Zakovat intellektual klubi
34.7K subscribers
8.94K photos
1.38K videos
99 files
4.62K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Audio
“10-savol” loyihasiga saralashning 3-savoli

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:

@zakovat_intellektual_bot

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Audio
“10-savol” loyihasiga saralash savollarining javoblari

Saralashda g‘alaba qozongan ishtirokchilar tez orada ma'lum qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“10-savol” loyihasi 11-sonining ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi!

Kecha bo‘lib o‘tgan saralash o‘yini orqali quyidagilar loyihada ishtirok etishga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi:

1. 1-savolga to‘g‘ri javob bergan farg‘onalik Nurmuhammad Abdujabborov.

2. 2-savolga to‘g‘ri javob bergan xorazmlik Habibullo Abdullayev.

3. 3-savolga to‘g‘ri javob bergan jizzaxlik Shohzodbek Bektursunov.

❗️Eslatma: “10-savol” o‘yinining 11-soni yuqoridagi ishtirokchilar bilan juma, 25-noyabr (juma) kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Yana bir yirik turnir - Intellektual olimpiadani kutib oling!

Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi.

Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

"Zakovat" o‘yinining sportcha versiyasi;
Breyn-ring;
Shaxsiy o‘yin;
Erudit-kvartet;
Shaxmat;
Shashka.

Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi.pdf
605.8 KB
Ushbu fayl orqali Intellektual olimpiadani o‘tkazishning batafsil tartibi bilan tanishishingiz mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Bugun Talaba-o‘quvchilar ligasi va O‘quvchilar ligasi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi!

Bugun
(24-noyabr kuni, payshanba) soat 15:00da Talaba-o‘quvchilar ligasi va O‘quvchilar ligasining 10-tur o‘yini boshlanadi.

Ligalarning 10-turida qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z hududidagi o‘yin bo‘ladigan manzilga kechikmasdan yetib borishlari talab etiladi. Jamoa a’zolarining barchasi bir ta'lim muassasasining o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlik kafesida o‘tkaziladi.

Talaba-o‘quvchilar ligasining Toshkentdagi o‘yinlariga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://forms.gle/PvXiV4EicnYbVnu98

O‘quvchilar ligasining Toshkentdagi o‘yinlariga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://forms.gle/2bFdnqE8ckpdWPca9

❗️Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lganlar "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Talabalar ligasining 10-turi uchun Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar

Bugun
(24-noyabr kuni, payshanba) soat 17:00da Talabalar ligasining 10-tur o‘yini boshlanadi.

Liganing 10-turida qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z hududidagi o‘yin bo‘ladigan manzilga kechikmasdan yetib borishlari talab etiladi. Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlik kafesida o‘tkaziladi. Toshkentdagi o‘yinlarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://forms.gle/FwESnkvFkQA2o1xh8

❗️Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Mahallalar o‘rtasida "Zakovat" turnirining hududiy bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladigan manzillar

❗️Eslatma: O‘yinlar Navoiy viloyatidan tashqari respublikaning barcha hududlarida bir vaqtda (25-noyabr, juma kuni ertalab soat 11:00da) boshlanadi. Qatnashuvchi jamoalardan yuqorida keltirilgan manzilga soat 11:00dan kech qolmasdan yetib borishlari so‘raladi. Kech qolgan jamoalar o‘yinlarga kiritilmaydi. Navoiy viloyatidagi o‘yin boshqa sanaga qoldirildi, ushbu o‘yin vaqti va joyi haqida keyinroq ma'lumot beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun soat 21:15 da "Milliy" telekanalida Nodira Turg‘unova jamoasi 2022-yilning kuzgi mavsumi beshinchi o'yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida bugun soat 21:15 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi. Savollarni birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.

❗️Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“10-savol” loyihasi boshlanishiga bir soat qoldi!

Bugun soat 19:00da “Zakovat”ning Youtube’dagi rasmiy kanalida “10-savol” loyihasining 11-soni jonli efirda uzatiladi.

