Zakovat intellektual klubi
34.9K subscribers
8.89K photos
1.38K videos
98 files
4.6K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
Teletomoshabinlar versiyasi

Sizningcha, bugungi o’yinning eng yaxshi bilimdoni kim bo’ldi?
Anonymous Poll
24%
Azamat Qobilov
4%
Hayotilla Rahmonov
14%
Jobir Ahmedov
39%
Xushnud Xudoyberdiyev
14%
Rushana Rajabova
4%
Muhammad Ali Valixonov
⚡️”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

“Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta miqdordagi pul mukofotlarini yutib oling!

2023-yilgi o‘yinlarda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Mavsum o‘yinlarida (mavsum finallari va yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Mavsum finallari va yil finalida
bilimdonlar tomonidan topilmagan har bir savol uchun savol mualliflari yuqoridagi pul mukofotlarining ikki baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Eng yaxshi savol mualliflari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 10 mln so‘m;

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 50 mln so‘m.

‼️ Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni va javobga izoh (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

ℹ️ Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

📩 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

📲 savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Hurmatli savol mualliflari!

Teleo‘yin uchun har kuni yuzlab, har oyda minglab savollar yuborilishi tufayli savollarni ko‘rib chiquvchi muharrirlar guruhi (tahririyat) har bir savolning muallifiga savoli o‘yin uchun olingani yoki olinmagani to‘g‘risida alohida xabar bera olmaydi va tahririyat tomonidan bunday majburiyat olinmagan.

Tahririyat o‘yin uchun qaysi savolni tanlab olishni mustaqil hal qiladi va savol mualliflariga savoli nega olinmagani bo‘yicha izoh bermaydi.

Tahririyat tomonidan qaysidir savol tanlab olingan taqdirda, ushbu savol teleo‘yinda o‘ynalganidan keyingina uning muallifiga aloqaga chiqiladi.

Hurmatli savol mualliflari!

Sizdan savolingiz o‘yin uchun olingani yoki olinmagani haqida ma’lumot olishni so‘rab turli ijtimoiy tarmoqlarimizga yoki telefon raqamimizga murojaat bilan chiqmaslikni so‘raymiz. “Zakovat intellektual klubi” NNT yoki tahririyat tomonidan bunday murojaatlarga javob yoki izohlar berilmaydi.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Zakovat” teleo‘yini 2023-yil qishki mavsum beshinchi o‘yini - Jobir Ahmedov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube'dagi rasmiy kanalimizga joylandi.

👉 https://youtu.be/7VwPV0YvVn8

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, ko‘rsatuv hamkori - 🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Zakovat”da yangi chellenj boshlanmoqda!

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida 1-o‘rinni egallagan IIV Farg‘ona akademik litseyi jamoasi a’zosi Muhammadfozil Ismoilov kuni kecha ikki oylik “Zakovat” stipendiyasi tushganini, bu pulga onasiga tilla taqinchoq sovg‘a qilmoqchiligini ma’lum qildi.

Ma’lum vaqtdan so‘ng, Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida 1-o‘rinni egallagan Pop tumanidagi 67-sonli IDUM jamoasi ham chellenjga qo‘shildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
🏆 Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tadi!

2024-yil 10-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Ichki ishlar vazirligi va “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri o‘tkaziladi.

👮🏻‍♂️Turnirda O‘zbekiston Respublikasining harbiy va harbiylashtirilgan vazirlik va idoralari hamda ularning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda kursantlaridan tuzilgan ko‘ngilli jamoalar ishtirok etishi mumkin. Jamoalar tarkibi 6 ta kishidan iborat bo‘ladi.

📄Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z tarkibini turnir nizomida keltirilgan namunaga muvofiq zakovat@exat.uz manziliga jo‘natishi hamda jamoa tarkibini zakovatklubi.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Turnir 3 ta turdan iborat va unda jami 36 ta savol o‘ynaladi.

🎁 Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar smart televizorlar bilan taqdirlanadi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Vatan himoyachilari Zakovat turniri.pdf
229.7 KB
Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri nizomi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
“Zakovat intellektual klubi” NNT jamoasi kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan tabriklaydi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intellektual olimpiada taqdirlash marosimidan batafsil videolavha YouTube'dagi rasmiy kanalimizga joylandi

👉 https://youtu.be/clxkvKMVxYQ

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
TGStat xizmati “Zakovat intellektual klubi” NNTning rasmiy telegram kanali uchun 2023-yil statistikasini chiqardi:

yil davomida 4663 ta post qoldirilgan (bir kunga o‘rtacha 12,7 ta post to‘g‘ri keladi);

yil davomida kanaldagi postlar jami 46,8 million martadan ko‘proq ko‘rilgan;

kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli kanal, guruhlarga va o‘zaro bir-biriga 210 ming martadan ko‘proq ulashgan (“forward” qilgan);

kanaldagi postlar bir kunda o‘rtacha 128 ming marta ko‘rilgan;

kanalimizda bitta post o‘rtacha 10 ming marta ko‘rilmoqda;

