Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.07K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Forwarded from Ali Zairov (Ali Zairov (Patron))
Foundation kursi qabul imtihonlqri haqida ovozli chat boʻlib oʻtmoqda. Qiziqqanlar qatnashib oʻz savollarini berishsa boʻladi.

https://t.me/najottalim?voicechat
Bir kishi aytgan edi: "ustoz uchun eng yaxshi pozitsiya narvon bo'lib berishdir.". 😊
10-12 yoshli bolalar nega koʻp PUBG oʻynashadi

https://youtube.com/shorts/w6z5FdmHOBo?feature=share
Forwarded from Temurbek Adhamov
Najot Ta’lim jamoasi kengaymoqda, yoxud markazdagi bo’sh o’rinlar haqida

Ayni damda ushbu dargohda 130 atrofida jamoa a’zolari ishlab kelmoqda. Ularning 60 foizi o’qituvchilar.

Har doim, yaxshi mutaxassis topish masalasi bizni ko’p katta ishlardan to’sib kelgan. Qani edi, jamoani his qiladigan, IT sohasini O’zbekistonda rivojlantirishni istaydigan mutaxassislar bo’lsa, biz ular bilan rejalashtirib turgan katta maqsadlarimizni amalga oshirsak.

Shu o’rinda, markazning ko’p filiallar ocha olmayotgani, viloyatlarga chiqa olmayotganiga sabab sifatida ham shu narsani keltirsam bo’ladi.

Barchangizdan bizga IT sohasidagi mutaxassislarni tavsiya qilishingizni so’rayman.

Jamoamizga ushbu yo’nalishlarda Strong Junior, Middle, Middle+, Senior mutaxassislarni qabul qilamiz:

Backend
- Nodejs (ES6, MongoDb/PostgreSQL);
- Golang (microservise);
- Java (spring);

Mobile
- iOS (swift, objective-C);
- Android (Kotlin, Java);
- Cross (React Native/Flutter);

Frontend
- ReactJS (Class based, Hooks, Redux);
- Angular (RxJS, Modules services);
- VueJS (Nuxt);

Dizayn
- Graphic designer;
- UX/UI — web designer;

Tavsiya qilish uchun https://t.me/najottalim_hr profiliga yozishingiz mumkin.
Bugun 1-oktabr. Ustozlar va murabbiylar kuni. Va bu postim mening ustozlarim va ular haqida "super secret"lar haqida.

Doim ustoz degan so'z eshitganimda ko'z oldimga birinchi Muhammadjavohir akam (@mayoquz) kelishadi. Manimcha bu dasturlashdan birinchi ustozim bo'lganliklari sababidan emas. Ustoz man uchun juda katta namuna insonlar. Eng "super secret"lari ularni "verstalshikman" deb yurishlari. ) Aslida ustoz backend va databasedan ham birnechta kurslarni tugatib, hatto bitta katta magazin saytni backendini ham yozib ulgurishgan. Lekin biror sohada o'zlarini mutaxassis sifatida bilmasalar shunchaki "bilmayman" deydilar. 😊

Yana bir katta ustozlarimdan biri bu Muhammadxon Najimov (@FastCoreCourse). Ustoz 0 dan boshlab backendni databaseni o'rgatishgan. Ularning super kuchlari kuchli va chuqur o'ylash sohibilar. Birinchi shogird bo'lib yurgan vaqtimda: "Biror narsa yemaymizmi?" - desam, "ha" - der edilar. Bu yemaymiz degani (😀). Ustozni "super secret"lari shundaki, ustoz ma'lumotlarni maximal tezlikda o'zlashtira oladilar. Bu albatta iste'dod)

Ustozlarim ichida yana bir ustozim bor-ki, shu ustozim sabab @mayoquz va @FastCoreCourse ustozlarim bilan tanishganman. Bu ustozim @temurbek_adhamov. Temurbek aka ko'p narsaga erishishimda katta sababchi insonlar. Ilk bor Najot Ta'lim jamoasiga qabul qilganlar. Temurbek akadan eng top o'rgangan narsam: "Insonlarga tabassum bilan muomala qilish".

Aslida ustozlarim juda ko'p. Ishoning maqtanmayabman. ))

Barcha ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin. Barchalarini bayram bilan tabriklayman. 😊
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilmasa o'rgat, lekin hech qachon sen ojizsan deb kulma.

(c) Manba

PS: So'nggi 1 yilda ko'rgan eng foydali tavsiya ekan. Dasturlashga emas insoniylikka oid ekanligi uchun ulashdim.

@muhammadyunus_uz
Facebook, Whatsapp, Instagram va Messenger da uzilishlar kuzatilmoqda.
Facebook serverlarida svet o'chganga o'xshaydi😅
@durov akam kayf qilib kulib o'tiribdi Twitterda 😂
Xullas facebook ancha zarar ko'ryabdi)
Whatsappni ustidan ham qotib bo'lmay qoldi 😒
Live stream finished (3 minutes)
Darknet-forumlaridan biri Facebookning 1,5 milliard foydalanuvchilari ma'lumotlarini sotuvga qo'ydi. Bu barcha davrlarda ro'y bergan eng katta "Ma'lumotlar o'griligi".

Ma'lumotlar xakerlik yo'li bilan emas, ochiq manbalardan web-scraping qilish orqali olingan😕

@mabrur_dev
⚡️ "Oxirgi soatda Telegramga 50 millionga yaqin foydalanuvchi qo'shildi." - tgstat.ru
⚡️ Facebook dunyoga qaytdi. Endi ulab qo'yishsa bo'ldi.

💸 Siz uxlab yotganingizda Facebook 10 milliard dollardan ko'proq ziyon ko'rdi va katta ehtimol bilan Mark 5-o'rindan 9, 10- o'ringa qarab yo'l oladi.
Bugun Steve Jobsning o'lgan, Abdusattor Abdurahimov (https://t.me/abdusattor) ning esa tug'ilgan kuni 😀
😁1
HTML va CSS ni biroz esladim :))
Forwarded from Pavel Durov
Yesterday Telegram experienced a record increase in user registration and activity.

The daily growth rate of Telegram exceeded the norm by an order of magnitude, and we welcomed over 70 million refugees from other platforms in one day. I am proud of how our team handled the unprecedented growth because Telegram continued to work flawlessly for the vast majority of our users. That said, some users in the Americas may have experienced slower speed than usual as millions of users from these continents rushed to sign up for Telegram at the same time.

I ask our existing users to say hi to their newly arrived friends, help them unpack, and let them know what we have in stock. Make sure they stick around and see why Telegram is light years ahead of the competition.

For the new users I’d like to say this – welcome to Telegram, the largest independent messaging platform. We won’t fail you when others will.