Zakovat intellektual klubi
33.8K subscribers
9.34K photos
1.46K videos
99 files
4.85K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Chempionlikni qo‘lga kiritishdan ko‘ra uni saqlab qolish qiyinroq”

O‘qituvchilar musobaqasida 3-o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat universiteti jamoasi a’zosi Shahboz Mo‘ydinov o‘tgan yilgi chempionlikdan keyin bu safar 1-o‘rin qo‘ldan boy berilganiga izoh berdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Farg‘ona jamoasidan o‘tish maqsadimizga yetdik, ammo...”

O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi a’zosi Temur Madalimov musobaqa haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichidan 2-videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘tgan yili OTMlar o‘rtasida o‘tkazilgan Intellektual olimpiadadan ajoyib videorolik!

Ushbu musobaqani sog‘inganlar bormi? 😉

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” turniri tuman (shahar) bosqichining 11-oktabr kungi g‘oliblari (ro‘yxat)

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasining kuzgi mavsumi 2-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga
(12-oktabr, payshanba) soat 15:00da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2023/24-o‘quv yili kuzgi mavsumi 2-tur o‘yini boshlanadi!

Ligalarning navbatdagi turida qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z hududidagi o‘yin bo‘ladigan manzilga kechikmasdan yetib borishlari talab etiladi. Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

Ligalarning Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

O‘quvchilar ligasida jamoalar quyidagi havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/442

Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar quyidagi havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/441

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 5-turi bo‘lib o‘tadi!

Ertaga
(12-oktabr, payshanba) soat 17:00da Talabalar ligasi 2023/24-o‘quv yili kuzgi mavsumining 5-tur o‘yini boshlanadi.

Liganing navbatdagi turida qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z hududidagi o‘yin bo‘ladigan manzilga kechikmasdan yetib borishlari talab etiladi. Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Talabalar ligasida jamoalar quyidagi havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/425

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir - Intellektual olimpiada musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan!

Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

"Zakovat";
Breyn-ring;
Shaxsiy o‘yin;
Erudit-kvartet;
Shaxmat;
Shashka.

Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani olimpiada@zakovat.tv elektron pochta manziliga o‘zining rasmiy elektron pochtasi orqali 20-oktabrga qadar yo‘llashi lozim bo‘ladi.

Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi.

Ma'lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan.

Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Intellektual olimpiada nizomi.pdf
14.6 MB
Oliy ta’Iim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Intellektual olimpiada ariza namunasi.pdf
187.7 KB
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Intellektual olimpiadada qatnashish uchun ariza namunasi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan "Sodiq school" NTM jamoasi a’zosi Hasanxo‘ja Nasriddinov musobaqa haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Zakovat intellektual klubi” NNT Professional va Birinchi liga kuzgi mavsum 5-tur o‘yinidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Ahyon-ahyonda o‘tkaziladigan "Zakovat" turnirlariga to‘ymayapsizmi? Doimiy o‘tkaziladigan musobaqa izlayapsizmi? Unda Ikkinchi liga aynan Siz uchun!

“Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan bir necha yildan buyon Toshkent shahrida har hafta Ikkinchi liga o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda.

Ikkinchi liga o‘zi qanday musobaqa?

Ushbu musobaqa "Zakovat"ga endi qadam qo‘ymoqchi bo‘lganlar va "Zakovat" bilan muntazam shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun eng ma'qul maydon hisoblanadi.

Chunki, Ikkinchi liga o‘yinlari birmuncha oson savollar bilan o‘tkaziladi va unda munosib ishtirok etish uchun professional bo‘lish shart emas. Shu kunga qadar ko‘plab havaskor bilimdonlar va jamoalar Ikkinchi ligada muvaffaqiyatli qatnashib, o‘z malakasini oshirib, nisbatan yuqoriroq darajadagi Birinchi liga va Professional liga o‘yinlariga yo‘llanma olishga ulgurdi.

Siz ham o‘zingizni ushbu musobaqada sinab ko‘ring!

Ikkinchi ligada qanday qatnashish mumkin?

Ayni vaqtda Ikkinchi ligada kuzgi mavsum o‘yinlari olib borilmoqda. Bugun (payshanba kuni) soat 19:00 da kuzgi mavsumning 6-tur o‘yini boshlanadi. O‘yinda ishtirok etish uchun 6 kishilik jamoa tuzib, "Zakovat arena"ga boring, o‘yin tashkilotchilariga uchrang va jamoangizni ro‘yxatdan o‘tkazib, Ikkinchi ligadagi ishtirokingizni boshlang.

"Jamoa tuza olmadim. O‘zim alohida qatnashsam bo‘ladimi?"

Bu holat Ikkinchi ligada qatnashishingizga aslo to‘sqinlik qilmaydi. O‘yin boshlanishidan avvalroq tashkilotchilarga uchrashing. Ular sizga jamoa topib beradi.

Hozirda Ikkinchi liga o‘yinlari har payshanba kuni, soat 19:00 da, "Zakovat arena" binosida o‘tkazilmoqda.

Mo‘ljal: Ⓜ️ Beruniy metro bekati.

📍Lokatsiya

❗️Toshkent shahridan boshqa hududlarda ham havaskor bilimdonlar uchun alohida ligalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lganlar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Zakovat Quiz”ning 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan 56-o‘yinidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Juma, soat 21:20 da “Milliy” telekanalida Zafar Rahimov jamoasi 2023-yilning kuzgi mavsumi uchinchi o'yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida juma, soat 21:20 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, ko‘rsatuv hamkori - 🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆 “Zakovat” teleo‘yini 2023-yil kuzgi mavsum o‘yinlari jadvali

1) Bobur Yoqubov jamoasi — Hisob: 4:6 — 29-sentabr;

2) Jobir Ahmedov jamoasi — Hisob: 5:6 — 6-oktabr;

3) Zafar Rahimov jamoasi — 13-oktabr;

4) Nodira Turg‘unova jamoasi — 20-oktabr;

5) Otabek Hamzayev jamoasi — 27-oktabr;

6) Kuzgi mavsum finali — 3-noyabr.

O’yinlarni haftaning har juma kuni, soat 21:20 da “Milliy” telekanalida tomosha qilishni unutmang!

❗️Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Imom Buxoriy izdoshlari” ochiq turnirining hududiy saralash bosqichi sanasi ma’lum bo‘ldi!

Hududiy saralash o‘yini 21-oktabr kuni soat 13:00da “Zakovat” o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi.

O‘yin 3 ta turdan iborat bo‘lib, har bir turda 12 tadan savol o‘ynaladi.

Hududiy saralash bosqichida hududlardan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 tadan jamoa, Toshkent shahridan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 5 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

Turnir haqida bu yerda o‘qish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Imom Buxoriy izdoshlari turniri qatnashchilari (1).pdf
144 KB
“Imom Buxoriy izdoshlari” ochiq turniri uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar

Turnirning hududiy bosqichi uchun 14 ta hududdan jami 206 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tdi.

Turnirning hududiy saralash bosqichi 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Turnir haqida bu yerda o‘qish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun, soat 21:20 da “Milliy” telekanalida Zafar Rahimov jamoasi 2023-yilning kuzgi mavsumi uchinchi o'yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida bugun, soat 21:20 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, ko‘rsatuv hamkori - 🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Zakovat-Gambit" shaxmat turniri uchun ro‘yxatdan o‘tayotganlar diqqatiga!

Ayni vaqtda ming nafarga yaqin ishtirokchi turnir uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulgurgani quvonarli holat. Biroq ba'zi ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishda ma'lumotlarni noto‘g‘ri yoki to‘liqsiz shaklda kiritayotgani tufayli ro‘yxatdan o‘tish jarayoni haqida kengroq tushuntirish berishga qaror qildik.

Hurmatli ishtirokchilar, ro‘yxatdan o‘tishda:

- familiya, ism, sharifingiz;
- passport ma'lumotlaringiz;
- tug‘ilgan sanangiz;
- telefon raqamingiz;
-
chess.com saytidagi nikneymingiz aniq va to‘g‘ri yozilishiga alohida e'tibor bering.

Tushunarli bo‘lishi uchun quyida ayrim ma'lumotlarning noto‘g‘ri va to‘g‘ri kiritilishiga misollar keltiramiz:

Familiya, ism va sharif katagiga:
Azamat
Qodirov Azamat Fozil o‘g‘li

Passport ma'lumotlari katagiga:
AB
AB 4000506

Telefon raqami katagiga:
7549941
998957549941 yoki 957549941.

“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Turnirda qatnashish uchun gambit.zakovat.tv veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

"Zakovat-Gambit" turniriga ro‘yxatdan o‘tish uchun batafsil qo‘llanma bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok