Zakovat intellektual klubi
37.4K subscribers
7.76K photos
1.2K videos
85 files
4.03K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zakovat” klubi tomonidan barcha hududlarda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan intellektual kasting va turnirlar haqida qisqa video-maʼlumot

Yanada batafsil bilish uchun:

Hududiy turnirlar haqida:
https://t.me/zakovat/4038

Intellektual kasting haqida:
https://t.me/zakovat/4039


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Klub aʼzolari oʻrtasida soʻrovnoma

Roʻyxatdan oʻtgan aʼzolar uchun qaysi hududdagi kasting va turnirlarda qatnashish qulay ekanligini aniqlash hamda shu bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilish maqsadida kichik soʻrovnoma tashkil qilindi.

www.zakovat.tv saytida yakka tartibda va jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilardan quyidagi havola orqali oʻtib, soʻrovnomani toʻldirib berishlarini iltimos qilamiz:

👉 https://forms.gle/Qd3PwHJR5xvKJ6DV7
☝️Aʼzolik holatini sayt orqali tekshirish mumkin

www.zakovat.tv saytida roʻyxatdan oʻtish jarayoni muvaffaqiyatli boʻlgan yoki boʻlmaganini tekshirish imkoni yaratildi.

Buning uchun pasportingiz seriyasi va raqamini, shuningdek ID-raqamini kiritish orqali klubga aʼzo boʻlgan yoki boʻlmaganingizni tekshirish mumkin.

❗️ ESLATMA: bunda ID-raqamni quyidagi formatda kiritish kerak – i12345. Yaʼni dastlab lotin alifbosida i harfini yozasiz, shundan soʻng 5 xonali raqamni kiritasiz.

Quyidagilar xato:

I harfi oʻrniga 1 raqamini yozish;
ID – i12345 deb yozish;
Faqat 5 ta raqamning oʻzini yozish.

Shuningdek, pasport seriyasini ham lotin alifbosidagi harflar orqali yozish lozim.

Kimdir roʻyxatda oʻtishda turli texnik xatolikka yoʻl qoʻygan boʻlsa, unda bogʻlanish uchun manzil ham koʻrsatilgan.

Tez orada www.zakovat.tv sayti orqali 28-fevral 17:00 da “Humo Arena” saroyida boʻladigan tadbirga kirish uchun elektron biletlarni yuklab olish mumkin boʻladi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Forwarded from 🇺🇿 SHOXRUX
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Заковат» клубига аъзо бўлган ва рўйхатдан ўтган барча билимдонларни 28 февраль куни соат 15:00да «Ҳумо арена»га таклиф қиламиз!

#uzbekpower

@shoxrux
BU MUHIM! «HUMO ARENA» saroyida boʻladigan kastingga roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilar kelishi mumkin

28-fevral, yakshanba kuni, “HUMO ARENA” saroyida
boʻlib oʻtadigan “Zakovat” intellektual klubi tomonidan tashkil etilayotgan kastingda yashash joyidan qatʼi nazar www.zakovat.tv sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga SMS orqali elektron taklifnomalar tarqatiladi. Shuningdek, www.zakovat.tv sayti orqali ham yuklab olishlari mumkin boʻladi.

Boshqa hududlardan roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga esa elektron taklifnoma yuborilmaydi. Ammo ular 28-fevral kuni soat 15:00 dan boshlab shaxsni tasdiqlovi hujjat bilan “HUMO ARENA” saroyiga tashrif buyurib, texnik yordamchilarga murojaat qilishlari lozim.

Ishtirokchining haqiqatdan saytda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgani tekshirilib, keyin kirish uchun taklifnoma taqdim etiladi. Bunda yoki Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalar, poytaxtda mehnat faoliyatini olib borayotgan shaxslar, yoki shunchaki Toshkent shahriga kelish imkoni bor ishtirokchilar 28-fevral kungi kastingda qatnashishlari mumkin.

Asosiysi, saytdan roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz kifoya, bemalol 28-fevral kuni “HUMO ARENA” saroyida boʻladigan tadbirda ishtirok etishingiz mumkin. Tadbir soat 17:00 da boshlanadi. Kirish 16:30 da toʻxtatiladi.

❗️ESLATMA: hududdan roʻyxatdan oʻtganlar imkoniyatlari boʻlmasa, Toshkentga kelishlari shart emas. Har bir hududda xuddi shunday intellektual turnirlar oʻtkaziladi va har bir hudduda gʻolib jamoaga 100 mln soʻm pul mukofoti qoʻyiladi.
Batafsil: https://t.me/zakovat/4038


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Заковат» интеллектуал клуби тадбирларига оид айрим тушунтиришлар

www.zakovat.tv сайтидан ким рўйхатдан ўтган бўлса ёки рўйхатдан ўтишга улгурмагану, лекин турнирда қатнашиш ниятида бўлса, албатта диққат билан эшитиб чиқишларини илтимос қиламан.

Қисқача:

- 28 февраль куни «Humo Arena» саройида интеллектуал кастинг бўлиб ўтади;

- унда исталган ҳудуддан рўйхатдан ўтганлар қатнаша олади, чеклов йўқ;

- кимда Тошкентга келиш имкони бўлмаса, барча ҳудудларда худди шу каби турнирлар бўлиб ўтади ва ҳар бир ҳудуд ғолиби учун 100 млн сўм мукофот қўйилади.

Янада батафсил маълумотлар аудиода.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Diqqat!

www.zakovat.tv saytida elektron taklifnomalarni yuklab olish imkoniyati paydo bo’ldi.

Ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilar saytga kirib, taklifnomalarni olishi mumkin.

Elektron taklifnoma har bir shaxsga alohida biriktirilgan, shu sababli taklifnoma rasmini ijtimoiy tarmoqlarda ochiq e’lon qilmasliklaringizni so’raymiz.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
ID-raqamni qanday aniqlash mumkin?

Ko’pchilik ID-raqamini eslay olmayotgani va buni qanday aniqlash mumkinligini so’ramoqda.

ID-raqam faqat www.zakovat.tv sayti orqali ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilarga 3700 qisqa raqami orqali SMS qilib yuborilgan.

Saytdan ro’yxatdan o’tmaganlarga ID-raqam berilmaydi. Ular tez orada ochiladigan qayta ro’yxatdan o’tishni kutishlari lozim.

Iltimos, telefoningiz xotirasidan 3700 orqali kelgan SMSlarni qarab ko’ring, unda sizning ID-raqamingiz bor.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Barcha ishtirokchilarga ID-raqami SMS orqali yana bir bor yuborildi.

Ana endi bemalol www.zakovat.tv sayti orqali elektron taklifnomani yuklab olishingiz mumkin.

Agar kimgadir SMS bormagan bo’lsa, demak o’sha ishtirokchi saytda ro’yxatdan o’tmagan. Agar mabodo ro’yxatdan o’tgan bo’lsangizu, lekin texnik muammo sabab SMS kelmagan bo’lsa, izohda yozib qoldirishingiz mumkin, mutaxassislarimiz tekshirib berishadi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Ertaga, 28-fevral kuni, “Humo arena” saroyida “Zakovat” intellektual klubining katta kasting tadbiri bo’lib o’tadi.

Tadbirga bir necha ming ishtirokchi kelishi kutilmoqda. Shu sababli epidemiologik vaziyatni inobatga olib, tashrif buyuruvchilardan tibbiy niqobda kelishlarini iltimos qilamiz.

To’g’ri tushunganingiz uchun rahmat! Ertaga barcha bilimdonlarni intiq bo’lib kutamiz!


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
❗️Ayrim muhim eslatmalar:

- ertaga, 28-fevral kuni, soat 17:00 da “Humo Arena” saroyida dastlabki intellektual kasting boʻlib oʻtadi. Kirish 15:00 dan boshlanadi va 16:30 da toʻxtatiladi;

- unda istalgan hududdan roʻyxatdan oʻtganlar qatnasha oladi, cheklov yoʻq;

- barcha hududlarda xuddi shu kabi turnirlar boʻlib oʻtadi va har bir hudud gʻolibi uchun 100 mln soʻm mukofot qoʻyiladi. Kimda Toshkentga kelish imkoni boʻlmasa, oʻsha hududiy turnirlarda qatnashishi mumkin;

- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan roʻyxatdan oʻtganlar www.zakovat.tv sayti orqali elektron taklifnomani yuklab olishlari mumkin;

❗️ boshqa hududlardan roʻyxatdan oʻtganlarga Toshkentda ishtirok etish qulay boʻlsa, unda ertaga shunchaki “Humo Arena” saroyiga tashrif buyurishlari kerak. Maxsus texnik yordamchilarga tekshirish uchun pasport seriya va raqami hamda ism-familiyasini aytishsa kifoya. Hech qanday pasport originali, nusxasi va hattoki telefondagi rasmi ham shart emas. Roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, ularga elektron bilet beriladi;

- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan roʻyxatdan oʻtib, elektron taklifnoma olganlar ertaga oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi biror hujjat olib kelishlari shart emas. Taklifnomaning qogʻozga chop etilgan varianti yoki shunchaki telefondagi rasmini koʻrsatishsa kifoya;

- Jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan barcha jamoalar sardori bilan mutaxassislarimiz telefon orqali suhbatlashib chiqishdi. Ertaga tadbirga kelish imkoni bor jamoalarga taklifnomalar tarqatish ishlari boshlandi. Kelish istagida boʻlgan barcha jamoalar sardoriga taklifnomalar yetkaziladi, bu boʻyicha ishlar davom etmoqda;

- belgilangan vaqtda roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar uchun yaqin kunlarda roʻyxatdan oʻtish qayta ochiladi. Shuningdek, barcha hududiy turnirlardan avval albatta roʻyxatga olish yangidan tashkil etiladi;

- ertangi tadbirga faqat www.zakovat.tv sayti orqali roʻyxatdan oʻtganlar kirishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtmaganlar tadbirga kiritilmaydi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
Bugun “Humo Arena”da bo’lib o’tadigan Zakovat kastingi uchun jiddiy tayyorgarlik ko’rilmoqda!

Albatta keling, yo’qsa keyin afsus qilasiz! Sizni nafaqat intellektual kasting, balki ajoyib syurpizlar ham kutib turibdi!

Sizlarni bugun, 28-fevral, soat 15:00 dan boshlab “Humo Arena”da kutamiz!


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
❗️Ayrim muhim eslatmalar:

- Bugun, 28-fevral kuni, soat 17:00 da “Humo Arena” saroyida dastlabki intellektual kasting boʻlib oʻtadi. Kirish 15:00 dan boshlanadi va 16:30 da toʻxtatiladi;

- unda istalgan hududdan roʻyxatdan oʻtganlar qatnasha oladi, cheklov yoʻq;

- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan roʻyxatdan oʻtganlar www.zakovat.tv sayti orqali elektron taklifnomani yuklab olishlari mumkin;

❗️ boshqa hududlardan roʻyxatdan oʻtganlarga Toshkentda ishtirok etish qulay boʻlsa, unda bugun shunchaki “Humo Arena” saroyiga tashrif buyurishlari kerak. Maxsus texnik yordamchilarga tekshirish uchun pasport seriya va raqami hamda ism-familiyasini aytishsa kifoya. Hech qanday pasport originali, nusxasi va hattoki telefondagi rasmi ham shart emas. Roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, ularga elektron bilet beriladi;

- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan roʻyxatdan oʻtib, elektron taklifnoma olganlar oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi biror hujjat olib kelishlari shart emas. Taklifnomaning qogʻozga chop etilgan varianti yoki shunchaki telefondagi rasmini koʻrsatishsa kifoya;

- Jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan barcha jamoalar sardori bilan mutaxassislarimiz telefon orqali suhbatlashib chiqishdi. Bugun tadbirga kelish imkoni bor jamoalarga taklifnomalar tarqatish ishlari deyarli yakunlandi. Yana ba’zi jamoalarga qisqa fursatlarda taklifnoma yuboramiz;

- bugungi tadbirga faqat www.zakovat.tv sayti orqali roʻyxatdan oʻtganlar kirishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtmaganlar tadbirga kiritilmaydi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat
📝 Javoblarni tekshirish boshlandi

“Humo Arena” saroyida intellektual kasting muvaffaqiyatli o’tkazildi. “Zakovat” intellektual klubi bilimdonlari javoblarni tekshirib chiqishni boshlashdi.


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
@zakovat