854 ta kanal bizdan iqtibos keltirgan, 9,5 ming marta boshqa kanallar eslagan, 14,3 ming marta repost qilingan;

kanaldagi postlar ostida jami 76,3 mingta izoh yozilgan.

kanaldagi postlarga jami 115,8 ming marta (turli smayliklar orqali) reaksiya bildirilgan.

E’tibor uchun barcha obunachilarimizdan minnatdormiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
⚡️⚡️⚡️“Zakovat”dan navbatdagi viktorina!

Bugundan kanalimizda “Yangi yilda yangi bilimlar” onlayn “Zakovat” viktorinasi o‘tkaziladi.

3-yanvardan 9-yanvargacha har kuni soat 15:00da bittadan qiziqarli audiosavollarni e’tiboringizga havola qilib boramiz.

Savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi kitob bilan taqdirlanadi.

Viktorina savollari “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan o‘qib boriladi.

Savollarga javoblar audiosavol ostidagi izohda yoziladi.

❗️Viktorinada barcha ishtirok etishi mumkin. Viktorina doirasida ko‘proq ishtirokchilarni taqdirlash maqsadida unda bir marta g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning keyingi savollarga bergan to‘g‘ri javoblari inobatga olinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Audio
“Yangi yilda yangi bilimlar” onlayn “Zakovat” viktorinasining 1-savoli

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

❗️Diqqat! Viktorinada g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan tashkilotchilar shaxsiy chat orqali bog‘lanadi. Shaxsiy chatda uzoq vaqt davomida javob berilmasa, undan keyingi to‘g‘ri javob egasi g‘olib deb topiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
“Yangi yilda yangi bilimlar” onlayn “Zakovat” viktorinasi 1-savolining javobi

Viktorinaning ilk savoliga ishtirokchilardan to‘g‘ri javoblar kelib tushdi. Ushbu savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi tez orada e’lon qilinadi.

Viktorinaning keyingi savoli 4-yanvar (payshanba kuni) soat 15:00da e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Yangi yilda yangi bilimlar” onlayn “Zakovat” viktorinasining ilk g‘olibi aniqlandi!

Buxoro shahrida yashovchi Diyorbek Normamatov viktorinamizning ilk savoliga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi.

Viktorina g‘olibi bo‘lgan ishtirokchimiz “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan kitob bilan taqdirlanadi.

Viktorinaning keyingi savoli 4-yanvar (payshanba kuni) soat 15:00da e'lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Juma, soat 21:20 da “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi 2023-yilning qishki mavsum final o‘yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida juma, soat 21:20 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, ko‘rsatuv hamkori - 🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar o‘rtasida “Qishki sessiya” turniri bo‘lib o‘tadi!

Qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Qishki sessiya” turniri o‘tkaziladi!

O‘yin 5-yanvar, juma kuni respublikamizning barcha hududida soat 14:00 da boshlanadi.

O‘yin har biri 12ta savoldan iborat bo‘lgan 2 turda o‘tkaziladi.

Hududlardagi o‘yinlarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi va o‘yinlarning manzili haqida quyidagi hududiy kanallar orqali ma’lumot beriladi:

Andijon viloyati;
Buxoro viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Jizzax viloyati;
Namangan viloyati;
Navoiy viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Samarqand viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Toshkent shahri;
Xorazm viloyati.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Закавот интеллектуал клубининг 2023 йил фаолияти сарҳисоби
#3jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ilm insonni ham ma'naviy ham moddiy yuksaltiradi”

“Zakovat” teleo‘yini kuzgi mavsumi finalida jami 62 million so‘m pul yutug‘iga ega bo‘lgan Jahongirmirzo Abdullayev teleo‘yinga savol jo‘natuvchilarga o‘z maslahatlarini berdi. Uning aytishicha, ko‘p kitob o‘qish va ko‘pchilik e'tibor bermaydigan manbalardan foydalanish kerak.

Ma'lumot uchun, Jahongirmirzo Abdullayev kuzgi mavsum finalida topilmagan so‘nggi savol muallifi sifatida 12 million so‘m hamda finalning eng yaxshi savoli muallifi sifatida 50 million so‘m, jami 62 million so‘m pul yutug‘ini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning yozgi mavsum finalidagi savoli ham 8 million so‘m pul mukofotini keltirgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok