Yoshlar ovozi
4.47K subscribers
4.03K photos
491 videos
113 files
4.13K links
“Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

www.yoshlarovozi.uz
Download Telegram
⚡️Yangi stipendiya: miqdori 1 020 ming soʻm!

Ushbu stipendiya kimlarga berilai?

Bir martalikmi yoki yil davomida?

Hujjatlar qachongacha qabul qilinadi?

Stipendiyani kim tayinlaydi?

Barcha savollarga javob — bu yerda

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
🤩 “IBRAT” hayotimga mo‘jiza kabi kirib keldi”

"Qishloqda yashash juda qiyin, oila tebratish uchun dalada ishlashdan boshqa choram yo‘q edi. Ammo men bir umr dalada ishlay olmasdim. Nima qilish, qanday hunar o‘rganib, daromad topish haqida o‘ylardim.

Til o‘rganishga qiziqishim, ingliz tilidan oz-moz xabardorligim bois mahallamiz bolalariga ingliz tilidan dars o‘tish fikri keldi. O‘z ustimda ishlash uchun tilni mukkammal o‘rganishim kerak edi. Shu paytda Yoshlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari” loyihasi haqida eshtib qoldim, bu loyiha mening hayotimga mo‘jiza kabi kirib keldi!"
, - deydi Xurshida Egamnazarova

❗️Xurshida opaning o‘quvchilari bugun 300 nafardan oshgan va ular yuqori natijalarga erishmoqda.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ibrat-hayotimga-mojiza-kabi-kirib-keldi

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
❗️O'zbekiston ta'lim sifati bo'yicha 80-o'rinda, qatnashgan davlatlar esa 81 ta...

O’zbekiston ilk bor PISA - ta’lim sifatini o’lchashda ishtirok etdi. Ushbu xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashabbusi boʻlib, butun dunyo boʻylab 15 yoshli oʻquvchilarning bilim olish darajasini oʻlchashga qaratilgan.

81 ta davlat qatnashgan tadqiqotlarda Oʻzbekistonning 15 yoshli o‘quvchilari:

matematikadan 364 ball bilan 71-o‘rin;
oʻqish savodxonligidan 336 ball bilan 80-o‘rin;
tabiiy fanlar bo‘yicha 355 ball bilan 80-o‘rinni egallashdi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#diqqat

⚡️"Mahorat maktabi" — talabgorlar 500 dan oshdi!

❗️"Mahorat maktabida" qatnashish uchun kasting 11-dekabr kuni o'tkaziladi.

Sharti: maqola yozish
Mavzusi: barcha uchun bir xil, oldindan e'lon qilinmaydi
Hajmi: chegaralanmagan
Belgilangan vaqt: 60 daqiqa
Shakli: qo'lyozma holatda
Boshlanish vaqti: 9:00

Batafsil ma'lumot — mana bu yerda

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#soʻragan_edingiz

🤔 Mahallalardagi yoshlar yetakchisi lavozimiga qanday malaka talablari qoʻyiladi?

🔸Ma'lumot – ustuvor ravishda oliy maʼlumotli, istisno tariqasida oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlishi;

🔸Mutaxassislik – talab etilmaydi;

🔸 Mehnat staji – talab etilmaydi;

🔸Nomzodlarni baholashda beriladigan afzalliklar – yetakchi lavozimiga nomzodlarni tanlashda harbiy xizmat oʻtagan, mahalla hududida istiqomat qiladigan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyiligi, sadoqati va vatanparligi bilan namuna koʻrsatgan holda oʻz ortidan ergashtira oladigan nomzodlarga beriladi;

🔸Talablar – 35 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi, davlat tilini bilishi lozim.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
❗️ Bugun barcha xodimlar vaqtli ketishi mumkin

Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 8 dekabr — Konstitutsiya kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun barcha xodimlar uyiga kamida 1 soat vaqtliroq ketishga qonuniy haqqi bor.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
O'zbekiston_Respublikasi_Prezidenti_va_nomli_davlat_stipendiyalari.pdf
3.9 MB
⚡️Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

🎉 Stipendiat talabalarni chin dildan tabriklaymiz!

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#imkonsiz

👏 Inklyuziv taʼlim markazi 55 nafar yoshga kasb va bilim bermoqda

Bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi huzuridagi inklyuziv taʼlim markazida 8 ta yo‘nalishda toʻgaraklar tashkil etilgan:

▪️Kompyuter savodxonligi;
▪️Qoʻl mehnati;
▪️Musiqa;
▪️Raqs taʼlimi;
▪️Psixolgiya;
▪️Tikuvchilik;
▪️Rassomchilik;
▪️Shaxmat-shashka.

📌 "Markazimizda 9 nafar tayanch harakatida nuqsoni bo'lgan, 12 nafar zaif ko'ruvchi va ko'zi ojiz, 5 nafar daun sindromi, 5 nafar autizm sindromi, 24 nafar boshqa tashxisdagi yoshlar tahsil olmoqda. Ular bilan suhbatlashganimizda o'zlarining alohida dunyosi borligini, katta-katta orzu-umidlar bilan yashashini, o'ziga ishonchi naqadar yuqori ekanligini ko'rib, quvonamiz", – deydi markaz mutaxassisi Barchinoy Abduraimova.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#rahmat_shart_emas

⚡️ Talabalar shartnoma to‘lovlarini komissiyasiz (0%) onlayn to‘lashi mumkin


▪️Buning uchun "PayMe" to‘lov tizimida "To‘lovlar" sahifasiga kiring.
▪️“Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.
▪️JSHSHIR hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

📌 Shuningdek shartnoma to‘lovini:

▪️my.gov.uz portali
▪️“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#dolzarb_mavzu

🥱 Samarasiz “ishchanlik”

Ish vaqti normasi. Buni eshitgan ko‘plab o‘zbekistonliklar miyig‘ida kulib qo‘yadi, xolos. Xoh davlat ishida bo‘ling, xoh xususiy sektorda mehnat huquqlarimiz tez-tez poymol qilinadi. Dam olish, bayram kunlarida, ko‘p hollarda ish vaqti tugagandan keyin ham ishlash odatiy holga aylangan.

Qonunchilikda bunday hollarda xodimdan yozma rozilik olish kerakligi, ikki hissa pul to‘lanilishi belgilangan, biroq bu norma qachon amaliyotga joriy etilishi borasida bir nima deyish qiyin...

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/samarasiz-ishchanlik

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
🤔 Ilk Konstitutsiya qayerda paydo bo‘lgan?

Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan.

U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.

Har davlatning podshohlari va xalqining muammolaridan kelib chiqib, vazirlar bilan birgalikda qomuslar ishlab chiqilgan, musulmon mamlakatlari qonun ishlab chiqishda shayxulislomlarning maslahatlariga quloq solib, din tamoyilidan kelib chiqib, tuzgan.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ilk-konstitutsiya-qayerda-paydo-bolgan

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#bu_qiziq

Dunyodagi eng yirik konstitutsiya

1950-yil kuchga kirgan Hindiston Konstitutsiyasi Buyuk Britaniya konstitutsiyaviy-huquqiy an’anasini AQSH, Irlandiya, Kanada, Avstraliya, SSSR, Germaniyadagi Veymar Respublikasi, Yaponiya va boshqa mamlakatlar konstitutsiyalari ayrim bandlari bilan uyg‘unlashtirgan dunyodagi eng katta Bosh qomusdir.

O‘tgan davr mobaynida mazkur hujjatga 500 ga yaqin o‘zgarish va qo‘shimcha kiritilgan.

Hind Konstitutsiyasiga tuzatish kiritishning juda oddiy tartibi mavjud. Shu bois, qariyb 70 yil mobaynida, mamlakatning yuzlab qoidalariga o‘zgarish kiritilgan.

Qolaversa, mazkur hujjat shu qadar murakkab yozilganki, aksariyat hindlar hamon ko‘plab qoidalarni tushunmaydi. Konstitutsiya normalari matnda shunchalik tartibsiz yozilganidan, kerakli bandni topish, deyarli, imkonsiz.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#tezkor

O‘zbekistondagi barcha metan "gaz zapravkalari" soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.

Mazkur cheklov aholi hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida kiritildi.

"Metandoshlar"ga yuborib qoʻying)

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube