Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.08K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Forwarded from Temurbek Adhamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun soat 19:30 da "Osmondagi bolalar" loyihasining yangi soni premyerasi bo'lib o'tadi.

Loyihaning 8-soni yosh bo’lishiga qaramasdan, IT bo’yicha katta tajribaga ega, hozirda Facebook (Pro Unlimited @ Facebook kompaniyasi orqali) kompaniyasida “Product growth specialist” (Mahsulot rivojlanishiga masʼul mutaxassis) lavozimida faoliyat ko’rsatib kelayotgan mutaxassis – Nuruddin Iminokhunov bilan birga bo’lib o’tdi.

Maroqli tomosha va oliy maqsadlar sari qat'iy harakat tilaymiz! 🙂

📌 Havola: https://youtu.be/vGjGLLY-CIU
⚡️ Hamkorbank to'lov tizimlar 502 Bad Gateway holatiga tushib qolibdi.

Shunga ulangan dasturlar ham ishlamayabdi.

@muhammadyunus_uz
Toshkent shahrida Uzmobile GSM da 5 daqiqadan ortiq internet ishlamadi. Yana kimdadir shunday holat kuzatilgan bo'lsa @muhammadyunusuzbot ga yozsin. Operatorlar band ekan. Soat 3 da :))
Forwarded from Fikrbank
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Osmondagi Bolalar loyihasidan parcha.

Tez kunda loyihaning YouTubedagi kanalida premierasi bo’ladi.

@fikrbank
Forwarded from Top tavsiyalar
Ortiqcha uxlashga yo'l qo'ymaydigan budilnik 🔔

Donolardan biridan, eng qiyin mashg'ulot nima deb, so'rashganida, ertalab uyqudan turishlik deganakan 😀 Ertalab uyg'onishga qiynaladiganlar uchun haqiqiy top tavsiya 😉📌 Alarmy — ushbu ilova uyquchilarga ayni kerakli bo'lib, ertalab uni o'chirish uchun ba'zi amallarni bajarish kerak. Budilnikmisan budilnik deganlari shu bo'ladi. Uyquchi yaqinlarga ulashamiz.

@top_tavsiyalarbiz faqat eng yaxshilarini tavsiya qilamiz!
Muammoning sababi Clickda ekan. Uzcard yaxshi ishlay boshlabdi. Clickdan ham tezda tuzalib ketishini tilaymiz.
Qidirilmoqda!

Practise qilmoqchi bo'lgan Flutter yoki React Native developerlar, web dizaynerlar shaxsiy xabar orqali @muhammad_yunusoff manziliga murojaat qilishlari mumkin. Ayni damda jamoaga bitta mobile developer, bitta web designer ish o'rganuvchi kerak bo'lyabdi.

Agar sizda shunday tanishingiz bo'lsa unga bu xabarni yuboring.

Shaxsiy xabar orqali bog'langanda iltimos: qilgan ishlaringiz, o'zingiz haqingizda yozing. Bir ikkita projectdan misol ham juda katta foyda beradi.
Forwarded from MJ
​​Javani o'rganayotganlar yoki Javada ishlayotganlar bormi? 👀

Bugun bir yaxshi odam Javaga qiziqqanlar uchun zo'r imkoniyat borligini aytib qoldilar. Xullas, ingliz tilini biladiganlar va mustaqil o'rganishga qobiliyati borlar uchun Oracle o'zining Java Training kursini (Java training on Oracle Cloud Infrastructure) BEPUL o'qishni taklif qilayotgan ekan. Odatda bu kurs $3400 ga tushar ekan. Kursda fundamental va advanced Javani o'rganib, complete Java dasturchi bo'lib chiqish mumkin.
Bepul taklifning sababi - Javaning 25 yilligi.

Kursda Javani o'rganib bo'lib yoki Javada hozir ham tajribangiz bo'lsa, $25 ga Oracle Certified Java SE 11 Developer sertifikatini olish uchun imtihon topshirib ko'rsangiz bo'lar ekan. Odatda bu imtihonni topshirib ko'rish $245 dan kam bo'lmagan deyishdi.

Bu taklifga ko'ra bepul kursni o'qish yoki imtihonda qatnashishni arzon narxga olmoqchi bo'lsangiz, mana link.

Taklif 54 kunda tugaydi!

Tanishlaringizga ham bu imkoniyat haqida aytsangiz, ko'pchilikka foydasi tegishi mumkin.
Ba'zan hechqanday rejalarsiz, tasodiflar asosida qandaydir katta natijaga erishib qolasan va kimdir so'rasa: "Barchasi rejadagidek ketyabdi" - deb qo'yasan.

@muhammadyunus_uz
Ba'zan tunlari uxlamay qolib ketadi kishi. Albatta ba'zi cho'g'larni vaqtida alangaga aylantirmasangiz, so'nadi. Keyin bir umr alanga bo'lmasligi mumkin. Hozir qiziqish, shijoat bormi, kam uxlab bosish kerak. Ertaga qiziqish bo'lsa ham, quvvatingiz yetmay qolishi mumkin. Bu rasmda man. Soat 4:46. Tun, tong va man. :))

Uxlamasligimning sabablari: sizlar uchun qilinayotgan katta tuhfa, dart va flutterga kirish, strapini ichini o'rganish, reactdagi ba'zi ishlarni tugatish. :))

Barchaga xayrli tong, kuningiz xayrli va barakotli bo'lsin :))
Avvalroq Usmon degan bola haqida yozgan edim. Shu bolani youtube kanalida 700 ta + obunachi bo'libdi.

Juda tirishqoq bola. Yaqinda nodejs bilan qanday qilib realtime chat yasash mumkinligini video qilib chiqaribdi. Undan tashqari bir qancha kursga borib o'rganish mumkin bo'lgan darslarni bepulga taqdim qilgan.

Youtube kanali: https://www.youtube.com/c/UsmonMasudjonov/

Javascript bo'yicha amaliyoti: https://www.youtube.com/watch?v=2G9UjP5Iy9Y&list=PL7Y6uUIb8bTH3xsd9IkuQVOrJObPhbRcT
Javascript darslari: https://www.youtube.com/watch?v=0kljXD0oXNo&list=PL7Y6uUIb8bTHOkrLaFC_Isnhm-1fA3a3H
Jquery darslari: https://www.youtube.com/watch?v=2HiL2nToJbc&list=PL7Y6uUIb8bTGrbqsYISELeVtHpwY6aNJx
HTML va CSS darslari: https://www.youtube.com/watch?v=1IyY4s7p0uY&list=PL7Y6uUIb8bTFGF0t6R5jseo0IWJ8e92eS
Guruhimizda videolar bo'yicha ham juda katta darslik chiqargan akamiz borlar. Hozirgacha 11 mavzuda video playlist qilishgan ekan. Bular: HTML, CSS, BEM, Telegram bot, EXCEL, Ingliz tili, PHP, MYSQL va bir qancha playlistlar.

Pastdagi link orqali kanalga obuna bo'lib, bepul dasturlashni o'rganishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/channel/UCX_HJo3h89sbrrcyQektvBg
Forwarded from Sariq Dev
RedMonk portali GitHub va StackOverflow saytlarini tahlil qilib, eng ko'p ishlatilgan dasturlash tillarining reytingini tuzibdi:
1 JavaScript
2 Python
3 Java
4 PHP
5 C#
5 C++
5 CSS
8 TypeScript
9 Ruby
10 C
11 Swift
12 R
13 Objective-C
14 Shell
14 Scala
16 Go
17 PowerShell
18 Kotlin
19 Rust
19 Perl

Katta o'zgarishlardan, Dart (Flutter) dasturlash tili bir yilda 3 punkt yuqoriga ko'tarilib, top 20 ga yaqinlashibdi.

JavaScript 1-o'rinni saqlab qolgan. Java esa 2-o'rinni Pythonga bo'shatib bergan.

@sariqdev
Forwarded from Ali Zairov (Ali Zairov (Patron))
Jamoamizga ustoz bo’lib qo’shilgan yangi mutaxassis haqida

Abduqahhorova Fotima

Amaliy tajriba: 6 yil
Soha: Frontend web dasturlash
Daraja: Middle
Blog: @console_logs

Fotima opa (aslida opa emas, mendan kichiklar, hurmat yuzasidan shunday deyapman) 80 dan ortiq real ishlar qilganlar. Ulardan ba’zilarini keltiraman:

mediabox.uz
lynx.uz
uztelecom.uz report.uztelecom.uz mybazar.uz
dom.uz
divani.uz
cabinet.uzonline.uz
dom.uz

Bundan tashqari ushbu havola orqali yana batafsil ko’rib chiqsangiz bo’ladi: https://linusmann.github.io/

Aytgancha bir qiziq narsa! Fotima opa bundan 5 oycha oldin Exadel va Yandex kompaniyalarining mutaxassislari orqali texnik suhbatdan Middle daraja olganlar 🔥 Hayratdamisiz?)

Oxirgi ish joylari Uzbektelecom Infosystems Branch. Hozirda ham to’liq bizga kelgunga qadar shu yerdalar.

O’zlarining aytishlari bo’yicha maktab davridanoq informatika fan olimpiadalarida yuqori o’rinlarni egallab kelganlar. So’ngra 2013-yil TPKIT’ga o’qishga kirganlar (texnikum.uz)

Shu davrdan boshlab java va androidni mustaqil o’rgana boshlanaganlar.

O’qish davrida ВКОШП* - dasturlash chempionatida murakkab algoritmli masalalar yechishda guruh bo'lib ishtirok etib, Java’da masalalar yechimi ishlab chiqilgan, hamda O'zbekiston bo'yicha 3-o’rin bo’lishgan va finalga chiqishgan. Final Piterda bo’lgan, Fotima opaning o’zlari esa ba’zi bir sabablarga ko’ra finalga bora olmaganlar.

Ustoz haqida qisqacha shular. Ochiq darslarimizda ustoz bilan uchrashib o'zlariga savollar berishingiz mumkin albatta.

Aytgancha! 🔥
Markazimizda ayol-qizlar uchun Fotima ustoz boshchiliklarida maxsus frontend bootcamp dasturlash kurslari yo’lga qo’yildi. Hamda markazda ayol qizlar uchun IT kurslariga 10% li chegirma ham e’lon qilingan.

*Всероссийская коммандная олимпиада школьников по программированию
Bugundan 100 kun davomida leetcode.com da kuniga bittadan algoritmlarni yechib ketaman.

Musobaqaga qo'shilmoqchi bo'lganlar guruhga yozsin, birga bosishamiz🌚

#100DaysOfCode