Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.07K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
iOS uchun ishlaydigan VPN: https://apps.apple.com/us/app/best-vpn-proxy-betternet/id946659216

VPN ni yoqgandan so'ng, sozlamalar orqali o'chirsangiz, uni istalgan payt bepulga ishlatishingiz mumkin.
⚡️ Telegramni Google Playdan yuklashlar soni 1 milliard martaga yetdi.

@durov osh qachon endi?)
2-bosqichga ro'yxatdan o'tganlarning ko'p qismi bilan bugun suxbatlar bo'lib o'tadi. Seshanba kuni esa birinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mushuk savolining javobi:

Aslida bu savolga o'ta jiddiy yondashib yubormaslik kerak. Bu savolning javobi Googleda bor. Faqat o'zbek tilida emas. Man ushbu savol bilan nomzodni 3 ta holatda tekshirib oldim, maqsadim kvant fizikasi emas edi. Mening maqsadim:

1. Googledan ma'lumot qidirib topa oladimi yoki yo'qmi?
2. Imlo xatolarsiz yoza oladimi yoki yo'qmi?
3. Biror bir vaziyat noaniq bo'lgan vaqtda, vaziyatga nisbatan qaysi uslub bilan yondashadi.

PS: Man savolni Googledan tez topilmasligi uchun bir qismini olib tashladim. Chunki radioaktiv modda va mushuk masalasi juda mashhur.

@muhammadyunus_uz
👍1
Har bir erkak yoshligida harbiy bo'laman deb orzu qilsa kerak 😀

Harbiy maktabda 6 yildan ziyod ta'lim olganman.

@dasturchi_pf - Аут оф цензура)
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «2-bosqichga ro'yxatdan o'tganlarning ko'p qismi bilan bugun suxbatlar bo'lib o'tadi. Seshanba kuni esa birinchi uchrashuv bo'lib o'tadi. Mushuk savolining javobi: Aslida bu savolga o'ta jiddiy yondashib yubormaslik kerak. Bu savolning javobi Googleda bor.…»
Applening mahsulotlaridan doimiy foydalansam ham tan olish kerak bo'lgan fakt: Applening nomidan tashqari qolgan qismlari deyarli yangilanmayabdi. Qaysidir chip yoki kamerani tuzatish, ekranni sal kattalashtirish bu yangi versiya uchun yetarlicha narsa emas deb bilaman. Agar shunday ketishda ketadigan bo'lsa, Durov aytganidek Applening umri oz qoldi deb o'ylayman.

To'g'risi man kechagi eventda "vau" deydigan narsa kutgan edim. Umid qilaman-ki, kompaniya o'z holatini tiklab yana avvalgidek kashfiyotlarga boy yo'liga qaytib oladi.

M1Pro ga esa o'tishni vaqtincha tavsiya qilmay turaman. Kamida 4-5 oy.

@muhammadyunus_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin orada telegramda reklamalar paydo bo'lishni boshlaydi

Telegram asoschisi o'zining blogida yozishicha: "Yaqin orada telegram kanallarida rasmiy reklamalar ko'rina boshlaydi".

Reklamalar foydalanuvchilarning shaxsiy xabarlar va ma'lumotlariga tayangan holda emas, balki kanalning mavzusiga qarab joylashtiriladi.

Shuningdek reklamalar sizning chatlar ro'yxatingizda emas, kanallardagi postlar orasida chiqadi.

Reklamalar oddiy postlardan ko'ra biroz qulayroq bo'ladi. Va siz kanaldagi barcha xabarlarni o'qimagancha sizga reklama ko'rinmaydi.

Keladigan foyda esa telegram foydalanuvchilari uchun bepul va cheklanmagan xizmat ko'rsatishni uzluksiz davom ettirish uchun sarf qilinadi.

Rasmiy manzil: https://promote.telegram.org/
⚡️ Reklama qo'yish uchun boshlang'ich avans: 2.000.000 yevro. Ushbu pulning 1.000.000 yevrosi depozit sifatida ushlab turiladi va shartnoma bekor qilinganda reklamachi 12 oy ichida reklama uchun 10.000.000 yevrodan kam mablag' sarflagan bo'lsa, depozit Telegram tomonidan ushlab qolinadi.
Reklama qo'yishni reja qilgan va reklamani narxini eshitgan @abdusattor aka. ))

@muhammadyunus_uz
⚡️ Texnologiyalar davri davom etadi: Ilon Mask tarixdagi eng boy inson. Tesla kompaniyasining aksiyalari 13% ga oshdi va Ilon Mask dunyo tarixidagi eng boy insonga aylandi.
⚡️ Telegramga yaqin manbalarning xabar berishicha, telegram o'z moliyaviy harajatlarining qoplab bo'lgandan so'ng, kanal adminlari uchun monetizatsiya bo'lishi mumkin. U pul kanalda ko'rsatilgan reklama hisobidan yig'iladi.
Shogirdlik natijalari bo'yicha: 3 kishi ayni paytda saralab olindi va 2 kishi ish boshlashdi. Qolgan nomzodlar bilan qo'shimcha joyga ehtiyoj bo'lishi bilan bog'lanamiz. Barchaga rahmat.
⚡️ Tiktok video davomiyligini 5 daqiqaga uzaytirdi.

@muhammadyunus_uz
Qachonki, funksiyani chaqirishni unutganingda 😃)
Forwarded from Najot Ta'lim
Najot Ta'lim — 3 yoshda 🥳

Bundan roppa-rosa 3 yil oldin, 2018-yil, 1-oktabr sanasida Najot Ta'lim markazi tashkil topgan.

Markazimiz tashkil topganligining 3 yilligi munosabati bilan shu kungacha erishilgan marralar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va ushbu 3 yillik sanasini nishonlash maqsadida Najot Ta'lim oilasi bir maskanga yig'ildi.

😊 Najot Ta'lim markazining hozirgi darajaga yetishida o'z hissasini qo'shgan har bir jamoa a'zosiga rahmat aytgan holda, siz azizlar bilan ushbu 3 yilda erishilgan natijalarni bo'lishmoqchimiz.

2020-yil biznes kurslar toifasida "Yil brendi" bilan taqdirlandik. "Osmondagi bolalar" loyihasi uchun "TAHSIN" mukofoti sovrinini qo'lga kiritdik.

Umumiy hisobda 1500 dan ortiq muvaffaqiyatli bitiruvchi, shulardan 1000 nafardan ko'proq qismi ish bilan ta'minlandi.

Bu yillar ichida Najot Ta'lim oilasi a'zolari 120 dan oshdi.

Shu kungacha 14 xil ichki va tashqi grantlar ajratilgan bo'lib, ular umumiy hisobda 3 mlrd so'mni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, markaz tomonidan bir qator xayriya ishlariga ham qoʻl urilgan. Jumladan:
- Obodonlashtirish xodimlarining farzandlariga bepul taʼlim;
- Yetim, kam taʼminlangan va nogironligi bor yoshlarga grantlar;
- 15 yoshdan kichik boʻlgan bolalarga IT boʻyicha bepul taʼlim (karantingacha boʻlgan davrda).

🤩 3 yil davomida biz bilan birga bo'lgan, ishonch bildirgan barcha jamoa a'zolari, o'quvchilar va barcha kuzatuvchilarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

📞 Tel: +998712001123