241 subscribers
2.66K photos
313 videos
9 files
108 links
@126-maktab
Download Telegram
βœ…Bugun Chilonzor tumanidagi 126-sonli umumta'lim maktabida tuman hokimi o'rinbosari Alisher Hotamov o'quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.

❇️Samimiy ruhda kechgan muloqotda tuman hokimi o'rinbosari yigit-qizlarga o'z hayoti va faoliyati haqida qisqacha so'zlab berdi. Shuningdek, Alisher Farhodovich o'quvchilarga davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

πŸ‘‰Shu bilan birga yoshlar hayotda o'z o'rnini topishi uchun bugungi kunda avvalo kompyuter savodxonligiga ega bo'lishi, kamida ikkita xorijiy tilni o'rganishi, eng asosiysi, namunali xulq bilan elu-yurtga xolis xizmat qilishi lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi.

πŸ”°Tadbir yakunida Alisher Hotamov o'quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

πŸ–Œ Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

πŸ‘‰πŸ‘‰πŸ‘‰Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
https://t.me/ToshkentshaharXTBB