Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
4.78K subscribers
29K photos
3.43K videos
380 files
7.96K links
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Adabiyot yashasa, millat yashaydi!
Cho’lpon

Fikr va mulohazalaringizni, adabiyot haqidagi maqolalaringizni shu manzilga yo‘llang: @yozuvchilarbot
Download Telegram
ONA
(mitti hikoya)

- Ayol, isming nima?
- Bilmayman.
- Yoshing nechida? Qayerliksan?
- Bilmayman.
- Nega u chohni qaziyotganding?
- Bilmayman.
- Qachondan beri yashirinasan?
- Bilmayman.
- Nega barmog‘imni tishlading?
- Bilmayman.
- Mendan senga zarar yetmaydi, bilmaysanmi?
- Bilmayman.
- Kim tarafdasan?
- Bilmayman.
- Bu urush. Bir tarafni tanlashing kerak.
- Bilmayman.
- Qishlog‘ing hali ham bormi?
- Bilmayman.
- Bu bolalar senikimi?
- Ha!

Vislava Shimborskaya,
Nobel mukofoti laureati

R.S. Ayollar ismini unutsa ham onaligini unutmaydi, unutolmaydi..

Suratda: Vyetnam-AQSH urushida qo‘lga tushgan ayol so‘roq payti.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#HIKMAT

***
Insonning qadri nima bilan o‘lchanadi, bilasanmi?
Izlagan, qidirgan narsasi bilan!
Inson nimani izlasa, ana o‘shanga loyiqdir.

 Jaloliddin RUMIY
---------------------------------
***
Инсоннинг қадри нима билан ўлчанади, биласанми?
Излаган, қидирган нарсаси билан!
Инсон нимани изласа, ана ўшанга лойиқдир.

 Жалолиддин РУМИЙ

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Urush. Odam. Xotira.

BELARUSDAGI  TOSHKENT MOMO

               “Belarus  daftari”dan

        9 May...  Tong. O‘rmonning qoq o‘rtasi. Minskdan o‘ttiz chaqirim naridamiz. Ya’ni, Puxovichi degan tumanda.
      Shu yerlik foto jurnalist Dimitriy hamda sakson yoshdan oshgan ozg‘in, lekin chaqqon va chayir,  gijinglab turgan tarixchi Aleksandr Aleksandrovich hamrohim.
         Biz o‘rmonni kesib o‘tib,  qishloqqa kirdik. Urush payti, bolaligida Toshkentga evakuatsiya qilingan, o‘smirligi ona yurtimizda  kechgan bir kampirni ko‘rsatishmoqchi.
      Darvoqe,  qishloqdoshlari uni Toshkent momo deyisharkan.
       Keksayib-qartaygan kampir bilan yuzlashish juda hayajonli  kechdi.
          Kampir kimligim, qayerdan kelganimni bilgach, kulbasining yog‘och zinasiga o‘tirib yerga tikilib qoldi. Anchagacha miq etmay turdi. Keyin so‘ng‘in nigohlari namlandi.
      Ha, Xotira o‘lmaskan... Bolalik o‘lmaydi. Yaxshilik o‘lmaydi! O‘lmaydi! O‘lmaydi!! O‘lmaydi!!!
      Vujudi qartaygan kampirning botinida hali xotira mavjlari tirikligi, xotira ummon bo‘lib to‘lqin urayotgani, oqayotgan ko‘z yoshlar esa xotira ummonining tomchilari ekanligini xis qildim. Xuddi uzoq yillardan beri dom - daraksiz yo‘q bo‘lib ketgan o‘g‘li bag‘riga qaytgan mushtipar kabi titrar edi u. Ochig‘i,  mening ham ko‘zimdan yosh siza boshladi. Sheriklarim kampirga hazil - huzil qilishdi: “Kampirsho, nega yig‘layapsiz? Mana, ataylab Toshkentdan sizni izlab kelishibdi. Sizni qarangu, undan ko‘ra topgan - tutganingizni opchiqib, dasturxon tuzamaysizmi?”
   Kampir menga angrayib qaradi-da, jilmaydi... Bu yog‘ini endi she’rga soldim:

                                                      ***
Kulba. Qaqshoq kampir tinmaydi bir pas
Shamolni qamagan kabi ichiga...
Dasturxon tuzaydi – non, pishloq, kvas...
“Bolam, xush kelibsan, Puxovichi ga...”.

O‘g‘li jangdan qaytgan kabi ko‘ngli to‘q,
O‘zini qo‘yarga topmayapti joy.
Xijolat tortadi: “Bizda choynak yo‘q...”
Istokonda damlab uzatar ko‘k choy.

Albom varaqlarkan jilmayar kampir –
Go‘yo ko‘z o‘ngimda gullaydi og‘och...
Ozg‘in barmoqlarda titraydi taqdir:
“Bu – men! Bolaligim... Toshkent. Beshyog‘och...”.

Kampir nigohida miltillaydi cho‘g‘,
Zaminni ko‘tarib turar kiprigi.
So‘zlarkan bo‘g‘ziga sog‘inch urar tig‘:
“Hali ham shirinmi, Toshkent o‘rigi?!”.

So‘ngra ma’yus boqar – titraydi albom,
Havolarda ingrar jon zarralari...
Mening ko‘z o‘ngimdan o‘tadi shu dam
Qiyomatning qonli manzaralari...

Belarus yerini o‘q, olov oldi –
Tanklar zanjirida aylanar falak.
O‘zbek qo‘l uzatdi. Sog‘-omon qoldi
Zambarak og‘zida turgan qizaloq...

Tiriklikni qirib qaytmaydi izga
Urush ko‘kni yorib qilar tantana.
Yeru osmonidan ayrilgan qizga
Toshkentning osmoni bo‘lar boshpana.

Qaytar chog‘im quchdi: “Bolam, ko‘p yasha!”
Ko‘ksimga bosh qo‘ydi. Titradi labi...
Ko‘zlari javdirab boqardi... O‘sha,
urush uloqtirgan qizaloq kabi...

Kampir der: “Unutmam... Yaratgan Egam
Ko‘nglimda borini ko‘rib turibdi.
Bolam, Senga aytsam,  ko‘ksimda shu dam
O‘zbekning yuragi urib turibdi!..”.

Qo‘chqor NORQOBIL

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qo‘chqor Norqobilning "Belarus daftari" dan suratlar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10-may kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov) – dramaturg, shoir, tarjimon;

G'afur G'ulom – O'zbekiston xalq shoiri;

Hakim Nazir – O‘zbekiston xalq yozuvchisi;

Vahob Ro‘zimatov – jurnalist va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi;

Shafoat Rahmatullayev – uyushma a’zosi, shoir;

Abdumannop Tojiyev– uyushma a’zosi, yozuvchi;

Alinazar Egamnazarov –  uyushma a’zosi, yozuvchi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
MENI KUTGIL
(K. Simonovdan)

Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil, juda intizor,
Kutgil, yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor,
Atrofingni harorat qoplab,
Yeru ko‘kni chang tutganda, kut.
Boshqalarni uzatgan do‘stlar
Kechagina unutganda, kut.
Xat kelmasdan uzoq yerlardan,
Yuragingni qilganida qon,
Kutgil, sen-la birga kutganlar
Zerikkandan chekkanda fig‘on.

Meni kutgil va men qaytarman,
Bo‘lsa hamki, ranging za’faron,
Yoring qaytmas, umidingni uz,
Deganlarga tilama omon.
Mayli, o‘g‘lim, singlim, volidam
Aza ochsin men yo‘q tufayli.
Kutaberib sabri tugagan
Yoru do‘stlar, oshnalar, mayli,
Ayriliqqa berolmasdan tob,
Achchiq-achchiq ichsinlar sharob.
Ko‘zlaringga to‘lsa hamki yosh,
Faqat sen kut va ayla bardosh...

Meni kutgil va men qaytarman,
O‘limlarni qoldirib dog‘da.
Ishi o‘ngdan kepti desinlar
Kutmaganlar meni u chog‘da.
Yot tuyular kutmaganlarga,
Bunday ajib toleing saning.
Kuta-kuta meni ofatdan
Omon saqlab qola olganing,
Qanday omon qolganligimni
Yolg‘iz senga aytarman, sirdosh,
Kuta olding meni sen faqat,
Buyuk edi sendagi bardosh.

H.Olimjon tarjimasi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10-may kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Tursunoy Sodiqova
– O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira;

Ismat Sanayev – uyushma a’zosi, shoir;

Isfandiyor Matkarimov –  uyushma a’zosi, yozuvchi;

Toshbolta Jo'rayev – uyushma a’zosi, yozuvchi;

Ismoil Ollaberganov – uyushma a’zosi, yozuvchi;

Salima Mirzayeva – uyushma a’zosi, adabiyotshunos;

Hulkar Hamroyeva – uyushma a’zosi, shoira;

Saodat O‘rmonova – uyushma a’zosi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube