Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.07K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
⚡️ Videolar ertadan davom ettiriladi. Yozib borilyabdi. Faqat internet bilan muammo bor.

PS: To’g’ri tushuninglar, bitta video 12-15 GB :))
Screen Shot 2021-06-15 at 07.38.32.png
11.8 KB
Muammo hal qilindi, tez orada navbatdagi dars yuklanadi.
😊 Nodejs yordamida telegram bot yasash kursining yettinchi darsi

Link
: https://youtu.be/Wlajlr4M3Gg

PS: Processing jarayonida Youtube. Video 4K holatda.
InshaAlloh, ertaga 8-dars e’lon qilinadi.
8,9,10 - darslarda Payment va Internet magazinni ko’rsatib berishim kerak. 3 ta videoni bir vaqtda e’lon qilaman. Hozircha birinchisi tayyor :))
Diqqat ish!

Bizga 1 ta veb dizayner va 1 ta frontend chi kerak bo’ladi. Junior yoki ish staji katta bo'lmaganlarga o'zimiz o'rgatib olaveramiz.

Talablar:

Frontendchiga: Vyorstka qila olish, ma'lumotlarni fetch qila olish, Reactdagi context va hooklar bilan ishlay olish;
Dizaynerga: Veb sayt va dastur uchun Figma, AdobeXD yoki Photoshop dizayn qila olish. Ranglarni yaxshi tanlashi.

Talab qilinadigan eng katta narsa harakatchan bo'lishi. Agar sizda mana shu hislatlardan biri bo'lsa, @muhammad_yunusoff ga o'zingiz haqingizda ma'lumot, rezyume yoki portfolio tashlashingiz mumkin.

Aytgancha: “Bizga ishchi kerak o’quvchi emas. Katta pul evaziga ham hozir o’qita olmaymiz. Iltimos sizga dars o’tishimizni haqida yozmang. Rahmat :))”

PS: E'lonni shu hislatlar bor do'stingizga ulashing.

@muhammadyunus_uz
Bugun, soat 22:00 da "Dasturlashni o'rganayotganlarga maslahatlar" mavzusida ovozli chat bo'lib o'tadi. Suhbat mehmoni - Full-Stack dasturchi va Najot Ta'limda ustoz - Muhammad Yunus

Oldindan savollar bo'lsa izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
dasturlash
mabrur.dev
🔊 "Dasturlashni o'rganayotganlarga maslahatlar" mavzusida bo'lib o'tgan ovozli chat yozuvi.

@mabrur_dev
📝Bugungi ovozli chatda berilgan savollar ro'yhati va ularga havolalar.

01:18 - Dasturlashni necha yoshdan boshlagan ma'qul?
02:55 - Dasturlash uchun qanday kompyuter xarid qilgan ma'qul?
04:35 - Kod yozishda qiynalyabman, zerikmasdan kod yozish va samaradorlikni oshirish uchun nima qilish kerak?
06:21 - JavaScript faqatgina backend va frontendda qo'llaniladimi? Uni yana nimalarga ishlatsa bo'ladi?
09:15 - MERN faqat web-dasturlashda qo'llaniladimi? JavaScriptda webdan boshqa sohada qanday ishlarni qilsa bo'ladi?
10:56 - NodeJS Roadmap haqida ma'lumot bersangiz. Nimalarni o'rganish kerak?
12:36 - Pythonni web-backendga ishlatish qanchalik to'g'ri?
14:20 - Full-Stackda amaliyotga kirish uchun qanday ko'nikmalar va bilimlar bo'lishi kerak?
16:20 - Algoritmlar dasturlashda qanchalik muhim va ularni qayerdan o'rgansa bo'ladi?
18:14 - O'zbekistonda Machine Learning va Sun'iy Intellekt bo'yicha kurslar bormi?
20:44 - Flutterda yozilgan dastur nima uchun native, React Nativeda yozilgan dasturlar esa gibrid hisoblanadi?
23:13 - Mobil dasturlashga qiziqaman, zo'r dasturchi bo'lishim uchun nimalarga e'tibor berishim kerak?
25:05 - JavaScriptni biznesni avtomatlashtirishga yoki texnikalarga ishlatish mumkinmi?
26:25 - Ingliz tilini bootcampga kirishdan oldin o'rgangan ma'qulmi, yoki keyinmi?
27:00 - Dastlab fullstack o'rganishim ma'qulmi, yoki dastlab frontni o'rganib, amaliyot o'taganimdan keyin backendga o'tishim kerakmi?
28:40 - Web dasturchiman, portfolioyim bor, ko'pchilikka tajribali kadr kerak, ish topishda qiynalyabman, amaliyot o'tash uchun qayerga borsam bo'ladi?
32:15 - Agar dasturlash tillari assemblerda yozilgan bo'lsa, assembler tili qanday yaratilgan?
36:55 - Frontend yo'nalishini o'qigandan so'ng, soha muttahassisi bo'lish uchun qancha o'rganish va ishlash kerak?
38:06 - O'rganish davomida kuniga necha soat kod yozish kerak?
38:45 - Android dasturchilar va Flutter dasturchilar o'rtasidagi farq nimada?
40:30 - Katta kompaniyalarga Android dasturchi kerakmi yoki Flutterchimi?
41:35 - Dasturlashga kirishdan oldin ingliz tilini bilish nima uchun kerak va qay darajada bilish kerak?
44:05 - JavaScriptni o'zini o'rganib ham amaliyotga kirsa bo'ladimi?
44:30 - JavaScriptni o'rgandim, Full-Stack dasturchi bo'lmoqchiman, backend uchun python o'rganganim ma'qulmi, Reactni o'rganishim shart emasmi?

@mabrur_dev
⚡️ Google foydalanuvchilari kompaniya xizmatlaridagi muammolar haqida shikoyat qilyabti. Downdetector portalining ma'lumotiga ko'ra, asosiy muammolar sayt ishlashida va akkauntga kirishda kuzatilmoqda.

Telefoningizga tinmay xatolik haqida bildirishnoma kelayotgan bo'lsa, sozlamalardan Googlening "автообновления"sini va oxirgi yangilangan versiyasini o'chirib yuboring.

@mabrur_dev
Forwarded from IT Blog
Bugun Azon.uz va Kun.uz saytlariga umuman xabar chiqmabdi…

Yashasin “so’z erkinligi!”

So’z erkinligi cheklangan joyda barchasi tugaydi! Iltimos juda bo’lmasa gapirishga qo’ying. Shu bilan odamlar o’zini ovutib yuribdi…

👉 @abdusattor
“Deya olamizmi?” - https://t.me/MusannifAdham/1289

Agar mamlakatda fikr, so’z erkinligi, inson huquqlari bo’lmas ekan, mamlakatda hechqachon rivojlanish bo’lmaydi. Na IT sohasida, na boshqa sohada. “Men KunUz, AzonUz va Mubashshir Ahmad tarafidaman”.
Kun.uz жамоаси баёноти

👉 https://kun.uz/77001033

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Mana shu bolani gapirishi zo’r. Ish qilib o’tirganda orqa fonga qo’yib eshitib, manfaat oladi odam :))

Yaxshi video bo’libdi.
Sizlar uxlab yotganingizda “Koronavirus Info” tugab, “Times.uz” ga o’zgarib qolgan bo’ladi. :))
Forwarded from Pixer.uz
⚡️ @LotinKiril_bot “Inline mode” da ishlay boshladi. Endi istalgan chatda, satrni @LotinKiril_bot bilan boshlasangiz, sizga boshqa alifboga o’girilgan versiya taqdim qilinadi.

@pixer_uz
Forwarded from Qudrat Abdurahimov
Assalomu alaykum bo’lajak dasturchilar!

Blog yuritishimni do’stlarim tavsiya qilishdi (Biznes egalari blog yuritishi kerakmush 😏). Bu ishni o’zim xohlamasamda, qilishim kerak ekan.

Shuning uchun «Bismillah» deb boshladik.

O’zi nimadir ish qilsangiz kimgadir yoqadi, kimga esa yo’q.

Nimanidir yoqtirish yoqtirmaslik har kimning o’zining ishi, lekin bunday xolda «Men o’zimni qanday tutishim kerak?» degan savol tug’iladi.

Ixlos nima degan savolga quyidagicha javob berishgan ekan.

Ixlos - odamlar maqtasa xursand bo’lib ketmasliging va yomonlasa xafa bo’lmasliging.

Alloh xammamizni ixlosli bo’lishimizni nasib qilsin.

Robbim oson qilgin, qiyin qilmagin, oxirini xayrli qilgin.