Zakovat intellektual klubi
34.7K subscribers
8.93K photos
1.38K videos
98 files
4.61K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Prezident qarori ortidan "Zakovat"ga e'tibor kuchaymoqda

Bugun, 26-may kuni “Zakovat” intellektual klubi tomonidan tashkil etilgan Talabalar ligasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori kubogi o‘tkazildi. Quvonchli tomoni – birgina institut doirasidagi ushbu musobaqaning sovrin jamg’armasi 72 million so‘mni tashkil etmoqda!

Turnirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalaridan tashkil topgan jami 38 ta jamoa kuch sinashdi.

Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar dastlabki 3 ta o‘rinni egalladi:
🥇1-o‘rin - “Rubicon” jamoasi;
🥈
2-o‘rin - “Anonymous” jamoasi;
🥉
3-o‘rin - “Intiluvchan” jamoasi.

Institut rektori Ilhom Sobirov jamoalarga quyidagi miqdorda pul mukofotlarini topshirdi:
1-o‘rin – 30 million so‘m;
2-o‘rin – 24 million so‘m;
3-o‘rin – 18 million so‘m.

Shuningdek, g‘olib jamoalarga “Zakovat” intellektual klubi NNT direktori Umid Narimov tomonidan Komil Allamjonovning “Allamjonov aybdor” kitobi ham taqdim etildi.

@zakovat
"Talabalar ligasi" musobaqasining 6-turi 27-may kuni respublikamizning 14 ta hududida sinxron tarzda bo‘lib o‘tdi

O‘yinda 219 ta jamoada 1300dan ortiq talaba ishtirok etdi va kuchli o‘nlikni quyidagi jamoalar egalladi:

1-o‘rin Lawyers (GulDU)
2-o‘rin Universal (ADU)
3-o‘rin Gallaktikos (UrDU)
4-o‘rin Pikovit (QarDU)
5-o‘rin Kapitoliy (NamDU)
6-o‘rin Ikkinchi vedomostga qolganlar(O‘zMU)
7-o‘rin Kimyogar (TKTI)
8-o‘rin Akcent (CHDPI)
9-o‘rin Pentagon (NamDU)
10-o‘rin Polyglot (O‘zDJTU)

6-tur o‘yinidan fotosuratlarni ushbu havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.


@zakovatklubi
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
“Zakovat” intellektual klubida bahorgi mavsum o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi

🔥 Shiddatli bahslarga boy o‘tgan so‘nggi 12-turda mavsumning eng kuchli besh jamoasiga aniqlik kiritildi.

🔝5️⃣ Mavsum yakunida quyidagi jamoalar kuchli beshlikni egalladi:

🥇Espero jamoasi:
🥈Farrux Rafiqov jamoasi;
🥉Jobir Ahmedov jamoasi;
🏅Benom jamoasi;
🏅Legion jamoasi.

🎤 “Zakovat” intellektual klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev g‘olib jamoalarga diplom va quyidagi miqdordagi sovrinli sertifikatlarni topshirdi:

1-o‘rin uchun - 30 million so‘m;
2-o‘rin uchun - 25 million so‘m;
3-o‘rin uchun - 20 million so‘m;
4-o‘rin uchun - 15 million so‘m;
5-o‘rin uchun - 10 million so‘m.
Namanganlik Zakovat klubi aʼzolariga ham sovgʻalar yetkazildi

Zakovat klubi tomonidan 27-may kuni Namangan shahridagi "Yoshlar markazi"da "Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi" vasiylik kengashi raisi K.I. Allamjonov qalamiga mansub "Allamjonov aybdor" kitobi namanganlik Zakovat klubi aʼzolariga esdalik sovg'asi sifatida taqdim etildi.

@zakovat
Qashqadaryoda ham Zakovat klubi aʼzolariga esdalik sovg‘alari tarqatildi

Zakovat klubi tomonidan 27-may kuni Qarshi shahridagi "Uzoq Bobo" kitoblar do'koni va "Yoshlar markazi"da "Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi" vasiylik kengashi raisi K.I. Allamjonov qalamiga mansub "Allamjonov aybdor" kitobi qashqadaryolik Zakovat klubi aʼzolariga esdalik sovg'asi sifatida taqdim etildi.

@zakovat