O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
14.1K subscribers
17.4K photos
1.51K videos
21 files
4.79K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
📣 Vaqt - bu pul! Vaqtingizni esa to‘g‘ri maqsadlarga sarflang va u kelajakda sizni porloq biznes loyihalar tomon boshlashi mumkin!

🤝 Karantin va ijtimoiy masofalanish vaqtida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Bridge Consult hamda MEPartnersning malakali biznes-trenerlari bilan hamkorlikda onlayn darslarni tavsiya etadi 👩🏻‍💻👨🏻‍💻

🧐 Har tomondan koronavirus va u bilan bog'liq masalalar biznes kayfiyatingizga, muhitga ta'sir qilishni boshlasa, inqiroz haqida fikrlar xayolingizdan ketmasa, sarosimaga tushmang, nafasingizni rostlab, vebinarga qo‘shiling!

Aslida murakkab va inqirozli davrlar – imkoniyatlar pallasidir. Biz sizga bir nechta oddiy tashxis va tashabbuslar uslubini beramiz, siz undan foydalanib, biznesingizni yangi darajaga olib chiqishingiz mumkin.

#Biznes #Tadbirkorlik

💰 Webinar mutlaqo BEPUL - Ro'yxatdan o'tsangiz bas!
🔗 https://clck.ru/Mf3e2 📲 +998999955800

🗓Sana: 28-martdan (Davomli ravishda)
Vaqt: 15:00

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalar
i👇
Telegram | Facebook | Instagram
⚡️ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi to‘laligicha onlayn ish rejimiga o‘tdi. Tizim xodimlari tashabbusiga ko‘ra ularning bir kunlik ish haqi jamoat jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi!

Kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va viloyat kengashlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan videomuloqotda shunday qarorga kelindi.

🔹 Onlayn videomuloqot davomida har bir hududda yoshlar bilan bog‘liq vaziyat, shuningdek, COVID-19 bo‘yicha karantin holatidagi choralar muhokama qilindi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
📌 Videomuloqotdan so‘ng bilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim ma'lumotlar:

✔️ tashkilot xodimlari o‘zaro onlayn ish rejimiga to‘laligicha o‘tdi;

✔️ xodimlar uyidan - ijtimoiy masofalanishga amal qilgan holda ishlaydi, zarur vaqtda videouchrashuvlar o‘tkaziladi, eng muhim vaziyatlardagina ishga chaqiriladi;

✔️ tizimdagi xodimlar tashabbusi bilan bir kunlik ish haqi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazib beriladi;

✔️ faoliyat 90% raqamli texnologiyalariga o‘tkazilishi boshlandi;

✔️ internet va televideniye orqali karantinni smart karantinga aylantirish, yoshlar vaqtini unumli yo‘naltirishga urg‘u beriladi (tashkilot Modul5, tezyoz, Masofaviy ta'lim, Zakovat Quiz, TV auditoriya kabi platformalarni taqdim etgan);

✔️ volontyorlar bilan birgalikda barcha hududlardagi yolg‘iz keksalar holidan xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya qilgan holda xabar olinadi;

✔️ tashkilotning hududlardagi rahbarlariga karantin davrida barcha xodimlarga shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, karantin qoidalariga intizom bilan amal qilish tavsiyasini yetkazish topshirildi;

#UydaQoling #BizYengamiz

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi va “Sintez” kreativ laboratoriyasi tomonidan hozirgi kunda aktual bo‘lgan bannerlar tayyorlandi.

Ushbu bannerlar yagona uslubda yaratilgan. Ulardan Respublikamizdigi barcha reklama taxtalarida, LED ekranlarda unumli foydalanish maqsadga muvofiq.

Qolaversa, barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklarini ushbu bannerlardan unumli foydalanishda qo‘llab-quvvatlashlarini soʼrab qolamiz.

Suratda: Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosi

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
👨‍🌾 Yosh tadbirkor, fermer va dehqonlar diqqatiga!

