘quv yilida mos ravishda 64 ta va 1956 ta).

Qabul mikrohududlar bo‘yicha 20 iyun – 31 iyul kunlari, boshqa hududlar bo‘yicha esa 1-avgust – 31-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 2019-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar qabuli uchun arizalar “my.gov.uz” hamda “my.maktab.uz” platformalari orqali qabul qilinadi.

Barcha 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari 20-avgustgacha tarqatiladi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Bayrutga qilingan Isroil hujumining oqibatlari

Isroil harbiylari Hizbulloh nishonlari deb ta'riflagan joylarga 100 dan ortiq havo hujumlari uyushtirilganini ma'lum qildi.

Livan prezidenti Jozef Aun buni "qirg'in" deb ta'rifladi. Mamlakat bo'ylab Milliy motam e'lon qilindi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram