Zakovat intellektual klubi
33.9K subscribers
9.33K photos
1.46K videos
99 files
4.84K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
1️⃣-raund. Savol muallifi - Murodbek Habibullayev, Hazorasp tumani.

🎤Boshlovchi: O‘tkir Hoshimov “Tushda kechgan umrlar” asarida asar qahramonlaridan biri harbiy sohada nafaqaga chiqqan Soat G‘aniyev haqida shunday yozadi: U umrining oxirlarida yolg‘iz qolib tunni o’tkazishdan juda qiynalardi. Kunduz kunlarini o‘tkazib olish uchun ovunchog‘i bor edi. Ertalabdan kechgacha ko‘chalarni aylanib, qayerda uni ko‘rsa o‘zini o‘sha yerga urardi. Bahonada vaqtni chog‘ o‘tkazardi.

⁉️Diqqat savol: Kunduzlari u qanday ovunchoq topardi?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Azizbek Abdullayev beradi: Nafaqadagi harbiy mahallasini, ko‘chani kezib yurganida qayerda odamlar o‘tirib shaxmat o‘ynayotgan bo‘lsa, o‘sha yerni tomosha qilib turgan.

To‘g‘ri javob: U ertalabdan kechgacha qayerda uzundan-uzun navbatlar bo‘lsa o‘zini o‘sha yerga urardi. Hech narsa olmasa-da navbatda turib yangi tanishlar orttirardi, vaqtini chog‘ o‘tkazardi.

Hisob: 0️⃣ - 1️⃣

💰Savol muallifi Murodbek Habibullayev 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
2️⃣-raund. Savol muallifi - Doston Qoraboshev , Sardoba tumani.

🎤Boshlovchi: Yozuvchi Vladimir Nabokov o’smirlik chog‘idan kapalaklar hayotiga qiziqgan. Qiziqishi shu darajada bo‘lganki, professional entomolog darajasiga yetgan. Hatto o‘zi yangi kapalak turlarini yaratishga bosh qo‘shgan. Yirik-yirik kapalaklarni ham yaratgan.

⁉️Diqqat savol: Nega u doim katta-katta shapaloqdek keladigan kapalaklarni yaratgan?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Shavkat Ulug‘ov beradi: Fikrimizcha Nabokov katta-katta kapalaklarni yaratishda ishtirok etganini sababi uni ko‘rishda muammosi bo‘lgan.

To‘g‘ri javob: Chunki u yeydigan kapalaklarni yaratgan. O‘zi ham kapalaklarni xush ko‘rgan, undan ajoyib taomlar tayyorlagan.

Hisob: 0️⃣ - 2️⃣

💰Savol muallifi Doston Qoraboshev 2 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
3️⃣-raund. Savol muallifi - Shermuhammad Hamzaxonov, Ishtixon tumani.

🎤Boshlovchi: Yuriy Alekseyevich Gagarin koinotga chiqib tushgach juda mashhur bo‘lib ketadi. Uning uchun maxsus kiyimlar, formalar ham tikiladi.

⁉️Diqqat savol: Nega Yuriy Alekseyevich Gagarin kiygan, kiyadigan mundirlarni yengiga qo‘shimcha tugmalar tikib chiqarishgan?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Ravshan Ismoilov beradi: Tasavvur qilaylik, juda mashhur inson. Butun dunyo u odamni ko‘rishga va ko‘rishganda o‘ziga qandaydir esdalik olishga harakat qiladi. Odamlar qo‘l berib ko‘rishganda yengidan tugmalarni uzib olishga harakat qilishi mumkin.

To‘g‘ri javob: U yenglariga tikib berish bilan birgalikda, hatto cho‘ntaklariga ham solib qo‘yishgan ekan. Uchrashuvlarga borganida odamlar undan esdalikka tugmalarni berishni so‘rashgan. Shunda u shartta yulib muxlislarga berib yuborgan.

Hisob: 1️⃣ - 2️⃣

💰Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
4️⃣-raund. Savol muallifi - Bexruz Berdalov, Koson tumani.

🎤Boshlovchi: Nemis rassomi Lukas Kranax tomonidan XVI asrda chizilgan suratga diqqat qarating. Suratda ayol qo‘llarini sherni og‘ziga tiqib turgani tasvirlangan. Ayolni ushlab turgan uning qarindoshlari, yaqinlari. Atrofdagilar bu jarayonning guvohlari hisoblanishadi.

⁉️Diqqat savol: Nega ayolni qo‘llari sher og‘ziga tiqilgan?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Shavkat Ulug‘ov beradi: Hurmatli boshlovchi bizni fikrimizcha, bu yerda o‘ziga xos guvohlik jarayonini ko‘rib turibmiz, ya’ni ayol kishi sher og‘ziga qo‘lini solib ma’lum bir savollarga javob beryapti. Yolg‘on detektori.

To‘g‘ri javob: Bu suratning asl nomi “Haqiqatning og‘zi” deb nomlanadi. Eriga xiyonat qilgan yoki qilmaganini shu tariqa sinovdan o‘tkazishmoqda.

Hisob: 2️⃣ - 2️⃣

💰Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
5️⃣-raund. Savol muallifi - Qosimxon Axrorov, Bo‘stonliq tumani.

🎤Boshlovchi: XX asr 60-70 yillarida AQSh Vetnamda juda uzoq va katta urush olib borgan. Vetnamlik bolalar AQSh gornizonida xizmatkorlik qilib yurib, askarlarni ajoyib hidli sovunlarini o‘g‘irlab qochisharkan. Keyin o‘rmonga borib shu sovun bog‘langan yog‘och bilan ularni jig‘iga tegisharkan.

⁉️Diqqat savol: Ularni toping!

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Umarxon Sharif beradi: Ular arilar. Bolalar sovunlarni olib arilarni jig‘iga tegishgan va arilarda bu hidga yomon reaksiya paydo bo‘lgan. Bu sovundan foydalanadigan AQSh askarlariga keyinchalik hujum qilishgan.

To‘g‘ri javob: Ularda hid bilish xususiyati juda yuqori bo‘ladi. Uyasi buzilgandan keyin ular g‘azab bilan shu sovun hidini qidirib ketishadi. Shu sovun hidini qayerda topishsa askarlarni talashadi.

Hisob: 3️⃣ - 2️⃣

💰Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
6️⃣-raund. Savol muallifi - Charosbeka Boltaboyeva, Turkmaniston Respublikasi, Toshhovuz viloyati.

🎤Boshlovchi: Biz so‘ramoqchi bo’lgan muallif bosh qahramoniga avval boshda afsonaviy qahramon Gerkules nomini qo‘ymoqchi bo’ladi. Lekin unga bu sal kulguli tuyuladi. Lekin bosh qahramonini nomlashda sevimli ismini yoddan chiqarmaydi.

⁉️Diqqat savol: U muallif kim? Bosh qahramoniga qanday ism bergan?

@zakovat
Jamoa muddatdan oldin javob berdi.

🤵‍♂️Javobni Ravshan Ismoilov beradi: Agata Kristi, Erkyul Puaro deb nomlagan.

To‘g‘ri javob: Dastlab Erkyules deb qo’ymoqchi bo‘lgan, keyinchalik talaffuz Gerkulesga o‘xshab ketarkan deb Erkyul deb qo‘ygan.

Hisob: 4️⃣ - 2️⃣

💰Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
7️⃣-raund. Blits savollari. Savollar muallifi - Oybek Toshturdiyev, Olmaliq shahri.

1-savol:

🎤Boshlovchi: Suratga e’tibor bering!

⁉️Diqqat savol: Turkmanistondagi ushbu binoda aniq qaysi vazirlik faoliyat olib boradi?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Farrux Rafiqov beradi: Bu binoda Turkmaniston ta’lim vazirligi joylashgan.

To‘g‘ri javob: Bu Turkmaniston ta’lim vazirligining binosi.

@zakovat
2-savol:

🎤Boshlovchi: Marhamat, ikkinchi suratga e’tibor qarating! Turkmanistondagi bir universitet binosini ko‘rib turibsiz.

⁉️Diqqat savol: Bu qanday universitet?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Azizbek Abdullayev beradi: Neft va gaz universiteti.

To‘g‘ri javob: Rasmga diqqat qilsangiz u neft minorasini eslatadi.

@zakovat
3-savol:

🎤Boshlovchi: Bu Turkmanistondagi mashhur binolardan biri.

⁉️Diqqat savol: Ushbu binoda qaysi tashkilot faoliyat yuritadi?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Farrux Rafiqov beradi: Bu tashkilot stomatologiya.

To‘g‘ri javob: Bu sog‘liqni saqlash vazirligi edi.

Hisob: 4️⃣ - 3️⃣

💰Savol muallifi Oybek Toshturdiyev 3 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
8️⃣-raund. Savol muallifi - Saida Usmonova, Toshkent shahri.

🎤Boshlovchi: London shahrining an’analari ko‘p. An’analar shahri deyish mumkin. Masalan, qizil rangli telefon butkalar. U ham Londonning, Angliyaning bir an’anasi. 2000-yilga kelib uyali aloqa vositalari ko‘payib ketgach, bu telefon butkalar keraksiz holga kela boshladi. Londor merligi turistlarni o‘ziga jalb qiluvchi bu butkalarni yo‘qolib ketmasligi uchun ularga uyali aloqa vositalarini zaryadlovchi moslamalar o‘rnatgan. Keyinchalik tadbirkorlar qizil butkalar yoniga yashil butkalar o‘rnata boshlashdi. Har ikkalasi bir xil vazifani bajarsada, qizil butkadagi xizmatga pul to‘langan, yashil butkadagisiga yo‘q.

⁉️Diqqat savol: Nega yashil butkalarda zaryad qilish tekin bo’lgan yoki tadbirkor nimani hisobiga pul qilgan?

@zakovat
🤵‍♂️Javobni Ravshan Ismoilov beradi: Balki, tekin zaryad olish mumkin bo’lgan joyda u nimadir sotadi. Misol uchun kofe yoki choy.

To‘g‘ri javob: Yashil butkada ekran o‘rnatilib ichida reklama roliklari ketib turgan. Tadbirkor shuni hisobidan pul topgan.

Hisob: 4️⃣ - 4️⃣

💰Savol muallifi Saida Usmonova 4 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat