Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.06K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
#goal 6 oy ichida ingliz tilimni eng kamida IELTS 6.5 ga olib chiqishim kerak. :))
⚑️ Maqsadimdan to'sish o'laroq O'zbekistonda Tiktok va Twitter VPN siz ishlay boshladi.

#hazil
😁33πŸ”₯3πŸ‘1
πŸ’ͺ EAS Build dastur hajmini 65% gacha qisqartira boshladi. Oldin React Native dasturingiz 10Mb bo'lgan bo'lsa, endi un 4Mb atrofida bo'ladi. Mazzami?
πŸ”₯24πŸ‘4
⚑️ Toshkentda qor yog'ishni boshladi. Birozdan keyin esa undan qiziqroq postni e'lon qilaman.)
πŸ”₯33😒8πŸ‘6😱5❀4
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
⚑️ Toshkentda qor yog'ishni boshladi. Birozdan keyin esa undan qiziqroq postni e'lon qilaman.)
#tips Yolg'iz ishlaydigan dasturchilar va kam a'zolarga ega jamoalar uchun maslahat!

Dasturlash kurslarini endi bitirib chiqishganda dasturchilar odatda kichik loyihalar olishni boshlashadi. Yoki yangi yig'ilgan jamoalarda ham shunday holat. Loyiha olishda o'zim qilgan xatolardan bir nechtasini aytaman va sizlar buni qilmasligingiz uchun buni omma oldida aytishdan uyalmayman.

Hechqachon startuplarni buyurtma sifatida olmang. Chunki ular yaqin orada tugamaydi. Mijoz bilan orangizda conflict kelib chiqadi. Misol uchun: A, B, C ni qilib berishingiz kerak bo'ladi va bu uchun 3 oy va 3 oy uchun mo'ljallangan narx aytasiz. B qismi oxiriga yetganda o'zgartirish haqida muzokara bo'ladi va siz A ni qaytadan yozib chiqishingizga to'g'ri keladi. Vaqt 6-7 oyga aylanadi. Boshqa qismlar qo'shiladi, u qismlar A va C ni yangilaydi. Yechim nima: https://www.youtube.com/watch?v=9mCE6rraPvY ko'ring.

Hechqachon shartnomasiz ish boshlamang. Barcha tafsilotlarni va fors major holatlarni tuzib, keyin kelishing. Dasturning vazifalar va imkoniyatlarini audio holatda yozib oling. Shartnomaga biriktiring.

Hozircha shu...

Startup egalari esa o'zlari uchun jamoa yig'ganlari ma'qul. https://www.youtube.com/watch?v=9mCE6rraPvY shu videoda batafsil aytilgan ekan.
πŸ‘27πŸ”₯8
Kechga yaqin 3 ta o'zim ko'rgan o'sib kelayotgan ukam, shogirdlarim haqida yozaman.) Kashf qilaman!)
πŸ‘40πŸ”₯6😁2
React Query haqida video: https://youtu.be/w3cAACYAx-U

KoΚ»ring, like bosing, obuna boΚ»ling.)
πŸ‘19πŸ”₯1
2 yil avval mana shunday bayram tabriklari yasaydigan bot yasagan edim. Vaqt juda tez o'tyabdi.

Sizni ishga qabul qilishmasa bu jim o'tiring degani emas. 3 kun ichida botimizga 49K odam qo'shilgan edi.
❀24πŸ”₯8πŸ‘5
πŸ”₯5
😁 Birinchi marta Stackoverflowda yozgan javobimga βœ… oldim. Stackoverflowga adashib kirib qolsam, odatda javob berib chiqib ketaman. Bu ingliz tilimni kuchaytirishga yordam beradi. Javob yozish vaqtida tarjimon ishlatmayman.

Grammatik xatolar bo'lsa ham, tushunsa bo'ladigan qilib yozsangiz hisob. Siz ham urinib ko'ring!))
πŸ‘48πŸ”₯8πŸŽ‰2
Rizqni kompaniya, klientlar emas Alloh beradi.
πŸ‘77πŸ”₯13
Scope va Scope chain bo'yicha dars tayyorlanmoqda...
πŸ”₯19πŸ‘7😁4
#tip Keraksiz bahslardan qoching.
πŸ‘42😁1
Telegram og'ir yuklama bilan ishlayabdi. #Tashkent
😒10❀1πŸ”₯1
O'zbekiston hududida Telegram messenjerini bloklash aqlli odamning ishi emas. Chunki barcha hokimliklar, agentliklar, davlat xizmatlari matbuot uchun aynan Telegramni ishlatishadi. Yoki siz biror marta FVVni saytidan biror narsani o'qiganmisiz?

6 oydan oshiq Tiktok, Twitter, VKontakte blokda turdi, kimdir kirishni kamaytirdimi? Shunchaki trafik chetga chiqib ketdi shuncha. VPN yuklab olish bo'yicha top mamlakatga aylandik.

Trafikni tashqariga chiqishi sababidan kompaniyalar O'zbekistonga soliq to'lamaydi. Yoki "Youtube" kabi o'chirib tashlashadi. Qancha moliyaviy zarar ko'riladi? Bir yil avval: "RusKomnadzor" degan tashkilotni ustidan telegram rosa kulgan edi. Butun boshli davlatga kiruvchi internetni nazorat qiladigan tashkilot bir dona messenjerni bloklay olmagan edi. Qaytarib sinab ko'rish kerak emas...
πŸ‘30😒7❀2
Uzoq vaqtli tanaffusdan so'ng @QuranAll_bot yana ish faoliyatida.

Ushbu bot 220 ta qorining qiroatlari va 4 ta tildagi (Rus, Turk, O'zbek, Ingliz) tarjimadan tashkil topgan.

/start bosing va Ramazonni biz bilan birgalikda o'tkazing :))

PS: Botda baza o'chib ketgan edi, biz backup orqali uni qayta tiklashga muvaffaq bo'ldik.

@muhammadyunus_uz
πŸ‘23πŸ”₯4
#tip Loyiha kattalashsa bazasini Database cloudda, filelarni Storage Cloudda saqlang.
πŸ‘3
#tip Parollarni google chrome da saqlamang. Telegram profilda ham.
πŸ”₯6