Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.06K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Javascript bo'yicha boshlang'ich darslar tugay deb qoldi. Bitta qilib Youtubega yuklayman. Pulliklarini esa telegramdan sotib olish mumkin bo'ladi. Siz u darslarni kutyabsizmi?

F.A.Q

- Nega kechikdi?
- Studiyadan uzoqqa ketib qoldim. O'zim uchun yaqinda env qilib oldim. Shundan so'ng davom ettirishni boshladim.

- Pulliklari qanchadan?
- E'lon qilingan sanada belgilaymiz.

- Qachon e'lon qilinadi?
- 12-mart kuni bepul darslar. 18-mart kuni pullik darslar. (1-2 kun farq qilishi mumkin.)

- Chegirmalar bormi?
- Urush sababli iqtisodiy muammolardan qiynalgan migrantlar va ularning farzandlari uchun Foundationdan tortib, hamma kursimni bepul olishlari mumkin.

Hozircha shular.)
🔥27👍17😁2🎉21😢1🐳1
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Javascript bo'yicha boshlang'ich darslar tugay deb qoldi. Bitta qilib Youtubega yuklayman. Pulliklarini esa telegramdan sotib olish mumkin bo'ladi. Siz u darslarni kutyabsizmi? F.A.Q - Nega kechikdi? - Studiyadan uzoqqa ketib qoldim. O'zim uchun yaqinda…»
😢29😱7👍6👎2
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Photo
Birovning dardidan foydalanish emas. Ammo koʻp kompaniyalar ishchisiz qolib ketdi. Ishga topshiring. Linkedinda profile sozlang.
👍26😢1
Мен одатда тушунмаган мавзуларимда гапирмасликка, ёзмасликка ҳаракат қиламан. Иқтисодиёт шундай мавзулардан биридир. Ўзбек банкларига рубль юкламаси юкланганида, яъни рубль сотиш ва сотволиш мажбурий қилиб қўйилганида бу сиёсий қарор бўлганини ва иқтисодимизга оғир зарба беришини ўйладим – мантиқан шунақа хулоса келиб чиқди. Лекин иқтисодиётнинг ньюанслари кўп, шунга мутахассисларга мурожаат этишга қарор қилдим. Ўзнетда энг фаол икки иқтисодчи – Бакиров ва Ҳошимов қўрқувларимни тасдиқлади.

Уларнинг умумий муносабати шунақа: Ғарб иқтисодиётидан қувғин қилинган Россия миллий валютасининг муаммоларини усиз ҳам қалтираб-қалтираб яшаб юрган ўзбек сўмига юклаб қўйиш Ўзбекистоннинг манфаатларига зид ишдир. Бунинг оқибатлари аянчли бўлиши мумкин.

Бир нарсага эътибор қаратмоқчиман: бу қарорларни биздан бехабар қабул қилиб юбораётган элитага ўша оқибатлар унча билинмайди; асосий жабрдийдилар биз – ойликхўр ёки кичик даромадга эга оддий фуқаролар бўламиз. Курслардаги кичик тафовут ҳам чўнтагимизга, фаровонлигимизга, дастурхонимизга сезиларли зарба бўлади.

Бу қарорни ким, қандай мақсадларда қабул қилди? Оқибатларига ким жавоб беради? Фуқароларимизнинг молиявий йўқотишларини ким компенсация қилади? Масъул идоралардан тушунтириш талаб қиламиз. Имкони борлар бошқа платформаларда ҳам талаб қилсин. Бизни эшитишсин. Ҳали кеч бўлмасидан бу қарорни бекор қилиш, ҳаммасини бозорга қўйиб бериш керак.

@AsanovEldar
👍15😢2🔥1
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
⚡️ Hozir Rossiyadagi eng aqlli odamning ishi, qo'lidagi rubllarini Dollarga o'girish bo'lsa kerak.
Agar Rublning kursi shunday kuch bilan ushlab turilsa, bu tavsiya oʻzimiz uchun ham amal qiladi.
😢14👍1
#tip Doim loyiha uchun biror kattaroq component yoki modul yozayotganda qayta ishlatsa bo'ladigan qilib yozing. Bu 20 daqiqa ko'p vaqt oladi va qachondir 2 soatingizni tejab qoladi.
👍35
#tip React bo'yicha ishga topshirishdan oldin Githubdagi 500 ta interview questionni ko'rib chiqing. 1 hafta ketadi. Yaxshi ma'lumotlar olasiz.

https://github.com/sudheerj/reactjs-interview-questions#what-is-react
👍24😁9😢4😱2
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
#tip React bo'yicha ishga topshirishdan oldin Githubdagi 500 ta interview questionni ko'rib chiqing. 1 hafta ketadi. Yaxshi ma'lumotlar olasiz. https://github.com/sudheerj/reactjs-interview-questions#what-is-react
Ko'pchilik kulib qarashibdi. Yaqinda React Nativedan intervyu topshirganimda 2 ta savolga javob berolmadim. Keyin qidirsam shu ro'yxatlarda bor ekan. Keyin qiziqib qolgan savollarni ham qidirdim. Ular ham bor ekan. Shunga qarab chiqish kerak albatta.
👍32😁5
#tip Oxirgi payt Upworkda faqat React Native ishlari bilan ishlayabman. Yevropada juda ko'p kompaniya loyihalarni React Nativeda qilishar ekan. Ingliz tilini bilsangiz, React Nativeda ham bozor katta.
🔥16👍2
#tip Upworkda yozgan proposallaringiz uchun kanal qilib oling. Odatda birinchi 10 talikka kirish muhim rol o'ynaydi. Bunga esa tezlik kerak.
👍13🔥3
#tip Upworkda davlat "India" turgan bo'lsa Client History va Hire Rate bilan jiddiy tanishib chiqing. Odatda Indiada narx arzon bo'ladi va mahalliy dasturchilar izlashadi.
👍22
#tip E-Imzo uchun qandaydir joyga borib, fleshka sotib olish shart emas. e-imzo.uz saytiga kirish va 18.900 so'm to'lash kifoya. Faqat ozgina boshni og'ritish kerak. Chunki tizim miloddan avvalgi uslubda ishlaydi.)
😁18👍3
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
#tip E-Imzo uchun qandaydir joyga borib, fleshka sotib olish shart emas. e-imzo.uz saytiga kirish va 18.900 so'm to'lash kifoya. Faqat ozgina boshni og'ritish kerak. Chunki tizim miloddan avvalgi uslubda ishlaydi.)
#tip Hazillashdim. Borib olaveringlar ekan. Hammasini to'g'ri bajargandan so'ng errorlar chiqdi.

Hodim bilan bog'langanimda boshqa ariza berishimni, amaldagi fayl zararlanganligini aytdi. Unga tegmadim. Tursa aynib qolishi mumkindir balki.

Manda Macbook, nega Macbook uchun dastur mavjud emas deb so'raganimda, buni bilmasligini aytdi.

Xullas Macbook uchun zamonaviy yechimlar turganda nega JAVA da yozilgan eski dastur bilan ishlashlarini tushunmasam kerak.

Errorlar ham console da chiqib turadi. Comfort :))
😁8👍3
Upwork tomonidan skillimiz isbotlanibdi :)
👍41🔥9🎉21😱1😢1
Ayni paytda o'z jamoaning katta qismi tarqatib, kichik qismi bilan online holatda bir loyihani davom ettiryabmiz. Har bir biznes treninglarda aytilgandek muvaffaqiyat qozona olmasligiga amin bo'ldim.

O'zim esa ayni paytda o'zimning imkoniyatlarimni kuchaytiryabman. Yaqin orada kattaroq kompaniyaga topshirishim ham mumkin. Imkon bo'lsa yevropaga relocation imkoniyati boriga. (Komentda shundaylari bo'lsa tavsiya qiling)

Tushunib yetdim-ki, biznes qilish uchun faqatgina pul yoki dasturiy bilim kamlik qilar ekan. Hozircha kichik jamoamiz bilan saqlanib qolamiz.

Va shuni ayta olaman-ki, man uchun hechqachon muvaffaqiyatsizlik bo'lmaydi. Man shunday deb o'ylagan narsam aslida o'zim uchun olgan bilimlar bo'ladi.

PS: Ishga kirolmasangiz siz ham tushkunlikka tushmang. Bu hali boshlanishi 😀
👍33🔥13
#tip Imkon boricha xatolarsiz yozishga harakat qiling. Ingliz tilida "Grammarly", o'zbek tilida matn.uz dan foydalaning.
👍10🔥5
#tip Tez-tez speaking qilib turing. Anchadan beri speaking qilmagandim, rosa qiynaldim.)

PS: Svet o'chib qoldi. Sharmanda qilishdi yurtimizni svetchi akalarimiz. O'qituvchim bizni yurtni qorong'u deb o'yladi.)
😁16😢5👍2
#tip Doim o'z ustingizda ishlang. Bu sizga bellashuvda yutib chiqishga yordam beradi.

"React Native versiyasini ko'tarish" (10$/15$ soatiga, 50 ta odam topshirgan);
"React Native WebRTC modulini tuzatish" (30$/35$ soatiga, 5 tadan kam topshirgan.)
👍7
Ba'zan hechqanday rejalarsiz, tasodiflar asosida qandaydir katta natijaga erishib qolasan va kimdir so'rasa: "Barchasi rejadagidek ketyabdi" - deb qo'yasan.
😁59👍4