Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.06K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Kecha Qoʻqondagi ingliz tili oʻqituvchim bilan uchrashdim. Ustozim bilan boʻlgan suxbatlar va tavsiyalar haqida kechroq yozaman. Ustozni taniysizmi?
👍72🔥8🎉42😱2😢2👎1🤩1
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Kecha Qoʻqondagi ingliz tili oʻqituvchim bilan uchrashdim. Ustozim bilan boʻlgan suxbatlar va tavsiyalar haqida kechroq yozaman. Ustozni taniysizmi?
Suratdagi inson mening ingliz tilidagi birinchi o'qituvchim: Lazizbek Isomiddinov. Ayni paytda Qo'qondagi "Help academy"da o'quvchilarni IELTSga tayyorlashadi. O'quvchilar orasida yaxshi natijaga erishgan bolalar juda ko'p. Shunchaki bolalarning natijalarini akademiyaning natijasi emas, bolalarning harakati natijasi deb bilishgani sabab uni ijtimoiy tarmoqda yoyishmaydi.

Aka ayni paytda 4 ta tilda "shu til egalari" kabi gaplasha oladi. Biladigan tillariga kelsak 10 tadan ko'p tillarni bilishar edi.

Akadan online darslar mavzusida so'raganimda Youtubeda IELTSga tayyorgarlik ko'rayotgan bolalarga bepul tavsiyalar joylab borishlari haqida aytib qolishdi.

Bir kirib ko'ring. Man ancha katta manfaat olyabman: https://www.youtube.com/channel/UC3J_xlLsjhGYwOE9Mnjiwtw
👍33🔥3👎21
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Suratdagi inson mening ingliz tilidagi birinchi o'qituvchim: Lazizbek Isomiddinov. Ayni paytda Qo'qondagi "Help academy"da o'quvchilarni IELTSga tayyorlashadi. O'quvchilar orasida yaxshi natijaga erishgan bolalar juda ko'p. Shunchaki bolalarning natijalarini…»
Forwarded from MJ
MayoqHub Farg'ona 2-qabul

Frontend dasturchi kasbini egallamoqchi bo'lganlarga MayoqHubning yangi qabulini e'lon qilamiz. 2 ta bo'limdan iborat bo'lgan bu kursda frontend dasturlash asoslaridan tortib hozirgi kundagi ommabop JavaScript kutubxonasi React va unga oid instrumentlardan erkin foydalanishni o'rgana olasiz. Kurslarni muvaffaqiyatli tugatsangiz va tuzgan loyihalaringiz sifati yaxshi bo'lsa, ishga kirishda tanish kompaniyalarga tavsiya qilinasiz.

1-bo'lim - verstka - 6 oy
Bu bo'limda frontend dasturlash asoslari o'rganiladi. O'rganilgan mavzular bir qancha maketlar asosida tajribada mustahkamlanadi. Asosan FrontendMentor.io va FrontLoops.io dan olingan maketlar ishlatiladi. O'rganiladigan texnologiyalar:
- HTML va CSS;
- Sass;
- Bootstrap;
- JavaScriptning DOMga oid qismlari;
- Gulp.

2-bo'lim - JavaScript - eng kami 6 oy
Bu bo'limda JavaScriptning asoslaridan boshlab, undagi murakkab mavzular, JS bo'yicha ishga kirishda ko'p so'raladigan mavzularga tayyorgarlik, React va Redux kutubxonalari o'rganiladi. Mashq uchun xos tuzilgan mashq texnik vazifalari, FreeCodeCamp.com, FrontendMentor.io, FrontLoops.io va HTMLAcademydagi turli murakkablikdagi loyihalar shartlaridan foydalaniladi.

Kursning formati videokurs va mentorlik ko'rinishida bo'ladi. O'quvchilarga haftalik vazifalar beriladi. O'rganiladigan mavzular uchun asosan oldindan tayyorlangan o'zbek tilidagi o'zim yozgan darslardan foydalanishadi. Bajarilgan vazifalar o'quvchilar tomonidan peer review - bir-birlarining loyihalarini tekshirib berish ko'rinishida tekshiriladi. Har hafta vazifalarni o'z vaqtida va talab qilingan qoidalarga ko'ra topshirish kerak bo'ladi.

