Psixoterapiya
852 subscribers
212 photos
16 videos
3 files
70 links
🔱 Psixologiya dunyosi, muhabbat, munosabatlar, vositalar, hayotiy to'siqlar, 21-asrning turmush tarzi.

• Humanity should be our race. Love should be our religion.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2. Muammolaringizdan qochishni to'xtating.

Ular bilan yuzma-yuz bo'lib, muammolaringizni qabul qiling. Ha, bu oson bo'lmaydi. Biz muammolarimizni bir zumda hal qila olmasligimiz tayin. Darhaqiqat, biz xafa bo'lish, tushkunlikka tushish, yiqilish va yana qayta turish uchun yaratilganmiz. Chunki yashashdan asosiy maqsad muammolarga duch kelish, o'rganish, moslashish va vaqt o'tishi bilan ularni hal qilish yoki tuzatish. Bu bizni oxir-oqibat bo'lishimiz kerak bo'ladigan odamga aylantiradi.

@zamonaviy_psixologiya
3. O'zingizga yolg'on gapirishni to'xtating.

Bizning hayotimiz faqat tavakkal qilganimizdagina yaxshilanadi. Biz hayotdan olishimiz mumkin bo'lgan birinchi va eng qiyin saboq – bu o'zimizga nisbatan halol bo'lishdir.

@zamonaviy_psixologiya
4. O'z ehtiyojlaringizni orqa o'ringa qo'yishni to'xtating.

Eng og'riqlisi, birovni haddan tashqari sevish jarayonida o'zingizni yo'qotish va siz ham alohida ekanligingizni unutishdir. Ha, albatta boshqalarga yordam bering; lekin o'zingizni ham esdan chiqarmang. Agar o’z maqsadlaringizga ergashish va siz uchun muhim bo'lgan narsani qilish uchun qancha vaqt kerak bo'lsa, demak o’sha vaqt aynan hozir.

@zamonaviy_psixologiya
5. Asl o'zingiz bo'lmagan odam bo'lishga harakat qilishni bas qiling.

Hayotdagi eng katta qiyinchiliklardan biri – bu sizni boshqalarga o'xshatishga harakat qilayotgan dunyoda ASL O’ZINGIZ bo'lishdir. Albatta, kimdir har doim sizdan chiroyliroq, kimdir aqlliroq, kimdir yoshroq bo'ladi, ammo ular hech qachon siz bo'lmaydi. Boshqalar sizni yoqtirishi uchun o'zgarmang. O'zingiz bo'ling ! Yaqin odamlaringiz hozirgi sizni borligingizcha yaxshi ko'radilar.

@zamonaviy_psixologiya
6. O'tmishni ushlab yurishni bas qiling.

Hayotdagi har bir bobingizni qayta-qayta ko’rib chiqsangiz, hayotingizning yangi bobini hech qachon boshlay olmaysiz.

@zamonaviy_psixologiya
7. Xato qilishdan qo'rqishni bas qiling.

Biror narsa qilish va uni noto'g'ri qilish – hech narsa qilmaslikdan kamida o'n baravar samaraliroqdir. Har bir muvaffaqiyatning orqasida muvaffaqiyatsizliklarning izi bor va har bir muvaffaqiyatsizlik sizni muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Oxir oqibat, siz qilgan ishlaringizdan ko'ra ko'proq qilmagan ishlaringizdan afsuslanasiz.

@zamonaviy_psixologiya
8. Eski xatolar uchun o'zingizni ayblashni bas qiling.

Biz hammamiz xato qilamiz, kurashamiz va hatto o'tmishimizdan afsuslanamiz. Lekin siz o'zingizning xatolaringiz emassiz, siz o'zingizning kamchiliklaringiz emassiz. Siz aynan hozir o'z kelajagingizni shakllantirish qudratiga egasiz. Hayotingizda sodir bo'lgan har bir voqea sizni hali oldinda bo'lgan yana bir lahzaga tayyorlaydi.

@zamonaviy_psixologiya
9. Baxtni pulga sotib olishga urinishni bas qiling.

To’g’ri biz orzu qilgan narsalarning aksariyati qimmat. Ammo, asl haqiqat shundaki, bizni chinakam baxtli qiladigan narsalar mutlaqo tekin – bular sevgi, oila, xursandchilik va hissiy ehtiroslarimiz.

@zamonaviy_psixologiya
10. Boshqalardan baxt izlashni bas qiling.

Agar siz o’zingizni aslida kimligingizdan mamnun bo'lmasangiz, boshqa hech kim bilan uzoq muddatli munosabatlarda ham baxtli bo'lmaysiz. Baxtni boshqa birov bilan baham ko'rishdan oldin, avvalo o'z hayotingizda barqarorlikni yaratishingiz kerak.

@zamonaviy_psixologiya
Forwarded from 𝒏𝒐𝒕𝒆𝒔
The older you get, the more quiet you become. This dunya humbles you so deeply as you age. You realise how much nonsense you've wasted time on. You start to accept things for what they really are. You stop forcing friendships and connections with people and you just learn to grow.