O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.9K subscribers
17.7K photos
1.52K videos
21 files
4.85K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Mustaqilligimizning 28 yillik bayrami arafasida tashkil etilgan “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” shiori ostidagi I yoshlar festivali doirasida “Harbiy xizmat – yuksak mas'uliyat” nomli uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda taniqli sanʼat arboblari, shoirlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida viloyat madaniyat uyi xonandalari va harbiy xizmatchilar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz do'stlar, sizning e'tiboringizga "Digital Camp" qatnashchilarining Yoshlar ittifoqi oromgohiga tashrifidan videolavhani taqdim etamiz😊 28.08.2019

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Дорогие друзья, представляем вашему вниманию видеообзор с прибытия участников "Digital Camp" в лагерь Союза Молодежи😊 28.08.2019
Farg’ona shahrida joylashgan rus drama teatri bugun iqtidorli, faol yoshlar, fan olimpiadalari g’oliblari, sportchilar, yosh tadbirkorlar, yosh fermerlar hamda yoshlar yetakchilari bilan gavjum bo'ldi.

“Buyuk ajdodlarga munosib voris bo’laylik” shiori ostida o’tkazilgan I yoshlar festivali doirasida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi raisi Ahadjon Akbarov yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi, yoshlarning fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
Barchamizga ma’lumki, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to’rinchi yo’nalishi kitobxonlik va ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan.

Buxoroda bo’lib o’tayotgan “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo’laylik” shiori ostidagi I yoshlar festivali doirasida ham yuqorida ta’kidlangan g’oya ilgari surildi.

19-umumta’lim maktabida o’tkazilgan ijodiy uchrashuvda viloyatning yosh ijodkorlari shoir va yozuvchilar bilan suhbatda bo’lishdi.

Adabiyot vakillari yoshlarga ijod olamining o‘ziga xos mashaqqatlari haqida so‘zlab, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Yosh qalamkashlar ustozlar tomonidan berilgan tavsiyalarni katta qiziqish bilan tingladi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida Oʻzbekiston tumanidagi “Shodlik” mahallasida fitnes-klub faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tumanda besh tashabbusning amaliy ijrosi borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda O'zbekiston tumani futbol, belbogʻli kurash, karate, badiiy gimnastika, boks, stol tennisi, shaxmat, shashka kabi sport turlari boʻyicha musobaqalarga mezbonlik qilmoqda.

Fitnes-klubning ochilishini ham tuman yoshlari uchun bayramga tuhfa boʻldi, deyish mumkin.

Tadbirda tuman hokimi Qahramonjon Joʻrayev va tuman IIB boshligʻi A.Toshmatovlar so'zga chiqib, tuman ahlini mazkur yangi inshoot bilan tabrikladi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent shahridagi Inha Universiteti hamkorligida “Digital Generation Camp” loyihasining 2-mavsumi boshlandi. Unda 70 nafar ishtirokchilarga dasturlashning “Web”, “Mobile” yo‘nalishlari, robototexnika, dizayn 2D / 3D, media va digital marketing, kompyuter o‘yinlari yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha intensiv dars olishni boshlashdi. Darslar tajribali, yosh mutaxassislar tomonidan o‘tilmoqda.

Ishtirokchilar o‘quv platforma oldidan loyiha davomida va kundalik hayotda kerak bo‘ladigan ishchi buyumlar bilan ta’minlandi. Ular digital sohasida 5 kun davomida amaliy va nazariy treninglarda qatnashadi. Loyiha davomida barcha jamoalar o‘zlarining o‘rgangan bilimlari, ko‘nikmalari va amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan jamoaviy taqdimotlarni namoyish qiladi. Loyiha 1-sentabrga qadar davom etadi…

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida “Sitora imkon plus” korxonasi 2010-yildan buyon ish olib bormoqda. Unda yoshlar dastlab, sanoqli yo‘nalishlarda o‘qitilgan bo‘lsa, hozir bu yerda 18 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Hozirga qadar o‘quv markazni bitirgan 12 mingdan ziyod yurtdoshlarimizning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. “Sitora imkon plus” rahbari Nargiza Salomova 2013-yilda go‘zallik saloni, so‘ngra esa tikuvchilik sexini ishga tushirdi.

Halol mehnat hamisha munosib rag‘bat topadi. Buning isbotini Nargizaning “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovida “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” sifatida e’tirof etilganidan bilsak ham bo‘ladi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
ЎЗБЕКИСТОН ЁШЛАР ИТТИФОҚИ РАҲБАРИЯТИДА ЎЗГАРИШ БЎЛДИ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 29 августдаги Фармони асосида Президентнинг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари, Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши раиси Қуранбаев Қаҳрамон Қўчқорович Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат хизмати ва ҳокимияти вакиллик органлари билан ҳамкорлик қилиш масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинланди.

Шу пайтга қадар Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари лавозимда ишлаб келган Саъдуллаев Алишер Зафарович бугундан бошлаб Президентнинг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари этиб тайинланди ва Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши раиси вазифасини вақтинча бажариш юкланди.

Ўзбекистон ёшлар иттифоқи жамоаси Қаҳрамон Қуранбаев ва Алишер Саъдуллаевларни янги масъулиятли лавозимлар билан самимий қутлайди ва келгуси фаолиятида муваффақиятлар тилаб қолади.
К.К.Куранбаевни Ўзбекистон Республикаси Президентининг
давлат хизмати ва ҳокимият вакиллик органлари билан
ҳамкорлик қилиш масалалари бўйича маслаҳатчисининг
биринчи ўринбосари лавозимига тайинлаш тўғрисида
www.president.uz/uz/2832
А.З.Саъдуллаевни Ўзбекистон Республикаси Президентининг
ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва спорт
масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинлаш тўғрисида
www.president.uz/uz/2833
Qadrli yoshlar!

Yoshlar ittifoqidagi faoliyatim davrida yoshlar bilan ishlashdan, ular bilan birga boʻlganimdan chin dildan xursandman. Oʻylangan ishlarimizning baʼzilari amalga oshdi, boshqalari rejalarda qoldi.

Shu oʻtgan vaqt ichida yurtimiz yoshlarining qiziqishlari, xohish va istaklarini inobatga olgan holda ularga yanada qulay sharoitlar yaratish, kelajakka boʻlgan ishonchlarini yanada oshirish maqsadida ahil jamoamiz bilan mehnat qildik.
Sizlarga boʻlgan mehrimni izhor qilgan holda siz yoshlarga muvaffaqiyat tilab qolaman.

Ishonchim komilki, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi va yurtimiz yoshlari Alisher Saʼdullayev boshchiligida yangi marralarni zabt etadi.

Hurmat bilan,
Qahramon Quranbayev
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da yoshlar festivali o‘tkazildi. Oromgohga tashrif buyurgan 150 nafar o‘quvchi-yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, 5 ta muhim tashabbus doirasida “Yoshlar” milliy cholg‘u va raqs ansamblining raqqoslari va “O‘zbekiston ohanglari” doirachilar guruhi tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Shuningdek, “Kamoliddin Behzod” nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari “Jonajon Vatanim tabiati” mavzusida art-plener, X.To‘xtaboyevning “Peshonasiga televizor yopishgan bola” asarini o‘qib, tahlil qilishga qaratilgan “Book time”, “Digital Generation Camp” loyihalari amalga oshirildi. O‘zbek davlat drama teatri aktyorlari ijrosidagi sahna ko‘rinishlari, sportning suzish, futbol, voleybol, shaxmat va shashka turlari qiziqarli musobaqalar ishtirokchilarga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston yoshlar ittifoqi va Yoshlar Media Markazi tomonidan yurtimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan tayyorlangan fleshmobni e'tiboringizga havola etamiz.

Yurtimizning 28 yilligi barchamizga muborak bo'lsin!

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
Oʻzbekiston “National Geographic Traveler Awards 2019” tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻlishi uchun ovoz bering
https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=699

Голосуйте за Узбекистан в конкурсе “National Geographic Traveller Awards 2019” в номинации «Открытие года»
https://uzbektourism.uz/ru/newnews/view?id=699
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Zarafshon shahar Kengashi tomonidan respublikamiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida “Qoʻli ochiqning yoʻli ochiq” aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga ko‘mak berish maqsadida Zarafshon shahrida joylashtirilgan “Saxovat” muzlatgichlari turli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirildi. Shuningdek, kiyim-kechak va kitoblardan ham foydalanish mumkin.

Ehtiyojmand insonlar muzlatgichdagi mahsulotlardan bepul foydalanishlari, imkoniyati borlar esa uni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishlari mumkin.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan “Buyuk ajdodlarga munosib voris boʻlaylik!” shiori ostidagi I yoshlar festivali koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Matbuot anjumani va “Mustaqillik marafoni” bilan boshlangan festival doirasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi, 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha turli sport musobaqalari, “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida qon topshirish xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Talabalar teatr studiyalari” tomonidan spektakllar namoyish etilib, “Vatan himoyasi – yuksak masʼuliyat” mavzusida ommaviy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, yangi oʻquv yili munosabati bilan nafaqadagi faxriy ustozlar holidan xabar olinib, “Uch avlod uchrashuvi”, O‘zbekiston qahramoni shoir I.Yusupov va yozuvchi T.Qayipbergenov izdoshlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEHitBokWsG09oarxg