🛡Karantin vaqtida uyda ekaningizdan foydalanib, muvaffaqiyatli tadbirkor, tajribali fermer va taniqli biznes trenerlar tomonidan tayyorlangan video qo'llanmalar yordamida o'z bilimlaringizni oshirishga nima deysiz ?

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiya qiladi!

📱 Telegramdagi foydali sahifalar

💡 @MFaktorUz - Muvaffaqiyat va mag'lubiyat omillari
💡 @BiznesRivoj - Kunlik motivatsiya va yangiliklar
💡 @biznes_saboq - Malakali biznes trener saboqlari
💡 @biznes_boshlaymiz - Katta kapitalsiz iqtisodiy erkinlikka erishish
💡 @yaranuz - Biznes uchun moliyaviy va huquqiy maslahatlar
💡 @AgroOlamUz - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun
💡 @bogdorchilik - Nabobat olamiga mehr qo'yganlar uchun
💡 @ykfoundation - Yosh tadbirkorlar uchun imtiyozlar
💡 @yoshtadbirkoruzb - Biznes sari sening ilk qadaming
💡 @uzyfk - Barcha yosh fermerlarga tavsiyalar

💻 Youtube'dagi foydali sahifalar

🔋 Oybek Kosimov - Real va jaydari biznes keyslar
🔋 Ibrahim Gulyamov - Professional biznes saboqlar
🔋 Murad Nazarov - Biznes boshlash uchun ajoyib motivatsiya
🔋 Jakhongir Pulatov - Yosh tadbirkor kundaligi
🔋 Miraziz Ahmedov - Katta kapitalsiz iqtisodiy erkinlikka erishish
🔋 Ikhtiyar Dosmetov - Biznesga psixologik yondashuv
🔋 Ravshanbek Xonniyoz - Biznes va hayot; kurslar va maslahatlar
🔋 Sardor Islomov - Biznesga yangicha yondashuv. Chorvachilik
🔋 Urmonali Usmonov - 1 gektardan qancha hosil olish mumkin
🔋 Rahimbekov TV - Chorvachilik bo'yicha ajoyib maslahatlar
🔋 Project Ashurov.A - Biznesda motivatsiya
🔋 Umid UZ - Mevali ekinlar bo'yicha maslahatlar
🔋 Agro olam - Agro sohadagi barcha bilimlar
🔋 Bozor olami - Uy sharoitida biznes boshlash; real keyslar
🔋 Issiqxona sirlari - Issiqxonadan daromad olish sirlari
🔋 Bog'dorchilik ilmi - Bog'dorchilik bo'yicha professional bilimlar
🔋 Avlod21 - Tadbirkorlikka oid vebinarlar, onlayn treninglar
🔋 Biznes Saboqlar - Malakali biznes trener saboqlari
🔋 MFaktor - Eng yirik va davomli vebinarlar, biznes saboqlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
The New Yorker jurnalining 6-aprel kuni chop etiladigan soni muqovasi dolzarb mavzuga bag‘ishlanadi. Musavvir Kris Ueyr (Chris Ware) qalamiga mansub ushbu ta'sirli tasviriy asar Uyqu vaqti (Bedtime) deya nomlanadi.

Bugun dunyoning deyarli barcha nuqtalarida COVID-19 virusi tarqalishi, uning xavfini pasaytirish borasida keng qamrovli choralar olib borilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu surat misolida salomatligimiz va xavfsizligimiz uchun qayg‘urayotgan insonlar, yurtdoshlarimiz, shuningdek, yosh mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Azizlar, uyda qoling va karantin qoidalariga rioya qiling!

#UydaQoling

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏠Uyda qol va qahramonga aylan!

Koronаvirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali Oʼzbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi koʼrilayotgan choralar boʼyicha aholini toʼgʼri, xolis va aniq maʼlumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida ochilgan rasmiy kanal.

Kanal Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, АOKА, Mass-media fond hamda Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilingan.

Koronavirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali telegram ijtimoiy tarmogʼi maʼmuriyati tomonidan rasmiy tasdiqlangan kanal maqomiga ega.

Barcha OАV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanaldan birinchi manbaa sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz.

📺Videorolik Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va “Mening Yurtim” telekanali qoʼshma loyihasi.

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi
Аxborot xizmati
🌏 Butun dunyo yoshlari BMTning UNICEF va Jahon sog‘likni saqlash tashkilotlari mutaxassislari bilan hamkorlikda koronavirusning tarqalishiga qarshi birga kurashadi. O‘zbekiston nomidan siz ham qatnashing!

🇺🇳 BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha vakili UNICEF hamda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda #COVIDBilanKurash mavzusida 1000dan ortiq yoshlar ishtirokida vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📌 Vebinarni o‘tkazishdan maqsad – yoshlarga COVID-19 bilan bog‘liq noaniqlik holatlarda chinakam aloqa platformasini yaratish, ularning savollarini UNICEF va Jahon sog’likni saqlash tashkiloti ekspertlariga yetkazish, shuningdek yoshlar orasida ruhiy salomatlikni shakllantirish hamda COVID-19ga qarshi javob sifatida ruhiy salomatlikka bo‘lgan talabni kuchaytirish.

Qachon o‘tkaziladi?
1-sessiya – 1-aprel kuni soat 17:00-18:00da (Toshkent vaqti bilan);
2-sessiya –15-aprel kuni (vaqti aniqlashtirilmoqda)
3-sessiya – 29-aprel kuni (vaqti aniqlashtirilmoqda)
4-sessiya – 6 may kuni (vaqti aniqlashtirilmoqda)

🔗 Vebinarga qanday qo’shilish mumkin?
1-sessiya uchun quyidagi havolaga qo‘shiling: bit.ly/CwCOVID (http://bit.ly/CwCOVID)

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamyurtlariga beg'araz yordam ko'rsatayotgan, virusga qarshi kurashda o'z hissasini qo'shayotgan yoshlarni e'tirof etuvchi "Oramizdagi qahramonlar" loyihasiga start beradi.

🔸Birinchi qahramonimiz - "Sadosh tekstil" korxonasi asoschisi namanganlik Sadoqat Abbosxonova. "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasidan 600 million kredit olib o'z faoliyatini boshlagan yosh tadbirkor bugungi kunda 200 ga yaqin yoshni ish bilan ta'minlab kelmoqda.

🔹Kuni kecha korxona xodimlari o'zlari tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy niqoblardan 1500 donasini viloyat aholisiga bepul tarqatishgan.

👏Yoshlarning bunday tashabbuslari tahsinga sazovor! Siz ham atrofingizdagi yosh qahramonlarni taniysizmi ? Bizga bu haqida xabar bering va chellenjga qo'shiling!

#OramizdagiYoshQahramonlar

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi
Аxborot xizmati
🇺🇿Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi, milliy terma jamoa futbolchilari va Championat.asia sayti hamkorlikda otalar va bolalar uchun “Uyda Qol” tanlovini eʼlon qiladi!

⚽️Uy sharoitdan kelib chiqib, farzandingiz bilan toʼp orqali futbol fintlari 🏃🏻‍♂️⚽️ yoki millionlar o'yiniga mos mashqlarni oʼtkazing va bizga @championatasiakonkurs botiga yuboring.

🗓5 aprel kuni eng yaxshi 20 ta video egasi tanlab olinadi va kanalimizda ovozga qoʼyiladi.

🥇🥈🥉 nafar gʼolibga Milliy terma jamoa yulduzlari Odil Аhmedov, Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov tomonidan mahsus sovgʼalar taqdim etiladi.

🎁Sovgʼalarni futbolchilarimizni shaxsan oʼzlari topshiradilar!
Аlbatta karantin tatillari yakunlanganidan soʼng.

🏆Аsosiy SUPER sovgʼa!!!

🎥Tanlovda faol boʼlgan 10 nafar oʼquvchi Milliy terma jamoa futbolchilari ishtirok etadigan "Yoshlar Ittifoqi" va "Championat.asia" jamoalari oʼrtasidagi oʼrtoqlik oʼyinida maydonga tushadilar.

⚽️Tanlovni bu yerda kuzating⚽️

🏘 Uyda qoling va mahsus sovgʼalar qo‘lga kiriting!

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🛡Yurtdoshlarimizni ogohlikka chorlovchi kreativ bannerlar respublikamiz bo'ylab o'rnatilmoqda!

🔸Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi va “Sintez” kreativ laboratoriyasi tomonidan tayyorlangan bannerlar to'g'risidagi e'londan so'ng, ko'pchilik hududiy hokimliklar bu tashabbusni qo'llab-quvvatlashdi. Hozirgi kunda bu kabi bannerlar Xorazm, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari reklama taxtalarida osilgan bo'lib, hamyurtlarimiz uchun karantin qoidalarini haqida aktual eslatma bo'lib xizmat qilmoqda.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy hokimliklarga o'z minnatdorchiligini bildirib, barchaga uyda qolishni tavsiya etadi!

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🏠Uyda qolib ingliz tilidagi bilimlaringizni mustahkamlang!

🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika “Kamalak” sardorlari tomonidan tashkil etilgan STL (Speak, think, learn) onlayn klubida ingliz tilida gapirish va fikrlash qobiliyatingizni tengdoshlaringiz bilan ingliz tilida so'zlashgan holda rivojlantirish imkoniga egasiz!

📚Bu guruhda siz har kuni soat 17:00 dan 18:30 gacha ingliz tilida bo'lib o'tadigan o'zaro suhbatlar, muhokamalar, grammatikadan darslarda qatnashish, yangi do'stlar orttirishingiz mumkin va eng asosiysi yozuvdagi xatoliklaringiz malakali ustozlar tomonidan to'g'rilanib, foydali maslahatlar berib boriladi.

📚STL guruhiga hoziroq qo'shiling...

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
👋🏻Hey do'stim, uyda o'tirib muvaffaqiyatli insonlar tavsiya qilgan kitoblarni mutolaa qilish, ularning sevimli filmlarni tomosha qilib, mashg'ulotlar bilan band bo'lishga nima deysiz ?

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika Sardorlar Kengashi siz uchun "Ta'tilda maslahat" loyihasiga start berdi. Loyiha doirasida o'z sohasining professionallari “Men maslahat beradigan kitob”, “Men maslahat beradigan film”, “Men maslahat beradigan mashg‘ulot” mavzularida o‘z tavsiyalarini berib boradilar.

📝Taniqli insonlar tavsiya etgan foydali kitob, qiziqarli film va mashg'ulotlar orqali shaxsiy rivojlanishni maqsad qilgan loyiha haqidagi batafsil ma'lumotlarni quyidagi kanaldan bilib olishingiz mumkin.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi tashabbusi bilan koʻngilli yoshlardan iborat “Yosh volontyorlar” guruhlari shakllantirildi.

🛡 Volontyor yoshlar jamoat joylarida, postlarda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishda DSENM xodimlari bilan hamkorlikda ishlayapti. Jarayon tozalik va xavfsizlik qoidalariga to‘la amal qilgan holatda o‘tkazilmoqda.

🔹 Tashkilotning Jizzax viloyati kengashi vakillariga koʻra, bugunning oʻzida 50 nafardan ortiq koʻngilli yoshlar volontyorlar guruhiga qoʻshilish istagini bildirgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi volontyorlar tashabbusini (xavfsizlik qoidalariga amal qilinsa, tegishli mas'ul organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilsa) qo‘llab-quvvatlaydi, o‘z o‘rnida esa, o‘zboshimcha harakatlarni yoqlamasligini bildiradi.

#UydaQoling

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram