ZAMON.UZ | LIVE
1.43K subscribers
49.4K photos
13.5K videos
3 files
59.6K links
Zamon.uz сайтининг расмий канали

Реклама: @zamonuz_reklama, +998970015995

Асосий канал: @zamonuz
Instagram: https://www.instagram.com/zamon.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/zamonuzb/
YouTube: https://www.youtube.com/@zamonuzrasmiy
Download Telegram
“Media haftalik”: yilning eng yirik media loyihasi Xorazm viloyatida start oldi

Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” Xorazm viloyatida o‘z ishini boshladi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда ёмғирли кунлар бошланади

Ҳафта давомида республикада ҳарорат пасайиб, ёмғирли кунлар кўп бўлади.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
2
Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi razvedkasi rahbari Majid Xademiy bugun AQSH va Isroil aviahujumlari oqibatida halok boʻldi.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Akamning shuncha yil yig‘gan obro‘siga putur yetkazdim" – PPX xodimiga musht tushirgan haydovchi uzr so'radi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida PPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, barchadan kechirim so‘ragan.

“Spirtli ichimlik iste’mol qilganim sababli gap talashdik. Keyin shu post-patrul xizmatlari xodimlari yetib kelib, o‘zaro janjallashib qoldik. Shundan so‘ng kayfda qo‘l ko‘tarib yubordim. Qilgan ishimdan mingdan ming afsusdaman, kechirishlaringizni so‘rayman. Barchadan uzr so‘rayman.

Transport hodisasi sodir qilib qo‘yganimda, meni deb boshqalar jabr ko‘rishi mumkin edi. Akamning ham shuncha yil ishlab, yig‘gan obro‘siga putur yetkazib qo‘ydim. Hammasiga o‘sha spirtli ichimlik sababchi ekan. Bu hol boshqa qaytarilmaydi. Qilgan ishimdan pushaymonman”, degan Sherzod Pardayev.


Telegram | Live | YouTube | Instagram
Chimyonda uchta qor ko‘chkisi sodir bo'ldi

6-aprelda Bo‘stonliq tumani, Chimyon hudududining dengiz sathidan 3000-2000 metr balandligida yog‘ingarchilik bo‘lib, havo harorati o‘zgargani natijasida 800 m3 hajmdagi qor ko‘chkilari sodir bo‘lgan. Talofat va jabrlanganlar yo‘q.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistondagi maktablarning birida o'g'il bola o‘quvchi qizni shafqatsizlarcha urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablardan birida bola sinfdoshi ekanligi aytilayotgan qizni xonaning burchagida shafqatsizlarcha urgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat aynan qaysi hududda sodir bo‘lgani hozirda noma’lum.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
1👎1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
61 ёшли эркак ўзини пайғамбар деб эълон қилди

Маҳмуд исмли эркак ваҳий келганини ва турли дин вакиллари кутаётган шахс айнан ўзи эканини даъво қилмоқда.

Telegram | Live | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Миллионлаб пулимизга куйдик” — бозордаги йирик ёнғин нимадан чиқди?

Тошкентнинг Чилонзор туманида жойлашган бозорлардан бирида қарийб 3 соат давом этган йирик ёнғин юз берди. Ҳодиса кўлами анчайин катта бўлган, тармоқлар фрйдаланувчилари уни "Тошкент тарихидаги энг йирик ёнғин" дея таърифлади. Хўш, ёнғин нимадан чиқди. Қанча нарса ёниб кетган? Миллионлаб зарар кўрган сотувчи-тадбиркорлар нима дейди?

👉 БАТАФСИЛ ВИДЕОДА КЎРИШ

Telegram | Live | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda imom-xatib kaltaklangani haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi “Xitoy” jome masjidida imom-xatib bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangani aks etgani aytilgan video tarqaldi.

O‘rganishlar jarayonida videoda “imom-xatib” sifatida ko‘rsatilgan shaxs aslida masjidga namoz o‘qish uchun kelgan oddiy fuqaro ekani aniqlangan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram
1
Dog'istonda suv omboridagi tuproqli to'siq yorilib ketdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Derbent tumanida joylashgan Gejux suv omboridagi suv sathi keskin ko‘tarilib, natijada tuproqli to‘siq yorilib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mamedkala qishlog‘ida 28 ta uy suv ostida qolgan. Voqea ortidan qariyb 100 nafar aholi evakuatsiya qilingan.
Shuningdek, mahalliy rasmiylar daryo oqimi oqibatida bir ayol va bir bola halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Telegram | Live | Youtube | Instagram