Boshqa o'quv kurslardan farqlari
1. O'quvchi mustaqil o'rganishi asosida qurilgan.
2. Haftalik vazifalar, kundalik standup meetinglar yordamida intizomga odatlanishga undaydi.
3. Ko'p amaliyot. Kurs bo'limlarining tahminan 2/3 qismida yangi mavzular va mashqlarni ko'rib chiqish mo'ljallangan bo'lsa, qolgan paytda to'liq e'tibor loyihalarni tuzishga qaratiladi.

2023-yil boshigacha o'z ustida ishlab, JavaScript React dasturchisi bo'lishni qat'iy maqsad qilganlarga tavsiya qilinadi. Kurs davomida mas'uliyatsizlik qilgan o'quvchilar kursdan chetlatiladi.

O'quvchilar darsxonada dushanba-juma kunlari 9:00-13:00 orasida bo'lishlari shart. Shanba kuni darsxonaga borib shug'ullanish ixtiyoriy (ortda qolayotganlar uchun majburiy). Kurs to'lovi oyiga 500 ming so'm.

Darslar o'quvchilar yig'ilishi bilan boshlanishi reja qilingan. Tahminan 17-24-yanvardan.

Kursda o'qimoqchi bo'lganlar mana bu linkka o'tib ro'yxatdan o'tishlari kerak. Dars boshlanishiga yaqin bog'lanib qo'shimcha ma'lumotlar beriladi.

Kurs haqida savollar bo'lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Kursga qiziqishi mumkin bo'lgan yaqinlaringizga ham ulashasiz, degan umiddaman.
👍9
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Suratdagi inson mening ingliz tilidagi birinchi o'qituvchim: Lazizbek Isomiddinov. Ayni paytda Qo'qondagi "Help academy"da o'quvchilarni IELTSga tayyorlashadi. O'quvchilar orasida yaxshi natijaga erishgan bolalar juda ko'p. Shunchaki bolalarning natijalarini…
IELTS 9 bo'yicha bir nechta muammolar bor ekan. @fakeielts va @ieltszone_uz dagi ma'lumotlarni ko'rdim. IELTS 9 bo'yicha savol yozib yuborganman. O'quvchilarini ichida 8.0 olgan bolalarni ko'rganman. Ma'lumotlar aniqlashtirilguncha IELTS 9 qismini olib tashlab turaman va bu haqida batafsil ma'lumot beraman.
🔥14🤩4👍1👎1🎉1
Congrats. We have finished PreInter and you can call me: "Mr. Native speaker" 😅
👍26🎉10🔥31😁1
Umuman olganda yangicha talqinga o'tishga harakat, shunchaki fikringizni bildiring. Barcha darslar shu tarzda davom ettiriladi.

1-fevralgacha Boshlang'ich javascript, React Native, Telegram bot kurslarimiz tugatiladi. 1-fevraldan pullik obuna imkoniyati paydo bo'ladi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=mqrPtGT0Lw4&ab_channel=MuhammadYunus

PS: Tavsiyalaringizni berishingizni iltimos qilaman :))

@muhammadyunus_uz
👍19😁2😱2😢1
Forwarded from Pixer.uz
Tingla - audio kitoblar va podcastlarni tinglashga mo'ljallangan dasturimiz vanihoyat taqdim qilish uchun tayyor.

(Yaqin orada TestFlightda sinab ko'rish uchun link yuboramiz.)

Dasturning texnik imkoniyatlari:
- Siz audio kitoblarni tinglashingiz bilan birgalikda, uning matnini o'qishingiz ham mumkin.
- Matnni o'qish va audioni tinglashda barcha jarayonlarni o'zingiz uchun moslashingiz mumkin: Yorug'liq, kun va tun mavzusi, shriftlarni ko'zga qarab yaqinlashtirish va uzoqlashtirish imkoniyati, audioni tezlashtirish va automatik davom etishni rejalashtirish mumkin.
- Sotib olingan kitobni yuklab olish va undan offline holatda ham foydalanishingiz mumkin.

Yaqin orada kanalimiz orqali Android va iOS dagi test jarayoniga qo'shilish uchun link yuboramiz.

@pixer_uz
👍36🔥13🤩9😱31
Offline o'qituvchilik faoliyatimni vaqtincha to'xtatib turaman. Zero o'qib izlanishdan to'xtamaslik kerak.

Qisqa vaqt ichida jamoa katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Va kelajakda bundanda katta muvaffaqiyatlar tilayman. 😊
👍82😢13🔥11😱8🤩2
Hakkerlar tomonidan keng tarqalgan Phishing hujumi nima va undan qanday ogoh bo'lishimiz kerak?

@mabrur_dev
👍37👎1