ZAMON.UZ | LIVE
1.43K subscribers
49.4K photos
13.5K videos
3 files
59.6K links
Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Download Telegram
Dog'istonda suv omboridagi tuproqli to'siq yorilib ketdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Derbent tumanida joylashgan Gejux suv omboridagi suv sathi keskin ko‘tarilib, natijada tuproqli to‘siq yorilib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mamedkala qishlog‘ida 28 ta uy suv ostida qolgan. Voqea ortidan qariyb 100 nafar aholi evakuatsiya qilingan.
Shuningdek, mahalliy rasmiylar daryo oqimi oqibatida bir ayol va bir bola halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Футбол тарихидаги энг қиммат чипталар АҚШда!

1-тоифа чипталари 9 982 доллардан 80 500 долларгача.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
🌐 ZAMON.UZ ДАЙЖЕСТИ: 6 АПРЕЛЬ ТАФСИЛОТЛАРИ

🔺 Саида Мирзиёева Сержио Гор билан учрашди.

🔺 Ўзбекистонда аскарларга имтиёзли кредит ва масофавий таълим имконияти берилади.

🔺 Ўзбекистонда картадан картага ўтказмалар мониторинг қилинади.

🔺 Андижон вилояти ҳокими ўринбосари 50 минг доллар пора билан ушланди.

🔺 Қашқадарёда имом-хатиб калтаклангани ҳақидаги хабар рад этилди.

🔺 АҚШ ва Эрон ўт очишни 45 кунга тўхтатишни кўриб чиқмоқда.

🔺 Эрон разведкаси раҳбари ҳалок бўлди.

🔺 Доғистонда сув омборидаги тупроқли тўсиқ ёрилиб кетди.

🔺 Дунё ва Ўзбекистонда содир бўлаётган бошқа янгиликларни Zamon.uz’нинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида биринчилардан бўлиб кузатиб боринг!

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍 ZAMON.UZ ТОНГГИ ДАЙЖЕСТИ: ТУНДА НИМАЛАР БЎЛДИ?

БМТ Ҳўрмуз бўғози бўйича резолюция учун овоз беришга тайёрланмоқда.

Исроил Эронга қарши янги зарбалар тўлқинини эълон қилди.

Исроилнинг Ҳайфа шаҳрига уюштирилган ракета ҳужумида 3 киши ва бир нафар филиппинлик аёл ҳалок бўлди.

Трампнинг баёнотлари фонида акциялар қиймати тушиб, нефть нархи кескин ошди.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун айрим ҳудудларда ёмғир ёғади

“Ўзгидромет” хабарига кўра, бугун кундузи баъзи жойларда ёмғир ёғади, момақалдироқ бўлиши мумкин. Фарғона водийси вилоятларида ёғингарчилик кутилмайди. Шамол 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 15-20 м/с гача кучайиши мумкин. Ҳарорат 13-18° бўлади.

Пойтахтда вақти-вақти билан ёмғир ёғади, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шамол 3-8 м/с тезликда эсади, 12-14 м/с гача кучайиши мумкин. Ҳарорат 15-17° бўлади.

Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда ёмғир ёғади, баъзи жойларда кучли бўлади, момақалдироқ бўлиши мумкин. Баъзи жойларга туман тушиши мумкин. Сел-сув тошқин ҳодисалари юзага келиши мумкин. Тоғли ҳудудларда (2000 м дан юқорида) қор кўчиши хавфи бор. Шамол 7-12 м/с тезликда эсади, момақалдироқ пайтида 13-18 м/с гача кучайиши мумкин. Ҳарорат 10-15° бўлади.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men Venesuela prezidentligiga nomzodimni qo‘ymoqchiman — Tramp

"Erondagi mojaroni tugatganimdan so‘ng Venesuelaga borishim mumkin, ispan tilini tezda o‘rganib olaman. Bunga ko‘p vaqt ketmaydi, men tillarni yaxshi o‘zlashtiraman. Men Venesuela prezidentligiga nomzodimni qo‘ymoqchiman", — dedi AQSH prezidenti.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Denovdagi gaz “zapravka”da portlash sodir bo’ldi

Bugun, 7-aprel soat 08:24 da Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida KAMAZ rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 08:39 da yetib borib, yong‘in 08:42 da o‘rab olingan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Isroil harbiy samolyotlari erta tongda Livan janubidagi ko‘plab hududlarni bombardimon qildi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
ZAMON.UZ | LIVE
Denov tumanidagi gaz zapravkada sodir bo'lgan yong'in soat 10:10 da o'chirildi — FVV. Telegram | Live | Youtube | Instagram
Denovdagi gaz “zapravka”da sodir bo'lgan portlash oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olgan

FVV ma'lum qilishicha, Denovdagi gaz "zapravka"da yuz bergan hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, shundan bir nafari 10 foiz, yana bir nafari 3-4 foiz yengil kuyish tan jarohati olgan. Ularni sog‘ligiga xavf yo‘q, hozirda ahvoli yaxshi. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Isroilning Istanbuldagi konsulligiga qurolli hujum uyushtirildi, politsiyachi yaralandi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, konsullik yaqinida otishma ovozi eshitilgan. Hujum qilgan uch kishi yo‘q qilingan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroil Eronning Kashan shahridagi temir yo‘l ko‘prigiga zarba berdi

Mehr axborot agentligi xabar berishicha, Isroil havo kuchlari Eronning markaziy qismidagi Kashan shahridagi Yahyo Obod temir yo‘l ko‘prigiga zarba bergan. Hujum natijasida 2 kishi halok bo‘lgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”,

– dedi davlatmiz rahbari yig‘ilish avvalida.

So‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 208,08 soʻm (+32,74)
🇪🇺 yevro 14 116,20 soʻm (+52,46)
🇷🇺 rubl 155,00 soʻm (+0,71)

Telegram | Live | Youtube | Instagram