Zakovat intellektual klubi
34.7K subscribers
8.94K photos
1.38K videos
99 files
4.62K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
“Zakovat Quiz” turnesining 18-noyabr kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘yinidan hayajonli kadrlar!

G‘olib jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar bilan taqdirlandi.

O‘yin tafsilotlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Zakovat Quiz” turnesi Namangan viloyatida ham davom etdi!

Suratlarda 18-noyabr kuni Namanganda bo‘lib o‘tgan o‘yinidan lavhalarni ko‘rishingiz mumkin.

G‘olib jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar bilan taqdirlandi.

O‘yin tafsilotlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Zakovat Quiz” turnesining 20-noyabr kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan o‘yinidan ajoyib lahzalar!

G‘olib jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar bilan taqdirlandi.

O‘yin tafsilotlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

O‘yindagi barcha fotosuratlarni bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Juma soat 21:15 da "Milliy" telekanalida Nodira Turg‘unova jamoasi 2022-yilning kuzgi mavsumi beshinchi o'yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Juma soat 21:15 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi. Savollarni birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.

❗️Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
200 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasi mahalla yoshlarini kutmoqda!

25-noyabr kuni Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida Mahallalar o‘rtasida "Zakovat" turnirining viloyat bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘yinlarga barcha hududda soat 11:00da start beriladi. Soat 10:00dan jamoalarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

Viloyat bosqichi o‘yinlari 3 turdan iborat bo‘lib, jami 36 ta savol o‘ynaladi.

Ma’lumot uchun, viloyat bosqichida respublikadagi barcha tuman (shahar)dan bittadan jamoa ishtirok etadi va eng yuqori natija ko‘rsatgan uchtadan jamoa respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

💰Respublika bosqichida:

1-o‘ringa 100 mln;
2-o‘ringa 60 mln;
3-o‘ringa 40 mln so‘m mukofot topshiriladi.

❗️Eslatma: Jamoalardan o‘yinga kech qolmasdan yetib borish hamda tegishli mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan jamoa arizasi va jamoadagi barchaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini tashkilotchilarga ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. Kech qolgan jamoalar qo‘yilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok