Zakovat intellektual klubi
34.7K subscribers
8.93K photos
1.38K videos
98 files
4.61K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
8️⃣-raund. Savol muallifi - Sunatilla Rasulov, Kattaqo‘rg‘on tumani.

🎤Boshlovchi
: ◼️Marhamat zakovat sandiqchasi olib chiqilsin!
Zamonaviy rus shoiri Yevgeniy Tkachovdan 4 qator she’r:

Makon etib chang bosgan uyning tomini,
Eski quti yirtiq qopga tushib olmoqda.
Keraksiz rejadek hayoldan uchib,
Hatto Ular ham qarib qolmoqda.

⁉️Diqqat savol: Sandiqchadagi Uni nimaligi toping.

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Muhiddin Usmonov beradi: Bizning fikrimizcha sandiqchada eski kitoblar bor.

To‘g‘ri javob: Gap tom haqida ketyapti. Eski quti, yirtiq-yamoq, nimalardir ashxol-dashxol, hammasi yig‘ilib yotishibdi. Hatto beg‘ubor ular ham vaqt o‘tgani sari qarib qolar ekan. Marhamat sandiqchani ochamiz. Uni ichida qo‘g‘irchoq bor.

Hisob: 3️⃣ - 5️⃣

💰Savol muallifi Sunatilla Rasulov 10 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9️⃣-raund. Savol muallifi - Ravshan Mamajonov, To‘raqo‘rg‘on tumani.

🎤Boshlovchi:
Marhamat ekranga qarang!
Afrikadagi fermerlar ekin ekiladigan maydonni mana shunaqa sim to‘rlar bilar o‘rab qo‘yishar ekan. Ularni orasida tortilgan sim bor. Va o‘rtasiga qutilar ilib qo‘yishadi. Maqsad maydonni fillardan himoyalash ekan.

⁉️Diqqat savol: Aytingchi qutilarda nima solingan deb o‘ylaysiz?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Bobur Maksimov beradi: Bizning fikrimizcha bu idishlar o‘ziga xos asalarilar ini bo‘lgan. To‘siqdan o‘tgan fil buni buzib yuboradi va asalarilar chiqib uni chaqadi. Shundan keyin fil orqasiga qaytib ketishga majbur bo‘ladi.

To‘g‘ri javob: Ular ham qo‘riqlaydi, ham o‘zining azaliy ishini qiladi. Afrikadagi ekin maydonlariga asosiy zararni fillar qilishadi. Fillar undan qo‘rqishadi. Keyin qayerda uning hujumiga uchrasa shu joyga yaqinlashishmaydi. Bu qutilar ichida asalarilar bor.

Hisob: 4️⃣ - 5️⃣

💰Bilimdonlar jamoasi 2 million so‘m
pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
🔟-raund. Savol muallifi - Bahodir Qidirboyev, Nukus shahri.

🎤Boshlovchi:
Marhamat ekranga qarang!
Bahodir bu suratni Ichan qal’aning bir bo‘limida ko‘rgan ekan. Bu bo‘lim nomi Xorazm ... tarixi bo‘limi ekan.

⁉️Diqqat savol: Bu bo‘lim musiqa janri bo‘lmasa unda nima deb nomlangan?

@zakovat
👥🗣Jamoa klub yordamidan foydalandi.

🤵‍♂️Javobni Abbos Salaydinov beradi: Eng ko‘p tarozi bosadigan narsa rasmda matolar bo‘lyapti, masalan oyoq ostiga to‘shalganiyam, yog‘och kravat ustida gilam va yostiqdagi bezaklaram bor. Bu Xorazm mato to‘qish san’ati bo‘limi.

To‘g‘ri javob: Bu bo‘limning nomi Tabobat tarixi bo‘limi. Xorazmda musiqa ohang emas yuksakroq hilqat. Bu suratda musiqa bilan davolash ko‘rsatilgan.

Hisob: 4️⃣ - 6️⃣

💰Savol muallifi Bahodir Qidirboyev 12 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
⚡️Mavsumning eng yaxshi savoli muallifi - Bahodir Qidirboyev

💰"Xorazm tabobat tarixi"
haqidagi savoli mavsumning eng yaxshi savoli deb topilgani uchun 50 mln, shuningdek teletomoshabinlarga 6-ochkoni olib kelgani uchun yana 12 mln so‘m, jami 62 mln so’m pul mukofotiga ega boʻldi.

@zakovat
Teletomoshabinlar versiyasi.

Sizningcha, bugungi o’yinning eng yaxshi bilimdoni kim bo’ldi?
Anonymous Poll
41%
Abbos Salaydinov
10%
Muhiddin Usmonov
12%
Muhammadxo‘ja Ahmedov
11%
Temurbek Tursunqulov
20%
Bobur Maksimov
7%
Sohib Jontoyev
Live stream finished (1 hour)
⚡️ “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvi muxlislari uchun ajoyib yangilik!

Oliy Liga-2022 Bahorgi mavsumidan boshlab mavsum final o‘yinlaridagi mukofot pullari ikki barobarga ko‘paytirildi.

📨 Mavsum finallarida savoli o‘ynalgan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

1-ochko uchun — 2 mln so‘m;
2-ochko uchun — 4 mln so‘m;
3-ochko uchun — 6 mln so‘m;
4-ochko uchun — 8 mln so‘m;
5-ochko uchun — 10 mln so‘m;
6-ochko uchun — 12 mln so‘m.

❗️Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 50 mln so‘m.

🤵‍♂️🤵‍♀️ Mavsum finallaridagi har bir to‘g‘ri topilgan savol uchun bilimdonlar jamoasi ham 2 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

@zakovat
20-may kuni Markaziy Osiyo Yoshlar forumi doirasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston yoshlaridan tashkil topgan jami 15 ta jamoa ishtirok etdi. E‘tiborli jihati, beshta mamlakat yoshlari millatlararo do‘stlikka intilgan holda aralash jamoalarga birlashib kuch sinashishdi.

Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar kuchli uchlikni tashkil etdi:
🥇1-o‘rin - “Sensatsiya” jamoasi;
🥈2-o‘rin - “Asia Mix” jamoasi;
🥉3-o‘rin - “GOLUB” jamoasi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

@zakovat
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
"Talabalar ligasi" musobaqasining 5-turi 20-may kuni respublikamizning 14 ta hududida sinxron tarzda bo‘lib o‘tdi

O‘yinda 250 ta jamoada 1500dan ortiq talaba ishtirok etdi va kuchli o‘nlikni quyidagi jamoalar egalladi:

1-o‘rin AvtoZak (AndMI)
2-o‘rin Polyglot (O‘zDJTU)
3-o‘rin Deram team (BDTI)
4-o‘rin FarDU 2
5-o‘rin KarSU (QQDU)
6-o‘rin Gallaktikos (UrDU)
7-o‘rin Diamond (QarMII)
8-o‘rin Rubikon (TTYeSI)
9-o‘rin Akcent (CHDPI)
10-o‘rin Yoshlik (O‘zXIA)

5-tur o‘yinidan fotosuratlarni ushbu havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.


@zakovatklubi