Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.08K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Qidirilmoqda!

Practise qilmoqchi bo'lgan Flutter yoki React Native developerlar, web dizaynerlar shaxsiy xabar orqali @muhammad_yunusoff manziliga murojaat qilishlari mumkin. Ayni damda jamoaga bitta mobile developer, bitta web designer ish o'rganuvchi kerak bo'lyabdi.

Agar sizda shunday tanishingiz bo'lsa unga bu xabarni yuboring.

Shaxsiy xabar orqali bog'langanda iltimos: qilgan ishlaringiz, o'zingiz haqingizda yozing. Bir ikkita projectdan misol ham juda katta foyda beradi.
Forwarded from MJ
​​Javani o'rganayotganlar yoki Javada ishlayotganlar bormi? 👀

Bugun bir yaxshi odam Javaga qiziqqanlar uchun zo'r imkoniyat borligini aytib qoldilar. Xullas, ingliz tilini biladiganlar va mustaqil o'rganishga qobiliyati borlar uchun Oracle o'zining Java Training kursini (Java training on Oracle Cloud Infrastructure) BEPUL o'qishni taklif qilayotgan ekan. Odatda bu kurs $3400 ga tushar ekan. Kursda fundamental va advanced Javani o'rganib, complete Java dasturchi bo'lib chiqish mumkin.
Bepul taklifning sababi - Javaning 25 yilligi.

Kursda Javani o'rganib bo'lib yoki Javada hozir ham tajribangiz bo'lsa, $25 ga Oracle Certified Java SE 11 Developer sertifikatini olish uchun imtihon topshirib ko'rsangiz bo'lar ekan. Odatda bu imtihonni topshirib ko'rish $245 dan kam bo'lmagan deyishdi.

Bu taklifga ko'ra bepul kursni o'qish yoki imtihonda qatnashishni arzon narxga olmoqchi bo'lsangiz, mana link.

Taklif 54 kunda tugaydi!

Tanishlaringizga ham bu imkoniyat haqida aytsangiz, ko'pchilikka foydasi tegishi mumkin.
Ba'zan hechqanday rejalarsiz, tasodiflar asosida qandaydir katta natijaga erishib qolasan va kimdir so'rasa: "Barchasi rejadagidek ketyabdi" - deb qo'yasan.

@muhammadyunus_uz
Ba'zan tunlari uxlamay qolib ketadi kishi. Albatta ba'zi cho'g'larni vaqtida alangaga aylantirmasangiz, so'nadi. Keyin bir umr alanga bo'lmasligi mumkin. Hozir qiziqish, shijoat bormi, kam uxlab bosish kerak. Ertaga qiziqish bo'lsa ham, quvvatingiz yetmay qolishi mumkin. Bu rasmda man. Soat 4:46. Tun, tong va man. :))

Uxlamasligimning sabablari: sizlar uchun qilinayotgan katta tuhfa, dart va flutterga kirish, strapini ichini o'rganish, reactdagi ba'zi ishlarni tugatish. :))

Barchaga xayrli tong, kuningiz xayrli va barakotli bo'lsin :))
Avvalroq Usmon degan bola haqida yozgan edim. Shu bolani youtube kanalida 700 ta + obunachi bo'libdi.

Juda tirishqoq bola. Yaqinda nodejs bilan qanday qilib realtime chat yasash mumkinligini video qilib chiqaribdi. Undan tashqari bir qancha kursga borib o'rganish mumkin bo'lgan darslarni bepulga taqdim qilgan.

Youtube kanali: https://www.youtube.com/c/UsmonMasudjonov/

Javascript bo'yicha amaliyoti: https://www.youtube.com/watch?v=2G9UjP5Iy9Y&list=PL7Y6uUIb8bTH3xsd9IkuQVOrJObPhbRcT
Javascript darslari: https://www.youtube.com/watch?v=0kljXD0oXNo&list=PL7Y6uUIb8bTHOkrLaFC_Isnhm-1fA3a3H
Jquery darslari: https://www.youtube.com/watch?v=2HiL2nToJbc&list=PL7Y6uUIb8bTGrbqsYISELeVtHpwY6aNJx
HTML va CSS darslari: https://www.youtube.com/watch?v=1IyY4s7p0uY&list=PL7Y6uUIb8bTFGF0t6R5jseo0IWJ8e92eS
Guruhimizda videolar bo'yicha ham juda katta darslik chiqargan akamiz borlar. Hozirgacha 11 mavzuda video playlist qilishgan ekan. Bular: HTML, CSS, BEM, Telegram bot, EXCEL, Ingliz tili, PHP, MYSQL va bir qancha playlistlar.

Pastdagi link orqali kanalga obuna bo'lib, bepul dasturlashni o'rganishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/channel/UCX_HJo3h89sbrrcyQektvBg
Forwarded from Sariq Dev
RedMonk portali GitHub va StackOverflow saytlarini tahlil qilib, eng ko'p ishlatilgan dasturlash tillarining reytingini tuzibdi:
1 JavaScript
2 Python
3 Java
4 PHP
5 C#
5 C++
5 CSS
8 TypeScript
9 Ruby
10 C
11 Swift
12 R
13 Objective-C
14 Shell
14 Scala
16 Go
17 PowerShell
18 Kotlin
19 Rust
19 Perl

Katta o'zgarishlardan, Dart (Flutter) dasturlash tili bir yilda 3 punkt yuqoriga ko'tarilib, top 20 ga yaqinlashibdi.

JavaScript 1-o'rinni saqlab qolgan. Java esa 2-o'rinni Pythonga bo'shatib bergan.

@sariqdev
Forwarded from Ali Zairov (Ali Zairov (Patron))
Jamoamizga ustoz bo’lib qo’shilgan yangi mutaxassis haqida

Abduqahhorova Fotima

Amaliy tajriba: 6 yil
Soha: Frontend web dasturlash
Daraja: Middle
Blog: @console_logs

Fotima opa (aslida opa emas, mendan kichiklar, hurmat yuzasidan shunday deyapman) 80 dan ortiq real ishlar qilganlar. Ulardan ba’zilarini keltiraman:

mediabox.uz
lynx.uz
uztelecom.uz report.uztelecom.uz mybazar.uz
dom.uz
divani.uz
cabinet.uzonline.uz
dom.uz

Bundan tashqari ushbu havola orqali yana batafsil ko’rib chiqsangiz bo’ladi: https://linusmann.github.io/

Aytgancha bir qiziq narsa! Fotima opa bundan 5 oycha oldin Exadel va Yandex kompaniyalarining mutaxassislari orqali texnik suhbatdan Middle daraja olganlar 🔥 Hayratdamisiz?)

Oxirgi ish joylari Uzbektelecom Infosystems Branch. Hozirda ham to’liq bizga kelgunga qadar shu yerdalar.

O’zlarining aytishlari bo’yicha maktab davridanoq informatika fan olimpiadalarida yuqori o’rinlarni egallab kelganlar. So’ngra 2013-yil TPKIT’ga o’qishga kirganlar (texnikum.uz)

Shu davrdan boshlab java va androidni mustaqil o’rgana boshlanaganlar.

O’qish davrida ВКОШП* - dasturlash chempionatida murakkab algoritmli masalalar yechishda guruh bo'lib ishtirok etib, Java’da masalalar yechimi ishlab chiqilgan, hamda O'zbekiston bo'yicha 3-o’rin bo’lishgan va finalga chiqishgan. Final Piterda bo’lgan, Fotima opaning o’zlari esa ba’zi bir sabablarga ko’ra finalga bora olmaganlar.

Ustoz haqida qisqacha shular. Ochiq darslarimizda ustoz bilan uchrashib o'zlariga savollar berishingiz mumkin albatta.

Aytgancha! 🔥
Markazimizda ayol-qizlar uchun Fotima ustoz boshchiliklarida maxsus frontend bootcamp dasturlash kurslari yo’lga qo’yildi. Hamda markazda ayol qizlar uchun IT kurslariga 10% li chegirma ham e’lon qilingan.

*Всероссийская коммандная олимпиада школьников по программированию
Bugundan 100 kun davomida leetcode.com da kuniga bittadan algoritmlarni yechib ketaman.

Musobaqaga qo'shilmoqchi bo'lganlar guruhga yozsin, birga bosishamiz🌚

#100DaysOfCode
Bir haftada ikkita yangilanish:

🤗Telegram Bot API:
Invite linklarni bot orqali boshqarish imkoniyati qo'shildi;
Voice chatlarni boshqarish imkoniyati qo'shildi;
my_chat_member va chat_member update orqali keladigan va kanal va guruhning a'zosini tekshirish alohida bo'ldi.

🤩 Flutter 2:
Flutter rasman webga kirib keldi. Javascriptga raqib tarzda dart tili ham endi web uchun ommalashishi mumkin;
Flutter for desktop ustida sinovlar va sinov versiyaning taqdim qilinishi;
Google Mobile Ads beta versiyada qo'shildi;

PS: Yaqin kelajakda Flutterni nafaqat android va iosga yaxshi raqib, balki web uchun ham yaxshigina raqib deb bilaman. Native developerlar bir stackda Flutterni o'rganib qo'yish ham zarar qilmaydi. :))

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Kiberxavsizlik biz uchun qanchalik muhim?

🪐 2022-yilga kelib dunyo yalpi ichki mahsulotining qariyb chorak qismi raqamli sektorga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinmoqda.
Bu esa sohani rivojlantirishda himoya tizimini kuchaytirish zaruratini paydo qiladi.

☝️Demak, IT mutaxassislari zimmasiga kiberxavfsizlikni ta’minlashdek katta mas'uliyat yuklanadi.

👨‍💻 Xo'sh, o'zi kiberxavfsizlik nima? U biz uchun nechog'lik muhim?

😎 Najot Ta'lim markazi software developer Saud Abdulvahed bu savollarni anchadan buyon kutayotganligini va u uchun eng qiziqarli mavzu ekanligini tan oldi.

Videoni tomosha qiling va tavsiyalarni qulog'ingizga quyib oling! Axir aytishadiku, o'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma, deb.

Videoni ko'rish uchun havola: https://youtu.be/axT6oXcsyto
Forwarded from Saud Abdulwahed (zemeister)
Bugun Foundation kursidagi bitirganlardan ilk o'quvchilarim mendan duo qilishni so'rashdi.

- Nega ,deb so'raganimda,
- Web sayt uchun buyurtma oldik. Va bu birinchi ishimiz bo'ladi, deyishdi.

Qalban juda hursand bo'ldim. Birinchi marta shogirdlarni duo qildim. Inshaallah hammasini omadini bersin. Bir kun o'zlari istagan lavozimlarda ishlashsin ilohim. 😊

#najottalim #best
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta'sirlandim. Aka bilan hayotda ko'rishganman. Juda yaxshi aka. Yaxshi inson, yaxshi tadbirkor. Qo'qondan ))

Ba'zan biz qilgan kichik yaxshiligimiz, bu dunyoda katta foyda, oxiratda Alloh o'zi bilganicha yaxshilik olib kelishi mumkin.

Orginal video youtubeda bor: https://youtu.be/kG0MA_NY_sc

@muhammadyunus_uz
Forwarded from MJ
JavaScript dasturlash tili va React kutubxonasini o'rganish bo'yicha men tavsiya qiladigan manbalar

2014-yil bahoridan beri har xil manbalardan veb dasturlashni o'rganib kelaman. Bu vaqtda turli sifatdagi bepul va pullik videokurslarni ko'rib chiqish imkoni bo'ldi. Shu tajribalarim asosida o'zim eng yaxshilaridan deb bilgan turli manbalarni tavsiya qilaman. Asosan chet tillaridagi kurslar.

❗️MUHIM❗️
Bu yerda tavsiya qilinayotgan manbalar mutlaq yagona yo'l degani va JavaScript dasturchisi bo'lish uchun bu manbalarning har birini ipidan-ignasigacha o'rganib chiqish shart degani ham emas. Sizni amaliy ishlarni bajarishdan "videodarslarni oxirigacha tugatib olay, keyin kod yozaman, loyiha tuzaman" degan fikr to'xtatib qo'ymasin.


JavaScript asoslarini o'rganish
- Farhod Dadajanovning JavaScript asoslari videodarslari (o'zbek tilida, bepul) - agar o'zbek tilida o'rganish qulay bo'lsa, Farhod akaning darslari qulay variant.
- HTMLAcademyning JavaScript bo'yicha trenajorlari (rus tilida, yiliga 2890 rubl ~412 000 so'm) - JS asoslari matnli nazariy ma'lumot va turli interfaol mashqlar asosida o'rgatiladi. DOM bilan ishlashga oid mavzular ham zo'r tushuntirilgan.
- Wes Bosning "Beginner JavaScript" kursi (ingliz tilida, $46.56) - JavaScript ES6 standarti asosida turli murakkablikdagi mashqlar asosida o'rgatilgan.
- Eloquent JavaScript (ingliz tilida, bepul) - JS asoslarini turli amaliy ishlar asosida o'rgangandan so'ng biroz chuqurroq o'rganish kerak bo'ladi


JSga oid turli mashqlar
- JavaScript 30 (ingliz tilida, bepul) - Wes Bos 30 xil amaliy loyihani tuzish davomida JSni o'rgatib o'tgan
- FrontendMentor - HTML, CSS va JS asosida turli interfeyslar maketlari va vazifalari bor. Maketning rasmini olish bepul, Figma yoki Sketch maketi va premium dizaynlar pulli. Yiliga $96.
- FrontLoops Elements - JSdagi turli DOMga oid amallarni 30 ta vazifa ko'rinishida berilgan. Vazifalarning yechimlari va turli tavsiyalar berilgan. Narxi - $19.


JSda OOP (object-oriented programming - obyektga yo'naltirilgan dasturlash)
- Udacitydagi Object-oriented JavaScript kursi (ingliz tilida, bepul) - OOP hozirgi kundagi mashhur React yoki Vueda bor imkoniyati bilan ishlatilmasada, dasturlashning muhim qismi bo'lib qolaveradi. Dasturchi tilni yaxshi bilishi uchun OOPni ham yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi kerak.
- Vladilen Mininning JS yordamida Excel nusxasini tuzish videokursi (rus tilida, 9 990 rubl ~1 426 000 so'm) - ham OOPni o'rganib, ham amaliy bir loyihani bitirish mumkin. Freymvorklarsiz JS yordamida loyiha tuzish o'rganiladi.


React
- What React Does (and Doesn't Do) (ingliz tilida maqola) - Dave Ceddia loyihada Reactning o'rni haqida tushunarli tilda ma'lumot bergan
- JavaScript to Know for React (ingliz tilida maqola) - Kent C Dodds React o'rganmoqchi bo'lganlar JSning qaysi imkoniyatlarini yaxshi bilishlari kerakligini sanab bergan.
- A Complete React Tutorial for 2020 (ingliz tilida, bepul) - Dave Ceddia oldingi yil React asoslarini bir juda uzun blogpost yordamida o'rgatib chiqqan
- Pure React (ingliz tilida, $15) - ortiqcha kutubxonalarga chalg'imay Reactning o'ziga chuqur kirishish. Muallif - Dave Ceddia
- The Beginner's Guide to React (ingliz tilida, bepul) - Kent C Dodds Egghead saytidagi bepul kursida React asoslarini o'rgatgan
- Learn React (ingliz tilida, bepul) - Bob Ziroll Scrimba platformasida interfaol videolar yordamida Reactni o'rgatgan. Platforma juda noyob imkoniyatga ega. Videoda kod yozilayotgan joyida to'xtatib, kodni o'zgartirib ko'rishingiz ham mumkin
- Epic React (ingliz tilida, $149) - React bo'yicha bilganlarim ichida eng nomdor, ko'p mavzularni ichiga olgan, ko'pchilik yaxshi review bergan kurs
- Advanced React (ingliz tilida, $46.56) - Wes Bosning yaqinda qaytadan yozib chiqilgan React, GraphQL va shu atrofidagi tooling bo'yicha videokursi

===

Yuqoridagilar nisbatan arzonroq manbalar edi. Qaysidir darajada premium va chalg'imaydigan yo'li kerak desangizlar, HTMLAcademyning intensiv kurslari ham yaxshi variant - manba.

Jamlovchi: Muhammadjavohir Sur'atov
👉 @mayoquz 👈
⚡️ Pokistonda TikTok rasman bloklandi

Mamlakat oliy sudining qaroriga ko'ra, mamlakatda TikTok serverlariga ulanish to'sib qo'yildi. Bunga asosiy sabab TikTok orqali qadriyatlarga to'g'ri kelmaydigan, behayo videolarni chiqarishda hechqanday cheklov yo'qligidir.

Ilova bir yil ichida 18 milliondan ortiq yuklanib, Amerikada Facebook va Whatsapp dan so'ng, keyingi o'ringa chiqib olgan edi.

PS: Bizda ham shunday odamlarni o'z holiga qaytarish uchun TikTokni bloklagan afzaldir balki :))

@muhammadyunus_uz
"Clubhouse ortiq kerak emas" yohud Telegram kanallar orqali audio eshittirishlar funksiyasini kelasi yangilanishda taqdim qilmoqchi

Bir qancha vaqt oldin, Tesla kompaniyasi founderi Elon Musk o'zining Twitterida Clubhouse dasturini taqdim qilganida, dastur dunyo bo'yicha top yuklangan dasturlash safiga chiqib ketgan edi. Ammo ming afsuslar bo'lsin-ki, bu dastur android smartfonlarini uchun hali ham taqdim etilmagan.

Uddaburon Telegram dasturchilari audio eshittirishlar funksiyasini qo'shishdi va allaqachon ushbu funksiyani test qilishni boshlab yuborishdi. Endi telegramda kanali bor adminlar, shu kanal orqali ommaviy audio eshittirishlar qilish imkoniyatiga egalar. Faqat bu imkoniyat yaqinda keladigan yangilanish vaqtida paydo bo'ladi.

@durov biradni eplab bo'lmayabdi)

PS: Agar siz telegramda ishlashni istasangiz https://t.me/jobs_bot orqali ishlash uchun test topshirishingiz mumkin.

@muhammadyunus_uz
Sinov jarayoni avjida :))