Zakovat intellektual klubi
33.7K subscribers
9.38K photos
1.46K videos
99 files
4.85K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
1️⃣1️⃣-raund. Savol muallifi - Samobek Ibragimov, Urganch shahri.

🎤Boshlovchi:
Karavadjo qalamiga mansub surat. Suratning nomi "Ud chalayotgan qiz" deb nomlangan. Bu surat 1596-yilda chizilgan. Lekin oʻsha davr tarixini biladigan sanʼatshunoslar suratdagi qiz bola emas, yigit deb taʼriflashadi.

⁉️Diqqat savol: Qanday sabab tufayli uni yigit deb qarashgan? Sababini ayting.

@zakovat
🤵‍♂️ Javobni Xushnudbek Xudoyberdiyev beradi: Ikkita variant bor. Oʻsha paytda skripkani faqat erkaklar chalgan boʻlishi mumkin, yonida turgan. ikkinchisi, bizda ayollarni tugmasi farqlangani kabi oʻsha paytda ayollar chap qoʻl bilan chalish kerak boʻlgandir, bu yerda oʻng bilan chalib turibdi. Oʻshanchun buni yigit deb oʻylashgandir. Demak, oʻsha paytda musiqa asboblari ikkiga boʻlingan: ayollar va erkaklarniki. Erkaklarniki oʻng tomondan chalinadigan, ayollarniki chap tomondan. Bu yerda oʻng tomondan chalinadigan musiqa asbobi turibdi. Balkim, shuning uchundir.

To‘g‘ri javob: XVI-XVII asrlargacha ud sozini faqat erkaklar chalgan. Oʻsha davr tarixini yaxshi biladigan sanʼatshunoslar suratdagi qiz bola emas, yigit deb atashiga sabab shu.

Hisob: 0️⃣ - 6️⃣

💰Savol muallifi Samobek Ibragimov 6 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
✉️ Eng yaxshi savol muallifi - Bahriddin Nazarov "Svetofor" haqidagi savoli uchun 5 mln so‘m pul mukofotiga ega boʻldi.

🤵‍♂️O‘yinning eng faol bilimdoni - Xushnudbek Xudoyberdiyev 5 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
⚡️”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

Endi “Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

‼️ Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

ℹ️ Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

📩 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

📲 savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizlarning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!


@zakovat
Live stream finished (1 hour)
«Заковат» клуби «Что? Где? Когда?» телевизион дастурининг лицензиясини харид қилди

Кўпчиликка маълумки, Россия Федерациясининг «Что? Где? Когда?» теледастури 1975 йилдан буён эфирга узатилиб келинади ҳамда кўплаб давлатларда ўзининг миллионлаб мухлисларига эга. Эътиборли томони, «Что? Где? Когда?» дастурининг хориждаги илк аналоги айнан Ўзбекистонда дунё юзини кўрган ҳамда «Заковат» интеллектуал кўрсатуви 2001 йил 25 март санасидан бошлаб 21 йилдан буён доимий эфирга узатилмоқда.

Ўтган давр мобайнида «Заковат» клуби россиялик ҳамкасблари билан доимий алоқада бўлиб келган, аммо молиявий имкониятлар йўқлиги сабабли расмий лицензия шартномаси тузишнинг имкони бўлмаган эди.

2022 йил 20 январь куни «Заковат» интеллектуал ўйинини аҳоли ўртасида оммавий-маърифий ҳаракатга айлантиришга оид Президент қарори қабул қилиниши натижасида интеллектуал клуб фаолияти янги босқичга кўтарилаётганини алоҳида таъкидлаш зарур.

Жумладан, қарор ижросини таъминлаш мақсадида «Заковат» интеллектуал клуби» нодавлат нотижорат ташкилоти ҳамда «Что? Где? Когда?» теледастурининг муаллифлик ҳуқуқи эгаси бўлган Россиянинг «Продюссерский центр «Игра-ТВ» МЧЖ ўртасида шартнома имзоланди.
Мазкур шартнома «Что? Где? Когда?» теледастурининг сценарийсидан фойдаланиш ҳуқуқи, шунингдек иккала томонларнинг келгусидаги ўзаро ҳамкорлигини ўз ичига олади.

Шартнома асосида «Что? Где? Когда?» теледастурининг бир гуруҳ ижодкорлари Тошкент шаҳрига ташриф буюришди.
Телекомпаниянинг лицензия масалалари бўйича ижрочи директори Наталия Кузнецова, теледастур режиссёри Андрей Лысенко, техник директор Алексей Ветюгов ҳамда муҳаррир Дарья Ивашкевичдан иборат делегация «Заковат» кўрсатувининг суратга олиш жараёнларида иштирок этди, иш жараёнлари билан яқиндан танишди, ўзларининг маслаҳат ва тавсиялари билан ўртоқлашди.

Шундай қилиб, 2022 йилнинг баҳорги мавсумидан бошлаб «Заковат» кўрсатуви «Что? Где? Когда?» теледастури лицензияси асосида эфирга кетишни бошлайди.


@zakovat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun soat 21:30 da "Milliy" telekanalida Azamat Matkarimov jamoasi 2022-yilning qishki mavsumi final o‘yinida ishtirok etadi.

Jamoa a’zolari:

1️⃣ Azamat Matkarimov Xiva shahridagi prezident maktabi o‘qituvchisi (jamoa sardori);
2️⃣ Shodlik Xasanov - Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy ishlar bo`yicha direktor o‘rinbosari;
3️⃣ Jamoliddin Tojiyev - erkin ijodkor;
4️⃣Navruz Xo'jayev - tadbirkor;
5️⃣Feruz Xo'jayev - menejer.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida soat 21:30 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi. Savollarni birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.

❗️Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.

@zakovat
Live stream started
✉️ Bugungi o‘yinda bilimdonlarga qarshi o‘z savollari bilan ishtirok etuvchi teletomoshabinlar:

1️⃣ Xudoyberdi Ergashev - Fargʻona shahri;
2️⃣ Bozor Mamadiyev - Qumqoʻrgʻon tumani;
3️⃣ Qosimxon Axrorov - Bo‘stonliq tumani;
4️⃣ Malohat Bozorova - Gʻijduvon tumani;
5️⃣ Mirzatilla Shonazarov - Yashnobod tumani;
6️⃣ Farrux Rajabov - Shofirkon tumani;
7️⃣ Joʻrabek Mingqobilov - Termiz shahri;
8️⃣ Nasiba Maʼrufxoʻjayeva - Oltinkoʻl tumani;
9️⃣ Abdurasul Ashurov - Qiziltepa tumani;
🔟 Jahongir Qaynarov - Sardoba tumani;
1️⃣1️⃣ Behruz Ogʻaniyozov - Olot tumani;
1️⃣2️⃣ Dilshod Vohobov - Oltiariq tumani.

@zakovat
1️⃣-raund. Savol muallifi - Malohat Bozorova, Gʻijduvon tumani.

🎤Boshlovchi
: Bir savdogar yigit savdo orqasidan boyib ketibdi. Xotiniga yana uylanmoqchi ekanligini aytibdi. Xotini yigʻi-sigʻi qilib qozining oldiga olib boribdi. Qozi er-u xotinning arzini tinglab, qovun keltirishlarini buyuribdi. Qovunni savdogarga berib, uzunchoq qilib teng ikkiga boʻlishini aytibdi. Savdogar bu ishni ajoyib tarzda uddalagan, yaʼni qovun hajmi, vazni teng ikkiga boʻlingan. Ammo qozi savdogarga 2-marta uylanishga loyiq emassan degan. Nima uchun deb soʻraganda, qozi savdogarga qovunni koʻrsatibdi.

⁉️Diqqat savol: Qovunni kesishda qanday xatolikka yoʻl qoʻyilgan?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Navroʻz Xoʻjayev beradi: Qovunni teng ikkiga boʻlgan, lekin qovun urugʻi 3 qator boʻladi. O‘rtadan bo‘lganda bir tomonda 2 ta, ikkinchi tomonda 1 ta qolgan. Demak, uni teng boʻlishning iloji yoʻq.

To‘g‘ri javob: Qovunning soyada qolib ketgan tomonini teng ikkiga boʻlishi kerak ekanligini aytgan qozi. Savdogar esa qovunning quyosh tushgan tomonini alohida, soyada qolgan tomonini alohida boʻlgan. Bu orqali qozi yigitning adolatli boʻlishiga shubha qilgan va yana uylanishiga ruxsat bermagan.

Hisob: 0️⃣ - 1️⃣

💰Savol muallifi Malohat Bozorova 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
2️⃣-raund. Savol muallifi - Joʻrabek Mengliboyev, Termiz shahri.

🎤Boshlovchi:
Zilzilalar tarixiga nazar solinsa, eng qattiq zilzilalardan biri 22-may 1960-yilda roʻy bergan ekan. 9.5 ball yer qimirlashi kuzatilgan. Bu zilzila 2 yildan keyin bu davlatda oʻtishi kutilayotgan yirik bir tadbirni shubha ostiga qoldiradi.

⁉️Diqqat savol: Zilzila qaysi davlatda boʻlib oʻtgan?

@zakovat
👥🗣 Jamoa klub yordamidan foydalandi.

🤵‍♂️Javobni Azamat Matkarimov beradi: Chili davlati.

To‘g‘ri javob: Chili davlati, 1962-yilda futbol boʻyicha jahon chempionati boʻlishi kerak edi.

Hisob: 1️⃣ - 1️⃣

💰Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m
pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
3️⃣-raund. Savol muallifi – Bozor Mamadiyev, Qumqoʻrgʻon tumani.

🎤Boshlovchi:
Togʻli hududda yashovchi qishloq ahli oʻz uylarini toshlar bilan bunyod etishadi. Tosh yetkazib beruvchi shirkat aʼzolari aholiga toshlarni ikki xil narxda sotishadi. Ayrim toshlar arzon sotiladi, ayrim toshlar qimmatroqqa, yaʼni bir mashina arzonroq sotilsa, keyingi mashina qimmatroq sotiladi.

⁉️Diqqat savol: Nega bitta togʻdan olib kelingan toshlar ikki xil narxda sotiladi?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Navro‘z Xo‘jayev beradi: Odatda toshlarni oʻlchamiga qarab sotiladi. Katta toshlar arzonroq, kichik toshlar qimmatroq boʻladi. Oʻlchamiga qarab ikki xil narxda sotiladi.

To‘g‘ri javob: Togʻning quyosh nuri tushib turadigan tomonidan olingan toshlar qimmatroqqa sotilgan. Quyoshga teskari tarafidagi toshlar arzon sotilgan. Negaki quyosh tushgan toshlar pishiq va qurilgan uylar yozda salqin, qishda issiq boʻlarkan. Buni togʻliklar bir koʻrganda ajratib olarkan.

Hisob: 1️⃣ - 2️⃣

💰
Savol muallifi Bozor Mamadiyev 2 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
4️⃣-raund. Savol muallifi - Behruz Ogʻaniyozov, Olot tumani.

🎤Boshlovchi
: Ikkinchi jahon urushida AQSH qoʻshinlari orasida mashhur boʻlgan RAF 16 samolyoti surati bu. Uning rangi och pushti rangda. Bu qiruvchi samolyotda kunning maʼlum bir vaqtlarida jangovar uchishlar qilib turgan. Shundan uchuvchilar bu samolyotlarga oʻzlaricha nom berishgan.

⁉️Diqqat savol: Siz kunning qaysi vaqtlarida havoga koʻtarliganligini emas, uning ikkinchi nomini ayting.

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Navroʻz Xo‘jayev beradi: Shafaq ilohasi.

To‘g‘ri javob: Koʻrinmas (самoлeт невидимка).

Hisob: 1️⃣ - 3️⃣

💰Savol muallifi Behruz Ogʻaniyozov 3 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
5️⃣-raund. Savol muallifi – Mirzatilla Shonazarov, Yashnobod tumani.

🎤Boshlovchi: Biz sizga Tomas Geynsboro qalamiga mansub suratni koʻrsatyapmiz. Geynsboro bu suratida asli shotlandiyalik boʻlgan harbiy zobitni tasvirlagan. Bu zobitning ovozi goʻzal va nihoyatda chiroyli gapirgan. Zaxiraga chiqqach, Londonda oʻziga mos ish topadi va aholi orasida maʼlum bir nomga ega boʻladi.

⁉️Diqqat savol: Tomas Geynsboro bu suratida asli shotlandiyalik qaysi londonlikni tasvirlagan?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Azamat Matkarimov beradi: keyinchalik auksionda ishlagan boʻlsa, Sotbis bo‘lsin.

To‘g‘ri javob: Jeyms Kristi. Auksion ochib, sanʼat asarlari sotuvini tashkil etib katta mashhurlikka erishgan.

Hisob: 1️⃣ - 4️⃣

💰Savol muallifi Mirzatilla Shonazarov 4 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
6️⃣-raund. Savol muallifi – Nasiba Maʼrufxoʻjayeva, Oltinkoʻl tumani.

🎤Boshlovchi:
Oʻzbek xalqi juda farosatli xalq. Keling boshqacharoq oʻqiyman. Oʻzbek xalqi juda farosatli xalq boʻlgan. Hozir ham shunday dersiz, ammo XX asr oʻrtalarida farosat insonlarda juda baland boʻlgan. Masalan, o‘sha davrda er-xotin koʻchada yurganda, xotin eridan 10 metrcha orqada yoki yoʻlning narigi tomonida yurgan. Buni aniq vaji boʻlgan.

⁉️Diqqat savol:
Hamma biladigan ommaviy javobdan qochingda, aytingchi qanday sabab u?

@zakovat