Zakovat intellektual klubi
37.4K subscribers
7.75K photos
1.2K videos
85 files
4.02K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
📝 Javoblarni tekshirish boshlandi

“Humo Arena” saroyida intellektual kasting muvaffaqiyatli o’tkazildi. “Zakovat” intellektual klubi bilimdonlari javoblarni tekshirib chiqishni boshlashdi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Интеллект учун 1,7 млрд сўмга яқин мукофот – “Заковат” клубининг илк кастингидан фоторепортаж

👉 https://kun.uz/67414028

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
28-fevral kuni “Humo Arena” saroyida Zakovat klubi tomonidan tashkil etilgan intellektual kastingdan reportaj.

Manba: Makon.Media


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бу фақат бошланиши! Келаётган ўйинларда барчага омад!

___

Это только начало! Удачи всем в грядущих играх!

#zakovatdakuch
#uzbekpower
Forwarded from Komil Allamjonov
Бугун, 1 март куни, «Заковат» интеллектуал клубининг Кенгаш аъзолари йиғилишди.

Йиғилишда «Заковат»нинг рус тилидаги лигасини ҳам ташкил қилиш масаласи кўриб чиқилди.

Никита Макаренко «Заковат»нинг рус лигаси PR директори этиб, Ян Садковский эса лига координатори сифатида бир овоздан маъқулланди.

«Заковат»нинг рус тилида бўлиб ўтадиган лигасига рўйхатдан ўтиш кунлари, муддати ва тадбирлар жадвали тез кунда эълон қилинади.
——


Сегодня, 1 марта, собрались главные организаторы интеллектуального клуба «Заковат».

На встрече был рассмотрен вопрос об организации лиги «Заковат» на русском языке.

Никита Макаренко был единогласно утверждён PR-директором русскоязычной лиги «Заковат», а Ян Садковский — её координатором.

Даты, сроки и график регистрации в лигу «Заковат» на русском языке будут объявлены в ближайшее время.

#zakovatdakuch
#uzbekpower
28-fevral kuni “Humo Arena” saroyida oʻtkazilgan intellektual kasting savollari va ularning javoblari

https://telegra.ph/Intellektual-kasting-savol-javoblari-28022021-03-01

Barcha kasting ishtirokchilarining javoblari hisoblab chiqildi va reyting shakllantirildi. Tez orada har bir ishtirokchi natijasi hamda jamoalar tarkibi eʼlon qilinadi.
Bizni kuzatishda davom eting.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Zakovat_kastingi_natijalari.pdf
503.6 KB
Intellektual kasting natijasi va ishtirokchilari reytingi

Tez orada www.zakovat.tv sayti orqali har bir ishtirokchi oʻz jamoasi aʼzolarining ism-sharifi va telefon raqamlarini koʻrish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda yana qoʻshimcha maʼlum qilinadi. Reyting bo‘yicha har 6 kishi bitta jamoa sifatida shakllantiriladi.

Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Ommaviy breyn-ring ochiq turnirining qoidalari haqida qisqacha maʼlumot

👉 Turnirning dastlabki saralash bosqichlari 6-7-mart kunlari boʻlib oʻtadi.

👉 Turnirda 3 xil kategoriyadagi jamoalar ishtirok etadi:
1. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtib, kastingda ishtirok etgan va toʻplagan reytingi asosida bir jamoaga toʻplangan ishtirokchilar;
2. Jamoa sifatida roʻyxatdan oʻtganlar;
3. Zakovat klubiga aʼzo va yuqori reytingga ega 28 ta jamoa.

👉 Ilk saralash bosqichida 1 va 2-kategoriyadagi jamoalar oʻzaro kuch sinashadi. Bitta guruhda 10 ta jamoa boʻladi. Eng yuqori ball olgan 2 ta jamoa keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

👉 Saralashning ikkinchi bosqichida ilk bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan jamoalar bilan birga Zakovat klubining reytingida 11-28-oʻrinlaridagi 18 ta jamoalar bahs yuritadi. Yuqori reytinga ega 18 ta jamoa alohida guruhlarga taqsimlanadi. Ikkinchi bosqichda bitta guruhda 8 ta jamoa boʻladi. Eng yuqori ball olgan 2 ta jamoa keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

👉 Saralashning uchinchi bosqichida ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan jamoalar bilan birga Zakovat klubining reytingida eng yuqori oʻrindagi 10 ta jamoa bahs yuritadi. Eng yuqori reytinga ega 8 ta jamoa alohida guruhlarga taqsimlanadi. 9-10 oʻrinlardagi jamoalar mos ravishda 7 va 8-guruhlarda ishtirok etadi.

