Zakovat intellektual klubi
37.4K subscribers
7.76K photos
1.2K videos
85 files
4.03K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Результаты Турнира RU Лиги Заковат


@zakovat
Forwarded from Komil Allamjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон - кўп миллатли мамлакат, биз турли тилларда гаплашамиз, ҳар хил қўшиқлар куйлаймиз, қарашларимиз ҳам фарқли. Лекин ВАТАН УЧУН ҳаммамизнинг юрагимиз бирдек оғрийди.

#zakovatdakuch
#uzbekpower
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Заковат» интеллектуал клуби барча учун очиқ!
Унга аъзо бўлинг!

https://zakovat.tv

____

Интеллектуальный клуб «Заковат» открыт для всех!
Присоединяйтесь!

https://zakovat.tv/ru

#zakovatdakuch
#uzbekpower
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Заковат» интеллектуал клуби барча учун очиқ!
Унга аъзо бўлинг!

https://zakovat.tv

____

Интеллектуальный клуб «Заковат» открыт для всех!
Присоединяйтесь!

https://zakovat.tv/ru

#zakovatdakuch
#uzbekpower
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Zakovat RU Ligasining ilk turniri haqidagi reportajni bugun, soat 21:00 da MilliyTV kanalida ko’rishni unutmang!

Qiziqarli savollar, unutilmas muhit, hayajonli lahzalarni o’tkazib yubormang.
_

📺 Предлагаем Вашему вниманию репортаж с самого грандиозного турнира RU Лиги Заковат по интеллектуальным играм на русском языке. Сегодня в 21:00 на канале MilliyTV.

Интересные вопросы, накал интеллектуальных страстей, незабываемое представление. Не пропустите!
Forwarded from Komil Allamjonov
Гоҳида мен атроф тўла ғиж-ғиж ақлли одамлар-ку, лекин битта мен жинни бўлсам керак, деб ўйлаб қоламан. Балки ростан ҳам жиннидирман🧐?!?

____

Иногда мне кажется что вокруг только умные люди, и только я дураком себя чувствую. Может я действительно дурак?!

#мыслларслухларда
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18-may soat 8:00 da "Shirchoy" dasturida "Zakovat"ning sirlarini ochamiz.

#uzbekpower
Forwarded from Komil Allamjonov
Ангренда содир бўлган аварияни кўриб юрагим эзилиб кетди. Деярли ҳар куни матбуотда шундай ҳолатларни ўқиймиз. Йилига минглаб одамлар ҳалок бўляпти. Аслида бу жуда катта фожиа.

Ҳукумат бу масалага жуда жиддий аҳамият бериши керак, деб ҳисоблайман.

Ҳайдовчиларни тайёрлаш тизими бутунлай коррупция ботқоғига ғарқ бўлган. Ҳайдовчилик гувоҳномалари деярли ёки пора ёки "звонок"га ҳал бўлади. Йўлдаги ҳайдовчиларнинг 80 фоиздан кўпроғи йўл қоидасини билмайди ва гувоҳномани айнан шундай йўл билан олган.

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ташкилотлар, коррупцияга қарши курашиш ташкилотлари агар бу масалага жиддий қарамаса, ўлимлар сони ортса ортяптики, лекин камаймаяпти.

Жуда жиддий, қатъий назорат керак бу тизимга☝️. Аҳвол жуда расво ҳолатда.

Келинг, кичик сўровнома ўтказиб кўринг. Менга ишонмасангиз, атрофингизда ҳайдовчилик гувоҳномаси бор одамдан сўраб кўринг, "права"ни ҳақиқатда дарсларга тўлиқ қатнаган ҳолда, ўқиб, тайёргарлик кўриб, ўз билими билан имтиҳон топшириб олганмикин ёки пул биланми? Аниқ айтаман, ўша атрофингиздаги одамларнинг камида 80 фоизи ўз кучи билан олмаган бўлади гувоҳномани. Жиддий аламли оҳангда😳, нималар деяпсиз🧐, ўлдим қолдим пул бермаганман, деса ҳам камида таниш-билиш ва қўнғироқ орқали ишини ҳал қилган бўлиб чиқади, кўрасиз!

P.S. Албатта, фақат таълим тизими масаланинг ечими бўла олмайди. Бу комплекс масала. Йўл, инфратузилманинг ҳам ўрни катта. Лекин ҳайдовчиларни тайёрлаш масаласи, унинг сифати, ҳаққоний имтиҳон тизимлари муаммонинг асосий ечими деб ҳисоблайман.

#sos

@allamjonov_ki
❗️Diqqat, diqqat!

Hurmatli bilimdonlar!

Qisqa tanaffusdan soʻng, “Zakovat” intellektual klubi hududlarga qiladigan safarlarini yana davom ettirishni boshlaydi!

Vaʼda qilinganidek, dastlabki manzilimiz Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlari boʻladi. Ko'plab talab va istaklarni inobatga olib, boshqa hududlarda ham turnirlarimiz tezlashtirilgan tartibda oʻtkaziladi. Tez orada turnirlarning oʻtkazilish muddatlari, joylari va boshqa shartlari haqida qoʻshimcha maʼlum qilamiz.

Eslatib oʻtamiz, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun roʻyxatga olish davom etmoqda hamda ertaga, 26-may soat 18:00 da yakunlanadi.

Hali roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan boʻlsangiz, unda www.zakovat.tv sayti orqali yoki 6 kishilik jamoangiz bilan, yoki yakka tartibda ariza yuboring.

Bilimingiz sinang, gʻolib boʻling va 100 mln soʻm sovrinni qoʻlga kiriting!


Kanalga ulanish:
@zakovat
❗️Surxondaryolik va qashqadaryolik bilimdonlar diqqatiga!

Surxondaryo viloyatidagi “Zakovat” turniri 29 may, shanba kuni Termiz shahridagi “San’at saroyi”da bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatida esa 30 may, yakshanba kuni Qarshi shahridagi IT-TEXNOPARKda bo‘lib o‘tadi.

www.zakovat.tv sayti orqali “Zakovat” turnirida ishtirok etish uchun Surxondaryo viloyatidan 1455 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 2279 nafar bilimdonlar ro‘yxatdan o‘tishdi.

Tez orada sayt orqali yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bilimdonlarga o‘z jamoa a’zolarini bilib olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, turnir shartlari va qoidalari haqida batafsil tushuntirish berish uchun @zakovat kanalida ovozli chat orqali suhbat tashkil qilinadi. Unda siz tashkilotchilarga o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin bo‘ladi.

Bizni kuzatishda davom eting.


Kanalga ulanish:
@zakovat
Ayrim savollarga javoblar:

Qashqadaryo va Surxondaryodagi turnirda kimlar ishtirok eta oladi?

www.zakovat.tv sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan, ammo Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek Samarqand viloyatida oʻtgan turnirlarda ishtirok etmagan istalgan xohlovchilar 29-30-may kuni boʻladigan turnirlarda qatnashishi mumkin. Bunda sayt orqali qachon roʻyxatdan oʻtilganining farqi yoʻq, fevral oyidan buyon roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilar qatnasha oladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo uchun bitta turnir boʻladimi?

Yoʻq, har bir hudud uchun alohida turnir boʻladi va gʻoliblar ham alohida taqdirlanadi. Shunchaki, barcha hududlarda turnirlarni tezlashtirilgan tartibda oʻtkazish maqsadida bir-biriga yaqin boʻlgan viloyatlarda ketma-ket oʻtkazilmoqda.

Roʻyxatdan oʻtish chogʻida yashash joyi sifatida boshqa hududni koʻrsatganlar Qashqadaryo va Surxondaryodagi turnirda qatnasha oladimi?

Ha, qatnasha oladi. Buning uchun turnir kuni tashkilotchilarga ID-raqami yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarini aytish kerak boʻladi. Faqat bunda 2 ta asosiy sharti bor:
1) avvalgi turnirlarda ishtirok etmagan boʻlishi kerak;
2) keyin boshqa hududlarda boʻladigan turnirlarda qatnashish huquqini yoʻqotadi.

Yakka tartibda roʻyxatda oʻtganlar jamoalarga qanday boʻlinadi?

Epidemiologik vaziyatni hisobga olib, bundan buyon turnirlar biroz qisqartirilgan rejimda oʻtkaziladi, shu sababli hududlarda avvalgidek kasting jarayonlari boʻlmaydi. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganlar kompyuter tomonidan tasodifiy tanlashga asoslangan tizimda 6 kishilik jamoalarga boʻlinadi. Qisqa fursatlar ichida www.zakovat.tv sayti orqali jamoadoshlar roʻyxatini koʻrish mumkin boʻladi, hozir shu ustida ish olib borilmoqda.

Jamoa toʻliq boʻlmasa nima qilish mumkin?

Agar jamoalar tarkibidagi jamoa aʼzolaridan kimdir turnirda qatnasha olmasa, unda:

👉 a) jamoada 4 yoki 5 kishi boʻlsa, turnirda qatnashishga yoki www.zakovat.tv saytida roʻyxatdan oʻtgan boshqa ishtirokchilar bilan jamoani toʻldirishga ruxsat beriladi. Faqat jamoaga yangi ishtirokchi qoʻshilganda bu haqda tashkilotchilarni albatta oldindan ogohlantirish shart;
👉 b) jamoa aʼzolari soni 3 yoki undan kam boʻlsa, unda boshqa toʻliq boʻlmagan jamoa bilan birlashishga ruxsat beriladi. Faqat bu haqda tashkilotchilarni albatta oldindan ogohlantirish shart;
👉 c) www.zakovat.tv saytida roʻyxatdan oʻtmagan va ID-kod olmagan kishilar turnirga qoʻyilmaydi.

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar nima qilsa boʻladi?

www.zakovat.tv sayti orqali belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan shaxslar hozircha Qashqadaryo va Surxondaryoda boʻladigan turnirda ishtirok eta olishmaydi. Ammo ular “Zakovat” intellektual klubi tomonidan kelgusida hududlarda oʻtkaziladigan boshqa turnirlarda qatnashishlari mumkin. Chunki har bir hududdagi turnirdan oldin roʻyxatga olish qayta ochiladi.

Boshqa hududlarda turnir qachon boʻladi?

Boshqa hududlarda ham turnirlarimiz tez orada oʻtkaziladi. Iyun oyi davomida har hafta shanba va yakshanba kunlari turli hududlarda turnirlar oʻtkazishga maksimal darajada harakat qilamiz. Qaysi hududda turnirlar qachon boʻlishini yaqin kunlarda eʼlon qilamiz.

Buning uchun rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni doimiy kuzatib borishlarini soʻraymiz.


Kanalimizga obuna bo'ling:
@zakovat
ID-raqamni eslolmayapman, SMS oʻchib ketibdi, endi nima boʻladi?

Hech xavotirli joyi yoʻq. Ertaga Qashqadaryo va Surxondaryodan roʻyxatdan oʻtgan barcha bilimdonlarga qayta SMS yuborgan holda, ID-raqamini yana bir marta eslatamiz.

Telefon raqamim oʻchgan yoki boshqa yangi raqam olgandim, endi nima boʻladi?

Hech xavotirli joyi yoʻq. Turnir oʻtadigan kuni turnir boʻladigan joyga kelib, tashkilotchilarga uchrashgan holda, boshqa shaxsiy maʼlumotlaringizni aytsangiz (masalan, ism-familiya yoki pasport seriya-raqami), maxsus yordamchilarimiz Sizning ID-raqamingizni aytishadi hamda turnirda qatnashishingiz uchun sharoit yaratishadi.


Kanalimizga obuna bo'ling:
@zakovat
Live stream scheduled for
❗️“Zakovat” klubi a’zolari diqqatiga!

Bugun soat 18:00 da @zakovat kanalida ovozli suhbat boshlanadi. Unda hududiy breyn-ring turnirlariga oid yangiliklar, qoidalar va o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Savollaringizni ushbu post ostiga izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.


Kanalga ulanish:
@zakovat
Live stream started
Live stream finished (47 minutes)
Zakovat turniri haqida
Zakovat intellektual klubi
❗️Ovozni chatni eshita olmay qolganlar uchun:

Zakovatning hududiy turnirlari haqidagi maʼlumotlar.

Boshqa hududlarda qachon boʻladi?
Jamoa tarkibini oʻzgartirsa boʻladimi?
Gʻoliblar qachon aniqlanadi?
Turnirga kirish uchun pasport yoki biror hujjat kerakmi?
Jamoamiz soat nechida ishtirok etishini qanday bilib olsam boʻladi?

Shu va boshqa savollarga batafsil javob berilgan.

Kanalga ulanish:
@zakovat