Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.08K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Va'da qilinganidek, Python dasturlash tilida soddaroq bo'lgan telegram bot yozish bo'yicha kichik maqolamizning birinchi qismi tayyor. Kirib o'rganishingiz mumkin😊

https://telegra.ph/PYTHON-YORDAMIDA-OZ-TELEGRAM-BOTIMIZNI-YARATAMIZ-01-29
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
@bahodirajabov haqida

Tanishganimizga ko'p vaqt bo'lmadi. Ancha aqlli va o'z ishini eplab topib ketadigan bola. Ancha-muncha ishni o'zi eplab qila oladi. Yaqin broim deb bilaman. Self study backend o'rgangan. Hozir frontend kursini bitiryabdi. U bilan youtube orqali efir qilganmiz.

https://youtube.com/muhammadyunusuz kanalida "Jonli efirlar" bo'limida.

O'zini shaxsiy kanali: @bahodirajabov.

Bugun 1 soatda 2 haftalik ishni qildik. )

Suratda Chapda ustozim MuhammadJavohir aka, o'ngda Bahodir. Tepada kanal nomini oldida esa men :))

@muhammadyunus_uz
O'zbekcha Roadmap Backend uchun (Tarjima va shaxsiy tavsiyalar)

https://github.com/muhammadyunusuz/Backend-Roadmap-O-zbekcha

PS: Agar sizni backendga qiziqadigan do'stingiz bo'lsa, unga share qilishni unutmang.

@muhammadyunus_uz
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «O'zbekcha Roadmap Backend uchun (Tarjima va shaxsiy tavsiyalar) https://github.com/muhammadyunusuz/Backend-Roadmap-O-zbekcha PS: Agar sizni backendga qiziqadigan do'stingiz bo'lsa, unga share qilishni unutmang. @muhammadyunus_uz»
Telegram Bot Api Server ni sinab ko'rdim, tavsiya qilaman, zo'r narsa ekan 😉
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Bundan bir necha oy avval qiziq bir voqea bo'ldi. Najot Ta'limga ustozlik uchun suhbatga bir kishini taklif qildik. Biz taklif qilgan inson o'z sohasining yaxshi mutaxassisi edi. Lekin o'quv reja tomondan ishimiz to'g'ri kelmadi. Biz boshqa bir dasturlash tilini o'rgatamiz, ular boshqa dasturlash tili bo'yicha mutaxassis. Shundan so'ng ayni paytda o'quv markaz bitiruvchilari, ularning salohiyati kod yozish stillari bo'yicha fikr almashdik. U kishi o'quv markaz bitiruvchilari dasturlash bo'yicha zo'r o'rganmasliklari, kodlar yaxshi bo'lmasligi haqida aytishdi. Oldimda do'stimiz va markazimiz katta o'qituvchisi Muhammadjavohir Su'ratov bor edilar. Shunda Muhammadjavohir, "bir daqiqa", dedida shart boshqa xonadan notebooklarini olib chiqdi. Bu mening o'quvchilar qilgan ish, deb haligi akaga o'quvchilarni ishlarini ko'rsatdi. Aka kodlarni sinchikovlar tekshirib "rosti bunday narsani kutmagan edim", deb natija zo'rligiga ishora qilishdi. Buni yuz ifodasi ham aytib turardi. Keyin Muhammadjavohir "bu 2 oy o'rgangan o'quvchining ishi", deganlaridan keyin aka yanada hayajonlandi. Hayratini yashirmadi. Men va Muhammadjavohir bir-birimizga qarab kulib qo'ydik...🙂

Buni aslida boshqa voqea uchun aytmoqchiman. Kecha avval markazimizda o'qib so'ng ayni paytda dars berayotgan dasturchi ukamiz Muhammad Yunus kanalida Bahodir ismli yigit bilan 2 haftalik ishni bir soatda qilgani haqida yozdi. Rosti o'qiganimda uncha e'tibor bermadim. So'ng kechroq 3D dizayner, "telegram qiroli" Abdusattor bilan kechroq ko'rishib qoldik.

Shunda Abdusattor, "Najot Ta'limda 14 yoshli bitta bola bor ekan, anchadan beri yechim topa olmayotgan muammoyimizni yechib berdi, shu bolani o'qish puliga yordam beraman", dedi. Tushundimki, gap Bahodir haqida ketyapti. 14 yoshli bola (!) muammoni hal qilgan.

Shunday qilib 14 yoshli Bahodir kursni tamomlamasdan ishli joyli bo'ldi qoldi. Abdusattor qo'ldan chiqarmayman u yigitni deyapti.🙂

Muddao nima?

Yoshlarni shu kabi zamonaviy kasblarga o'rgataylik! Rosti, menga bir vatandoshimni Rossiyaga chiqib qora mehnat qilishi alam qiladi... Bu juda og'riqli mavzu. Men aynan Najot Ta'limda o'qisin deb buni yozganim yo'q. Bizda limit bor, baribir undan chiqib keta olmaymiz. Asosiysi yoshlarga imkon beraylik. Qo'liga notebook olib beraylik. Shu kabi zamonaviy, axborot texnologiyalariga oid kasblarni o'rganishsin. Toki birovga qaram bo'lmaylik. So'zimiz butun bo'lsin...

Suratda, chap tarafda ustozimiz Muhammadjavohir Sur'atov, o'ngda 14 yoshli Bahodir Rajabov
⚡️ Ethical hacker Saud Abdulwahed ilk bor anonimlikdan chiqib kanallariga o'z rasmlarini o'rnatishdi. Aka mani Python va C dasturlash tillaridan ustozim. Youtube Cyber Xavfsizlik bo'yicha ancha darslar yuklashgan.

https://www.youtube.com/channel/UCVFR8HegWg0ltGFJeVOMp9A?sub_confirmation=1
Forwarded from Bahodir Rajabov
🧑‍💻Dasturlashni self study orqali o'rganish mumkin bo'lgan manbalar

MIT Open Courseware
: ocw.mit.edu
FreeCodeCamp: www.freecodecamp.org
MDN: developer.mozilla.org
W3schools: www.w3schools.com
Learn Javascript: learn.javascript.ru
Javascripttutorial: javascripttutorial.net
Codecademy: codecademy.com
Youtube: youtube.com

Umumiy videodarslar, real loyihalar ham bor (playlistlarda)

Muhammadjavohir Suratov (
@mayoquz)
youtube.com/channel/UCVkIqOM_hAlOPnpzWoijFJw

Saidbek Arislonov (@saidbekarislonov)
youtube.com/channel/UChEMatfOEAQuny-TIJidM8w

Farkhod Dadajanov
youtube.com/user/Farkhod1982

Muhammadyunusuz (@muhammadyunus_uz)
youtube.com/c/muhammadyunusuz

Kadirov Dev (@kadirovDev)
youtube.com/channel/UCcjcQHyiSPtGMhpiCc4mGfQ

Javascript mastery
youtube.com/channel/UCmXmlB4-HJytD7wek0Uo97A

Dev Ed
youtube.com/channel/UClb90NQQcskPUGDIXsQEz5Q

The Net Ninja
youtube.com/channel/UCW5YeuERMmlnqo4oq8vwUpg

Ben Award
youtube.com/user/99baddawg

thenewboston
youtube.com/user/thenewboston

Programming with Mosh
youtube.com/user/programmingwithmosh

Traversy Media
youtube.com/user/TechGuyWeb

Web Dev Simplified
youtube.com/channel/UCFbNIlppjAuEX4znoulh0Cw

Владилен Минин
youtube.com/channel/UCg8ss4xW9jASrqWGP30jXiw

P.S: Dasturlashni o'rganish uchun mana shuncha manba. Endi yana nimani bahona qilasiz😅

@bahodirajabov
Tiktok ochib bir video yukladim, 10 soatda 1000+ ko'rishdan oshib ketdi. Algoritmlar ishlashi yoqdi. Kimdir Tiktokda bo'lsa mana birinchi videomiz. Avvaliga rosa qarshi bo'lgan edim. Hozir lentamda Najot ta'lim, Osmondagi bolalar, Javohir Group va bir qancha foydali kontentlar chiqyabdi. Tiktokni siqib chiqara olmasak, uni o'zimizga moslashtirishimiz kerakdir :))
Yoqubjon akaning Moushn grafikaga kirishlari haqidagi ajoyib video ekan. Aka biz o'qib yurgan vaqtimizda biz bilan parallel o'qigan va o'ta tirishqoq akalardan. Videoni youtube orqali ko'ring va bir dunyo motivation oling :))

Link: https://youtu.be/yaSPq90Pnd0
Bir akamiz kanal ochishibdi. Ichidagi narsalar yoqdi )
#tavsiya

Google Play, App Store dagi eng yaxshi ilovalar, foydali videodarsliklar, «Youtube» dagi ommabop kanallar haqidagi ma'lumotlar sizni qiziqtiradimi? Unda @top_tavsiyalar kanali aynan siz uchun ekan.

Ushbu kanalga ulanib qo'yishni barchangizni maslahat beraman: @top_tavsiyalar
Forwarded from Ali Zairov
Iqtibosning, Toshkentcha aytganda, "dodaxo'ja"si

Bugun Osmondagi bolalar ko’rsatuvining navbatdagi soni suratga olindi.

Ko'rsatuv Najot Ta'lim markazining dars xonalaridan birida olinadi. Ko'rsatuvdan oldin har doim u xonadagi barcha narsa tashqariga chiqariladi) Jamoamiz a'zolari, hamda ko'ngilli o'quvchilarimiz bilan xonani ko'rsatuvga tayyorlayotgan jarayonimizda, qarasam ko'rsatuv mehmoni Aziz aka ham parta tashiyaptilar 😅 Boshqa bolalar u kishini unchalik tanimaganligi uchun, o'quvchi bo'lsa kerak, deb indashmagan ekan. Ma'lumot uchun, Aziz aka Merit o'quv markazi, hamda xususiy maktabining asoschilaridan biri hisoblanadilar.

Bu aslini olganda hayratlanarli holat emas, lekin hozirda shunaqa xarakterli odamlar nodir bo'lganligi uchun motivatsiyalanib ketdim)

Aziz akani zo'rg'a ko'ndirib, suhbatlarini oldim. Haqiqattan ham ilmli, uzoqni ko'ra oladigan, diyonatli inson ekanlar. U kishini ijtimoiy tarmoqlarda ko'rib turar edim, lekin jonli gaplashib boshqacha ruhiyat oldim.

Suhbat davomida zo'r bir gap aytdilar: "Biz jamiyatning kumirlarni o'zgartirishimiz kerak. Xalq hozirda intilayotgan, o'sha, TikTokdagi "kumir"lariga bitta futbolka va kurtka kiysa yetishib oladi. Ilmli insonlar, olimlarni kumir qilishimiz kerak. Kumir shunday bo'lishi kerakki, siz unga ergashgan sari rivojlanishingiz kerak. Shuning uchun ham biz musulmonlar sunnatga ergashamiz. Sunnatga ergashsak har doim rivojlanamiz"

Shu iqtibosning o'zi ham Aziz akaning qanday inson ekanliklarini ochib beradi. Afsuski, u kishi bilan rasmga tusha olmadim, kelgusi safar uchrashganimda esdalik uchun tushaman)

Aytgancha, ko'rsatuvni albatta ko'rishni tavsiya qilaman. Agarda siz Osmondagi bolalar loyihasini bilmagan bo'lsangiz, ayni paytgacha sizning 9 soat vaqtingiz bekorga ketgan ekan) (Chunki, siz shu vaqt ichida bu loyihaning barcha sonlarini ko'rgan bo'lar edingiz))

@alizairov
Ayni paytda hamma yerda dam olish, biz ham kod yozib dam olyabmiz.

Diqqat savol: Biz qayerdamiz va bizga to'g'rida kimning stoli joylashgan?
Komment ochildi :))