Uchinchi bosqichda bitta guruhda 6 ta jamoa boʻladi. Eng yuqori ball olgan 2 ta jamoa keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

👉 Turnirning nimchorak finalidan boshlab 2 ta jamoa oʻzaro kuch sinashadi. Nimchorak finalda 16 ta jamoa 8 ta juftlikka boʻlingan holda intellektual bahsga kirishadi.

Chorak finalda 8 ta jamoa 4 ta juftlikda, yarim finalda 4 ta jamoa 2 ta juftlikda kuch sinashadi.

👉 Final hamda 3-oʻrin uchun bahslar ham oʻtkaziladi.

👉 Barcha bosqichlarda jamoalarga jami 10 ta savol beriladi (final va 3-oʻrin uchun bahs istisno). Har bir savolni oʻylash uchun 20 soniya vaqt. Qaysidir jamoa javob berish uchun tugmani bosganda, vaqt toʻxtatiladi. Agar jamoa notoʻgʻri javob bersa, vaqt kelgan joyidan davom etadi. Bitta savolga uchta jamoa notoʻgʻri javob bersa, keyingi savolga oʻtiladi.

👉 Keyingi bosqichga oʻtishi kerak boʻlgan gʻolib jamoa(lar)ni aniqlashda ochkolar teng kelib qolsa, qoʻshimcha savol beriladi.

👉 Bir jamoada kamida 4 nafar ishtirokchi boʻlganda oʻyinlarda ishtirok etishga ruxsat beriladi. 3 yoki undan kam ishtirokchi kelgan jamoalar oʻyinlarga qoʻyilmaydi. Ammo yetarli aʼzolarga ega boʻlmagan bir nechta jamoalarning turnir kuni tashkilotchilarni ogohlantirgan holda oʻzaro birlashishiga ruxsat beriladi.

👉 Jamoalarga turnir jadvali oldindan eʼlon qilinadi. Unga koʻra, qaysi jamoa kunning qaysi vaqtida kelishini bilish mumkin boʻladi. Saralashning birinchi bosqichi 6-mart kuni, qolgan bosqichlar 7-mart kuni oʻtkaziladi. Final va 3-oʻrin uchun bahs qachon oʻtkazilishi keyinroq maʼlum qilinadi.

👉 Sayt orqali roʻyxatdan oʻtmagan ishtirokchilarga turnirda qatnashishga ruxsat berilmaydi.

👉 Turnir sovrin jamgʻarmasi quyidagicha:
1-oʻrin — 100 mln soʻm;
2-oʻrin — 20 mln soʻm;
3-oʻrin — 10 mln soʻm.

👉 Turnir “Oʻzbekfilm” kinostudiyasiga qarashli pavilyonda oʻtkaziladi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Интеллектуалларни бирлаштирган клуб – «Заковат» аъзолари билан суҳбат

«Заковат» интеллектуал ўйини кўпчиликда болалик хотираларини уйғотади. Бу ўйин илк марта эфирга кетган 2001 йилдан бери кўплаб ўзбек хонадонлари учун қадрли кўрсатув бўлиб келмоқда. Интеллектуаллар клуби 2021 йилдан бошлаб янги босқичга қадам қўйди.

👉 Мақолани ўқиш

📹 Тўлиқ видеони кўриш

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
❗️Diqqat! Jamoalar tarkibini aniqlash imkoniyati yaratildi

www.zakovat.tv sayti orqali yakka tartibda ro’yxatdan o’tgan va 28-fevral kuni intellektual kastingga kelgan klub a’zolari o’zlarining jamoadoshlarini sayt orqali bilib olishlari mumkin.

Ro’yxatdan o’tgan, lekin kastingga kela olmaganlar 6-7-mart kunlari bo’ladigan turnirda qatnasha olishmaydi. Ammo ular kelgusida reja qilingan intellektual tadbirlarda qatnashishlari mumkin bo’ladi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat