Zakovat intellektual klubi
34.7K subscribers
8.94K photos
1.38K videos
99 files
4.62K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
20-may kuni Markaziy Osiyo Yoshlar forumi doirasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston yoshlaridan tashkil topgan jami 15 ta jamoa ishtirok etdi. E‘tiborli jihati, beshta mamlakat yoshlari millatlararo do‘stlikka intilgan holda aralash jamoalarga birlashib kuch sinashishdi.

Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar kuchli uchlikni tashkil etdi:
🥇1-o‘rin - “Sensatsiya” jamoasi;
🥈2-o‘rin - “Asia Mix” jamoasi;
🥉3-o‘rin - “GOLUB” jamoasi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

@zakovat
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
"Talabalar ligasi" musobaqasining 5-turi 20-may kuni respublikamizning 14 ta hududida sinxron tarzda bo‘lib o‘tdi

O‘yinda 250 ta jamoada 1500dan ortiq talaba ishtirok etdi va kuchli o‘nlikni quyidagi jamoalar egalladi:

1-o‘rin AvtoZak (AndMI)
2-o‘rin Polyglot (O‘zDJTU)
3-o‘rin Deram team (BDTI)
4-o‘rin FarDU 2
5-o‘rin KarSU (QQDU)
6-o‘rin Gallaktikos (UrDU)
7-o‘rin Diamond (QarMII)
8-o‘rin Rubikon (TTYeSI)
9-o‘rin Akcent (CHDPI)
10-o‘rin Yoshlik (O‘zXIA)

5-tur o‘yinidan fotosuratlarni ushbu havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.


@zakovatklubi
Shu yilning 19- va 20-may kunlari neft va gaz sohasida ishlaydigan korxonalar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikaning har xil hududlaridan kelgan jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqaning birinchi kunida saralash bosqichi o‘tkazildi. Ikkinchi kunida esa 18 ta jamoa ishtirokida final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunida kuchli uchlikni quyidagi jamoalar tashkil etdi:

🥇1-o‘rin - Uz Kor Gas Chemical jamoasi
🥈2-o‘rin - Muborak gazni qayta ishlash zavodi jamoasi
🥉3-o‘rin - Sho'rtan gaz kimyo majmuasi jamoasi

Yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarga noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Intellektual musobaqalar tashkil etmoqchi bo'lgan tashkilotlarga hamkorlik taklif qilamiz.

@zakovat
“Zakovat”ga savol jo‘nating va millionlarni ishlab oling!

“Zakovat” teleo‘yini bahorgi mavsum finalida nukuslik o‘qituvchi Bahodir Qidirboyev bitta savol ortidan 62 million so‘m ishlab olganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi orasida ommalashtirishga qaratilgan 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli prezident qarorida “Zakovat”ga savol yo‘llagan teletomoshabinlarni moddiy rag‘batlantirish vazifasi alohida qayt etildi. Shunga ko‘ra, endi siz ham “Zakovat” orqali millionlarni ishlab olishingiz mumkin.
“Zakovat” ilm va intellektual mehnat qadrlanadigan mana shunday dargohga aylandi. Faqat buning uchun “Zakovat” teleo‘yiniga savol jo‘natishingiz kerak bo‘ladi. Savol bo‘lganda ham hech qayerda o‘ynalmagan, ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan va qiziqarli ma’lumot asosida tuzilgan savol bo‘lishi talab etiladi.

Qanday savollarni tuzmagan ma’qul?

Savol tuzayotganda mashhur asarlar, darsliklardagi ma’lumotlar, siyqasi chiqqan mashhur faktlar, saytlarda chiqadigan va minglab odamlar ko‘zi tushadigan boshqa ma’lumotlardan qochishingiz kerak bo‘ladi. Agarda shunday ma’lumot aks etgan savol jo‘natsangiz, uning o‘yinga qo‘yilish ehtimoli keskin tushib ketadi. Bunday savol ekranda o‘ynalgan taqdirda ham, savolingiz bilimdonlar tomonidan osongina topiladigan “o‘lja”ga aylanadi va siz hech qanday moddiy manfaat ko‘rmaysiz.
Shuningdek, savolingiz mantiqiy bo‘lishi talab etiladi.

Savollarni qayerdan tuzish kerak?

Savol tuzishda manba sifatida ko‘pchilik o‘qimaydigan kitoblar, ko‘pchilikning ko‘zidan panada bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar, turli kasb va soha vakillari faoliyatidagi qiziqarli jihatlar, muzeylardagi kartinalar va boshqa eksponatlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz.
Bahodir Qidirboyevga o‘xshab muzeylarga borib turing. Teatrlarga yoki boshqa madaniy maskanlarga tashrif buyuring. Turli viloyatlarga yoki xorijga sayohat qiling. Shunda siz ham savol tuzishga arziydigan qiziqarli ma’lumotlarni uchratasiz. Bunday ma’lumotlarni uchratmagan taqdiringizda ham afsuslanishga hojat yo‘q - siz o‘z dunyoqarashingizni kengaytirganingiz va estetik zavq olganingiz bilan bemalol maqtana olasiz.

Savol jo‘natishda qanday shartlarga roiya qilish kerak?

Savol jo‘natish shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

@zakovat
Prezident qarori ortidan "Zakovat"ga e'tibor kuchaymoqda

Bugun, 26-may kuni “Zakovat” intellektual klubi tomonidan tashkil etilgan Talabalar ligasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori kubogi o‘tkazildi. Quvonchli tomoni – birgina institut doirasidagi ushbu musobaqaning sovrin jamg’armasi 72 million so‘mni tashkil etmoqda!

Turnirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalaridan tashkil topgan jami 38 ta jamoa kuch sinashdi.

Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar dastlabki 3 ta o‘rinni egalladi:
🥇1-o‘rin - “Rubicon” jamoasi;
🥈
2-o‘rin - “Anonymous” jamoasi;
🥉
3-o‘rin - “Intiluvchan” jamoasi.

Institut rektori Ilhom Sobirov jamoalarga quyidagi miqdorda pul mukofotlarini topshirdi:
1-o‘rin – 30 million so‘m;
2-o‘rin – 24 million so‘m;
3-o‘rin – 18 million so‘m.

Shuningdek, g‘olib jamoalarga “Zakovat” intellektual klubi NNT direktori Umid Narimov tomonidan Komil Allamjonovning “Allamjonov aybdor” kitobi ham taqdim etildi.

@zakovat