O‘yinni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

👉🏻 https://youtu.be/b6FW36ju4Uw

Ma'lumot uchun, loyihaning bugungi sonida saralash o‘yini orqali tanlab olingan uch nafar ishtirokchi - Nurmuhammad Abdujabborov, Habibullo Abdullayev va Shohzodbek Bektursunovlar qatnashadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“10-savol” loyihasining 11-soni boshlandi!

O‘yinni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

👉🏻 https://youtu.be/b6FW36ju4Uw

O‘yinda g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga 50 million so‘m topshiriladi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
📌 Bugun soat 21:15 da "Milliy" telekanalida Nodira Turg‘unova jamoasi 2022-yilning kuzgi mavsumi 5-o'yinida ishtirok etadi.

Jamoa a’zolari (chapdan o‘ngga):
1️⃣ Maysara Ochilova - Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi;
2️⃣ Nodira Rahmonova - O’zbekiston Milliy universiteti magistranti;
3️⃣ Nodira Turg’unova - Jahon Iqtidodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti;
4️⃣ Muazzam Shoumarova - menejer;
5️⃣ Madina Mirzaraxmatova - O’zbekiston Milliy universiteti talabasi;
6️⃣ Nazokat Abdusayitova - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti talabasi
.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida soat 21:15 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi. Savollarni birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.

❗️Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Live stream started
✉️ Bugungi o‘yinda bilimdonlarga qarshi o‘z savollari bilan ishtirok etuvchi teletomoshabinlar:

1️⃣ Komil Mo’ydinov - Samarqand shahri;
2️⃣ Bobur Obidov - Yangihayot tumani;
3️⃣ G’anisher Hasanov - Paxtachi tumani;
4️⃣ Umidbek Rahmonov - Xiva shahri
5️⃣ To’lqin Abduraimov- Toshkent shahri;
6️⃣ Muhammaddiyor Mirzabahromov - Paxtaobod tumani;
7️⃣ Xuvaydo Holiqova - Chust tumani;
8️⃣ Marat Mamutov - Nukus shahri;
9️⃣ Furqat Ismatov - Zarafshon shahri
🔟 Umidgul G’afforova - Chimboy tumani;
1️⃣1️⃣ Nurbek Saidmurotov - Toshkent shahri;
1️⃣2️⃣ Blits savollari.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
1️⃣-raund. Savol muallifi — Nurbek Saidmurodov, Toshkent shahri

🎤Boshlovchi: Diqqat, e’tiboringizni ekranga qarating.

Ushbu suratda dastlab qadimgi Misrda paydo bo’lgan bir kasb egalariga o’rnatilgan haykalcha tasvirlangan. Bu haykal o’z ishining ustalariga bag’ishlab yasalgan.

⁉️Diqqat savol: Bu kasb egalari nima ish bilan shug’ullanishgan?

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🤵‍♂️Javobni Madina Mirzaraxmatova beradi: Shifokorlar

To'g'ri javob: Bu kasb dastlab Misrda paydo bo’lgan, boshida bu kasb egalari hurmatga sazovor kishilar bo’lishgan, chunki nufuz belgilashda ularga ko’p narsa bog’liq bo’lgan. Bu kasb bugun Sharqda ham, G’arbda ham deyarli yo’qolib ketgan. Odamlar ularning o’z ishlarini yolg’ondan qilayotganini bilib tursa-da ularga haq to’lagan. Ular dafn marosimlarida yig’lab beruvchi kishilar bo’lgan.

Hisob: 0️⃣ - 1️⃣

💰Savol muallifi Nurbek Saidmurodov 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2️⃣-raund. Blits savol. Savollar muallifi - Mavlon Oqilov, Ishtixon tumani

🎤Boshlovchi:
1-Savol:
Hayotimizda shunday bir so’z uchraydiki, uning ma’nosini tushunmasdan ishlataveramiz. Bu so’z juda extirosga berilganimizda, o’ta hayajonga tushganimizda bexosdan izhor qilinadi. Chunki, u so’z asli “jahannamning eng tubi” degan ma’noni bildiradi.

⁉️Diqqat savol: U qaysi so’z?

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok