O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
17.2K subscribers
16.6K photos
1.45K videos
17 files
4.42K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
☝🏻 Yonas Astrup: "O'zbekistondagi o'zgarishlarni, aynan siz - yoshlar dunyoga ovoza qilishingiz kerak"

🎤 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Markaziy Yevropa universiteti professori Layosh Bokrosh (Vengriya) va Xalqaro mehnat tashkilotining katta texnik maslahatchisi Yonas Astrup (Daniya) #TOPDavra loyihasida ma'ruza so'zladilar va yoshlarning iqtisod, mehnat munosabatlariga oid savollariga javob berdilar.

🔝 Ma'lumot uchun, Layosh Bokrosh va Yonas Astrup #ReformStepUp loyihasi doirasida mutaxassislar va yoshlarga ekspertlik tavsiyalarini bermoqda. #TOPDavra loyihasining navbatdagi uchrashuvlarida boshqa sohalarda ham katta tajribaga ega xalqaro ekspertlar taklif etiladi.

#TOPDavra #ReformStepUp

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube
Yosh sardorlar treningda olgan bilimlarini o'z shahar va qishloqlarida tengdoshlariga ham ulashadi

Kecha, 7-noyabr kuni Toshkentdagi Webster universitetida Respublika sardorlar forumi doirasida "Kamalak" bolalar tashkilotlari raislari, "Kamalak" va "Ittifoq" sardorlari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Mahorat darslari Jamila Shermuhammedova, Laziz Adhamov, Aziza Umarova, Nuriddin Ubaydullayev, Nigora Oqilova, Umid Gafurov, Ulug'bek Ismatov va A'zamxo'ja Rasulov kabi tajribali ustozlar tomonidan o'tib berildi.

Yosh yetakchilar poytaxtda olgan bilim va tajribasi bilan o'z hududlari - shahar va qishloqlardagi tengdoshlari bilan ham faol bo'lishadilar.

Eslatib o'tamiz, yuzlab “Kamalak” va “Ittifoq sardorlarini jamlagan forum bugun “Yoshlar press-klubi”da bo’lib o’tadigan Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari saylovi va Respublika “Yoshlar ittifoqi” sardorlari saylovi bilan yakunlanadi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube
Rasmiy bayonot

Soʼnggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bogʼliq xabarlar tarqalmoqda.

Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat boʼyicha bir necha kun avval oʼrganish ishlarini boshlagan. Bizga maʼlum qilishlaricha, Аbdulloh Tohirov ishi bilan Ichki ishlar vazirligi emas, balki boshqa idora shugʼullanmoqda va tez orada bu holat boʼyicha rasmiy maʼlumot beriladi.

Biz imkonimiz boricha Abdulloh va uning yaqinlariga yordam qoʼlini choʼzishga tayyormiz. Ayni vaqtda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qilish idoralaridan holatga oydinlik kiritish va aniq tafsilotlar olishga harakat qilmoqda.

Biz jarayonning ochiq va shaffof oʼtishi, holat bilan bogʼliq aniq maʼlumotlarning jamoatchilikka tezroq taqdim qilinishini istab qolamiz.

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi
Аxborot xizmati
Oʼtgan haftadada (28.10.19-03.11.19) eng koʼp iqtibos olingan Telegram-xabarlari

➡️Yana bir bor Nilufarni eslashga imkoniyat.

#Chegarasiz imkoniyatlarga ega hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube
👩🏻 O'tgan hafta so'ngida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqolpog'iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida o'tgan "Qizlar forumi" doirasida 18 qiz ish bilan ta'minlandi.

👩🏻‍💼 Ushbu hududlardagi Kengashlar qoshida "Qizlar ovozi" klublari tashkil etildi va Perizat Ayapbergenova (Qoraqolpog'iston Respublikasi), Nilufar Ahmedova (Xorazm) va Shahrizoda Islomova (Buxoro) klub raislari etib saylandi.

🇺🇿 Eslatib o'tamiz, "Qizlar forumi" ijtimoiy faol qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini ta'minlash, islohotlarda qizlar faolligini oshirish va ularning bandligini ta'minlash maqsadida o'tkazilmoqda.

📣 Ma'lumot uchun, forum davomida jami 1600 nafardan ortiq yosh xotin-qizlar qamrab olindi.

#HarBirQizOvoziMuhim

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube