YOSH OLIMLAR ToshDO'TAU
881 subscribers
2.12K photos
364 videos
251 files
1.65K links
🏛️ToshDO'TAU "Yosh Filolog Olimlar jamiyati" sahifasi.

Nodirbek Jo'raqo'ziyev
Mushtariy Xolmuradova
@Hulkaroy_Oktabr
™️ @Islom_Oqnazarov
Download Telegram
Forwarded from UzChess
⚡️”Uzchess Cup 2024”turnirining 5-turi boshlanmoqda

O’yinlarni kuzatish uchun linkga bosing👇

👉🏻 jonli efir

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
Do'stlar maksimal ulashamiz!!!
Forwarded from ToshDO‘TAU | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🏆Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reytingining 2024-yil natijalari e'lon qilindi.

📈Unga ko‘ra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dunyoning eng yaxshi 300+ OTMlari qatoridan joy oldi. Ayniqsa, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlar ta’limiga qaratilayotgan e’tibor bo‘yicha dunyoning TOP-10 universitetlari qatoridamiz!
🎗 Bu yil universitetimiz mazkur reyting doirasida O‘zbekiston, qolaversa, Markaziy Osiyo OTMlari orasida yetakchilik qilmoqda.

🏆 Ushbu muvaffaqiyat bilan barcha professor-o‘qituvchilarni, xodimlarni, talabalarimizni qutlaymiz.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!

🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!

Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!

Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.

Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!

Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!

Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
Qurultoy'нинг бу сони яна бир ўзига хос анонс бўлди. Турколог олим Нодирбек Жўрақўзиев олиб бораётган, аммо ҳали якунланмаган тадқиқотининг баъзи материаллари билан бўлишди.

Подкастдан Маҳмуд Кошғарийнинг "Девону луғотит-турк" китобида акс этган қадимги туркий мифология ва мифик инонч унсурлари ҳақида билиб оласиз.

Муқова энди алоҳида санъат асари бўлди, кўриб завқланинг деб шу ерда қолдиряпман.

Линк: https://www.youtube.com/watch?v=aGXOGgtW1DY

@AsanovEldar
30.04.2024 toʻplam.pdf
6.6 MB
#ilmiy_faoliyat #anjuman_materiallari


🏛️ Yosh filolog olimlar jamiyati tashabbusi bilan 2024-yilning 30-aprel kuni "Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tgan edi.


📙Ushbu ilmiy-amaliy anjumanning to'plamini taqdim qilyapmiz🙌


🔗 @yosholimlarjamiyati
❗️Microsoft Word dasturida foydalanish uchun kerak boʻladigan 50 ta qisqa klavish:

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makroni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash



@yosholimlarjamiyati
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yoshlar!

Barchangizni, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlarni bugungi 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shaxsan o‘zim nomimdan va universitet jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Yangi O'zbekistonga sizdek g‘ayratli, bilimli va vatanparvar yoshlar kerak. Shuni ham aytish kerakki, orangizda hammangiz eng iqtidorli talabalarsiz. Ko‘p ishlarga qodirsiz.
2017-yilning 30-iyun kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu yoshlar mamlakati bo'lgan O'zbekistonda sizlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yil davomida turli darajadagi tadbirlar va tanlovlar tashkil etilyapti. Yangi iqtidor egalari kashf qilinyapti. “Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan universitetimiz yigit-qizlarining muvaffaqiyati barchamizni quvontirdi. Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan universitetimiz talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani esa chinakam ma'noda bayramga munosib tuhfa bo'ldi. Dilnavoz kabi iste'dodli, zukko talabalarimiz safi kengayaversin, har biringiz ana shunday e'tirofga munosibsiz. Chunki siz nufuzli reytinglarda TOP-300+ natijani qayd etgan universitet talabasisiz. Men quvonch bilan ayta olamanki, bugun bizning talabalarimiz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bilim maskanlarida, turli tashkilot va idoralarda mehnat qilib, o'zining salohiyati bilan hammani lol qoldirib kelishmoqda. Bu esa universitetimizning juda katta yutug‘i deb hisoblayman.
Bu bayram zamirida Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Shunday ekan, men yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang!

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori, akademik
Shuhrat Sirojiddinov
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Gerb.jpg
190.4 KB
2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN

Gerb - bu bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan nishoni.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʼ sanaladi. Chunki u xalqning oʼtmishi, buguni va kelajagini oʼzida mujassam etgan. Vatanning yorqin timsolidir. Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning oʼrni katta.
Shu ramzlardan biri Davlat gerbidir. Gerb - bu bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan nishoni, ramzi va timsolidir.
Davlatimiz gerbi 1992-yil 2-iyulda Oʼzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdikdangan. Shu sabab, 2-iyul – Oʼzbekiston fuqarolari uchun bayram sifatida qadrli va unutilmas kunlardan biriga aylangan.
Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xoʼjalik, jugʼrofiy, etnik va boshqa oʼziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy anʼanalarini oʼzida mujassamlashtirgan.
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Forwarded from Dilafro‘z AXTAMOVNA
Forwarded from ToshDO‘TAU | RASMIY
#konferensiya

✍️ O’zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o’qituvchilari Turkiya jumhuriyati Kayseri shahridagi Erjiyes universiteti tomonidan tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etishmoqda.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vanihoyat Bek va Lola dunyo yuzini ko'rishga tayyor.

Milliy qadriyatlarimiz ustiga qurilgan, bolalarimizga ta'lim, odob qoidalarini o'rgatishga va vatanparvarlik g'oyalarini ilgari suruvchi multfilmimiz tayyor.

Tez kunlarda farzandlaringiz bilan YouTube tarmog'i orqali premyerani kuzatishingiz va har kunlik rejangizga Bek va Lola qo'shib qo'yishingiz mumkin. Loyiha ustida o'zimizning qorako'zlar mehnat qilishmoqda. Ularning maqsad va rejalari ulkan.

#bekvalola #milliyqadriyatlar #multfilm
dunya_ulkelerinin_resmi_isimleri_ve_sifatlarinin_yazimi_turkce_ingilizce.pdf
733.4 KB
Bilamizki, universitetimizda talabalar va oʻqituvchilar uchun bepul turk tili darslari yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu darslarni Turkiyadan kelgan mutaxassislar olib boradi. Biz til oʻrganishimiz jarayonida davlatlarning qanday nomlanishini bilolmaslik bilan bogʻliq jarayonlarni ham kuzatamiz. Ushbu hujjatda esa davlatlarning rasmiy nomlari keltirilgan.

Marhamat, dunyo davlatlarining turkcha va inglizcha nomlarini bilib oling.


@yosholimlarjamiyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_diqqat_tanlov_boshlandi


📣 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi va Yoshlar akademiyasi tomonidan yoshlarning ilmiy gʻoyalarini va loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Boʻlajak olim" tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovda ishtirok etish uchun batafsil maʼlumotlarni bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 15-avgust

Tanlovda ishtirok eting va gʻolib boʻling.


Hurmat bilan,
Yosh olimlar jamiyati!



@yosholimlarjamiyati
Forwarded from Hulkaroy Rajapova (Hulkaroy Rajapova)
Salom-salom ishtiyoqli inson!
Ha, aynan Sizga "ishtiyoqli" deb murojaat qilyapman!

Men Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sovrindori, xorijda tahsil olib kelgan qiz - Hulkaroy Rajapova ancha yoʻqotishlar, yiqilishlardan iborat, magʻlubiyatli yoʻllarni kezib, gʻalabalarga erishib kelmoqdaman.

Inshaallah til oʻrganish, xalqaro maydonga chiqish, tarjimonlik, nomdor stipendiya sovrindori boʻlish, orzularga, maqsadlarga xiyonat qilmaslik, orzularga erishish uchun qoʻrqmaslik va shunga oʻxshash mavzular atrofida yangi bilimlar berishni maqsad qildim. Bepul seminarda xalqaro maydonga chiqish uchun yordam beradigan ilmiy-ijodiy kanallar havolalarini ham ulashaman.

Tayyormisiz?

Seminar manzili: @hulkar_rajapova

Oʻzini inkishof etishni xohlovchilarni seminarda az tahti dil kutib qolaman.

Seminarda koʻrishguncha, ishtiyoqlilar!


@hulkar_rajapova