Yoshlar ishlari agentligi
211K subscribers
10.3K photos
1.83K videos
7 files
4.47K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamyurtlarimiz salomatligi biz uchun muhim. Vahimasiz, birdamlikda harakat qilsak, sinovli damlarni albatta yengamiz!

#BirgaYengamiz
_______________________________________________

Здоровье наших соотечественников очень важна для нас. Если мы будем действовать солидарно, обязательно преодолеем эти трудные времена

#ВместеПобедим

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
⚡️O’zbekistonda ilk bor IELTS mutaxassislari bilan jonli debat

🔝Mamlakatimiz yoshlari orasida ingliz tili darajasini oshirish kelajak uchun mustaxkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Yurtdoshlarimizning bilim va salohiyatini oshirish maqsadida O’zbekistonda ilk bor IELTS mutaxassislari bilan onlayn debat bo’lib o’tadi.

💁‍♂️Ushbu vebinar Yoshlar agentligi va Edu-Master hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, ekspertlarimiz quyidagi mavzuda so’z yuritadilar:

• O'quvchining IELTS darajasini 0 dan 6.0 ga olib chiqish uchun 1 yil yetarlimi?

📆Sana: 28-avgust
🕑Vaqt: 14:00-16:00
🔴
YouTube da jonli efirni o'tkazib yubormang!

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik ayol turmush o'rtog'i tomonidan jismoniy zo'ravonlikka uchragani aks etgan holat bo'yicha ma'lumot.

Mazkur holatni o'rganish, maishiy zo'ravonlikdan jabr ko'rgan qizning holidan xabar olish va unga dalda berish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi vakillari Samarqand shahrida o'rganish o'tkazdilar. Mazkur holatda jabrlanuvchiga davolanishi uchun dori-darmon yetkazilib, ruhiy holatini yaxshilash, ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, qonunga ko‘ra tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga huquqiy maslahat, ijtimoiy va tibbiy yordam olishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko'mak berildi.

❗️Hurmatli yurtdoshlar, agarda siz ham shunday maishiy zo'ravonliklar guvohiga aylansangiz, darhol ushbu raqamlarga murojaat qiling:

Huquqshunos: +99897 137 26 26;
Ruhshunos: +998 97 137 27 27;
Ishonch telefoni operatori: +99897 137 24 24

Читать на русском языке

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚🏆Ijodkor va kreativ yoshlar, ushbu xabar sizni xursand qilishi aniq. Chunki aynan siz kabi yoshlar uchun "Ilhom" mukofoti ta'sis etildi.

🔸Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlar "Ilhom" mukofoti bilan taqdirlanadilar.

⚜️G'oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o'rin - "Spark" avtomashinasi, diplom va statuetka
2-o'rin - 30 mln so'm, diplom va statuetka
3-o'rin - 15 mln so'm, diplom va statuetka

🔹Mukofotlash har yili 20-mayda "Katta adabiyot bayrami" haftaligi doirasida o'tkaziladi.

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz, to'ylar va oilaviy tadbirlaringiz 30 kishilik bo'lishiga qanday qaraysiz ?

🔸Respublika ,maxsus komissiyasi 15-avgustdan to'y va marosimlar o'tkazishga ruxsat berdi. Ammo yurtdoshlarimiz tomonidan karantin talablarini buzish holatlari qayd etilmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi to'y, oilaviy marosimlarni o'tkazish bo'yicha Parlamentga ma'lumot kiritish niyatida, yoshlarning fikrlarini o'rganmoqchi.

📩@UReportUzbBot so'rovnomasida ishtirok eting, fikrlaringizni bildirib hujjatni tayyorlashda ishtirok eting!

—————

Как вы относитесь к свадьбам и семейным праздникам в 30 человек?

🔹Специальная комиссия с 15 августа разрешила проводить свадьбы и церемонии. Однако при этом выявляются случаи нарушения требований карантина.
Агентство по делам молодёжи готовит данные по проведению свадеб и семейных торжеств для внесения в Парламент.

📜Примите участие в опросе @UReportUzbBot, выскажите свое мнение и примите участие в подготовке документа!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤝 O‘zbekiston Respublikasi velosport federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida uch tomonlama Memorandum imzolandi.

🖊Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad, yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan yoshlarning umumiy sonini oshirish, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga velosport bilan shug‘ullanishlari uchun jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sharoitlar yaratish hamda maxsus sport jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.

Читать на русском

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
🎙O'z so'zlash mahoratingizni sinashni, xalqaro va mahalliy ekspertlar ko'magida yanada rivojlantirishni istaysizmi ?

🗣Omma oldida nutq so'zlash bo'yicha maxsus treninglar va musobaqani o'zida jamlagan "So'zla" tanloviga start berilmoqda.

🔸Musobaqa ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev spiker sifatida ishtirok etadi.

👨🏻‍💻"So'zla" tanlovining ochilish marosimi bugun, soat 20:00 da Zoom platformasida bo'lib o'tadi.

🔹Ulanish uchun havola
ID: 868 0967 0428
Passcode: 686432

Batafsil👉🏻@AYAUzb

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤝O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
.

🔸Uchrashuvda yoshlar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va istiqboldagi manfaatli qo‘shma loyihalar hamda rejalar muhokama qilindi.

🔹Uchrashuv yakunlari bo‘yicha:

- qishloq xo‘jaligi sohasida turkiyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda kichik tadbirkorlik vakillari uchun yangi ish yuritish va kooperatsiya tizimini joriy qilish bo‘yicha treninglar tashkil etish;

- kasbiy ta’limni hududlarda ommalashtirish, maxsus hunarlar bo‘yicha hududlarda o‘qitish (avtomobil va tibbiy uskunalarni ta’mirlash, kompyuter dasturlari va boshqalar);

-imkoniyati cheklangan yoshlar uchun AKT kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Читать на русском

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlari yaqin. Imtihon to'g'risida savollaringiz bor va aniq javobni qayerdan olishni bilmayapsizmi ?

🔸"Abituriyent Info" ko'rsatuvi orqali imtihonga oid yangiliklar, test sinovlariga oid tavsiyalar va psixologik maslahatlarni tinglang. O'zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling.

📺Ko'rsatuvning yangi sonini bugun soat 18:15 da Mening yurtim telekanalida tomosha qilish imkoniga egasiz. O'tkazib yubormang!

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏅Yoshlar press klubida 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🔸Batafsil

————————————————————

🏅В молодежном пресс-клубе прошла церемония награждения победителей 52-й Международной олимпиады по химии.

🔹Подробно

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
📜O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni e'lon qilindi.

🏅"Kelajak bunyodkori" medali bilan, karantin davrida tashkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlarida faoliyat yuritgan matonatli yosh qahramonlar - Saidazimov Firuz Shoazimovich hamda Safarova Kamola Hamroyevnalar mukofotlandilar.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi yosh volontyorlarni yuksak e'tirof bilan qutlaydi hamda faoliyatlarida kuch-g'ayrat tilaydi!

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
🇺🇿“Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

🔸
Qarorga ko'ra yosh oilalarga uy berish shartlari, kvartira dastlabki badaliga o'zgartirishlar kiritiladi. Shuningdek, yosh oilalarga dastlabki badal sifatida to‘langan ssudani va unga hisoblangan foizlarni undirish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligida Yosh oilalarga ajratilgan uy-joylar bilan ishlash bo‘yicha nazorat guruhi tashkil etiladi.

🇺🇿Правительство приняло постановление «О мерах по дальнейшему улучшению жилищных условий молодых семей, активно участвующих в общественной жизни страны».

🔹Согласно постановлению, будут изменения коснуться условий предоставления жилья молодым семьям. При Агентстве по делам молодежи создадут группу по мониторингу жилья для молодых семей, получению ссуды и взысканию процентов, начисленных на первоначальный взнос.

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
👨🏻‍💻Mavjud ish o'rinlari, tadbirkorlik va fermerlik sohasidagi kerakli ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda oling!

🔸Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy tarmoqlardagi bir qator foydali sahifalarni tavsiya etadi:

Mavjud ish o'rinlari bo'yicha:

1.Respublika bo‘yicha ish o‘rinlari;
@ish_bor_uzb_olx | @vakansiya_uz_rabota_ishbor | www.ishkerak.uz | @ishchiuz

2.Uydan ishlash: IT sohasidagi bo'sh ish o'rinlari (IT Jobs
@uzdev_jobs

2.Respublika bo‘yicha buxgalteriya sohasidagi ish o‘rinlari;
@acc_job_uz

3.Nukus shahridagi ish o'rinlari
@Rabota_Nukus

4.Andijon viloyatidagi ish o'rinlari
@ishbormi | @ishga_marhamat_andijon

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
👨🏻‍💻Mavjud ish o'rinlari, tadbirkorlik va fermerlik sohasidagi kerakli ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda oling! (Davomi)

5.Buxoro viloyatidagi ish o'rinlari
@jobinbukhara | @buxoroda_ish | @rabotabuxare | @jobinbukhara | @rabota_v_buxare

6.Qashqadaryo viloyatidagi ish o'rinlari
@qarshijob

7.Navoiy viloyatidagi ish o'rinlari
@rabotavnavai | @navoijobs | @navoiyishkop

8.Namangan viloyatidagi ish o'rinlari
@namangan_vakansiya_ishbor_uzjobs | @namanganjobs

9.Samarqand viloyatidagi ish o'rinlari
@samarkandish | @rabotasam | @samarkandjobs

10.Sirdaryo viloyatidagi ish o'rinlari
@sirdaryojob

11.Toshkent shahridagi ish o'rinlari
@uzbekistanwork | @careeruz | @doda_jobs | @ish_bormi_toshkent

12.Farg'ona viloyatidagi ish o'rinlari
@rabotafergana | @biznes_reklami | @ishborfargonada | @vakant

13.Xorazm viloyatidagi ish o'rinlari
@xorazmish_xorazm_ish_bor

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsatsiyasining 3 nafar vakili davlat mukofoti bilan taqdirlandilar!

📜O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni sizga yana bir xushxabarni yetkazishimizga sabab bo'ldi.

🔸Farmonga ko'ra "Kelajak bunyodkori" medali bilan O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsatsiyasining Xitoy Xalq respublikasidagi vakili - Asadullayev Husnulla Shuhratilla o'g'li hamda Rossiya Federatsiyasidagi vakili - Babajanov Bunyodbek Ulug'bek o'g'li, "Shuhrat" medali bilan O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsatsiyasining Germaniya Federativ respublikasidagi vakili - Bediyev Kamoliddin Asomiddinovich taqdirlandilar.

🔹Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha mukofot sohiblarini tabriklaydi, ularga shijoat, muvaffaqiyat tilaydi!

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eng tezkor ma'lumotlar. Yoshlarga oid so'nggi yangiliklar.Tahliliy-tanqidiy materiallar.

🔸Mutlaqo yangicha uslub va yangi shaklda - "Yangi Davr"!

📺Eng so'nggi yangiliklar va xabarlardan birinchilar qatorida xabardor bo'ling. "Yangi Davr" ko'rsatuvini 31-avgustdan boshlab, har kuni soat 07:00 va 19:00 da "Yoshlar" telekanalida tomosha qiling!

_______________________________________________________

⚡️Самые свежие и актуальные новости о молодежи.
Аналитико-критические материалы.

🔹Совершенно новый стиль и по - новому - "Yangi Davr".

📺Будьте в курсе последних новостей и первых сообщений каждый день с 31 августа в 07:00 и 19:00 на телеканале "Yoshlar"!

Мы в телеграм👉🏻@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏠Xorazmda 84 nafar yosh oilaga yangi uylar kalitlari topshirildi.

🔸Yangi hayotga qadam qo'ygan yoshlar uchun ushbu kalitlar mustaqillik shodiyonasi arafasida bayramona tuhfa bo'ldi.

🔹Marosimda Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov ishtirok etdi.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi barcha yangi xonadon sohiblarini chin yurakdan tabriklaydi.

———-

🏠В Хорезме 84 молодые семьи получили ключи от новых квартир

🔸Для молодых людей, вступивших в новую жизнь, эти ключи стали праздничным подарком накануне Дня Независимости.

🔹В церемонии принял участие хоким Хорезмской области Фарход Эрманов.

🇺🇿Агентство по делам молодежи искренне поздравляет всех новых домовладельцев.

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq samarali mehnati, ilg'or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun yoshlar tashkilotining bir guruh vakillari "Kelajak bunyodkori" mukofoti bilan taqdirlandilar.

🔸Yoshlar agentligi jamoasi mukofot sohiblarini mehnatlarining munosib e'tirofi bilan muborakbod etadi, ishlarida omad va zafarlar tilaydi!

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
🔸Iste'dodli va ijtimoiy faol 28 nafar yoshlar "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

🏅"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

📊Joriy yilda ham 28 nafar yosh ushbu mukofot bilan taqdirlandilar. Batafsil ushbu infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi