Yoshlar ishlari agentligi
212K subscribers
10.3K photos
1.83K videos
7 files
4.47K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi.

📰Xabaringiz bor, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lgan edi. Tashrif davomi sifatida Shenjen tadbirkor-ayollar uyushmasi rahbari Chjao Xinchju xonim boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.

22-iyul kuni Xitoy delegatsiyasi a’zolari o‘zbekistonlik yosh tadbirkor ayollar bilan muloqot qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi binosiga tashrif buyurishdi. Dastavval delegatsiya a’zolari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyidagi “Kreativ park” imkoniyatlar va Agentlik binosidagi bir qator loyiha ofislari bilan tanishdilar.

📰Mazkur uchrashuvda ta’lim, madaniyat, turizm, qishloq xo‘jaligi, biznes xizmatlar, xalqaro savdo, dizayn va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro tajriba hamda fikr almashildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida do‘stlik aloqalarini madh qilishga qaratilgan madaniy dastur tashkil etildi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekistonlik qiz nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.

🇩🇪Germaniyaning Gettingen shahrida o‘zbekistonlik Rayyona Ibrohimova nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. Mazkur olimpiadada 62 davlatdan o‘quvchilar ishtirok etdi. Rayyona Ibrohimova birinchi o‘rinni bangladeshlik Mahek Xon va shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska bilan bo‘lishdi.

Yosh o‘quvchilar orasida nemis tili bo‘yicha bilim va ijodkorlikni baholovchi tanlovda “kumush” va “bronza” Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Britaniya vakillariga nasib etdi. Rayyona 16 yoshda bo‘lib, kelajakda Germaniyada nemisshunoslik yo‘nalishida tahsil olib, tarjimon bo‘lishni rejalashtirgan.

🏆Ushbu g‘alaba bilan hamyurtimiz Rayyonani Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpoq yoshlari nimalar bilan band?

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar masalalarini o‘rganish va ularga ko‘maklashish maqsadida borgan respublika ishchi guruhi faoliyati haqida xabar bergan edik.

Ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonning Sho‘manoy, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Amudaryo va Ellikqal’a tumanlarida bo‘lib, chekka hududlardagi yoshlarning turmush sharoiti, ta’lim olish imkoniyatlari, bandlik masalalari hamda ularning qiziqishlarini o‘rgandi. Shuningdek, yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniyat sohalarida ko‘mak berish hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash kabi yo‘nalishlar tahlil qilindi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari Xorazm viloyatida davom etmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv.

Kuni kecha, Nukus shahridagi Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev qoraqalpog‘istonlik tadbirkor yoshlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.

🎤Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda yosh tadbirkor Indira Jumabayevaning milliy va zamonaviy liboslar yaratish hamda Nasiba Pirlenovaning qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi tashabbuslari agentlik direktori tomonidan alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar tomonidan 50 ga yaqin taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, qabul qilingan takliflar yuzasidan alohida dastur ishlab chiqilishi va manzilli reja asosida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilab olindi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿“Strategik kuch”

Mamlakatimizda yoshlar masalasi doim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

“Strategik kuch” hujjatli filmida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ulardan foydalanayotgan yigit-qizlar haqida so‘z boradi.

📹Filmni bugun 24-iyul kuni “Yoshlar” telekanalida soat 09:10 va takrori 21:20 da, “O‘zbekiston 24” soat 11:15 da hamda “Mening yurtim” telekanalida soat 16:40 da tomosha qiling.

📹 YouTube orqali ko‘rish

#strategikkuch

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilarga omad yor bo‘lsin!

Joriy yilning 26-iyul – 11-avgust kunlari Parijda bo‘lib o‘tadigan 33-yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik 90 nafar sportchi ishtirok etadi. Sport o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor 19 sport turida 75 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan.

Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya o‘yinlarida debyut qiladi.

Ma’lumot uchun: musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 26-iyul kuni bo‘lib o‘tsada, bir qancha sport turlaridagi bellashuvlarga bugun start beriladi. Jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z ishtirokini bugun futbolchilarimizning Ispaniyaga qarshi o‘yini bilan boshlaydi (uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi) .

🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi har bir o‘zbekistonlik sportchiga muvaffaqiyat va g‘alabalar tilaydi. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz O‘zbekiston nomini yanada yuksaklarga ko‘taradi va biz siz bilan faxrlanamiz!

🇺🇿Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #MyPresident

🇺🇿Yoshlik g‘animat, vaqt – g‘animat, fursat borida otni qamchilang! Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga o‘z so‘zingizni ayting! – Shavkat Mirziyoyev

#happybirthday #janobprezident

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi uchrashuv xorazmlik yoshlar bilan o‘tkaziladi.

⚡️Bugun, 24-iyul soat 16:00 da Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev xorazmlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

🎤Bandlik, tadbirkorlik, ta’lim sohasi, zamonaviy kasblar va hozirgi kundagi eng ommabop loyihalar yuzasidan taklif hamda tashabbuslari bo‘lgan yigit-qizlarni quyida ko‘rsatilgan manzilda kutamiz!

📍 Uchrashuv manzili; Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosi. Mo‘ljal Amir Temur istirohat bog‘i.

Uchrashuvda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing.

🟢Yetakchining o‘zi shaxsiy namuna;
🟢O‘zbekistondagi birinchi qidiruv-qutqaruv volontyorlik guruhi – UzAlert;
🟢Xitoy delgatsiyasi yurtimizda;
🟢Asabiylashgan abituriyentlar yoxud imtihon kunidagi sarguzashtlar;
🟢O‘zbekistonda audiokitoblar bozori bo‘lmaydimi?

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

📎Bosh axborot hamkorimiz “Yoshlar ovozi” gazetasi va telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot.

📰Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abduraxmanov boshchiligida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda yosh tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimizda tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.

🎤Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 300 ga yaqin yosh tadbirkorlar ishtirok etdi. Ochiq va samimiy o‘tgan muloqot davomida xizmat ko‘rsatish, IT, logistika, o‘quv markazlari tarmog‘ini tashkil etish va qishloq xo‘jaligi sohasida duch kelayotgan muammolar muhokama qilindi. 50 ga yaqin murojaatlar shu yerning o‘zida hal qilinib, muddat talab qiladiganlari nazoratga olindi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Jonajon vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan mahalla yoshlari uchun harbiy-vatanparvarlik musobaqalariga start berilmoqda.

⭐️Mudofaa vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

➡️Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/17066

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Xorazm viloyatining ilg‘or yoshlari bilan ochiq muloqot qildi. Urganch shahrida tashkil etilgan uchrashuvda 200 ga yaqin yigit-qizlar ishtirok etdi.

🎤Muloqot davomida yoshlarning ilm olish, innovatsion tadbirkorlik tashabbuslari va kelajakdagi rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Ular tomonidan ko‘tarilgan muammo va masalalar ochiqcha muhokama qilinib, ba’zilari joyida hal etildi.

Shuningdek, xorijiy tillarni mukammal o‘rgangan yoshlar bilan ingliz tilida jonli muloqot olib borildi. Alisher Sa’dullayev ularning fikrlarini diqqat bilan tinglab, kelajakda yuqori natijalarga erishish yo‘lida nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida muhim tavsiyalar berdi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM