Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.07K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Forwarded from Abdu v1.11
Ish beruvchi va xodim o'rtasida tuzluq bo'lmaydi


Achtung! Post po'lniy subyektiv fikrlardan tashkil topgan.

Tadbirkorlar xodimlardan doim jon kuydirib, o'zlarini shu loyihani egasidek tutib ishlashlarini kutishadi. Ayniqsa kompaniya endi oyoqqa turayotgan paytda. Tabiiyki yosh kompaniyada xodim kamroq oylikka ishlab turishi qulayroq, kompaniyani muammolari hammaga: tadbirkorga ham xodimlarga ham taqsimlanadi.
Ho'p hammasi yaxshi, qachonki, kompaniya o'zini tutib tura oladigan kun kelganda foydani, huqularni taqsimlash uchun kechagi - ma'suliyatlarni taqsimlashga ishlatilgan tarozi ishlatilsa.

Lekin ba'zi tadbirkorlarni bizneslarida "Mani majburiyatim bu sani majburiyating, mani foydam bu mani foydam" falsafasi doimo hukm surib kelaveradi.

Yaqinda bir tadbirkorni gapini o'qib qoldim, boshqa kompaniyaga ikki baravar ko'proq oylik taklif qilgan joyga ketib qolgan shogirddan noliyapti, uning fikricha bunday shogirdlarni ko'tiga tepib haydash kerak ekan, ketgan shogird pulga o'chlikda ayblanyapti hullas.

Unga kimdir ikki baravar oylik taklif qildimi, demak u kadrni kompaniyaga qo'shayotgan hissasini bozor shunday narxlayapti. Buyoqda bo'lsa shuni teng yarmi to'lanyotgan edi u kadrga. Men bunga qarab turib pulga o'ch deb boshqa tarafni aytgan bo'lardim.

Shunaqa holatlarda yana ba'zi tadbirkorlar tuz yegan tuzlig'iga tupurib ketti deb qo'yadi. Xodim qandaydir qiymat qo'shadi kompaniyani mahsuloti yoki xizmatiga. Shuning uchun unga haq to'lanadi. U tadbirkordan birodarlarcha qo'llab turishini so'ramagan.

Tuzluq ota-o'g'il, aka-uka, amaki/tog'a-jiyan o'rtasida bo'ladi. Tuzluq hech qanday manfaat ko'zlanmasdan qilinadigan yordam.

O'zi shundog'am kapitalizmda xodimlar qo'shayotgan qiymatiga yarasha haq olishmaydi. Shu holiga endi bu gaplar ortiqcha. Bizda bizneslar o'o'o'o' anavi yerda noto'g'ri yo'lga ketib qolgan.

Qadriyat, oliy maqsaddan gapirish uchun tadbirkor avvaliga kompaniyasida maoshni munosib hisoblashi, to'g'ri boshqaruvni yo'lga qo'yib qo'yishi kerak. Bo'lmasa u eng asosiy foydani olib chiqib ketayotgan joyida balandparvoz gaplar bilan o'zini hurmatiniyu, xodimlarni shashtini tushirgani qoladi.

Biz kapitalizmda yashayabmiz, pul baxtni kafolatlamasa ham pulsizlik baxtsizlikni kafolatlay oladi.

To'g'ri KPI qo'yib (o'zbekchasiga aytsak ishbay to'lash) pul bilan xodimni motivatsiyasini boshqarish kompaniyani o'ziga ham yaxshi.

@Abduqodirovcom
Forwarded from Kadirov Dev
YouTube uchun biz endi yo'qmizmi?

O'zbekiston internet gigantlarga - ular ma'lumotlar omborlarini O'zbekistonga ko'chirishmasa, bizning hududda ishlay olmasliglarini bildirib xat yuborgan edi.

Bir nechta servislar allaqachon bloklandi. Buning ortidan Youtube O'zbekistonni davlatlar ro'yxatidan chiqarib tashlaganini eshitdim. Ishonmay kanalimga kirsam, rostan ham "Davlatsiz" bo'lib qolibman.

Qarangki, YouTube uchun O'zbekiston endi davlat ham emas. O'zbekiston fuqarosi bo'la turib, o'zbek tilida darslar tayyorlab, kanal davlatini esa "Rossiya" deb ko'rsatishga majbur bo'ldim. Davomi nima bo'ladi? Skype, Vkontakte, Twitter, Tik-Tok ortidan YouTube ham yopiladimi?

Dunyoning 3 dan bir qismi foydalanaydigan bu platforma eng sara bilimlarga ega kutubxonaku!

Halqimizni internetdan chegaralash uning ma'lumot olish huquqini cheklash deb bilaman.

Deputatlardan "Shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekiston hududida saqlash" haqidagi qonunni bekor qilishlarini iltimos qilaman!

@kadirovDev
👍1
⚡️ O'zbekiston Temir Yo'llarining biletni rasmiylashtirish serveri o'chib qolgan. Ayni paytda server hechqanday javob qaytarmayabdi. Agar sizda elektron bilet bo'lsa, uning raqamini biror joyga yozib oling.
😂 "Ononib ketay", endi Hamkorbankni serveri o'chib qoldi :))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana Google, Facebooklarni bazasini ko'chirish kerakmish...
Bugunni o'zida JavaScript bo'yicha 3 ta darsni yozib bo'ldim. Viloyatdan qaytganimdan so'ng darslarni YouTube kanalimga yuklab boraman )

Hozircha kanalda hech qanday kontent yo'q, yuklashni boshlashim bilan e'lon qilaman: https://www.youtube.com/channel/UC8b6ifFBrrPeo6rlkN4tmpw
Forwarded from Sariq Dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaksinada chip bormi?

Tanishlarga tarqatinglar.
🥳 Barchaga bayram muborak bo'lsin.
Sizni ham PUBGga bog'lanib qolgan ukangiz bormi? PUBG yoki qaysidir saytni 4otki bloklash haqida video qilsak foydali bo'larmikan?
JavaScriptda dasturlash | Kurs haqida:
https://youtu.be/OihZRk5rgAE

JavaScript nima? | 1-dars:
https://youtu.be/ZF2kXLoynho
"Qayerda o'qiy", "Qaysi markaz yaxshi?" va 40.000$ lik shogird tushish haqida

Eng avval "Qayerda o'qiy?" savoliga javob topaylik. Birinchi o'rinda siz nimaga o'qimoqchi ekanligingizni aniqlashtirib oling. "Database development, backend development, frontend development va hk. development". Agar tezda oyiga 3000$ daromadga qaysi biri olib chiqsa shu desangiz: "Eshikni orqasidan yopib chiqib keting" :))

Nimada o'qishingizni aniq qilib olganingizdan keyin, shu bo'yicha mutaxassisdan bo'lgan odamni topishga urining. Masalan: frontend tanlaganda Muhammadjavohir akadan dan maslahat so'rang: "Qanday o'rgangan va nimani tavsiya qiladi?"

Endigi muammo "qaysi markaz yaxshi?" degan savol. Ba'zan reklamalar chiqib turadi: "9 oyda Fullstack senior dasturchi bo'ling", "Bizni bitirgan o'quvchi 2000$ ga ishga kiradi" va shunga o'xshash. Filterlash uchun aytaman. Qaysidir kishi yoki markaz katta pullik oylik bilan reklama qilyabdimi, demak katta ehtimol bilan ularning hechqanday kurs rejasi yo'q. Ularga bormang. Aksincha ko'proq texnologiyalarni reklama qilayotgan markazlar bilan qiziqing. Eng yaxshisi esa, o'sha sohaning mutaxassislaridan 2-3 tasini fikrini olib jamlashdir.

Keyingi masala "janob x" yoki "x corporation" ning 40.000$lik shogird olishi haqida. Agar sizga shunday taklif kelib qolsa va siz bu taklifni ustida kulmasangiz, marketing qurboniga aylanyabsiz ekan :))

10.000, 5.000 ga shogird olaman deb yurganlarning juda ko'pini qilgan ishini ko'rsangiz, o'zini shogird qilib olgingiz keladi. Agar sizda shunday pul juda ko'p bo'lsa, chet el universitetida yoki chetdagi kuchli akademiyalarda dasturlashni o'rganing. Qayerdagi konstrukterning shogirdi bo'lib emas :))

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Fikrat
#kitob #taqdimot #azoncafe

Анвар Нарзуллаев (китоб муаллифи) томонидан китоб тақдимотини жонли кўришни истайсизми?

Унда сизни 27 июль cоат 10:00 да «Moida by Azon» ресторанига таклиф этамиз.

YouTube'да жонли томоша қилиш учун👇https://youtu.be/PRmdx7HN2Js

💢 Анвар Нарзуллаевдан ўзингизни қизиқтирган саволларга жавоб олишингиз мумкин!

© AzonTV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MJ
"Pythonda dasturlash asoslari" kitobi taqdimoti
https://youtu.be/PRmdx7HN2Js
Forwarded from Sariq Dev
@mayoquz loyihasi asoschisi, Muhammadjavoxir Suratov "Frontend dasturlash asoslari" nomli onlayn kursini boshlabdi.

Unda HTML, CSS, JavaScriptda DOM bilan ishlash va shular atrofidagi texnologiyalar ko'rib chiqiladi. Kurs 2 qismga bo'lingan:
- bepul - YouTubega joylanadi, doim ochiqligicha qoladi
- pulli - MohirDevga joylanadi, bepul qism asosidagi saralash vazifasini yaxshi bajara olgan 50 kishi qabul qilinadi.

Dastlabki 4 ta video YouTube kanaliga yuklandi:
001 - Kirish
002 - O'zim haqimda
003 - Kursda o'rgatiladigan texnologiyalar
004 - Kurs davomida tuziladigan loyihalar

LINK: https://m.youtube.com/playlist?list=PLAKCCNBxrHkTn-jqmrDzdbGapIbl-Qpfe
Umrimda ilk bor TATU universitetining sirtqi "Axborot xavfsizligi" yo'nalishiga hujjat topshirgan edim. To'lov to'lamaganimga bekor qilib yuborishibdi. 😀 Avval jurnalistika universiteti imtihonida tuni bilan kod yozib uxlab qolgan edim. O'zbekiston universitetlarida o'qish peshonamga bitilmaganov)
👍1
O'zbekistonda trening o'tish "kasbi yo'qning kasbi" bo'lib qoldi.

Kim ozgina so'zga usta bo'lsa trening o'tib kun ko'ryabdi. 90% "trenerlar" mijozlarni ko'zini chalg'itib, pulini olishdan boshqa narsa qilgani yo'q.

Ko'pchilik o'ylagandek: "hech bo'lmasa motivatsiya beryabdi" deyish noto'g'ri. Ko'plar o'zining relsidan chiqib ketyabdi shu motivatsiyalar tufayli.

Biznes bu o'yin-kulgu narsa emas. Biznes real chizmalar va yechimlar asosida olib boriladigan mahsulot, aktivdir. Xuddi shunday, SMM bu bir haftalik kasb emas. SEO ham.

Chet elda bunday kurslarga nisbatan yetarlicha immunitet bo'lgani uchun bundaylar qiynalishadi. O'zbekistonda nisbatan yangi soha bo'lgani uchun ko'pchilik aldanishmoqda.

Ko'zingizni katta oching. O'zingizni potensialingiz bo'lgan sohadan o'rningizni qidiring. To'g'ri kelgan odamni shu sohani mutaxassisi sifatida ko'rmang. Internetdagi suxandon ko'ringani bilan, u sohada yetarlikcha bilimi bo'lmaydigan odam bo'lishi mumkin. Sal izlaning.

@muhammadyunus_uz
Forwarded from ilhomdev
#sayt

Ajoyib sayt sizning qahramoningizni topib beradi.

Saytga kiring, PLAY tugmasini bosing, o'z qahramoningizni o'ylang va sayt bergan savollarga javob bering u sizga qahramoningizni topib beradi.

Juda zo'r sayt ekan( Qahramonlarni 15 20 ta savoliga javob olgach topib beryabdi )

Sayt
: https://en.akinator.com/game

@ilhomjonmusayev