ZAMON.UZ | LIVE
1.43K subscribers
49.5K photos
13.5K videos
3 files
59.7K links
Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Download Telegram
Isroilning Istanbuldagi konsulligiga qurolli hujum uyushtirildi, politsiyachi yaralandi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, konsullik yaqinida otishma ovozi eshitilgan. Hujum qilgan uch kishi yo‘q qilingan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroil Eronning Kashan shahridagi temir yo‘l ko‘prigiga zarba berdi

Mehr axborot agentligi xabar berishicha, Isroil havo kuchlari Eronning markaziy qismidagi Kashan shahridagi Yahyo Obod temir yo‘l ko‘prigiga zarba bergan. Hujum natijasida 2 kishi halok bo‘lgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”,

– dedi davlatmiz rahbari yig‘ilish avvalida.

So‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 208,08 soʻm (+32,74)
🇪🇺 yevro 14 116,20 soʻm (+52,46)
🇷🇺 rubl 155,00 soʻm (+0,71)

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Yig‘ilishda ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga e’tiroz bildirildi

Masalan, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabichalik bo‘la olmayapti. Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrin olgan bo‘lsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabda esa jami 1 ta medal mavjud.

Har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, jamoasi va murabbiylarning ish uslubini o‘zgartirib, o‘sish nuqtalarini aniq belgilab, oylik maoshini o‘quvchisining natijasiga bog‘lash zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga yutuqlarga erishgan sport maktablarini amaldagi rag‘batlantirish miqdoriga qo‘shimcha yana 500 million so‘mdan alohida mukofotlashni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Ayrim OTMlarda talabalarining 70 foizi jismoniy normativ topshira olmagani tanqid qilindi

Oliy ta’lim muassasalarida sport yo‘nalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi, federatsiyalar bilan hamkorlik, iqtidorli talabaga individual murabbiy biriktirish sustligi qayd etildi.

Ayrim oliygohlarda sport sohasi bo‘yicha yaxshi tajribalar bor. Masalan, Termiz davlat universiteti 4 ta klub tashkil qilib, 5 ming talabani 18 ta sport turiga qamrab oldi. Talabalar o‘tgan yili xalqaro musobaqalarda 18 ta medal oldi. Oliygohning voleybol va gandbol jamoalari oliy ligada, futzal va futbol jamoalari esa 1-ligada qatnashyapti.

Lekin Jizzax politexnika, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali, Qarshi davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universitetlarida 70 foiz talaba jismoniy normativ topshira olmagan. Bu ulardagi klublar “nomiga” ishlayotganini anglatadi.

Shu munosabat 207 ta oliygoh rektorlariga Termiz davlat universitetining tajribasini o‘rgatish va sport bo‘yicha bir yillik reja ishlab chiqish topshirildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Federatsiyalarda hamkor va mablag‘ topish, tadbirkorlarni jalb qilish bo‘yicha tashabbus yo‘qligi qayd etildi

Mutasaddilarga 26 ta federatsiyadagi bosh kotib va boshqaruv kadrlarining faoliyatini o‘rganib, lavozimiga loyiq bo‘lmaganlarini almashtirish topshirildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кўп китоб ўқиган ҳарбийларга электромобил берилади

Шунингдек, уларга бир қатор имтиёзлар берилмоқда.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇺🇿Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi faoliyatiga rasman start berildi. Unda Kengash hamraislari — Saida Mirziyoyeva, Serjio Gor hamda hukumatlarning oliy martabali vakillari, biznes doiralar ishtirok etdi.

“Biz Amerika kompaniyalariga faqat investor sifatida qaramaymiz, balki ularda birgalikda rivojlanadigan sheriklarni ko'ramiz. Biz aniq tuzilmaga ega va umumiy natijalarga olib keladigan real loyihalar ustida ishlashga tayyormiz. Bugun bu yerda hammasi mujassam, kuchli siyosiy iroda ham, loyihalar ham bor, hamkorlar ham tayyor. Endi faqat olg'a qadam tashlamog'imiz va aniq natijalarga erishmog‘imiz lozim”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Участкавой”ларга топшириқ: “Дайди топмасанг, ўзингни дайди қилиб ёп”

Тошкент шаҳри Олмазор туман ИИБ амалдори Аброр Худойбердиевнинг топшириғи акс этган аудио ва видеолавҳалар катта муҳокамаларга сабаб бўлди. Унда Худойбердиев профилактика инспекторларига кўчадан дайди топишни, барча ходимга кўчага чиқишни буюрган. Аудиода у дайди топмаган ходим қариндошини ёки ўзини дайди сифатида “ёпиши”ни айтган. Мазкур топшириқни амалдорнинг ўзи ўйлаб топдими ёки бу “юқори”нинг топшириғими?

👉БАТАФСИЛ ВИДЕОДА КЎРИШ

Telegram | Live | Youtube | Instagram
AQSHning Yaqin Sharqdagi elchixonalari amerikalik fuqarolarni Misr, Saudiya Arabistoni va Bahraynga borishdan tiyilishga chaqirdi.

Ushbu mamlakatlarda bo‘lib turganlarga mintaqadagi keskinlikning kuchayishi fonida imkon qadar yashash joylarini tark etmaslik tavsiya etildi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Bugun Vashington shahrida Saida Mirziyoyeva va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio o’rrasida biznes-nonushta formatida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishining natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani hamda qo‘shma loyihalar portfeli tobora kengayib borayotgani qayd etildi.

Suhbat yakunida strategik sheriklikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun AQSh Davlat kotibiga minnatdorlik bildirildi.

Telegram | Live | YouTube | Instagram