Zakovat intellektual klubi
33.4K subscribers
9.43K photos
1.47K videos
99 files
4.87K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi ishtirokchilari o‘zlarining hududiy bosqichdagi suratlari bilan

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Live stream started
Live stream finished (5 minutes)
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida apellyatsiya yakuniga yetdi. Tez orada g‘olib jamoalar e’lon qilinadi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🥉Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida 3-o‘rin sohibi - Andijon viloyatining Efemerida jamoasi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🥈Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida 2-o‘rin sohibi - Toshkent shahrining Yengil kavaleriya jamoasi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🥇Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida 1-o‘rin sohibi - Toshkent shahrining Ekspromt jamoasi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi 3-turidan keyingi yakuniy natijalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥Hissiyotlar turniri

Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi 3-turidan keyin Farg‘ona va Andijondan kelgan jamoalar 26 ochko bilan 3-o‘rin uchun bir xilda nomzod bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng, 3-o‘rin egasini aniqlash uchun qo‘shimcha savollar o‘qildi. Qo‘shimcha savollarda Efemerida (Andijon) jamoasining qo‘li baland keldi.

Andijonlik qizlarning g‘alabasi va quvonch ko‘z yoshlariga yuqoridagi suratlar va videolavhada guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi!

Respublikamiz bo‘ylab jami 400 dan oshiq jamoa va 2400 nafardan oshiq ayollar ishtirok etgan turnir bugun nihoyasiga yetdi.

Murosasiz kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin - Ekspromt jamoasi (Toshkent shahri);
🥈2-o‘rin - Yengil kavaleriya jamoasi (Toshkent shahri);
🥉3-o‘rin - Efemerida jamoasi (Andijon viloyati);

G‘olib jamoalarning har bir a’zosi smart televizorlar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Avval andijonlik yangi kelin biror musobaqada qatnashish uchun Toshkentga kelib-ketishiga uyidagilari ruxsat berganini hech eshitganmisiz?

Suratda ko‘rib turganingiz - Shahlo Abdullayeva. U turmushga chiqqaniga bor yo‘g‘i 5 kun bo‘lgan. Besh kunlik kelinchak (!) qatnashgan jamoa Toshkentda manaman degan jamoalarni ortda qoldirib, g‘oliblar qatoridan joy oldi. Eng muhimi, oilasi uning qiziqishlarini hisobga oldi, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishida ko‘makchi bo‘ldi.

Shuning o‘zi so‘nggi yillarda oilalarimizda ayollarga bo‘lgan munosabat o‘zgarayotganidan dalolat emasmi?

Bizningcha, haqiqiy gender tengligi mana shunday bo‘lishi kerak.

Bilim va iste’dodini yuzaga chiqarishga yordam bergani uchun Shahloning kelin bo‘lib tushgan oilasiga minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok