Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.07K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Bugungi ovozli chatimiz soat 22:00da boshlaydi. Avval @mayoquz dagi chat, keyin bizni kanaldagi chatga kirish esdan chiqmasin :)) Savollar @muhammadyunusuzbot ga yuborilsa, birinchilardan bo'lib o'qiladi.»
https://github.com/muhammadyunusuz/telegram_bot#nodejsda-bot-api-ga-murojaat-qilish

Ramazondan keyin taqdim qilinadigan bot yasash bo'yicha kurs. Narxi dars soatiga qarab aniq bo'ladi. 😊

O'qishni istasangiz talablarga tayyorlanib turing.

Savollar bo'lsa kommentga 👇
Forwarded from TentakMinds
​​Қиморда ўйнатган ютади.

Ахборот технологиялар ва коммуникацияларни ривожлантириш вазирлиги ўзи Ўзбекистон тарихида қандайдир бўлиб халқаро олимпиада чиққан талабаларни дастурлаш бўйича Жаҳон олимпиадасига чиққан талабаларни ҳар хил баҳоналар билан юбормади.

Ўша мақолам чиққандан бир соат ўтмай талабалар бўлди раҳбарият кетишга рухсат берди, бугун билет олар эканмиз, илтимос мақолани ўчиринг деб мурожаат қилишди.

Мен ўчирдим, лекин талабалар алданган эди. Буни ич-ичимдан ҳис қилсам ҳам талабаларнинг айтганини қилдим.

Мақола чиққач менга ярим соат ичида беш-олтита тадбиркор чиқди, мен ўша талабаларни барча харажатларини кўтараман, давлат умуман ҳеч нарса тўлаши керак эмас, менга талабаларнинг контактларини беринг дейишди. Лекин масала ҳал бўлди, давлат кўтарар экан деб рад жавобини бердим.

Ўтган куни ТикТокерларнинг байрами бўлибди, ҳар бир тиктокер қимматбаҳо совғалар, 50 миллион сўмгача пул мукофотлари билан тақдирланибди. Бизнинг ҳукуматга саводсиз, жилпанглаб ҳар хил видео оладиган авлод керак эканлигини шундан ҳам билса бўлади.

Олти кишининг олимпиада харажатларига эса ошиб борса 10 000 доллар пул харажат бўлар эди, лекин бундай ақл соҳиблари учун бизда пул йўқ.

Миллат ўз қаҳрамонлари таниб қўйиши керак:

1. Ҳасанов Ҳусайн - ТАТУ 4-босқич талабаси, наманганлик кучли дастурчи ва математик robocontest ҳали ҳам биринчиликни бермай келаётган ёшлардан бири.

2. Қодиров Жамшидхон самарқандлик кучли математик, RoboCoders 2019 дастурлаш мусобақаси иккинчи ўрин соҳиби, 2020-йил талабалар ўртасидаги республика математика олимпиадаси 3-ўрин соҳиби.

3. Балтабаев Назарбек - хоразмлик кучли дастурчи, Robocoders 2019 дастурлаш мусобақасида 1-ўрин соҳиби, IT-Park ташкиллаштирган мусобақада 2 ўрин билан 6000$ мукофотни қўлга киритган.

4. Ҳожиев Суннатилло - алгоритм яратиш бўйича замонамизнинг Ал-Хоразмийи, ҳозирча алгоритм яратишда юртимизда унга тенг келадигани йўқ.

——-

P.S. Қиморда бир қоида бор: қимор ўйнаган эмас, ўйнатган ютади. Хитой, АҚШ ва бошқа йирик давлатлар ТикТок каби дастур ва платформалар яратувчиларни яратиш билан банд, яъни улар қимор ўйнатувчиларни яратмоқда. Биз эса ўша қиморхонадаги оддий бир ўйинчиларни рағбатлантириш билан бандмиз. Асосийси келажагимиз буюк, осмонимиз мусаффо, ошдан олинглар, совиб қолмасин.

@tentakminds
Bugungi ovozli chatimiz soat 22:00da boshlaydi.

Savollar @muhammadyunusuzbot ga yuborilsa, birinchilardan bo'lib o'qiladi.
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Bugungi ovozli chatimiz soat 22:00da boshlaydi. Savollar @muhammadyunusuzbot ga yuborilsa, birinchilardan bo'lib o'qiladi.»
10 daqiqada jonli muloqotni boshlaymiz :))
Live stream finished (58 minutes)
Forwarded from MJ
❗️ MUHIM E'LON ❗️

Mening PDP va Najot Ta'limdagi darslarim davomida yozib olingan dars videolarim tarqalib ketibdi.

PDPdagi darslarim videosini tarqalganini ko'pdan beri aytishar edi. Men u videolarni o'chirib tashlashni aytib kelaman doim. Yaqindan beri Najot Ta'limdagi darslarim videolarini ham tarqatib yuborishni boshlashibdi. Hatto ba'zilar shu darslarimni pullashni ham boshlab yuboribdi! Rozi emasman 😡

Shu odamlarning ishlari tufayli o'zbekzabon auditoriyasiga bo'lgan ishonchim tobora kamayib boryapti. Bir joyda videolarimni hatto butun universitet yotoqxonasiga tarqab ketganini aytishdi. Unaqa emas-da, odamlar!

Kimda mening o'quv kurslari uchun tayyorlagan videodarslarim bo'lsa, ularni qachon, kimdan, qayerdan, ruxsat olinganmi-yo'qmi farqi yo'q - O'CHIRIB TASHLASH SHART! HAMMA! ISTISNOLARSIZ!

Bu e'lonni imkoni boricha boshqa tanishlaringizga, dasturlash guruhlariga ham tarqating. Kimda mening o'quv kurslari uchun xos yozgan darslarim bor bo'lsa, o'chirib tashlamasa, rozi emasman.
Foundation grantini g'oliblari aniqlanibdi, bulardan ko'plari manga yaqin tanish aka-ukalarim:

https://t.me/sulaymonisblog - Ne'matov Sulaymon aka
https://t.me/developer_asadbek - Noyibjonov Asadbek
https://t.me/mybigdatauz - Isfandiyor
https://t.me/luxsidos - Muhammadilyas Ne'matjonov

Asadbek ancha tirishqoq bola, kelgan vaqtida boshlab qilgan harakatlari tahsinga sazovor. Tabriklayman barchalarini.
👍1
1+1=3 qoidasi

Xabaringiz bor, Ramazondan so'ng, Telegramda bot yasash kursini sotuvini e'lon qilmoqchimiz. Sotuvda biroz o'zgacha uslubdan foydalanmoqchimiz. Bu uslub qanday ishlaydi:

Kurs narxi kurs yozilishi uchun ketgan vaqtga asosan hisoblanadi va yaxlitlanadi. Masalan n * 120 = n120

Kurs atiga 100ta odamga sotiladi. Shu sabab chiqqan summani 100ga bo'linadi. n120 / 100 = n1.2

Sotib olgan 100ta kishi aslida kursni sotib olgan emas, kurs chiqishiga xomiylik qilayotgan bo'ladi. Ularning ismlari kursning sahifasida yozib qo'yiladi. (Agar istashsa)

100 kishiga sotib bo'lingandan so'ng, kurs youtube kanaliga yuklanadi va butun O'zbek auditoriyasi u kursni ko'rishi mumkin bo'ladi. 😊

Savol tug'ilishi mumkin: "Unda kursni sotib oluvchi yutqazar ekan-da?" - degan. Yo'q. Albatta pul to'laganlarga "qaymoq" joyi beriladi. "Qaymoq" bu - yopiq guruh. U yerda doimiy savollar va muhokamalar bo'ladi. O'zim o'rgangan yangi narsalar youtubedan ancha avval ulashib boriladi. Va eng asosiysi bu kursni man emas, siz taqdim qilgan bo'lasiz. Ta'limga xomiy bo'lasiz.

Qo'shimcha savol va takliflarni komment yoki @muhammadyunusuzbot da berishingiz mumkin.

PS: Kurs yozishga start berildi. )

@muhammadyunusuz
👍1
Eng afzal BOT 😊

— 200 dan ortiq qorilar qiroati
— Oyatlarni alohida tinglash imkoniyati
— Qur'on arabiy va o'zbek matni (4 tilda)

P.s. Kanalga obuna so'ralmaydi!

BOT 👉 @QuranAll_bot
Nega botlarda xatolar uchrab turadi?

Bilasiz, telegram botlarda ma'lum bir xatoliklar uchraydi. Botlar sizga: "Uzr, birad. Man bu videoni torta olmadim" - deb ko'zini mo'ltillatib qarab turadi. Siz o'ylaysiz-ki, "shu ham botmi, ah yozgan dasturching-ga sani". Aslida botlar qanday turga bo'linadi, va ularda qanday xatolar bor?

Eng avval botlarni ikki xil turga bo'lib olamiz: "Tashqi resursga bog'langan botlar", "Tashqi resursga bog'lanmagan botlar".

Tashqi resursga bog'langan botlar, 🧐 bular qanday botlar?

Masalan: Google Tarjimonlar. Bot o'zi tarjima qila olmaydi va googlega borib, siz bergan gapni kiritib, uni tarjima qilib keladi. Lekin google ham kimdir ma'lumotlarini o'g'irlashini istamaydi. Bizni bloklaydi. "To'xta, bloklama" - deyishlik oyiga 2000$ dan ziyodga tushadi. Shu sabab tarjimon botlarimiz 2.5 oy ishlamagan edi. Keyin bir amalladik.

@LotinKiril_bot haqida bilasizmi? U tug'ilgandan beri deyarli o'chmagan. Chunki u "Tashqi resursga bog'lanmagan botlar" sirasiga kiradi. Uni resursi allaqachon bizni serverimizda.

Shu uchun bot yasaganda "Tashqi resursga bog'langan botlar" ga botlar anchagina ter to'kishingizni xohlaydi. To'g'rida bir kunda 8 soat uxlasangiz, qanday dasturchi bo'lasiz?

@muhammadyunus_uz
Barchaga ramazon muborak azizlar. 😊
Assalomu alaykum, telegram bot bo'yicha chiqqunicha, quyidagi videoda ko'rsatilgan darslarni o'rganib turganingiz ma'qul :))

https://youtu.be/sH5zil7KGzg
1
Diqqat ish!

Bizga 1 ta React frontendchi, 1 ta Flutterchi, 2 ta backend Nodejs chi kerak bo'lyabdi. Junior yoki ish staji katta bo'lmaganlarga o'zimiz o'rgatib olaveramiz.

Talablar:

Frontendchiga: Vyorstka qila olish, ma'lumotlarni fetch qila olish, context va hooklar bilan ishlay olish;
Flutterchiga: Dizaynni qila olish, context bilan ishlay olish, fayl storage bilan ishlay olish, ma'lumotni http da get qila olish;
Backendchiga: Mongoni yoki SQL ni CRUD dastur yasash darajasida bilish, Express yoki Koada server ko'tara olish, ES6 ni bilish.

Talab qilinadigan eng katta narsa harakatchan bo'lishi. Agar sizda mana shu hislatlardan biri bo'lsa, @muhammad_yunusoff ga o'zingiz haqingizda ma'lumot, rezyume yoki portfolio tashlashingiz mumkin.

Ustunliklar: Siz Abdusattor aka, Bahodir Rajabov bilan yonma-yon ishlaysiz. Bu degani har kuni bir qop motivatsiya deganidir. Ish davomida pullik kurslar sotib olib beriladi. Qolgan masalalar suxbatdan keyin hal bo'ladi. :))

PS: E'lonni shu hislatlar bor do'stingizga ulashing.

@muhammadyunus_uz
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Diqqat ish! Bizga 1 ta React frontendchi, 1 ta Flutterchi, 2 ta backend Nodejs chi kerak bo'lyabdi. Junior yoki ish staji katta bo'lmaganlarga o'zimiz o'rgatib olaveramiz. Talablar: Frontendchiga: Vyorstka qila olish, ma'lumotlarni fetch qila olish, context…»