Yoshlar ovozi
4.47K subscribers
4.03K photos
491 videos
113 files
4.13K links
“Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

www.yoshlarovozi.uz
Download Telegram
#yuridik_klinika

"Dala puli" kimlarga beriladi?


Mehnat kodeksi 288-moddasi (Ish sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lganda, shuningdek dala sharoitlarida va vaxta usulida ishlanganda kompensatsiya to‘lovlari)ga ko‘ra, dala sharoitlaridagi ish uchun dala nafaqasining aniq miqdorlari belgilab qo'yilgan.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/dala-puli-kimlarga-beriladi

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
⚡️Milliy kutubxona yana 24 soat ishlaydi!

Xabaringiz bor, 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati 24/7 rejimidan odatiy rejimga qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 21-noyabr kuni Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda deputatlar 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetida kutubxonaning kechki vaqtda ishlashi uchun talab qilinadigan mablag‘ni aks ettirish masalasini ham ko‘tardi.

Qayd etilishicha, hujjat loyihasida yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi harajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi.

P/s: Avvalroq gazetamizda ushbu masala yuzasidan "Kutubxonalar 15 barobarga kamaygan" nomli maqola e'lon qilingan edi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#rahmat_shart_emas

⚡️Kartadan-kartaga pul oʻtkazmalari uchun arzon komissiya oladigan ilovalar

▪️Asakabank ilovasida — 4 mln soʻmgacha 0%

▪️Tenge bank ilovasida — 5 mln soʻmgacha 0%

▪️Xalq banki Xazna ilovasi — 5 mln soʻmgacha 0%

▪️Davr bank ilovasida — 3,5 mln soʻmgacha 0%

▪️ MKBank ilovasida — 3 mln soʻmgacha 0%

▪️Paynet ilovasida 3 mln soʻmgacha 0%

▪️Ziraat bank ilovasida istalgan miqdorgacha 0% (kunlik limit 10 mln). Buning uchun Ziraat bank mijozi boʻlish kerak.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#imkonsiz

Koʻzi ojiz rassom

Eshref Armagan – 1953-yilda Istanbulda tugʻilgan turk rassomi. Armagan koʻzi ojiz holda kambag'al oilada dunyoga kelgan. 6 yoshidan boshlab qoʻl bilan paypaslab koʻrgan narsalarini qalam yordamida chizishni oʻrgangan.

Hech qachon kun botishini, bahor ranglarini va yashil tabiatni ko'rmagan Armagan 18 yoshdan boshlab yogʻli boʻyoqlardan foydalangan holda oʻsimliklar, jonivorlar hatto inson portretlarini ham chizishni oʻrgangan.

Armaganning 20 dan ortiq ko'rgazmalari Turkiya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya va Chexiyada namoyish etildi.

U Brayl alifbosidan foydalangan holda yozishni va oʻqishni ham bilgan.Ikki nafar farzandning otasi bo'lgan Armaganda xotira va idrok juda kuchli boʻlganligi sababli hech qachon koʻrmagan narsasini ham tasavvur qilib, chiza oladi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#bu_qiziq

📈 Sayohat qilish uchun dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qaysi?

Berkshire Hathaway Travel Protection ekspertlari guruhi so‘nggi besh yil davomida turli mamlakatlarga tashrif buyurgan sayohatchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan, shuningdek, Global tinchlik indeksi va AQSH Davlat departamentining sayohat xavfsizligi reytinglari ma’lumotlarini o‘rgangan.

Kanada u yerda sodir etilgan zo‘ravonlik jinoyatlarining kamligi tufayli reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Reytingda ikkinchi o‘rin terrorizm va ayollar uchun dunyodagi eng xavfsiz joylardan biri sifatida tan olingan Shveytsariyaga nasib etdi.

Demak reyting quyidagicha:

1. Kanada
2. Shveytsariya
3. Norvegiya
4. Irlandiya
5. Niderlandiya
6. Buyuk Britaniya
7. Portugaliya
8. Daniya
9. Islandiya
10. Avstraliya

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#yoshlar_yetakchilari_uchun

Ayrim yoshlar yetakchilari yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi, shuningdek malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi

Hukumat qarori bilan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Tanlov 10 ta yo‘nalishda mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida kamida bitta mahallada 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan, amaliy ish tajribasiga ega mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovning, jumladan, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida ichki ishlar organlari tomonidan yoshlar jinoyatchiligini o‘tgan davrdagiga nisbatan joriy yilda kamaygan deb topilgan mahalla yetakchilari qatnashadi.

✔️Har yili 5-sentabrgacha Yoshlar ishlari agentligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish har yili 5–30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning:

tuman (shahar) bosqichi – oktyabr oyida,

hududiy saralash bosqichi – noyabr oyida,

respublika final bosqichi – dekabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

📌yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish,

📌rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

G‘oliblar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#gazeta

🗞 BEPUL OBUNA: “Yoshlar ovozi” gazetasining 49-soni!

🟢 Pul ko'paytirishning oson usuli

🟢 Yetakchi tashabbusi bilan "Yoshlar bog'i" tashkil etildi

🟢 Farroshlikdan rahbarlikka qadar

🟢 Metro — "ona shahar"

📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!

👋
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
💸 Toshkentda uy-joy ijarasi narxi arzonlashdi deyishmoqda...

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan oktabr oyidagi ijara narxlari tahlil qilindi.

1. O‘rtacha ta’mirlagan xonadonlar uchun ijara narxlari o'tgan yilning mos davriga nisbatan 6-14 foizgacha pasaygan.

▪️bir xonali xonadonlar — 370 dollardan 348 dollarga,
▪️ikki xonali xonadonlar — 474 dollardan 437 dollarga,
▪️uch xonali xonadonlar — 611 dollardan 526 dollarga,
▪️to‘rt xonali xonadonlar — 729 dollardan 633 dollarga arzonlashgan.

2. To‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa taklif etilayotgan ijara narxlari 6-16 foizgacha arzonlashgan.

▪️ bir xonali xonadonlar — 557 dollardan 508 dollarga,
▪️ikki xonali xonadonlar — 695 dollardan 651dollarga,
▪️ uch xonali xonadonlar — 867 dollardan 790 dollarga,
▪️to‘rt xonali xonadonlar — 1102 dollardan 930 dollarga tushgan.

🤔Haqiqatdan ham shundaymi, siz ayni vaqtda ijara uchun qancha to'layapsiz?

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#qonunchilik

O'zbekistonda 1-dekabrdan nimalar o'zgaradi?

📌 Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga, bazaviy hisoblash miqdori 3 foizga oshiriladi;

📌Aholi va tadbirkorlardan 47 turdagi ma’lumotlar talabi bekor qilinadi;

📌Yo‘ldagi qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori oshadi;

📌Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi;

📌Ayrim joylarda elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalari barpo etiladi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam olinadi?

Haftada 5 kun ishlaydigan fuqarolar 8, 9, 10-dekabr kunlari dam oladi.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar (o'qiydiganlar) uchun esa 9-dekabr, shanba ish(o'qish kuni) kuni hisoblanadi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#salomatlik

Siz necha soat uxlaysiz?

▪️0-2 soat — bu oraliqdagi uyqu diqqatni jamlashning qiyinlashuvi va eʼtiborning keskin pasayishiga olib keladi.

▪️3-4 soat — qonda qand miqdori keskin ko‘tariladi, tana vazni orta boshlaydi.

▪️5-6 soat — organizm mushak massasini yo‘qotadi, ochlik hissi kuchayadi va shuning uchun odam tez-tez ovqatlanadi, vaqt o‘tishi bilan immunitet zaiflashadi va organizm tez-tez kasal bo‘lib qoladi.

▪️6-7 soat — kognitiv funksiyalar va xotirani tiklash uchun bu uyqu miqdori minimal hisoblanadi.

▪️7-8 soat — odam o‘z tanasini barqaror ushlab turishi mumkin, qondagi qand miqdori normal bo‘lib qoladi.

▪️8-9 soat — kattalar uchun optimal uyqu miqdori.

▪️10 soat — bunday uyqu to‘liq tiklanish uchun og‘ir stress yoki jismoniy faollikdan keyin kerak bo‘ladi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
🌳 Yetakchi tashabbusi bilan “Yoshlar bogʻi” tashkil etildi

"Mahallamiz yoshlari bilan maslahat qilib, hududimizdagi Dehdaroz qishlogʻida hech kim foydalanmayotgan yerda bogʻ barpo etadigan boʻldik.

Mahalla yoshlarining har biri oʻzlari bilan turli mevali daraxt ko‘chatlarini olib keladigan boʻldi. Bizga volontyor yoshlar va mahallamiz faollari ham yelkadosh boʻldi.

Shu kuni Yoshlar bogʻiga 600 dan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekdik. Ezgu niyat bilan ekilgan koʻchatlar yashnab, mahallamiz koʻrkiga koʻrk qoʻshadi degan umiddamiz"
.

© Muhammadali KAMOLOV, Peshku tumanidagi “Sadir” mahallasi yoshlar yetakchisi

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#ogʻriq

O‘zbek tili nega rivojlanmayapti?

Butun madaniy mahsulotlar boshqa tillarda bo‘lsa, maktabda rus tiliga, universitetda ingliz tiliga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, davlat ishida, biznesda, boshqa faoliyat turlarida o‘zbek tilini chuqur bilish talabi bo‘lmasa, hamma ham o‘zbek tiliga vaqti va mehnatini investitsiya qilishga imkoniyat topmaydi.

O‘zbek tilida bugungi kunni aks ettiradigan romanlar, hujjatli kitoblar, memuarlar yo‘q, zamonaviy janrlar va mavzulardagi kitob ham yo‘q.

👉 bayramdan_boshqa_kunda_til_haqida

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#hikoya

Pora

— Ha, o‘zing menga “Poraning kushandasi, kim hadya bersa, haqsiz chiqadi”, deb aytmaganmiding?

— Shunday.

— Qo‘chqorni yuborganimda o‘z ismimni bermadim.

— Nima qildingiz unda?

— Raqibim Huysuzog‘luning ismini berdim.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/pora

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#salomatlik

Nonushtaning afzalliklari

Miya faoliyati uchun. Ertalab nonushta qilsangiz, kun davomida xabarlarni eslab qolish qobiliyatingiz oshadi.

Immunitetni oshiradi. Har kuni nonushta qilishga odatlansangiz, immunitetingiz oshadi, natijada turli kasalliklarga chalinmaysiz.

Ishingiz unadi. Chunki sizda energiya zaxirasi paydo bo‘lib, ishlash layoqatingiz 30 foizga oshadi.

Organizm faollashadi. Qancha kech nonushta qilsangiz, shuncha kech ish boshlaysiz va organizm dangasalashadi.

Go‘zallik uchun. Agar ertalab nonushta qilmasangiz, organizmingiz uyqudan "uyg‘onmaydi" va harakatga kirishmaydi. Natijada yog‘ yig‘iladi va ular soch, yuzlaringizda aks etadi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#moliyaviy_savodxonlik

Pulni ko‘paytirishning oson usuli

Banklar jamg‘armani saqlash shartlariga qarab (masalan, valyutasi, muddati, summasi, hisobni to‘ldirish va qisman pul yechib olish imkoniyati, kapitalizatsiya) turli foiz stavkalarini taklif etadi.

Ko‘pchilik faqat foiz stavkasi asosida omonatni tanlash kerak, deb o‘ylaydi. Omonat foizi qanchalik yuqori bo‘lsa, omonat shunchalik yaxshi deb hisoblashadi.

Lekin bu har doim ham to‘g‘ri emas. Omonatni yanada qulay va omonatchi mos keltiradigan bir nechta boshqa shartlari ham mavjud.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/pulni-kopaytirishning-oson-usuli

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#faxr

👏O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz ilk jahon chempioniga aylandi

Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avval jahon chempioni bo‘ldi.

Afruza 2-turdan 10-turgacha — 9 partiyaning barchasida g‘alaba qozonib, chempionat tugashiga hali yana 1 tur qolganida, muddatidan oldin jahon chempioniga aylandi.

❗️O‘zbekiston tarixida ilk bor qizlar o‘rtasida chempionga ega bo‘ldik. Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Egamberdiyeva Bahora mos ravishda yosh toifalarida vitse-Jahon chempionligiga erishgan.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
#qonunchilikdagi_yangilik

⚡️“Eng yashil mahalla” tanlovi o‘tkaziladi

Prezident farmoniga asosan, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovi o‘tkazilib, natijalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

mahallaning tegishli jamg‘armasiga daraxtlar ekish va sug‘orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so‘mdan o‘tkazib beriladi;

o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko‘riladi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube