Yulduz {shunos} 1
135 subscribers
320 photos
65 files
268 links
💓"Yangilik!!!"
❤️"Albomlar haqida..."
💚"Mp3 qo'shiqlar"
💛"Qiziqarli faktlar"
💖"Maxsus faktlar (Diskografiya, kliplar, cd/audio albomlar)
💝"Yulduzshunos" dan syurpriz!!!
💜"Konsert dasturlari haqida"
💟"Qo'shiq matni"
🎁”Oltin kolleksiyalar”
📨”Muhlis minbari”
Download Telegram
💟”Qo’shiq matni #429”

NIMA QOLDI


So’z: O.Hakimov
Musiqa: Y.Usmonova


Ortingda qani o’yla-chi bir on nima qoldi?
Hirmon qoldimi, qoldimi to’pon nima qoldi?
Inson bolasi olgay nafas, orzu-havaslar
Shodlik qoldimi, qoldimi pushmon nima qoldi?


Naqorot
Odam qo’lini gul deydilar, so’yla-chi sendan
Vayrona-mi yo qoldi-mi BO’XTON NIMA QOLDI?
Senga hukmini o’tkarurmu hirs-mi yo diyonat?
Ne qoldi sendan tillo-mi, imon nima qoldi?


Inson hayoti yonib-o’char nurga barobar
Nur qoldi-mi sendan yo zimiston nima qoldi?
“Ne qoldi?” deb sendan so’rsa yurt, ey inson
Boshingni egib o’ksima, nolon nima qoldi?


Naqorot



Kanal 👉 @yulduzshunos1
💟”Qo’shiq matni #430”

ERKAKLARNI ASRANG AYOLLAR


So’z: N.Narzullayev
Musiqa: Y.Usmonova


Turmush borki tashvishlari bor
Boshdin oshiq yumushlari bor
Bahordan so’ng kuz, qishlari bor
Erkaklarni asrang ayollar


Oilaning tayanch, kattasi
Bolalarning aziz otasi
Sho’xlik qilsa ma’zur tutasiz
Erkaklarni asrang ayollar


Naqorot
Erkaklarni asrang ayollar
Asrang erkaklarni asrang ayollar


Hayot borki chiroqsiz bo’lmas
Visol borki firoqsiz bo’lmas
Turmush borki so’roqsiz bo’lmas
Erkaklarni asrang ayollar


Tirigida ko’taring boshga
Royish bermang sira ko’z yoshga
Qo’shilmasin zahar bol oshga
Erkaklarni asrang ayollar


Naqorot


Kemiradi umrni bo’xton
Ishq va imon ularga guvoh
Bevafolik eng og’ir gunoh
Erkaklarni asrang ayollar


Naqorot



Kanal 👉 @yulduzshunos1
📪📫📬Kanalimizda 1-apreldan boshlab “📨Muhlis minbari...” nomli yangi rukn!

Ushbu yangi ruknimizda kanalimiz a’zolaridan biri o’z fikr va mulohazalari orqali maktub yo’llaydi, bu ruknda boshqacha aytganda eng “punktualniy” muhlislardan biri maktubini qoldirgan. Bu “punktualniy” muhlisimizni ismi-___, mayli hozircha sir bo’lib qolsin, ertaga bari bo’lar boshqacha, nasib..........,.,.........!

Bizni kuzatishda davom eting!

📌Bir narsani eslatib o’tmoqchiman, ba’zi kanal a’zolarimizning aytishicha, “kanalingizda odam soni kam, nega? iloji borku ahir...”ko’paytirishni yo’li ko’pku yoki bo’lmasa ko’paytirish yo’lini o’rgataymi...?” kabi fikrlarni o’qib qoldim, yo’q!!! Ishoning agar bu muammo bo’lganda haligacha o’shalar aytgan “podpischiklar” kanal ochilgan sanadan boshlab to bugungi kungacha 30000 ta bo’lar edi, afsuski men bu usulni qo’llay olmadim, kanalga ashaddiy muhlisning o’sha “punktualniy” lari chin ko’ngildan o’zi qo’shilishini istadim (Maylida, ko’ngilda o’zlari izlab kelishsin, bizni kanalimiz eshiklari ashaddiy muhlislar uchun hamisha ochiq, buni unutmasin hech bir muhlis!)
😉😊😊😊😉😊😊😊😉😊😊😊



Kanal 👉 @yulduzshunos1
Yulduz {shunos} 1 pinned «📪📫📬Kanalimizda 1-apreldan boshlab “📨Muhlis minbari...” nomli yangi rukn! Ushbu yangi ruknimizda kanalimiz a’zolaridan biri o’z fikr va mulohazalari orqali maktub yo’llaydi, bu ruknda boshqacha aytganda eng “punktualniy” muhlislardan biri maktubini qoldirgan.…»
Channel photo updated
Channel name was changed to «Yulduz shunos 1»
"🎁OLTIN KOLLEKSIYALAR...(13)"

Bugun Oltin kolleksiyaga "Yalli Yalli" (1992 Gramplastinka) va "Konsert dasturlari 2006-2007" (2015 DVD DISK) nomli dvd disklarni qo'shamiz, kolleksiyani to'ldirib boramiz...

Bugun 👇
1️⃣"Yalli Yalli" (1992 Gramplastinka)
2️⃣"Konsert dasturlari 2006-2007" (2015 DVD DISK)


Bizni kuzatishda davom eting!!!



Kanal 👉 @yulduzshunos1
📨 Muhlis minbari...”
(1-son)


Men Ro’ziboyev Qudratillo Andijon shaxrida yashayman. Men Yulduz Usmonovani bolaligimdan tinglab kelaman, ya’ni 1990-yildan beri. Men @yulduzshunos1 kanalini tashkil qilingandan buyon kuzatib kelaman. Menga bu kanalni yoqqan jihatlari juda ko’p. Masalan, aniq faktlar bilan ishlashi. Opani ijodini keng qamrovli yoritishi va yillar davomidagi yaratgan musiqiy albomlarini ketma ket joylanishi juda o'rinli. Fikrimcha, juda yorqin ijodkorsiz, boshqa kanallardan ajralib turishingiz ham shunda deb o’ylayman.

Meni @yulduzshunos1 kanaliga fikrim va taklifim bor. Masalan, muxlislarni yoddan chiqib ketgan qo'shiqlarni "nostalgiya" qilib joylashingizni taklif qilardim.

Tashakkur, hurmat bilan 😊 Qudratillo Ro’ziboyev!



Sizga ham rahmat e’tibor uchun!


Hurmat bilan 👉 @yulduzshunos1
💓”Yangilik!!! #15”


Yulduz Usmonovaning yangi konsert dasturi...


Konsert Tojikistonda!!! Ushbu konsert dasturi “Omadam, tu bigo’yam...” deb nomlanadi.

Konsert 28-aprel, 18:00 da “Ahorun” tolori amfiteatrida.

Xa, aytmoqchi balki bu yil Yulduz muhlislari uchun 2010-yillardan buyon yig’ilib kelgan tojikcha qo’shiqlar guldastasini bir albom holatida tortiq qilar, kutamiz...
Oldindan bir nima deyish qiyin...


Murojat uchun telefonlar:
934720000
934790000
900650509



Kanal 👉 @yulduzshunos1
💚”Mp3 qo’shiqlar...#68”

Yulduz Usmonovaning 1995-yildagi “Bolaligim seni sog’indim” nomli konsertidagi original, sifatli variantdagi qo’shiqlar jamlanmasi...

Kanal 👉 @yulduzshunos1