Yoshlar ovozi
4.47K subscribers
4.03K photos
491 videos
113 files
4.13K links
“Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

www.yoshlarovozi.uz
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#magistratura

❗️Magistratura mandati 20-avgustga qadar e’lon qilinadi

2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning o‘qish javoblari joriy yil 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
#bepul_obuna

🗞️ “Yoshlar ovozi” gazetasining 14-avgust kungi 32-sonini taqdim etamiz:

🔸 Oʻzbekiston tarixida yangi rekord!

🔸 “Hurmat kuni”

🔸 Yosh eksportchilar: muammo, tajriba va strategiya

🔸 Majburiy forma kerakmi?

🔸Kelajakni past balga almashmang!


📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nafaqa

⁉️ 1-sentabrdan nafaqalar miqdori qancha boʻladi?

▪️Yoshga doir nafaqa miqdori - oyiga 745 000 soʻm;

▪️ I-guruh nogironlik nafaqasi miqdori - 1 027 000 soʻm;

▪️II-guruh nogironlik nafaqasi miqdori - oyiga 920 000 soʻm;

▪️Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasi miqdori – oyiga 920 000 so‘m;

▪️ Parvarishlash nafaqasi miqdori – oyiga 745 000 so‘m;

▪️ Boquvchisini yoʼqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 745 000 soʼm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 244 000 soʼmdan qoʼshiladi;

▪️Dafn etish nafaqasi - 1 712 000 so’m.

📌 1-oktabrdan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli – 811 965 soʻmni tashkil etadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
❗️Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
#moliyaviy_savodxonlik

💸 Qachon mikroqarz olmaslik kerak?

Mikroqarz qanday holatlarda sizga foyda emas, zarar keltirishini bilasizmi? Keling, bugun shunday holatlarni ko‘rib chiqamiz.

📌Avvalgi kreditni yopish uchun

Ba’zida olingan kreditni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Bunday vaziyatdan esa yana yangi mikroqarz olish orqali chiqib ketish oson yo‘ldek ko‘rinadi.

Aslida, bu noto‘g‘ri qaror, faqatgina qarz yukining oshishiga olib keladi. Sizning holatingiz esa yaxshilanmay, bir kreditingiz ikkita bo‘ladi. Tabiiy-ki, ularning har biri har qanday holatda ham bankka qaytarilishi kerak.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/mikroqarz-olma

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bepul_obuna

🗞️ “Yoshlar ovozi” gazetasining 21-avgust kungi 33-sonini taqdim etamiz:

🔸 Hunarli yosh xor boʻlmaydi

🔸Mahalla yettiligi: yoshlar koʻproq kimga suyanmoqda?

🔸 Ijtimoiy tarmoqlarda moliyaviy xavfsizlikning 7 qoidasi

🔸 “Xon” “TOP” yetakchi

🔸Savodsizligidan uyalmaydigan avlod


📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM