Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.08K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
⚡️⚡️ Internet orqali tarqayotgan ma'lumotlarga ko'ra Telegram Apple qurilmalarining barchasidan va App Storedan olib tashlanishi mumkin.

Bunga manimcha Pavel Durov va Apple o'rtasida yuzaga kelgan muammo sabab bo'lsa kerak. Telegramga videoqo'ng'iroqlar qo'shilishgan kuni Apple 2 kun App Storega yangilangan telegramni chiqarmagan edi.

Durov avvalroq Apple bloklashi mumkin ekanini aytgan edi.

Agar kimdir shunday muammoga duch kelsa web.telegram.org ga kirib foydalanishi mumkin.

@muhammadyunusuz
Aslida har bir tilning o'z o'rni va vazifasi bor, pythonda web, javascriptda suniy intelekt qilish ahmoqlik. Tillar haqida taqqoslangan maqolalar o'qishni istaysizmi?
Anonymous Poll
78%
ha
22%
php vs js
Agar siz qaysi tilni o'rganishni bilmay turgan bo'lsan birinchi bo'lib C yoki C++ ni o'rganing. Keyin python yoki javascriptni. Keyin qolgan tillarni o'rganish ancha oson kechadi.
Salom Dart!)

Dart haqida keyinroq ma'lumot beraman )
Darsimiz tugadi, rasmga tushish esdan chiqibdi :))

Yaqin orada youtube linkini beraman 🙂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dart va Python tillarining tezliklari.

Kelajakda yangi tilni o'rganishni istamagan dasturchilar, eskilaridagi projectlarni davom ettirib yurishadi degan tahmindaman.

@muhammadyunus_uz
Dasturchilar gaplashganda :))
Forwarded from Sariq Dev
Mendan ba'zilar reklama so'rashadi. Men hali reklamaga tayyor emasman. Agar kanal original kontentga boy bo'lsa, o'zim tavsiya qilaveraman.

Bugungi tavsiyalar:

👨‍💻HTML, CSS, JS va umuman web dasturlashga qiziqqanlar uchun Muhammadjavoxir Suratovning kanali: @mayoquz

💻 Yii, MySql darslar uchun, Sardor Dushamov: @sardoroga_blog

🐍 Python, xususan Django frameworkini o'rganmoqchi bo'lganlarga: @botirziyatov (Botir aka bilan tanish emasman, lekin juda tanishishni istar edim).

🇺🇲 Yana bir full stack dasturchi, AQShdagi hamyurtimiz, Saidbek Arislonovning kanali: @saidbekarislonov

🖥️ Mega dasturchi, Akmal Kadirov (tanishtirishga hojat yo'q): @kadirovDev

Yana bir mega dasturchi, Farhod aka, Malayziyadagi yurtdoshimiz: @virtualdars

Bu hozir, ayni daqiqada esimga kelgani.

Men yaxshi kanallarni tavsiya qilishdan charchamayman. Sifatli kontent qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

Izohlarda siz ham maslahat bering.
React Native bo'yicha yangi darsimiz. React Native da Custom Drawer Navigation yasash

https://youtu.be/62dMTpD3y6c
Forwarded from Ali Zairov
Bugun (uje kecha)) dasturlashdan dars beradigan katta bir ustozimiz nima uchun aynan bizda ishda qolganliklarini aytdilar. O'zlarining tillaridan yoza qolaman:

"Ishga endi kirgan paytlarim edi. Avval dars bermaganim uchun dars berishda o'zimda ko'p yangiliklar ko'rdim. Bir kuni dars jarayonidaligimda stol ustida turgan Redbull ag'darilib ketdi va polga, stol ustiga to'kildi... Men turib administratsiya tomon yurdim, u yerdagi menejerga "Tozalikka qaraydigan kishi bo'lsa shuni artib yuborishsin", dedim. Menejer "Xo'p, hozir hal qilamiz", dedilar. Hamda bir ozdan keyin menejerning o'zlari kelib latta bilan haligi to'kilgan ichimlikni artishni boshladi... O'quvchilar hali markazda yangi bo'lganligi uchundir, menejerning bu ishidan g'alati bo'lib qolishdi va kulishganday bo'lishdi. Men aynan shu voqea sababli Najot Ta'limda qolganman, menga qattiq ta'sir qilgan..."

Buni eshitib men ham ta'sirlandim ochig'i. U kishining kimligini bizni taniganlar yaxshi bilishadi. Umuman olganda bu markazda ishlaydigan har bir kishida shunday xislat bor. Men ichkarida turib ishonch bilan aytaman, o'sha menejer o'rnida Temurbek akaning o'zlari bo'lganlarida ham xuddi shunday qilgan bo'lar edilar.

Voqea ishtirokchilariga bu ochiqlashim yoqmasligi mumkinligi uchun mavhumroq yozdim.

@alizairov
Ingliz tilini o'rganganim haqida. 2-qism.

Menda bir fobiya bor edi, agarda chet elliklar oldida notog'ri gapirsam ustimdan kulishmasmikan deb uzoq o'ylanar edim. Huddi sizdek.

Shu paytda menga yaqin do'stim Scott katta dalda va ishonch bergan, aynan u tufayli ingliz tilidagi aksentim amerikaliklar aksenti bilan deyarli bir hil. Men ularning mentaliteti va dunyoqarashi kuchini shunda chindan sezganman. Scott meni xato qilib gapirishdan uyalishimni sezgan payt shunday dedi: "Menga qara, bu sening ona tiling emas, sen boshqa davlatda, boshqa tilda, boshqa odamlar bilan muloqot qilayabsan, ular bilan ishlaysan va tez kirishib ketding. Nima deb o'ylaysan, necha foiz odam shunday qila oladi? Boshqa davlatlar tilini o'rganish bu katta yutuq, sen men bilan mening tilimda bemalol gaplashasan, yana qo'shimcha 3 ta tilni bilasan. Endi aytchi, men sening tilingda nechta so'z bilaman?", - deb meni chindan ham uzoq o'ylantirib qo'ygandi. Bunday holatda o'zingizga bo'lgan ishonch yanada oshadi.

Maktablarda tizim umuman chirib bo'lgan, o'quvchilar "2" olishdan qochib, yoshligidan xato qilishdan qo'rqishadi. Bu esa ohir oqibat o'ziga ishonmaydigan avlodni yetishtirib chiqaradi. Men ham shunday tizimda o'qiganman va ustozlar bilan doim talashib, urishar edim. 7-sinfgacha faqat "5" ga o'qiydigan bola birdaniga "3" va "4" oladigan o'quvchiga aylandi. Menimcha mental ulg'ayish aynan o'sha paytlarda kelganga o'xshaydi. Afsuski, ta'lim tizimi o'ta chuqur jarlikda. Gap ta'lim sifatida ham emas, psihologiya va pedagogika bo'yicha tizimni to'liq ko'rib chiqish kerak. Agar bo'lsa.

Scott'ning shu gaplari menga maktabda yillab eshitmagan daldani va motivatsiyani bera oldi.

Ulug'bek Hasanov

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Ali Zairov
Najot Ta’lim markazi bitiruvchilari diqqatiga!

Agar siz markazimizda IT kurslarida o’qib sertifikat olgan bo’lsangiz, hamda hozirda ishlamayotgan bo’lsangiz menga murojaat qilishingizni so’rayman.

Murojaatni quyidagi tarzda @najottalim_hr ga yo’llang:

Ism familiyangiz:
Ustozingiz:
Qaysi yo’nalishda, qancha muddat o’qiganingiz:
Telefon raqamingiz:


Kadrlarni ishga yo’naltirishda ustozingizdan ham tavsiya so’raymiz.

Bizga kadr so’rab murojaatlar ko’p bo’lmoqda, o’zimizning bazadan tashqarida qaysidir o’quvchilarimiz qolishgan bo’lsa, e’tibordan tashqarida qolmasinlar deb yozyapman.

Xabarni markazimizga aloqador bo’lgan auditoriya bilan bo’lishishingizni iltimos qilib qolar edim.

@alizairov
Dasturchilarning eng kuchli quroli nima, bilasizmi? Bu albatta google😎

Keling, bugun, Google qidiruv tizimidan samarali foydalanish haqida bilib olamiz. Googleni ikkinchi ustozga aylantirish vaqti keldi ))

https://telegra.ph/Googleni-ikkinchi-ustozga-aylantiramiz-yohud-qidiruv-tizimidan-togri-foydalanish-uchun-maslahatlar-01-28
Forwarded from Usmon Ma'sudjonov
⚡️ JavaScript dasturlash tilini o'rganish uchun foydali manbalar.

javascript.uz
codecademy.com
freecodecamp.org
coursera.org
javascript30.com
developer.mozilla.org
w3schools.com

🤩 Postni do'slarimizga ham ulashamiz!

👉 @usmon_masudjonov | #foydali #javascript