O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
4.54K subscribers
24.5K photos
2.97K videos
346 files
7.21K links
Adabiyot yashasa, millat yashaydi.

Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг:
@yozuvchilarbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | “Jadid” gazetasining yangi soni nashrdan chiqdi

#2feb #uzbekiston24
Yangi kitob

TURKISTONGA BORAYLIK

Shoir va tarjimon Tohir Qahhorning bu kitobiga uning so‘nggi yillarda yozgan sheʼrlari, jahon sheʼriyatidan qilgan tarjimalaridan namunalar jamlangan. Unga muallifning “Birlik” kitobidan parcha ham kiritilgan. To‘plamda shoirning sheʼrlari hamda turk, rus, fors, ozarbayjon, tatar tillaridan qilgan tarjimalari o‘rin olgan.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Masʼul muharrir: Mansur Jumayev
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Tog‘ay Murod – o‘zbekning oriyati timsoli

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod ijodiga bag‘ishlangan “O‘zbek xalqiga haykal qo‘ygan adib” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Kechada Tog‘ay Murod o‘zbekning ori, g‘ururi, diyonati timsoliga aylangan ijodkor bo‘lgani ta’kidlanib, asarlarining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi.
Tog‘ay Murod (Tog‘aymurod Mengnorov) 1948-yil 3-fevralda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.
Birinchi yirik qissasi — “Yulduzlar mangu yonadi” asari 1976-yilda chop etilgan. Keyinchalik “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980), “Momo Yer qo‘shig‘i” (1985) kabi qissalari nashr etilgan. “Otamdan qolgan dalalar” (1993, ushbu asar asosida badiiy film yaratilgan), “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” (2001) romanlari kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Yozuvchi Jek Londonning “Boyning qizi” dramasi va hikoyalarini, Ernest Seton-Tompsonning “Yovvoyi yo‘rg‘a” qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
– Tog‘ay Murod har bir obrazni shunday tasvirlar ediki, atrofingizda yurgan odamlar orasidan nogahon o‘sha qahramonlarni qidirib qolardingiz, – dedi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, ustoz jurnalist Abdumajid Azimov. – Uning asarlarida asosan sho‘ro davri aks etgan. Lekin milliy o‘zlik, millatni uyg‘otish masalalari asarlarida bosh g‘oyani tashkil etadi. Tog‘ay Murod asarlarida jur’at, jasorat ustuvor. Tog‘ay aka fe’li to‘g‘ri, juda halol, g‘irromlikni yoqtirmaydigan inson edi. Bu jihatlar uning asarlariga ham ko‘chgan. Asarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida paxtaning azobini fan doktori darajasida o‘rganib chiqqan edi. Uning xarakteriga qoyil qolmay iloj yo‘q. Yoshlar o‘zbekning hayotini o‘rganaman, desalar Tog‘ay Murod asarlarini o‘qishi kerak.
– Birgina “Oydinda yurgan odamlar” asarini varaqlab muallif insonning asl tabiatini, ruhiyatini, uning baxtli, baxtsiz onlarini nechog‘li mahorat bilan tasvirlaganiga guvoh bo‘lish mumkin, – dedi filologiya fanlari doktori, professor Umida Rasulova. – Uning asarlarida inson ma’naviyatining juda qiziq jihatlari bor. Yangi topilma so‘zlarni topishga intiladi. So‘z qo‘llash mahorati juda o‘ziga xos. Tog‘ay Murod asarlarida bir jumla bor. Muallif “men qaytib kelaman”, deydi. Ijodkor bugun o‘z asarlari bilan, oriyati bilan yana qaytib keldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Adabiy tadbirda yoshlar Tog‘ay Murod ijodi, asarlari bo‘yicha savollar berdi. Fikr-mulohazalardan bilish mumkinki, Tog‘ay Murod ijodiga bugun ham qiziqish g‘oyat katta. Tadbirda yoshlarga kitoblar hadya etildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirdan suratlar. Muallif – Ahmad To‘ra.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Tayinlov

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Yig‘ilishda Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Аxborot xizmati

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
⚡️“Jadid” gazetasini telegramda lotin va kirill alifbolarida kuzatib boring:

©Lotin 👉
@Jadid_media
©Кирилл 👉
@Jadidmedia_rasmiy
#Kun_hikmati

Har kimdan yaxshi qoida qolgan bo‘lsa, aning bilan amal qilmoq kerak, agar ota yomon ish qilg‘on bo‘lsa, yaxshi ish bilan badal etmoq kerak.

Zahiriddin Muhammad BOBUR

https://t.me/yozuvchilar_uz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlanganligi masalasiga to‘xtaldi:

“Maktabgacha va maktab taʼlimida erishilgan katta o‘zgarishlar bilan bir qatorda bog‘cha bilan maktab, maktab bilan kollej va oliygoh o‘rtasida uzviylik yetarli darajada emas.

Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish bilan qiziqmasa, tuman hokimlari, yoshlar va ijtimoiy masalaga masʼul o‘rinbosarlari maktabda maʼnaviyat va sport tadbirlarini tashkil etishga eʼtiborsiz bo‘lmoqda.

Shu bois, o‘tgan hafta maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Ularning oldiga taʼlim, tarbiya va maʼnaviyat bo‘yicha maktablarga yangi muhit olib kirish vazifasi qo‘yildi”.
Maktablarda taniqli adiblar, sportchilar, faxriylar, jamiyatda obro‘ga ega insonlar bilan uchrashuvlar ko‘paytiriladi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish bo‘yicha tizim qilish zarurligi aytildi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga ishlab, aniq choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uchrashib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilishi maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Maktablarda taniqli shoir va yozuvchilar, sportchilar, faxriylar, jamiyatda obro‘ga ega insonlar bilan uchrashuvlarni ko‘paytirish lozimligi aytildi.

Bolalar tarbiyasini yaxshilashga, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va ta’lim muassasalariga yetkazib turish topshirildi.
Bugunning gapi

Aqlli odam yolg‘on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to‘g‘ri emas. Birovning ko‘zi g‘ilay — nogirondir; ammo, bunga u aybdor emasdir… Birovni nohaq hijolatga solmoq — o‘z nodonligini izhor qilmoq va bir ko‘ngilni og‘ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so‘zdan ko‘ra zarurat yuzasidan — o‘rni bilan gapirilgan yolg‘on yaxshiroqdir.

Alisher Navoiy

Бугуннинг гапи

Ақлли одам ёлғон гапирмас; аммо, барча рост гапни айтавериш ҳам тўғри эмас. Бировнинг кўзи ғилай — ногирондир; аммо, бунга у айбдор эмасдир… Бировни ноҳақ ҳижолатга солмоқ — ўз нодонлигини изҳор қилмоқ ва бир кўнгилни оғритмоқдир. Бу каби кишини хафа қиладиган чин сўздан кўра зарурат юзасидан — ўрни билан гапирилган ёлғон яхшироқдир.

Алишер Навоий

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1-4.pdf
4.9 MB
"Ishonch" gazеtasining 6-fеvral kungi sonida O'zbеkistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmonning "O'zbеklar" nomli shе'ri chop etildi.
Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid hamda Xitoy Хalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.