Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.07K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Foundation grantini g'oliblari aniqlanibdi, bulardan ko'plari manga yaqin tanish aka-ukalarim:

https://t.me/sulaymonisblog - Ne'matov Sulaymon aka
https://t.me/developer_asadbek - Noyibjonov Asadbek
https://t.me/mybigdatauz - Isfandiyor
https://t.me/luxsidos - Muhammadilyas Ne'matjonov

Asadbek ancha tirishqoq bola, kelgan vaqtida boshlab qilgan harakatlari tahsinga sazovor. Tabriklayman barchalarini.
👍1
1+1=3 qoidasi

Xabaringiz bor, Ramazondan so'ng, Telegramda bot yasash kursini sotuvini e'lon qilmoqchimiz. Sotuvda biroz o'zgacha uslubdan foydalanmoqchimiz. Bu uslub qanday ishlaydi:

Kurs narxi kurs yozilishi uchun ketgan vaqtga asosan hisoblanadi va yaxlitlanadi. Masalan n * 120 = n120

Kurs atiga 100ta odamga sotiladi. Shu sabab chiqqan summani 100ga bo'linadi. n120 / 100 = n1.2

Sotib olgan 100ta kishi aslida kursni sotib olgan emas, kurs chiqishiga xomiylik qilayotgan bo'ladi. Ularning ismlari kursning sahifasida yozib qo'yiladi. (Agar istashsa)

100 kishiga sotib bo'lingandan so'ng, kurs youtube kanaliga yuklanadi va butun O'zbek auditoriyasi u kursni ko'rishi mumkin bo'ladi. 😊

Savol tug'ilishi mumkin: "Unda kursni sotib oluvchi yutqazar ekan-da?" - degan. Yo'q. Albatta pul to'laganlarga "qaymoq" joyi beriladi. "Qaymoq" bu - yopiq guruh. U yerda doimiy savollar va muhokamalar bo'ladi. O'zim o'rgangan yangi narsalar youtubedan ancha avval ulashib boriladi. Va eng asosiysi bu kursni man emas, siz taqdim qilgan bo'lasiz. Ta'limga xomiy bo'lasiz.

Qo'shimcha savol va takliflarni komment yoki @muhammadyunusuzbot da berishingiz mumkin.

PS: Kurs yozishga start berildi. )

@muhammadyunusuz
👍1
Eng afzal BOT 😊

— 200 dan ortiq qorilar qiroati
— Oyatlarni alohida tinglash imkoniyati
— Qur'on arabiy va o'zbek matni (4 tilda)

P.s. Kanalga obuna so'ralmaydi!

BOT 👉 @QuranAll_bot
Nega botlarda xatolar uchrab turadi?

Bilasiz, telegram botlarda ma'lum bir xatoliklar uchraydi. Botlar sizga: "Uzr, birad. Man bu videoni torta olmadim" - deb ko'zini mo'ltillatib qarab turadi. Siz o'ylaysiz-ki, "shu ham botmi, ah yozgan dasturching-ga sani". Aslida botlar qanday turga bo'linadi, va ularda qanday xatolar bor?

Eng avval botlarni ikki xil turga bo'lib olamiz: "Tashqi resursga bog'langan botlar", "Tashqi resursga bog'lanmagan botlar".

Tashqi resursga bog'langan botlar, 🧐 bular qanday botlar?

Masalan: Google Tarjimonlar. Bot o'zi tarjima qila olmaydi va googlega borib, siz bergan gapni kiritib, uni tarjima qilib keladi. Lekin google ham kimdir ma'lumotlarini o'g'irlashini istamaydi. Bizni bloklaydi. "To'xta, bloklama" - deyishlik oyiga 2000$ dan ziyodga tushadi. Shu sabab tarjimon botlarimiz 2.5 oy ishlamagan edi. Keyin bir amalladik.

@LotinKiril_bot haqida bilasizmi? U tug'ilgandan beri deyarli o'chmagan. Chunki u "Tashqi resursga bog'lanmagan botlar" sirasiga kiradi. Uni resursi allaqachon bizni serverimizda.

Shu uchun bot yasaganda "Tashqi resursga bog'langan botlar" ga botlar anchagina ter to'kishingizni xohlaydi. To'g'rida bir kunda 8 soat uxlasangiz, qanday dasturchi bo'lasiz?

@muhammadyunus_uz
Barchaga ramazon muborak azizlar. 😊
Assalomu alaykum, telegram bot bo'yicha chiqqunicha, quyidagi videoda ko'rsatilgan darslarni o'rganib turganingiz ma'qul :))

https://youtu.be/sH5zil7KGzg
1
Diqqat ish!

Bizga 1 ta React frontendchi, 1 ta Flutterchi, 2 ta backend Nodejs chi kerak bo'lyabdi. Junior yoki ish staji katta bo'lmaganlarga o'zimiz o'rgatib olaveramiz.

Talablar:

Frontendchiga: Vyorstka qila olish, ma'lumotlarni fetch qila olish, context va hooklar bilan ishlay olish;
Flutterchiga: Dizaynni qila olish, context bilan ishlay olish, fayl storage bilan ishlay olish, ma'lumotni http da get qila olish;
Backendchiga: Mongoni yoki SQL ni CRUD dastur yasash darajasida bilish, Express yoki Koada server ko'tara olish, ES6 ni bilish.

Talab qilinadigan eng katta narsa harakatchan bo'lishi. Agar sizda mana shu hislatlardan biri bo'lsa, @muhammad_yunusoff ga o'zingiz haqingizda ma'lumot, rezyume yoki portfolio tashlashingiz mumkin.

Ustunliklar: Siz Abdusattor aka, Bahodir Rajabov bilan yonma-yon ishlaysiz. Bu degani har kuni bir qop motivatsiya deganidir. Ish davomida pullik kurslar sotib olib beriladi. Qolgan masalalar suxbatdan keyin hal bo'ladi. :))

PS: E'lonni shu hislatlar bor do'stingizga ulashing.

@muhammadyunus_uz
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Diqqat ish! Bizga 1 ta React frontendchi, 1 ta Flutterchi, 2 ta backend Nodejs chi kerak bo'lyabdi. Junior yoki ish staji katta bo'lmaganlarga o'zimiz o'rgatib olaveramiz. Talablar: Frontendchiga: Vyorstka qila olish, ma'lumotlarni fetch qila olish, context…»
Eslatma: Ramazon ichi ovozli chatlarga pauza beriladi.
Tavsiya!

Ba'zan odam ishlab o'tirib og'ir bo'lib qoladi. Hechnima ish qilgisi kelmay qoladi. Yoki uyqu samarasiz bo'lib qoladi. Shunda qilinadigan eng zo'r ish Hijamaga borib bir seans profilaktika qilib yuborish. Undan tashqari borganda uyquni samarasini oshirish va immunitetni ko'tarish uchun ajoyib aralashmalar olsangiz bo'ladi.

https://t.me/ansormed/32 - bu yerda 30% chegirma ekan.
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Diqqat ish! Bizga 1 ta React frontendchi, 1 ta Flutterchi, 2 ta backend Nodejs chi kerak bo'lyabdi. Junior yoki ish staji katta bo'lmaganlarga o'zimiz o'rgatib olaveramiz. Talablar: Frontendchiga: Vyorstka qila olish, ma'lumotlarni fetch qila olish, context…
200 ga yaqin nomzodlarni tekshirib chiqdim, yana 100ga yaqin qoldi.

Katta ehtimol bilan hozir bizga flutterchi kerak bo'ladi. Qolgan dasturchilar topildi.

Murojaatlarni 30% keraksiz murojaat. 40% React js, 25% nodejs, 5% Flutter bo'yicha bo'ldi. Shu uchun biz ayni vaqtda flutterchi uchun e'lonni ochiq qoldirib, qolgan vakansiyalar uchun pauza berib turamiz.
Forwarded from console.log (F.A)
Muhim e'lon, frontend ga qiziqadigan, kun davomida bo'sh bo'lgan, qiz bola shogird kerak😊
Boshlang'ich darajadan boshlab o'rgataman, uyimga kelib kun davomida birga bo'lishingiz kerak bo'ladi.
O’zbekistonda dasturchilarni ko’paytirishni istashsa, eng birinchi internet tezligini oshirib, narxlarini tushurishlari kerak.

Bu oy internet uchun 30$dan ziyod mablag’ sarfladim. Uzmobile va Beelinega. Ammo natija kutilganidek emas. Beeline 10$ ga juda kam trafik beradi. Tezlik nisbatan yaxshi (telegram yangilana oladi). Tezda tugab qoladi. Uzmobileda narx tomondan ozgina insof ishlagan. 13$ga 75 GB olasiz. Ammo uni 3 oyda ham ishlata olmaydigan tezlikda. Hozir bu postni Uzmobile dan yozyabman, va enterni bosganimdan keyin 10 sekund o’ylab turadida, keyin ketadi.

Man shuni orqasidan pul topib, shuncha ko’p pul sarflashga og’rinaman. Endi talaba sotib oladimi o’rtoqlar?

Kelinglar, yo monopoliyani to’xtataylik, yoki sifatni oshiraylik. Axir shu “qorako’z”lar ham dasturlashni tekin manbalardan video ko’rib o’rganishga haqli-ku :((

PS: Kalla ishlasa Humans va UMS olmanglar. Humansni gapirmayman, hamma biladi. UMSda internet setTimeout bilan 10 daqiqada 1 minutga o’chib turadi :))

PSS: Eng yaxshisi wifi ulatish :))
👍1
Tushundim, kallani oynadan chiqarib ishlatish kerak ekan :))

Manba: @mabrur_dev
Aytgancha mani senzuradan xoli va krillcha yozadigan kanalim: @dasturchi_pf. Bu yerda dasturlashga oid bo’lmagan narsalarni yuklab boraman.
Forwarded from Najot Ta'lim
Najot Ta'lim yil brendi bo'lishi uchun ovoz bering

Milliy Marketing markazi
tomonidan har yili tashkil qilinib kelinayotgan "Yil brendi" tanlovida 2020-yilning eng yaxshi brendlarini aniqlash bo'yicha ovoz berish jarayoni start oldi.

⚡️ Quvonarli jihati shundaki, Najot Ta'lim markazi ham "Biznes kurslar" yo'nalishi bo'yicha yil brendi bo'lish uchun da'vogarlar qatorida ishtirok etmoqda.

🤩 Markazimizning jonkuyar o'qituvchilari, qadrli o'quvchilar, jamoadoshlar, darslari boshlanishini intizorlik bilan kutayotgan bo'lajak dasturchilar, dizaynerlar-u SMM menejerlar va faoliyatimizga befarq bo'lmagan barcha yoshlar, Najot Ta'lim markazining "YIL BRENDI" g'olibi bo'lishi uchun siz ham o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin!

Telegram ijtimoiy tarmog'ida @makon_brand_bot orqali ro'yxatdan o'tib, "Biznes kurslar" yo'nalishidan Najot Ta'lim markazini tanlash orqali ovoz berish imkoniyatiga ega bo'lasiz.